Life goes on
Men yoningda ekanman , cheksizlik faqat va faqat senikidir !
Farishtalar olami. Hozirgi vaqt.
Katta va hashamdor qasr zalida ayni vaqtda hech kim yo‘q hisob. Saroy oq rangda va juda did bilan bezalgan. Uning zali oralab qirolning xonasiga yo‘l, bu jodugar boshqa bir nechta farishtalarning etiboridan chetda qolmas edi.
Kirish eshigi qarshisiga kelgan yigit soqchilarga u kelganini qirolga xabar berishlarini aytdi. Ichkaridan qirolning kirish uchun ruxsat ovozi eshitilgach 2ta soqchi farishta tomonidan eshiklar ochildi.
Qirolga qisqa tazim qilib qo‘ygan jodugar unga yuzlandi.
- Seni bu yerga nima boshlab keldi, Gojo ? Muhim gaping borligini aytding ! - dedi qirol savol nazari bilan qarab
- Qirolim, aftidan lanatlar va vampirlar o‘rtasida aloqa borga o‘xshaydi.
- biz shuni aniqladikki lanatlarga qarshi bu chegara ularning o‘zlarining kuchi bilan ochilmagan edi.
- unda buni amalga oshirgan lanatlarni yo‘q qil va chegarani qayta mustahkamla - dedi qirol etiborsiz ohangda
- Lekin qirolim ! Bu befoyda. Ular har zarba berganda chegara tobora kuchsizlanmoqda. Qayta tiklangan taqdirda ham oldingidek bo‘lmaydi. Agarda lanatlar bu tarafga o‘tsa katta havf yuzaga keladi. - dedi Satoru qatiy ohangda
- unda nimani taklif qilasan , Satoru!
- uni qaytarishni! - uzoq vaqtdan beri pastga termulib turgan Satoru ko‘zaynagini yechib qirolga qaradi. - boshqa chorasi yo‘q qirolim.
- unda top! Lekin zinhor menga uni qaytarish haqida ayta ko‘rma ! - dedi qirol g‘azab bilan.
- o‘zi buni oldinroq qilishimiz kerak edi. U tug‘ilgan kunning o‘zidayoq hayotimiz xavf ostida qolib bo‘lgan ! U bu tenglikni buzdimi , ortiga qaytara oldigan ham o‘sha qiz! - dedi Satoru va xotirjamlik bilan ko‘zaynagini qayta taqgancha ortiga o‘girildi.
Chiqish mobaynida esa:
- bunga rozi bo‘lmas ekansiz , unda qirolligingiz qulashini jimgina kuting.
Juda go‘zal bo‘lgan o‘rmon. Farishtalar o‘rmoni. Kiyiklar , yakkashoxlar va shunga o‘xshash yana turli hayvonlar va ajabtovur mavjudodlarning hayot kechiradigan joyi. O‘ziga yarasha go‘zalliklari talaygina.
Ammo bu go‘zallik asta sekin qurib bitmoqda. O‘rmonning chegaraga yaqin hududlarida daraxtlar allaqachon chirigan , gullar qurib bitgan va hayvonlardan asar ham yo‘q edi.
- Salom Satoru - kelganini bildirish uchun dedi
- senga ham salom Riki - unga qaramasdan turib javob qaytardi - biror topshiriq bilan keldingmi?
- Ochig‘i qirol buyrug‘i bilan keldim - dedi Riki qurib qolgan daraxtlar tomon qo‘llarini yo‘naltirib , ularni asliga qaytarish mobaynida
Uning bu gapidan keyin Satoru to‘lliq u tomonga qaradi.
- nihoyat qirol uni bu yerdan surgun qilgani haqidagi qarorni bekor qildi. - dedi Riki unga qarab - o‘sha sen qaytarishni istagan qizni aytyapman. Va uni olib kelishingizlarni buyurdi
- qoyilman ! Mana bu yaxshi habar. Barakalla , Riki - dedi Gojo odatiy quvnoqlik bilan - ammo olib kelishingizlarni dedingmi?
- ha , sen bilan birga Megumini ham borishini aytdi - dedi Riki uning savoliga javob berib - yana unga o‘zing maʼsul bo‘lar ekansan
- yaxshi. - maqullagancha ort burib keta boshladi Gojo - bu yerdagi ishlarni o‘zing yakunlarsan... : menda muxim uchrashuv paydo bo‘ldi
Dedi so‘ngi so‘zlarini faqat o‘zi eshitadigan qilib.
POV |Satoru |
Aytilgandek Megumini oldiga bordim. Unga bu yoqmayotgani yuzidan maʼlum edi. Men esa uni balki kayfiyatini ko‘tara olarman degan umid bilan unga ko‘p gapirib ketardim.
U bunga odatlanmagan shuning uchun deyarli umuman kulmadi ham gapirmadi ham. Megumi juda yaxshi shogirt. Aniqrog‘i o‘zim uni majburlab shogirt qilgan edim. Unda aql bovor qilmaydigan juda ham ajoyib kuch bor. Buni uning o‘zi ham bilmaydi.
Biz insonlar dunyosiga o‘tdik. U yerda tong edi. Biz uni topdik !
To‘g‘risi men hayron qoldim. U yosh bo‘lishiga qaramay kuchi anchayin rivojlanib bormoqda. Biz uni uyida ekanligida kuzatayotgan edik. Shu payt esa Megumisavol berdi:
- bu o‘sha qochib ketgan , taxt merosxo‘ri bo‘lishi kerak bo‘lgan malika Moyeon mi ? - so‘radi Megumi uning oyisini aytib.
- ha o‘sha. - dedim men o‘sha qizga sinchikovlik bilan qarab - u ko‘proq otasiga o‘xshabdi - dedim.
Va megumi ters o‘girilib menga qaradi. Men esa nima deyishimni bilmay :
- ismini aniqladingmi ? - deb undan so‘radim. Ha men bunga juda qiziqayotgan edim. Ammo ismini bilmasam ham , uning uchun allaqachon ism topib bo‘lgan edim.
* Moviy! Juda ajoyib va unga mos nom. U ko‘rinishidan xuddi malika Eliz ning o‘zi. Qiziq uni olib ketsak malika qarshi bo‘lmasmikan. Otasi Lucaschi ? Ko‘plar uning otasini oddiy inson deb biladi. Ammo men unday deya olmayman. Unda hech kim ko‘ra olmaydigan qandaydur sehr kuchi bor. Sehr va joduning farqi bo‘lganidek , bu kuchli sehr nimalarga qodirligi menga juda qiziq
- ha aniqladim. Ismi Sena ekan. Kim Sena. 16yoshda ekan. Koreadagi ballari juda yuqori bo‘lgan bir o‘rta maktabga boradi. - dedi Megumi hayollarimni buzib
- tushunarli. Hozir chiqsa kerak nariroqga boramiz - dedim uni eshik oldiga kelayotganini ko‘rib.
Uning maktabga ketish yo‘lidan narigi tomondagi katta binodan kuzatib turar edim. Sena. Ismi jismiga mosligi ayon. Ammo sal boshqacharoq tarzda......
Ammo nimadir g‘alati bo‘la boshladi. Shoshmachi! U meni payqadi! U men turgan joyni ham bildi. Uning mahoratiga past baho berdim shekilli. Moviy hech qanday gap so‘zlarsiz menga qarab turibdi.
- N.nima?! U meni haqorat qildi! Shoshma lanatlangan dedimi? Aql bovar qilmaydi. - u tobora meni o‘ziga tortmoqda. Moviyga nisbatan qiziqishim yana ham ortmoqda.
- uni qachon olib ketamiz. Bu yer meni asabimga tegyapti! - dedi megumi menga e‘tiroz bildirib.
- Yana ancha kutasan. Agar sinfdaligida o‘zingni sezdirmaganingda allaqachon ishimiz bitar edi - dedim odatiydan farqli ovozda.
Megumi hayron bo‘ldi shekilli. Menga g‘alati qarab turdi va :
- Sizga nima bo‘ldi?! - deb so‘radi.
Tabiiyki ko‘rinishidan maʼlum uning oldin hech ham meni bunday holatda ko‘rmagani.
* Chindan men ham oldin o‘zimni bunday his qilmagan edim. Balki oldin qizlarga qiziqish bildirmaganim uchunmi? Shoshma men hozir kimgadur qiziqish bildirdimmi?! Yo‘q ! Men o‘sha yigit unga bergan gullari uchun asabiylashmayapman. Axir moviyni yaxshi tanimayman ham. Menga nima
- Ustoz Gojo ! -Megumining baqiriq ovozi mening hayollarimni buzib yubordi.
- A N.nima? - dedim esankiragancha unga qarab.
- Nima o‘sha qizni hayol suryapsizmi? - dedi megumi menga sinchikov nigohlarini tashlab.
Tabiiyki meni biroz hayajon bosdi va nima deyishimni bilmadim
- hazillashdim. Qizarib ketganingizni qarang. - dedi Megumi mazxaranomuz ohangda - u ketib qolyapti ortidan borishimiz kerak.
Qoyil! Megumi ham hazil qilishni bilar ekanmi?!
Qorong‘u ham tushdi. Biz esa uning ortidan kuzatmoqdamiz. Yana sezib qolmasa bo‘ldi edi.
Aftidan yanglishgan ko‘rinaman. Jin ursin u yana sezib qoldi. U hozir bizni ko‘radi , lanati!
Uning oldiga bir yigit keldi. Shu sabab payqamadi. Bu o‘sha unga 7dona ko‘k lolalar bergan yigit!
Lanati men asabiylashyapman! U bilan nima haqida gaplashayapti! Jin ursin unga kuldimi?! U ham unga qarab jilmaydi!
* bu qanday narsa bo‘ldi , moviy! Nega o‘zimni boshqara olmayapman!
Men hayollar bilan bo‘lib qolganimda Megumi uning oldiga boribdi. Nima unda qilich nima qiladi? U meni hayron qoldiryapti , qoyil!
Shoshmachi! Megumi bo‘rilarni chaqirdimi?
Hozir unga zarar yetmaslik uchun shoshib ularning yoniga bordim va u aytgan gap ....
- Sheriging qani? - uning bu gapi meni yana ham hayratda qoldirdi.
Men odatdagi do‘stona kayfiyatda ularga gapirdim. Yani unga. Ammo u menga shubha bilan qatab turar edi.
- demak sen! Sen meni tongdan buyon kuzatyapsan. Xo‘sh , nega?! - moviyning gapidan shuni ilg‘adimki u energiyani juda yaxshi his qilishdan tashqari farqlay ham oladi.
- hoy hoy hoy jiddiylashma. Erkin bo‘l - dedim men unga yaqinlashgancha
- Oʻyoʻq! Hoy moviy ko‘z qo‘rqma sen bilan urushish niyatimiz yo‘q - dedim men qo‘llarimni yuqoriga
ko‘targancha biroz qiziqarliroq bo‘lish uchun
-men Gojoman. Gojo Satoru. Bu yigitcha esa Fushiguro Megumi - Dedim men tanishtirgan bo‘lib. Ammo men Megumini oldidaligimda u shunchaki e‘tibor bermay ortiga o‘girilib keta boshladi.
Megumining jaxli chiqib ketdi shekilli :
- Hoyyy! - deb baqirgancha bo‘rilarini u tomon yo‘naltirdi. Moviy esa ularga chap berar edi.
Jin ursin ! Hozir narigisi unga hujum qiladi.
- Fushiguro to‘xtat buni ! - ilk bora unga jahl bilan baqirib u tomon yugurdim .
Shu mahalda to‘lin oy o‘z nurlarini sochdi. Va ular anniq unga yo‘naldi... moviyga....
* men shunchaki aqildan ozdim deb o‘yladim. Uning ko‘zlari... oy nurida moviy ko‘zlar juda go‘zal bo‘lib tovlanishini bilaman. Ammo uning ko‘zlari shu qadar jozibali va jilvali ediki bir zumda men ularga termulib o‘zimni tubsiz dengiz qariga cho‘kgandek his qildim. Bu go‘zallik mahzuli menga qaratilgancha porlar ekan , aynidamda men xoxlagan narsa bu ko‘zlar faqat va faqat meni ko‘rishi edi.
Men aytgan so‘ngi so‘zlarim shu bo‘ldi :
- Uxla ! -
-malika bizni ham tushunishingiz kerak axir !
- Lekin o‘zingiz shuni xoxlagan edingiz ! Na farishta na inson bo‘lgan bu farzandingni va o‘zingni hech qachon qabul qilmaymiz degan edi - so‘zlarida biroz to‘xtalish bo‘lgan malika Eliz bir nuqtaga tikilgancha mag‘rurlik bilan dedi - qadrli qirollingiz!
- Ammo vaziyat chindan ham chigal. Gap faqat farishtalar olamining xavfsizligi haqida ketmayapti. Agarda ular partal orqali insonlar olamiga o‘ta olsa dunyo xavfda qoladi. - vaziyatni aniqroq tushuntirishga urungan bo‘ldi Megumi
- Lekin bir narsaga tushunolmayapman... shunday masulyatni topshiriq uchun seni o‘zingni yuborishdimi , Megumi? - dedi suv quyib olish mobaynida suxbatga endi qo‘shilgan Lucas
Bunga javoban hech narsa demay shunchaki lucasga yov qarash qilib turar edi Megumi
- yo‘q yo‘q yo‘q! - dedi Lucas unga qarab - menga unday qarama! Bunday deganimni sababi biz yo‘q desak ham qizimizni majburlab olib ketishga sening kuching yetmaydi!
- xavotirlanmang shaxzoda! Men ham shu yerdaman - kutilmaganda qayerdandur paydo bo‘lgan Satoru dedi.
O‘tirganlar esa unga g‘alati qaray boshlashdi
- nima? Menga unday qaramanglar. U haqiqatdan ham shaxzoda bo‘lar edi.
- agar unga nimadur bo‘lsachi!
- oxiri o‘zini tutib turolmay
ko‘zyoshlariga erkinlik bergan malika eliz dedi.
- o yo‘q malikam! Siz juda kuchlisiz sizga yig‘lash yarashmaydi! - dedi Satoru muloyimlik bilan dastro‘mol uzatgancha.
- Tinchlan azizam - deya yelkasiga qo‘lini qo‘yib dalda bergan bo‘ldi Lucas
- Malikam ! - malika qarshisiga tiz cho‘kgancha tizzalab olgan Satoru jiddiy ohangda so‘z boshladi - Men sizning oldingizda jonimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichaman ! O‘z hayotim evaziga bo‘lsa ham , butun dunyodagi insonlarning hayoti evaziga bo‘lsa ham men uni har qanday vaziyatda himoya qilaman!
- so‘zlaring..... samimiymi?! - qayta boshini ko‘targancha dedi malika Eliz
- ishonishim uchun nimani sabab qila olasan?
Malikaning qo‘llarini tutgancha ularga kalit tutqazgan Satoru dedi:
- bu kalitlar farishtalar olamiga eltadigan partalni ochadi. Agarda ko‘nglingiz g‘ash bo‘lsa, uni ko‘rishni istasangiz istagan vaqtingiz keling va sizni shaxsan o‘zim ximoya qilaman , malikam - dedi Satoru va so‘zlariga qo‘shimcha qilib - qirol sizni malikalik unvoningizdan maxrum etgandur, ammo siz hali hamon men uchun malikasiz! Siz esa shaxzoda!
Ko‘zlarimni ochganimda o‘zimni qandaydur o‘rmonda ko‘rdim. Menimcha ko‘zlarimni ochmaganman. Ha men anniq his qilyapman hali ham uxlayapman!
- demak bu tush - deya o‘zimga o‘zim shivirladim.
Uzoqroqdan dadamning ovozlari eshitildi. O‘sha tomonga qaradim. Qaradim-u beixtiyor nimadur meni dadam tomonga borishga undardi
- dadajon ! - yugurib borgancha dadamni quchoqladim.
- qonli atirgulcham mening! - ha bu o‘zgacha edi. Hamma meni moviy ko‘z , farishtacha , kumush soch va shunga o‘xshash yoqimli so‘zlar bilan atasa, dadam bundan mustasno holda umuman boshqacha atar edilar
To‘g‘risi nega bunaqaligiga tushunmasdim. Ochig‘i menga qizil rang umuman yoqmasdi. Qondan esa nafratlanar edim.
- meni yaxshilab eshit, qizalog‘im! - dedilar dadam - ko‘zlaringni ochganda men oying yoningda bo‘lmasligimiz mumkin. Ammo sen zinhor qo‘rqma! Men doim sening tushlaringda yashayman. Oying sening qalbingda ekan doim sen bilan. Nima bo‘lgan taqdirda ham taslim bo‘lma! Sen borliging uchun bu hayot mavjud demakdir! Sening tirikliging bu hayotni muvozanatda ushlab turadi. Sen o‘zing hatto atrofdagilar o‘ylaganda kuchliroqsan, qizalog‘im!
Dadamni nega bunaqa deyayotganlariga ochig‘i umuman tushunmadim!
- dada nega bunday deyapsiz?
Dadam tabassum qildilar va :
- vaxti kelganda tushunib olasan va bu gaplarimni hech qachon unutma , sen zulmat malikasisan!
Shu topda ko‘zlarim xiralasha boshladi. Keyingi soniyalarda ular yumilar ekan qayta ochganimda mutlaqo notanish muhit meni o‘rab olganini his qilar edim.
O‘zimni qayerda ekanligimni anglashga urungancha nigohimni atrofda aylantirdim. Ammo hech narsa tanish emas. Biroq men bu yerda begona emas edim! Ha men buni anniq his qilyapman. Bu yer bilan bog‘liq menda hech qanday xotiralar yo‘q. Lekin xuddi bordek! Derazaga qarashim bilan esa qayerda ekanligimni taxmin qila oldim. Anniq!
O‘rtancha kattalikdagi xona. Jihozlari 1ta yotoq va kiyim javonidan iborat edi. Va to‘g‘rida eshik.
Deraza yonida gilos gullagani yaqqol ayon bo‘lib turar edi. Nim pushti gullar. Yaproqlari shamol tufayli uchib , bazilari xonaga kirmoqda.
Bunga uzuq vaqt tikilib qolgan qiz. Sekinlik bilan nigohini derazadan olib eshik tomonga qaradi.
Va ayni shu topda eshikdan kirib kelgan inson unga hissizlarcha tikilib turgan qizni ko‘rib hayrarini yashirmadi.
- yo xudo! Sen nima doim shundaymisan? Nigohlaring buncha qo‘rqinchli bo‘lmasa-a ? - dedi Gojo doimki xushchaqchaq ohangda
Chuqur xo‘rsingancha undan nigohlarini olgan Sena , bir qo‘li bilan ko‘zlarini ishqalagancha dedi:
- Sendanmi? Mmmm haligi - dedi gojo o‘zini o‘ylayotgandek ko‘rsatib - ko‘p narsa emas - dedi kulgancha
- Senga qirolicha aytmagani anniq! - va dedi Satoru
- Qirolicha? Oyimni aytyapsanmi? Oyim nimani aytishlari kerak edi? - tetiklashgancha o‘rnidan biroz qo‘zg‘alib dedi Sena
- sening oying , yani qirolicha Eliz. U oddiy inson emas. Oying farishtalar olamiga tegishli. Otang Lucas esa Odamlar olamiga. Ular bir biriga ko‘ngil qo‘yishgan. Ammo Qirol , yani sening bobong bunga qarshi edi. Oying tanlashi kerak edi yoki qirolichalik unvonini saqlab qolish yoki Lucas bilan bo‘lib farishtalar olamidan surgun qilinish. Oying esa Lucasni yani dadangni tanladi va odamlar olamida yashay boshladi.
- Shunda hozir mening oyimni farishta demoqchisan? - dedi Sena xuddi tentakga qaragandek qarab - hh qoyil ! Unda men qora farishtaman - dedi Sena kulib kesatgancha
- Yo‘q! Gaplarimni oxirigacha eshit! Vaqt o‘tib esa sen dunyoga kelding. Farishta va insonning farzandi. Bunaqasi hali umuman bo‘lmagan edi. Va shu sababdan tenglik buzuldi! Farishtalar va lanatlar o‘rtasidagi tenglik buzuldi!
- Haa qoyil! Xoynaxoy buni sababchisi men bo‘lsam kerak-a?! - yana kesatgancha dedi
- Ha sen eding ! - hech qanday imkorlarsiz dedi Satoru
- oo rostanmi? Taxmin qilgandim! Qoyil - dedi sena soxta jilmayib va yana o‘z yuz ifodasiga qaytdi - ishonadi deb o‘ylaysanmi?! Agar shunday o‘ylasang qattiq adashasan!
O‘rnidan turib eshik tomon yurayotgan qizga qaragancha dedi Satoru:
- O‘zing ham yaxshi bilib turibsan faqat birozgina ishonsang yetarli! - u ham o‘rnidan turib , eshik yonida to‘xtab qolgan qizga qarab gapini davom ettirdi - seningcha hamma insonlar sendek sezgir bo‘lib dunyoga keladimi ? Sendek hamma narsani shunchaki his qila oladimi ?
Timeskip | birozdan so‘ng |
- Meni ishontirishni epladingizlar. Qoyil ! Endi esa nima xoxlashlaringizni aytinglar - dedi Sena bananli kokteyldan ichgancha , qarshisida turgan Satoru va Megumiga qaragancha
- Seni ishontirish muanmo emas edi ! - xotirjamlik bilan dedi megumi
- meni ishontirishga muanmo sifatida qaradingmi ? Qoyil - dedi Sena javoban kulgancha
Megumining asabiy yuzini kuzatar ekan mamnun xolda kokteylning qolganini simirishni davom etdi.
- Senga aytganimdek Lanatlar va farishtalar o‘rtasidagi tenglik buzildi. Va buni sen to‘g‘irlay olasan . Lanatlarni va farishtalar o‘rtasidagi devorni qaytadan mustahkamlashing kerak. - Dedi Satoru tushuntirgan bo‘lib
- xo‘sh agar yo‘q desamchi? - xotirjamlik bilan dedi Sena
- unda oldin hamma farishtalar o‘ladi. Keyin esa odamlar.
- Demak ayni damda bobojonimga yordam kerak ? To‘g‘rimi? - biroz jiddiy torrgancha dedi
- Ha. Bobong farishtalar olami qiroli!
- Hhh - biroz asabiy ifodada jilmayib qo‘ygan Sena dedi - bir vaqtlar oyimni haydab yuborgan , bobomga yordam berishimni so‘rayapsanmi? Qiziq.... unga yarim inson yarim farishta bo‘lgan nevarasi endi kerak bo‘ldimi ?
Satoru ham megumi ham jim bo‘lib qoldi .
O‘rtaga cho‘kgan og‘ir sukunat hamon davom etmoqda . Sena o‘rnidan turgancha megumi va Satoruni etiborini tortdi.
- Men roziman. Faqat odamlar omon qolishi uchun rozi bo‘ldim ! Farishtalar olamiyu lanatlar bilan meni ishim yo‘q !
- Yaxshi unda mashqni boshlaymiz - dedi Satoru odatdagi quvnoq qiyofasiga qaytib.
— Nima menga hozir shu oddiy mashg‘ulotni o‘tmoqchimisiz ? Qandaydur sehr-jodu o‘rgatmaysizlarmi ?
— o‘zingga baland baho berma hammasini eng pastki nuqtada boshlaymiz !
— Yomon jang qilmading , moviy. Qoyil ! Sen qisqa muddat ichida allaqachon 1-darajaga ko‘tarilibsan
— Lekin seni yengolmadim , jin ursin !
— chunki ustoz Gojoni darajasi senikidan yuqori !
— o‘z olamingga , asl vataning bo‘lmish farishtalar olamiga xush kelibsan !
Sevgi bu — uni eslab tabassum qilish . U hatto uzoqda , seni tanimasa ham .