Life goes on
Bari o‘zingdan boshlanib O‘zingda tugaydi
< ~ > <~ > < ~ > < ~ > < ~> < ~>
2008-yil 12-yanvardan 13-yanvarga o‘tar kechasi. Inson aqliga ham sig‘dira olmaydigan hodisa ro‘y berdi. Inson va farishtaning farzandi dunyoga keldi. Bu har ikki olamni larzaga keltirdi. Buni bilgan farishtalarni bir narsa qiziqtirar edi. U qaysi olamga tegishli bo‘ladi. U farishtami? Yoki inson?
...Va qirol bir qarorga kelib bo‘lgan edi.
- Sen o‘zing malikalik unvoningdan vos kechib, o‘sha olamni tanlading. Endi esa o‘zing istagan olamda yashayver. Ammo farishtalar olami sen va farishta bo‘lmagan bu farzandingga ochilmaydi!
Ammo ular bilmaydigan yana bir narsa bor edi. Lanatlar! Lanatlar va farishtalar o‘rtasida tenglik bor edi. Ammo bu qizning tug‘ilishi hammasini o‘zgartirib yubordi. Bu tenglik buzuldi. Bu esa katta xavf edi. Farishtalar va insonlar olami uchun juda katta xavf edi.
Shu tariqa bu qizga ism qo‘yishdi. Sena! - bu ismning manosi yorug‘lik va nur taratuvchi edi. U tug‘ilib ota onasing hayotiga yorug‘lik olib kirdi. Zora u dunyoga nur taratgan vaqti, uni kim ekanligini so‘rashganda ismi jismiga mos bo‘lsin.
Timeskip | 16yildan so‘ng
Daqiqalar soatga, soatlar esa kunlarga, kunlar oylarga almashib yillarni quvar edi. Shu tariqa Sena ham o‘sib ulg‘ayar edi.
U deyarli oddiy qizlardan farq qilmas edi. Yani unda g‘ayra tabiiy biror narsa yo‘q edi. Albatta go‘zallikdan tashqari. Odatdagi do‘stlaridan farqli unda oyisinikidek tundagi go‘zallikni eslatuvchi moviy ko‘zlar charaqlab turar edi. Bu nigohlarning boshqalarnikidan yana bir farqli jihati shunda ediki ular quyosh nurlarida emas oyning shuvlasida tovlanar edi. Kumushrang sochlar esa bunga yanada jilo bag‘sh etib turar edi.
Yana bir odatiy kunlarning biri edi.
Pov. | Sena |
Yana bir tong otdi. Yana bir zerikarli kun boshlandi. Doimgidek men dush qabul qildim va maktabga tayyorlandim. Pastga tushganimda esa otam ovqatlanayotgan , oyim esa oshxonada sharbat tayyorlayotgan edilar. Ha bu men yoqtirganim. Bananli va qulupnayli sharbat.
- Xayrli tong dada , xayrli tong oyi. - zinadan tushish barobarida dedim.
- yaxshi yotib turdingmi? O‘tir. Nonushtaga sen uchun mevali salat qildim - stolga o‘tirishim mobaynida oyim dedilar
Odatda men nonushta qilishni xushlamayman. Ammo oyim va dadam bunga doim qarshi bo‘lganlar. Albatta sog‘ligim uchun. Shuning uchun ham doim men yoqtirganlarimni qilar edilar.
- Bugun ishlarim ko‘payib qoldi. O‘zing maktabga yetib olarsan , oymomocham - dadam kostyumlarini olish barobarida menga dedilar
- mayli. Avtobusda yetib olaman. Yaxshi boring dada - dedim jilmaygancha meni peshonamdan o‘pib qo‘ygan dadamga qarab.
Dadam ketganlariga ko‘p bo‘lmasdan men ham o‘rnimdan turdim va oshxonadan sharbat quyib ichgancha sumkamni oldim.
Eshik yoniga borib oyoq kiymimni kiyayotganimda oyim dedilar :
- bugun sport mashg‘ulotlaring bor. Sumkangni tayyorlab qo‘ydim. Yaxshi yetib ol. - dasturxonni yig‘ishtirayotgan oyim jilmaygancha dedilar.
- yaxshi. Xayr oyi - men ham oyim bilan xayrlashgach yo‘lga tushdim.
Hamma narsa doimgidek odatiy ko‘rinar edi. Ammo nimadur g‘alatidek tuyulmoqda. O‘zimni chalg‘itishga urundim va sumkamdan bitta kitobni olgancha o‘qishga urundim.....
Ammo bo‘lmayapti! Jin ursin! Hozir u menga tashlanmoqchi bo‘lyapti! Menga nimalar bo‘lyapti o‘zi? Men nimani his qilyapman?
O‘zim istamasamda yo‘lning narigi tarafidagi ulkan binoning yuqorisiga qaradim. U yerda kimdur bor edi va menga qarab turgan edi. Ammo u inson emas edi. Ha u insondek ko‘rinar edi. Ammo men anniq his qilyapman u inson emas.
Men unga termulgancha joyimda qotib qoldim. Va u hayratlangancha jilmaydi. Buni ko‘rmadim. Shunchaki his qildim.
-lanatlangan ahmoq! - o‘zim bilmagan holda men shunday dedim. Jin ursin menga nimalar bo‘lyapti.
Keyin indamay yo‘limni davom ettirdim. Shu tariqa o‘ychanligim ustun kelib maktabga o‘zim yurib yetib bordim.
Borishim bilan esa yana bazilarning , yo‘q! Aldadim! Anniq tinniq hammaning pichirlashlarini eshitib turar edim. Doimgidek ularning gaplari bir xil :
,, uning bu ko‘zlari tabiiymi ? ‘‘
,, haqiqatdan ham sochlariga bo‘yoq ishlatmaganmi ‘‘
,, chindan ham u juda latofatli va aqilli ‘‘
Doimgidek ular mening noodatiy bu ko‘rinishimdan gapirishar edi. Aynan shu jihatim meni ulardan ajratib turar edi. Yo‘q yana aldadim! Men birov qilmoqchi bo‘lgan harakatni oldindan payqar edim. Balki shuning uchun ham sportda juda yaxshiman. Ammo men buni hech kimga aytmaganman hatto ota onamga ham. Taxminan 5yoshimdan buyon shunaqa.
- Salom Sena! Ahvollar qanday - maktab zaliga kirishim bilan Jinsu yoninga yugurgancha keldi. U bilan taxminan esimni taniganimdan buyon do‘stlarmiz.
- Menda doimgidek , o‘zingdachi? - odatdagidek javob qaytardim
- Menda alo darajada....
U hali gapini yakunlamasdan sinf xonasiga kirdik. Va bolalarning shovqini asabimga tegishni boshladi. Shu shovqin orasida tanish ovoz menga dedi.
- ouv sinfimiz malikasiku - dedi doimgidek hazillashib Jixo. - kayfiyatingiz qanday moviy xonim.
- doimgidek yaxshi. - dedim qisqa qilib
Va shu orada o‘qituvchi sinfga kirib keldi. Jixoning yonidan o‘tib o‘z o‘rnimga borayotganimda past ovozda u dedi:
- Hoy moviy menga matimatikadan uyga vazifalaringni berib tur - dedi Jixo ammo men shunchaki etiborsiz qoldirdim.
Ha men etiborsiz qoldirishni yaxshi ko‘raman. Zora bu ularni asabiga tegishi menga juda yoqadi. Bu haqida ularning o‘zi bilmasa ham.
Doimgidek deraza yonidagi eng orqa partaga borib o‘tirdim. Ammo negadir biroz kayfiyatim tushdi. Chunki doim men kelganimda , u meni jilmaygancha kutib turar edi. Va mening kitoblarim orasiga men yoqtirgan moviy gullardan qo‘yar edi. Qanaqa turdagi bo‘lsa ham shunchaki moviy gul.
Dars boshlanganiga 10daqiqadan o‘tdi. Ammo u hali ham yo‘q. Vanihoyat eshik ochilib u keldi.
- xayrli tong. Uzur ustoz So kech qoldim. - dedi u. Ko‘rinishidan u yugurgani ayon edi. Hansirab turar edi. Qo‘lida esa moviy lolalar 7ta.
Hamma pichirlasha boshladi. Uning qo‘lidagi lolalarga qarab.
- ko‘rinishidan muxim sabab borga o‘xshaydi? - dedi ko‘zaynagini to‘g‘irlagancha uning qo‘lidagi lolalarga sinchiklab qarab ustoz So - o‘tir Wonhak boshqa takrorlanmasin.
U egilib uzur so‘radi va mening oldimga kelib o‘tirdi. Men esa o‘zimni shunchaki darslikni kuzatayotgandek ko‘rsatar edim.
U oldinga o‘tirib darsliklarini chiqarib qulay o‘rnashib oldi.
Kutilmaganda u gullarni mening qo‘llarimga tutdi va:
- bu senga moviy kapalakcha - dedi jilmaygancha.
U bu so‘zlarni juda ehtiyotkorlik bilan asta aytdi. Balki bu birov u meni bu nom bilan atashini bilishini istamasligidandir. Balki kimdir eshitib boshqa inson ham meni shu nom bilan atashidan qo‘rqayotgandir. Nima bo‘lsa ham bu menga yoqar edi.
Men bir zum gullarni ushladim va shu on jur‘at eta oldim. Ha men uning ko‘zlariga qaradim. Bir zum u ham menga termulib qoldi.
Men his qilyapman, u qattiq hayajonlanib ketdi. Va yuragi juda tez uryapti.
- hoy sen ikking nimaga bir biringga bunday termulib qolding? Mayli bu haqida keyin gaplashamiz. Moviy menga matimatikadan vazifangni ber - dedi jixo ehtiyotkorlik bilan. Ikkalamizning hayolimizni bo‘lib yubordi.
Ha Wonhak uyaldi. Uning quloqlari qizarib ketgan edi. Qachonki uni chuqur hayajon bossa shunaqa bo‘ladi.
Ochig‘i u menga beradigan gullardan va men ularni olishimdan hech kimning xabari yo‘q edi. Ammo bugun bilishdi shekilli. Endi katta shov-shuv bo‘ladi. Nima bo‘lsa ham menga baribir
Men u gullarni sumkamning chetiga qo‘ydim va o‘zim boshimni deraza tomonga burib qo‘llarim ustiga qo‘ygancha ko‘zlarimni yumdim.
Men yana his qilyapman. Kimdur meni kuzatyapti. Noqulaylik paydo bo‘ldi menda. Ustozdan ruxsat olib tashqariga chiqdim. Va biroz vaqt kutubxonada o‘zim yoqtirgan kitoblarni ko‘rib chiqidim. Ha shunchaki ko‘rib chiqdim va ular orasida olib qo‘ygan moviy rangli qurigan gullarimni oldim....
| Wonhak |
| .... |
Timeskip | 5 soatdan so‘ng
Bugungi hamma darslarim tugadi. Qo‘shimcha sport mashg‘ulotimga ham bordim. Bugun qilichbozlikdan darsim bor edi. Yaxshi ham oyim sumkamga kerakli hamma narsalarimni solgan edilar
Doimgidek maktabdan bazi o‘quvchilar qatori kech chiqdim. Koreada talim tizimi juda kuchli edi. Jumladan men o‘qiydigan o‘rta maktabda ham. O‘quvchilar o‘z baxolarini yaxshilash va yo‘nalishlari bo‘yicha mukammalashish uchun qo‘shimcha darslarga qolar edi. Biz uchun vaqtli kelib kech ketish odatiy xol edi.
Doimgi yo‘ldan uyimga ketyapman. Ammo yana men anniq his qilyapman! Meni kimdur kuzatyapti. Ortimdan kelyapti. Jin ursin u juda yaqin! Yuragim hapqirib ketyapti. Menimcha qo‘rqyapman. Lanati!
- moviy kapalakcha! - tanish ovoz eshitildi va chuqur uh tortib ortimga o‘girildim
- haligi nega ranging oqarib ketdi? Seni qo‘rqitdimmi? - dedi Wonhak hijolatlangancha boshini qashladi
- a menimi? Yo‘q - dedim qo‘limni yuzimga etib
- bu moviy ko‘zlaring seni doim sotib qo‘yadi - dedi wonhak jilmaygancha.
Men endi qizara boshladim. Uyalib ketdim shekilli. Gapni burish uchun dedim
- H.ha haligi ertaga vaqting bormi? - so‘radi u o‘ziga kelgan bo‘lib , biroz tutilgancha.
- menimcha ha.... - dedim men telefonimdan kunni tekshirib - Ertaga mashg‘ulotlarim vaqtli tugaydi
- yaxshi unda kel birga biror film ko‘rgani boramiz.
- yaxshi.... - dedim men va uning ko‘rinishidan go‘yo yana nimadir demoqchidek tuyuldi menga - xo‘sh .... ?
- yana do‘stlarimiz bilan uchrashuvimiz bor. Hamma sherik sherik bo‘lib keladi. Shunga..... - u so‘zlarida tutilib qoldi. U hayajonlanyapti
- yaxshi roziman. - dedim suxbatni tezroq yakunlashni istab. Chunki yana menda nimadur g‘alati ekanligini sezdim.
- yaxshi. Ertaga ko‘rishguncha. Xayrli tun , moviy kapalakcha. - dedi u xursandligi yuzidan malum edi. Va ketayotganida ortiga o‘girib - ertani intiqlik bilan kutaman - dedi
Men esa jilmayish bilan kifoyalandim.
Men uyimga bo‘lgan yo‘lga mutlaqo boshqa bo‘lgan yo‘l tomon harakatlana boshladim. Oyoqlarim ayni damda menga bo‘ysunmayapti. Jin ursin! Allaqachon kech tushdi. Nega bu yerlardan ketyapman o‘zi.
Kutilmaganda menga bo‘lgan qo‘ng‘iroq meni to‘xtatdi. Bu oyim edi.
- qizim qorong‘u tushdi. Qayerdasan hali ham kelmading - bosiq ammo havotir bilan oyim bu gaplarni aytdilar.
- mashg‘ulotlarim cho‘zilib ketdi. Hozir 10daqiqada yetib boraman - dedim men iloji boricha vazminlikni saqlashga urunib
Kim bo‘lsa ham u yaqin. Juda ham yaqin keldi!
- yaxshi qizim ehtiyot bo‘l - degancha oyim qo‘ng‘iroqni yakunladi.
Ammo men telefonni tushurmadim. U juda yaqin. Kim bo‘lsa ham men tomon kelyapti. Uning aurasini his qilyapman.
- ha oyi qilichbozlikdan edi. - dedim rolga kirishga urunib va mashg‘ulot sumkamdan qilichimni chiqarib.
Go‘yo telefonni o‘chirgandek ko‘rsatdim o‘zimni va qilichimni qinidan chiqardim. Ortimga o‘girilmasdan dedim:
-kimsan? Nega meni kuzatib yuribsan?! - yo‘q. Men tongdagidek qo‘rqmayapman. Bu boshqa kimsa. Umuman boshqa!
Shu tariqa sekin ortimga o‘girildim.
- Kim Sena! Men bilan ketishing kerak! - dedi u yigit menga qaragancha. Unda qandaydur o‘zgacha aura bor edi. U boshqacha edi.
- Kimsan! Nega menga buyruq beryapsan?! - dedim men ham qatiyroq bo‘lishga urunib.
Bu umuman boshqa inson. Undagi energiyani his qilyapman. Ammo u tongda va maktabda meni kuzatgan insonnikidan boshqacha. Bu bolaniki unikidan ancha kuchsizroq.
U qandaydur qo‘l harakati qildi va oldida 2ta bo‘ri paydo bo‘ldi. Biri oq biri esa qora edi.
Men esa shunchaki jilmayib qo‘ydim va:
- shu 2ta itlaring bilan meni qo‘rqitaman deb o‘ylayapsanmi?
- Nima? Sen ularni ko‘ryapsanmi! - dedi u hayratlangancha va g‘azabi qo‘zidi.
U bo‘rilar esa irrilagancha menga hujum qilish uchun yaqinlasha boshladi. Menda esa qo‘rquv yo‘q! Shunchaki qiziqish bor edi.
Biz endi jang qilmoqchi edik. Ammo kutilmaganda begona insonning ovozi keldi.
- hoy bolalar! Bu nimasi urushmasalaringchi. - qorong‘udan oyoq uchidan boshlab asta to‘lliq tana namoyon bo‘ldi.
Baland bo‘yli qora kiyim kiygan sochlari esa menikidan biroz farq qiladigan oq rangdagi yigit. Va yana bir g‘alati jihat u ko‘zlarini qora bog‘ich bilan yopib olgan edi.
- shunchaki do‘stona bo‘lamizz! - dedi u xushmuomilalik bilan kulgancha narigi jiddiy yigitning yelkasiga qo‘lini qo‘yib.
Bu o‘sha! Ayni vaqtda men his qildim. Bu o‘sha edi! Tongda meni kuzatgan yigit. Maktabda ham. Tabiiyki men his qilyapman undagi kuchni anniq his qilyapman! U juda aqlbovor qilmas qudratga ega. Va unda oqayotgan bu energiya yonidagisidan mutlaqo farq qilar edi.
- demak sen! Sen meni tongdan buyon kuzatyapsan! Xo‘sh gapir nega - dedim men jiddiy ohangda.
- hoy hoy hoy jiddiylashma. Erkin bo‘l - dedi u menga yaqinlashgancha
Ammo men unga qilichimni tiradim. Bo‘rilar esa menga qarab tishlarini ko‘rsatib irrilay boshladi.
- oyyoq! Hoy moviy ko‘z qo‘rqma sen bilan urushish niyatimiz yo‘q - dedi u qo‘lini ko‘targancha - men Gojoman. Gojo Satoru. Bu yigitcha esa Fushiguro Megumi. - dedi u tezlikda narigi yigitning oldida paydo bo‘lib.
Men ularga biroz mudat qarab turdim va indamasdan yo‘limni davom etdim.
- Hooy ! - fushiguro ismlisi asabiylashgancha baqirdi va uning bo‘rilaridan biri men tomonga yugurib kelayotgan edi.
Men esa bir urunishda bor kuchimni qilichimga berib unga zarba bardim. Men o‘zimni himoya qilishga urunar edim. Bu lanati bo‘ri esa kuchli edi. Shuningdek tez ham. Ammo men to‘xtashni ham xoxlamas edim.
Kutilmaganda 2-bo‘ri mening ortimdaligini his qildim. Ammo men o‘girilib unga chap berishga ulgurmadim. Endigini o‘zimning tanamni uning tishlari tig‘iga tayyorlayotganimda unday bo‘lmadi.
Ko‘zlarimni ochganimda esa o‘sha oq sochlarga ega Satoruni ko‘rdim. Uning ko‘zlari esa...... ular moviy rangda edi. Ammo menikidan farqli ravishda ular juda ham yorqin edi. U quyosh botishidagi dengizni eslatar edi. Bu ko‘zlar esa har qanday vaziyatda porlab tura oladi. Men uning ko‘zlariga g‘arq bo‘ldim ochig‘i. Men so‘ngi ko‘rgan manzara esa u edi. Uning ko‘zlari.....
| Fushiguro Megumi |
| Gojo Satoru |
Sevgi bu - uni eslab tabassum qilish. U hatro uzoqda seni tanimasa ham.