August 9, 2025

Winter Falls

angeloMiaᵇᵃᵇʸ🎀

Reaksiya

Qish.... ko‘pchilik bahorni sevgi fasli deb bilsa men uchun sevgi fasli va sevgi desa qish fasli yodimga tushadi.

Ko‘pchilik sevganini ko‘zlarini oy va qorong‘u tunga qiyoslasa, men unikini qishning qor parchalariga qiyosladim.

--nega meni sevib qoldingiz?

+senda bular bor edi. Chunki sen ko‘pchilik emas eding❤️‍🩹

___/❄️🤍✨\____

Qish. Dekabr oylari.

Hozir dekabrning o‘rtalari. Havo esa sezilarni darajada sovuq. Atrofni rajestvo bayrami shukuhi qamrab olgan. Yo‘lda santa klauz, elflar, bug‘ular kabi ko‘rinishga ega insonlar yurar, bolalarga turli xil sovg‘alar ulashar edi. Ko‘chalarda archalar bezatilgan kech tushganligi sababli kichkina rang-barang chiroqlar yoqilgan edi.

Katta bir ,,Winter Mall" nomli savdo markazida ishlayotgan qiz deyarli hamma bolalarning qalbiga iliqlik ulashibgina qolmay, kattalarning etiboriga tushar va uni ko‘rib hamma ohista jilmayar edi.

Yoqimli. Bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar, shirinliklar va kichkina o‘yingohdan iborat Mall eshigi kiraverishida qorqiz kabi kiyingan qiz insonlarga bayram shukuhini ulashmoqda. Qorqiz kabi sochlari mallarang qilib o‘rilgan, egnida yaltiroq bejirimgina oq va moviy rangdan iborat ajoyib libos, va qo‘lida sehirli tayoqcha kabi bir narsa bolalarning etiboridan chetda qolmas edi.

-Salom, Winter Mall ga xush kelibsiz. Kelayotgan Rajestvo muborak bo‘lsin.-dedi tabassum qilgancha qiz. Va elflar kabi kiyinib olgan yigitning bo‘yi baravar egilib dedi-sening ham bayraming bilan kichkina elfcha, ol bu sovg‘a senga-dedi bolakayga qorparcha shaklidagi shirinlikni berib

-Xojati yo‘q edi, xonim! Minnatdormiz. Sizning bayramingiz bilan-dedi bola oldidagi kattalar.

-Katta rahmat qorqiz! Sizni yaxshi ko‘raman. Sizning ham bayramingiz bilan-dedi sho‘x ovozda hozirgi bola va o‘yingoh tomon yugurib ketdi.

-Sena, sen endi tashqariga chiq. Bu yerda men bo‘laman-dedi Senaga o‘xshash qorqiz libosini kiyib olgan, Hari

-Yaxshi-rozi bo‘ldi Sena va ustiga kiymiga moslab moviy rangli qorparchalari bilan bezatilgan paltoni kiyib.

Sena tashqariga chiqar ekan, chetroqda skamekada o‘tirgan qora rangli palto qora sharf o‘ragan yigit uning etiboridan chetda qolmas edi.

P.O.V 《Sena》

Qiziq bu kim bo‘ldi? Shunday bayramdan bahramand bo‘lmayotgan. Nega u tushkun ahvolda? Oldiga borsammikan? Yo‘q! Umuman.... menga nima?! Kim bo‘lsa ham. Qanday ahvolda bo‘lsa ham. Ammo.... u juda ham yolg‘izga o‘xshaydi.....

~ ~ ~

Qo‘llarini cho‘ntagiga tiqgancha yuzini sharf bilan berkitib turgan yigit, bir joyga qarab ko‘zlarini uzmas edi.
Uning etiborini o‘zi tomon uzatilgan qahva tortdi. U sekin nigohini qahva uzatgan qo‘lga tikdi va sekinlik bilan uni yuzi tomon nigohini olib o‘tdi.

-S.salom. yolg‘iz o‘zingiz ekansiz. Shunga shu savuqda-gaplarida biroz tutikdi- qahva xoxlaysizmi?-dedi biroz titrab gapirgan qiz.

Bir zum yigitning nigohlari qizning nigohlarida qotdi va gapirmay turdi....

P.O.V《Jungkook》

O‘z o‘ylarimga qamalib turar ekanman, qarshimda kimdur paydo bo‘lganini sezdim. Uning kimligiga qiziqib nigohimni u tomon olib o‘tdim. Qo‘llarida bejirim taqinchoq. Egnida esa moviy tusli kiyim va mo‘ynali palto. Sharfi qorparchalari kabi bezalgan, quloqchinlari esa quyonni eslatadi. Yuzlari va burni sovuq sababli qizarib turibdi. Va ko‘zlari.... qorparcha... uning ko‘zlarini ko‘rganimda birinchi bo‘lib shu so‘z hayolimga keldi. U aynidamda juda ham yoqimtoy edi. Garchi men qancha qizlarni ko‘rgan bo‘lsam, ularning hammasi meni ko‘rganda jozibali harakatlar qilar va etiborimga tushishga urunar edi. Ammo u.... to‘g‘ri u qizda umuman joziba yo‘q. Ammo boshqalarda yo‘q nimadur unda bor.

*ko‘zlari qorparcha, sovuqda porlaydi,sukutli nigohda yuragim qonaydi

Bir zum Sena o‘ziga tikilgan nigohlardan noqulay bo‘ldi va gapirdi:

A.agar sizni bezovta qilga bo‘lsam uzr. M.men bora qolay-dedi va endi ortiga o‘girilib ketmoqchi bo‘lganida qo‘llaridan tutgan qo‘l sababli to‘xtadi.

-Yo‘q. Mayli o‘tirishing mumkin-dedi Jungkook sovuq va sirli ohangda

Sena javoban uning oldiga o‘tirdi va qahvani unga berib o‘zining qahvasini icha boshladi.

-Isming nima?-dedi Jungkook nigohini bir nuqtadan uzmay

-S.sena. Kim Sena.-dedi Sena biroz tutilib

Qiz yalt etib Jungkookga qaradi va biroz ko‘zlarini siqilib sinchikovlik bilan unga tikikdi. So‘ng unga savol bera boshladi:

-Moboda bu Mallning....-Sena savol berishga ulgurmay, Jungkook javob berdi

-Ha, u Mallni qurdirgan va egasi menman-dedi Jungkook odatiy ohangda

-Nima?!-hayron bo‘ldi Sena va Jungkookga qaradi.

-Nima? Kutmaganmiding?-dedi Jungkook lab chetida tabassum qilib unga qarab.

-Aaa yo‘q. U.unda nega kirmaysiz? Ishchilaringiz qanday ishlashi bilan qiziqmaysizmi?

-Meni bu Mallga kirib xabar olishdan ko‘ra muhimroq ishlarim bor-dedi javoban Jungkook

-Haa-dedi Sena qo‘llarini bir biriga ishqalab-Balki, Mallga kirarmiz-Dedi Jungkookga qarab

-Sovuqqottingmi?-dedi kulib
-Nima? Buning nimasi kulgi? Nega ustimdan kulyapsiz-dedi ensasini qotirib boshqa tomonga qaragancha Sena

-Bilmadim. Ammo bu juda kulgulidek tuyulmoqda.-dedi Senaga yaqin kelib egnidan paltosini yechib qizning ustiga qo‘yish barobarida

-H.hoy N.nima qilyapsiz-dedi Sena uning ikki qo‘llari senani quchoqlashga taqlid qilib o‘ralgani sababli

-Yaqindan.. ko‘zlaring... qorparcha...-dedi uning ko‘zlariga termulgancha jilmayib qo‘ydi.

-J.jungkook odamlar bizga qarayapti, qoching-dedi Jungkookni o‘zidan itarib Sena

-Bu yer parij. Parij esa sevgi shahri.-dedi Jungkook o‘rnidan turgancha unga qo‘lini uzatdi.

Sena bir zum jim qoldi va bir Jungkookga bir uning qo‘liga qarar edi.

Nima, o‘zing Mallga kiraylik dedingku? Kirmaysanmi, sovuqqotgan qorparcha-dedi Jungkook yana Senani masxara qilib

-A Ha ha albatta-deya javoban uning qo‘lidan tutdi-ammo hozir mening ish vaqtim....

-bu yerning egasi kim ekanligi yodingdami?-dedi javoban Jungkook.

Ular Mall tomon borar ekan, Jungkook oldida yurib ketayotgan qizga qaragancha hayol surdi.

P.O.V《Jungkook》

Nahotki... nahotki mening savdo markazimda shunday qiz ishlar ekan-u, ammo men bilmas ekanman. U meni tabassum qilishga majburlagan ilk qiz bo‘ldi. U juda pok. Nima bo‘lganda ham unga ko‘ngil qo‘ymasligim kerak. Uni bu tartibsiz hayotimga olib kirmasligim kerak.

Ular Mallga kirishdi. Ularni birga kirganini ko‘rgan hamma xodimlar bir-biriga pichirlay boshladi.

Bu yerning rahbari bo‘lmish qiz yugurib keldi va:

-Salom Jeon Jungkook. Qanday qilib bu Mallga kelibsiz, yuring sizni bu yerni qanday yuritayotganim bilan tanishtiraman. Aytgancha bayramingiz bilan-dedi kulib uning qo‘lidan tutmoqchi bo‘lganda Jungkook qo‘lini tortib oldi.

-Sen bu yerda nima qilyapsan?! Hozir ish vaqting ishingga bor Sena! Ishlashni o‘rniga nimalar qilyapsan?!-dedi Senaga g‘azab ila gapirib baqirdi.

Sena endi yuzini yerga qaratib,,Hop" degancha ketayotgan edi Jungkookni uni to‘xtatdi va:

-Shu yerda tur! Ismingiz nima?-dedi boyagi qizga qarab

-chloe. Chloe Marchand Janob-dedi tabassum qilib Jungkookga qo‘lini uzatib

Jungkook uning qo‘liga bir qarab qo‘ydi va dedi:

-Siz hamma xodimlaringizga shunday qo‘polmisiz? Yoki har bir eshikdan kirgan boy va kelishgan yigitlarga shunday osilasizmi? Siz mening savdo do‘konimni obro‘sini to‘kishdan boshqa narsa qilmayapsiz-dedi g‘azab ila unga qarab

-J.jungkook bas qil! Iltimos bu nima deganing-dedi Sena sekin Jungkook eshitadigan qilib uning qo‘lidan tortib.

Jungkook unga parvo qilmay gapirishni davom etdi:
-ishdan bo‘shatildingiz Marchand xonim

Jungkook shunday dediyu Senaning qo‘lidan tortib odamlar orasiga kirib keta boshladi.

-Jungkook qo‘lim..... qo‘lim og‘riyapti. Qo‘yib yubor
Jungkook to‘xtadi va Senaga qarab dedi:

-Xo‘sh endi nima qilamiz?

-Aaa haligi....-dedi va biroz o‘ylanib Jungkookning ustiga qaradi- Birinchi navbatda mana bu kiymingizni almashtiramiz

-Nima? Kiymimga nima qilibdi?-dedi jungkook

-Hazillashyapsanmi? Qop-qora kiyim juda ham g‘alati ko‘rinyapsan. Vaxshiy maxluqdek-dedi Sena qo‘llarini ko‘tarib maxluqga ishora qilgandek

Uning bu qilig‘idan Jungkook yana kulib yubirdi va:

-Seningcha shunday ko‘rinamanmi? Ammo aslida ham shunday emasmi?

+Hech ham unday emas! Sen yosh bolalardek ko‘p kulasanku-dedi

-Ammo hamma oldida ham emas! Istasang senga qanday maxluq ekanligimni ko‘rsatishim mumkin-dedi ayyorona jilmayib Sena tomon yaqiashib.

+Y.yo‘q shart emas!

~ ~ ~

P.O.V《Sena》

Biz birgalikda uning kiymini almashtirishga bordik. U norasmiy va qora bo‘lmagan kiyimda juda ham ajoyib ko‘rindi. Keyin esa men unga birga nimalar qilishimiz mumkinligini aytdim. U bir og‘iz ham gapirmadi. Shunchaki rozi bo‘ldi. Faqatgina men gapirdim men aytdim u esa tingladi.

-Men shu jinnicha kiyimni kiyishim shartmi?-dedi etiroz bildirib Jungkook

+Juda ajoyib turibdiku!-dedi biroz kulimsirab Sena

-Hatto sen ham ustimdan kulyapsan!

+Nima faqatgina men uni ustidan kulaman deb o‘ylaganmiding?- dedi Sena kulgidan o‘zini tiyolmay

Birdaniga Sena belida kuchli bosimni his qildi. Ko‘zlari kattalashib ketdi. Yuziga urulayotgan issiq nafas sabab jim qoldi.

-Yoki o‘zing jim bo‘l, yoki jim qilishning ko‘plab ajoyib usullarini senda sinab ko‘raman! Ammo bular senga yoqmasligi anniq Qorparcha!

+Y.yaxshi yaxshi. J.jungkook meni qo‘yib yubor
Qarshida ojiz qolgancha titrayotgan qizni ko‘rgan Jungkook mamnun holda jilmaydi va:

-Nega qo‘yib yuborishim kerak?-dedi qizning yuziga yaqin kelib-menga shu poza yoqyapti

+Ch.chunki hozir biz sen bilan bir joyga boramiz-dedi qiz 2-gapiga etibor bermay.

Ular birgalikda savdo markazidagi bolalar o‘yingohiga borishdi.

-Birkami yosh bolalar bilan o‘ynashim qolgan edi-dedi Jungkook past ovozda nolib

+Shunchaki ularga qaraymiz. Ularning shirinligini qara-dedi quvonib qiz

Bir zum senaga tikilib qolgan yigit unga savol berdi:
Sena! Sen.... necha yoshsan?

+yigirma bir. Nega so‘rading?-desi Sena etiborini bolalardan uzmay

-nima? 21?!- dediyu Jungkook kulib yubordi.

+bas qil!-ensasini qotirgancha dedi Sena-o‘zing necha yoshsan

- 28yoshman-dedi mamnun holda

+Nima?! Oilalimisan? Farzandlaring bormi?-unda qarab shunday dediyu kulib yubordi

-Yo‘q!-dedi qatiy ohangda

+Nega?

-qiziquvchan bo‘lma qorparcha!

+Endi rostan qiziqdim aytaqol!-dedi iltimos qilib.

-Yur yaxshisi tinchroq joyga boramiz!

Ular birgalikda sahnaga borishdi. Yani konsertlar va bazida balet kabi raqslar bo‘ladigan joyga. Ammo aynidamda u joy juda tinch va hech kimsa yo‘q edi.
Ular u yerdagi joylardan birga o‘tirishdi va Sena uni yana savolga tutdi:

-Endi ayt! Iltimos

+Jim turda eshit-dedi Jungkook bir uh tortib, oldidagi kichkina qiziquvchan qizga qarab

+Bu senga g‘alati tuyulishi mumkin va boshida mendan qo‘rqishing ham mumkin. Men Mafiaman. Yani.... aytaylik biroz noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi inson. Ammo bu sabab emas! Sabab meni sevgan qizlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, men sevganlar yo‘q edi!

-Nega?-dedi yana battar qiziqib qiz

Yigit biroz jim turdi va pastga qaradi. Bir zum qiz uni holatini tushundi. Yani hozir uning ko‘zlaridan yosh aylanmoqda va Sena o‘zi bilmagan holda uning yarasini yangilab qo‘ydi

-M.meni kechir iltimos! Seni xafa qilgim yo‘q edi.

+Sababi.... Ayollarga umuman ishonch yo‘q! Va mening oilam yo‘q! Men faqat o‘zimman! Yani oilam bo‘lgan, edi desam to‘g‘riroq bo‘ladi.-bir zumda yigit jim turdi va gapni boshqa yoqga burish maqsadida qizga savol berdi:

+Xo‘sh o‘zingchi? O‘zing haqingda aytib ber-garchi ular endi uchrashgan bo‘lsa ham, yigit qiz haqida ko‘p narsalarni bilib ulgurgan va buni sezdirmay dedi

-Men asli korealikman. Fransiyaga esa bir muddar o‘qish uchun keldim. Yoshligimda sanatga baletga qiziqganman. Ammo otam qarshilik qilganliklari tufayli hozir iqtisod bo‘yicha o‘qiyman. Eh hayotimda chalkashliklar shu qadar ko‘p bo‘lib turadikiy, bazida o‘zim ular orasida yo‘qolib qolaman. Oilamdan charchaganman! Garchi buni aytish og‘ir bo‘lsa ham... shu sababdan ko‘p dunyo kezishni xoxlayman......-dedi mayus ohangda, sokin jilmayib
+Mana nega Fransiyadasan! Fransiya sevgi balki balet shahri ham-dedi va o‘rnidan turib Senaga qo‘lini tutdi-Qani tur! Kechirim sifatida menga balet ijro qilib ber!

*

Sokin musiqa butun zal bo‘ylab taralar edi. Qiz esa nafis harakatlar bilan yigitni o‘ziga battar rom etar edi. Yana shunaqa moviy tusli qorqiz misol balet kiyimi......
Sena raqsga tushar ekan, keyingi musiqa qo‘yildi. Bu esa juftlik musiqasi. Sena birzum to‘xtab qoldi. Uning oldiga kelib qo‘lini tutgan Jungkookni ko‘rib biroz hayratda qotdi.

+Seningcha men faqat qora maxluqga o‘xshaymanmi?-dedi biroz hazillashib

Sena indamay qotib turar edi. Buni ko‘rgan Jungkook ayyorona jilmaydi va Senaning qo‘llaridan tutdi....

Oq shim.... va oq kostyum kiygan yigit juda ham ajoyib harakat qilar edi. Senaning yuragi esa aynidamda urushni unutgandek edi.

Uyalganidan darrov qizargan qizni ko‘rib, Jungkook yana ham unga yaqinlashar va ehtirosli harakatlar qilar edi....

Timeskip. 1 oydan so‘ng

P.O.V《Sena》

Mana oradan 1 oy ham o‘tdi. Jungkook bilan tanishganimizga bir oy bo‘ldi. Aynan mening tug‘ilgan kunimda! 13-yanvarda! Bugun u menga muxim gapi borligini aytdi. U hatto tug‘ilgan kunim bilan tabriklamadi ham! Ammo men manashu qisqa vaqt ichida unga qattiq bog‘lanib qolgan edim! Balki... uni sevib qolgandurman?!
Oradan 10 daqiqa o‘tdi. Jungkookdan esa hali ham darak yo‘q! Yoki meni aldadimi? Jin ursin yana 5daqiqa! Kelmasa ketaman! Yo‘q ketmayman! Kerak bo‘lsa yillab kutaman

P.O.V《Jungkook》

Bu kunni ancha oldin rejalashtirib keldim. Yani uning tug‘ilgan kunida unga uchrashishni takluf qilishni. Qo‘rqyapman! Agar meni rad etsachi? Meni umuman sevmasachi?! Nima bo‘lsa ham uni boshqasiga berib qo‘ymayman!
Jin ursin! Men bu gullarni olaman deb uni uzoq kuttirdim! O‘zimdan nafratlanib ketyapman! U bilan ilk ko‘rishgan joyimizda uchrashdik. Men o‘sha skameka tomon borar ekanman. Mening qorparcham u yerda o‘tirar edi. Jin ursin! Uning bu yoqimtoy ko‘rinishi, istamasam ham mening unga nisbatan nosog‘lom ishtiyoqimni uyg‘otadi.
O‘zi tomon yugurib kelgan yigitni ko‘rgan Sena o‘rnidan turdi va nima deyishni bilmay qoldi.

+Kechirasan qorparcha! Seni kutdirdim.-dedi nafasini rostlab yigit

-Hech qisi yo‘q Jungkook-dedi uni kelganidan hursand bo‘lganini sezdirmaslikga urungancha qiz.

+Bularni kechirim o‘rnida qabul qilasizmi, qorqiz!-dedi unga bir dasta u yoqdirgan moviy atirgullarni tutib

-Jungkook!-dedi qiz sevinib-Bular.... bular....
Jungkook Senadan biroz uzoqlashdi va qo‘liga bir moviy qutini oldiga ichini ochib dedi:

+Mening qorparcham, Senam! Mening sevgan qizim bo‘lasanmi? Umrim oxirigacha Seni sevaman! Mening sevganim bo‘l! Meni sevmasang ham mayli! Mening sevgim 2mizga ham yetadi!-dedi va hayajon bilan Senaning javobini kutar edi

Sena esa bir zum hayron qoldi. Nima deyishni bilmadi. Atrogdagi hamma ularga qarar, va bazilar havas ila hayrat bilan videoga olar edi.

: rozi bo‘l!

:rozi bo‘lsangizchi?

: rozi bo‘laqoling qorqiz opa!

Sena so‘zlarini topolmaganidan ,,ha" degandek bosh chayqadi va hamma ularni olqishladi.

Jungkook esa mamnunlik bilan Senaga yaqinlashdi va qo‘lidagi moviy qutidagi 2ta bo‘yinga taqadigan taqinchoqdan birini oldi:

+Bu sen uchun sevgilim-dedi va unga balerina shaklidagi moviy toshlar bilan bezalgan taeinchoqni taqib

Sena quvonchdan Jungkookni bo‘ylidan quchib oldi. Bir zum Jungkook muzlab qoldi va u ham javoban qizni qattiq bag‘riga bosdi.

-Endi esa men-dedi Sena biroz uyalib yigitning quchog‘idan chiqgancha, qo‘liga 2-taqinchoqni olib

-Agar uni yechsang sening bo‘yningni sindiraman!-dedi qiz hazillashib, taqish mobaynida

+Buni hech qachon yechmayman!-dedi balerinaga mos, yigitning ko‘rinishiga ega taqinchoqga qarab.

Bir zumda Sena endi qo‘lini olmoqchi bo‘lganida yigit bunga yo‘q qo‘ymadi va qizni qo‘llarini bo‘ynidan o‘rab, orqasiga opishlagancha mahkam ushlab yugura boshladi

-J.jungkook! Nimalar qilyapsan! Hamma bizga qarayapti! Bas qil!-dedi qiz hayajon bilan!

+Nega endi?! Hamma bilsin sen mening sevgilim ekanligingni, endi meniki ekanligingni!-dedi Jungkook qatiylik bilan tabassum qilib

~~~

"Sevgi- bu uni eslab tabassum qilish. Hatto u uzoqda, seni tanimasa ham....❤️‍🩹"
-Sena-