March 28, 2025

My only one 

Ep_5

Jungkook Jhopega buyruq bergandan so'ng so'ng Taehyung ko'rib qolmasligi uchun oshxonadan chiqib ketdi. Jhope esa Taehyung va Jimin o'tirgan joyga borib

Jhope:Doktor Kim sizda gapim bor edi mumkinmi?

Tae:ha albatta

Jhope va Taehyung oshxonadan chiqib ketdi. Jimin esa hamon askarlar bilan gaplashib o'tirarkan oshxonaga Yoongi kirib keldi. Kirgandan so'ng u birinchi bo'lib Jiminga ko'zi tushdi va uni oldiga borib

Yoongi:salom Doktor Park

Jimin:sizga ham sa...siz?

Jimin gapirayotgan payti Yoongini ko'rib unga tikilib qoldi. Yoongi Jimin nega yana unga bunday qarayotganini tushuna olmadi

Yoongi:hooy...meni eshityabsanmi?

JJimin hayolga berilib qolgani uchun uni eshitmadi. Yoongi u tomonga biroz egilib barmoqlarini qarsillatdi va Jimin oxiri o'ziga keldi

Yoongi:nima men shunchalik chiroylimanmi?

Jimin:n.nimani aytyabsiz?

Yoongi:nega menga buncha tikilasan ertalab ham shunday qilganding

Flashback ertalab

Taehyung va Jimin erta tongdan bugungi ish kuni uchun tayyorgarlik ko'rishdi. Oq halatlarini kiyib tibbiy bo'limga ketishayotgan paytda mashqlar maydonida askarlarni shug'ullantirayotgan Yoongini ko'rib qolishdi. Yoongi askarlarga qanday anjimaniya (push-up hullas o'shnaqa mashq tushunvolasilar) qilishni ko'rsatayotgan edi. Taehyung o'z hayollari bilan unga e'tibor bermadi lekin Jimin unga va uning mushaklariga tikilib qolgandi.

Mikrofonni ignor qilamiz😉

Pov/Jimin

Wow u juda ham chiroyli. Jhope aldamagan ekan u rostdan ham mushukchaga o'xshaydi. Uning mushaklari.... Eeyyy me nega undan ko'z uza olmayabman o'zi? Hoy Jimin unga qarashni bas qil...

Jimin bir nimalarni o'ylab turgan paytda behosdan Yoongi ham unga qaradi. Nigohlar ilk bor to'qnashdi...balki bu ba'rining boshlanishidir?

Jimin ertalab nimalar bo'lganini eslarkan o'zi bilmagan holda gapirib yubordi

Jimin:haligi...ertalab sizni mushaklaringiz meni o'ziga tortdi va...

Jimin tezda og'zini qo'llari bilan yopib oldi

Yoongi:mushaklarim? Mushaklarimmi?

Jimin o'ylamay aytgan gapidan qizarib ketdi va uyatdan boshini egib oldi. Ularni kuzatib turgan askarlar bir birlari bilan pichirlashishni boshladi.

:seningcha ular oldindan tanishmi?

:menimcha ular juda yaqinga o'xshayabdi

:ular bir biriga mos ekan

:ha men ham shu fikrdaman

Jimin va Yoongi askarlarni eshitib turishsada ularga hech nima deya olishmasdi. Va oxiri Jimin uyalganidan

Jimin:m.men...men ketishim kerak-Deb oshxonadan yugurib chiqib ketdi. Uni orqasidan qarab qolgan Yoongi ham o'zi bilmagan holda yuzida kulgu paydo bo'ldi lekin yonida askarlar borligi esiga tushib birdan jiddiylashdi

Yoongi:Diqqat!!ovqatlanishdan so'ng hamma yugurish maydoniga

Deb buyruq berib u ham oshxonadan chiqib ketdi

:ana u gapimizni eshitib qoldi...

:ha endi o'lgunimizcha yugurtiradi...

:unchalik emasdir...

:serjant Yoongi juda ham qattiqqo'l nima bilmaysanmi?

:unda yaxshilab ovqatlanib kuch to'plab olish kerak...

Ular yana kulishib ovqatlanishda davom etishdi

•••

Taehyung Jhope bilan oshxonadan chiqishgach Jhope gap boshladi

Jhope:Doktor Kim Kapitan Jeon sizni xonasiga chaqirgandi shuni sizga aytmoqchi edim

Taehyung bu gapni eshitib ko'zlari kattalashib ketdi va

Tae:aa...ha..ha albatta faqat hozir do'stim chiqsin keyin birga boramiz

Jhope:yo'q Kapitan o'zingiz kelishingizni buyurdi

Tae:ho'p mayli...

Taehyung noiloj rozi bo'ldi va Jhope ketgandan so'ng tezda yotoqxonaga borib yana avvalgidek sochlarini to'zgitib yuziga niqob taqib oldi. Keyin u Jungkookni xonasiga yo'l oldi. Xona eshigini taqillatgandan so'ng "kiring" degan ovoz eshitilgach Taehyung chuqur nafas olib ichkariga kirdi.

Kirgandan so'ng Jungkook Taehyungga qarab unga o'tirishini aytdi.

Jk:kiravering Doktor Kim

Taehyung o'zini bosishga va iloji boricha hotirjam ko'rinishga harakat qilardi va borib Jungkookni oldidagi stolga o'tirdi. Jungkook esa uni biroz sinamoqchi bo'lib (eslatma: Taehyung achchiq narsalarni va qahvani yoqtirmaydi)

Jk:balki oldin qahva icharmiz?

Taehyung qahva so'zini eshitishi bilan yalt etib Jungkookga qaradi.

Tae:men haligi qahvani yoq...

Pov/Taehyung

Agar hozir rad etsam u sezib qolishi mumkin

Tae:albatta yoqtiraman...

Jk: bu boshqa gap

Jungkook yordamchisiga 2ta eng achchiq qahva olib kelishini aytdi. Birozdan so'ng qahvalarni olib kelishgandan so'ng Taehyung ularga qarab og'ir yutinib qo'ydi.

Jk:marhamat

Jungkook Taehyung tarafga bitta qahvani uzatdi. Taehyung ham uzoq o'ylanib uni olishga majburligini tushunib yetdi. Jungkookni qo'lidan qahvani olgach uni biroz ho'plab ko'rib yuzini burishtirdi. Jungkook esa unga tikilib qaradi.

Jk:nimadir bo'ldimi?

Tae:yo'q men...men haligi boya oshxonada qahva ichgandim shunga hali chanqamadim

Jk:atiga bir stakan qahva...

Jungkook atayin Taehyungni sabrini sinayotgan edi. Taehyung oxiri chiday olmay shart o'rnidan turib baqirib yubordi.

Tae:BAS!!!YETAR!!!MEN ICHISHNI ISTAMAYMAN DEDIM!!!

Jungkook sekingina lab chetida kulib qo'ydi va

Jk:balki o'zing bas qilarsan Taehyung?!...

Dedi qat'iylik bilan. Taehyung birdan Jungkook tomonga qaradi va...

5-qism tugadi

By Jeon Hyuna 💫