My only one
Jimin Jungkookning gaplarini eshitib unga biroz bo'lsada rahmi keldi
Jimin: unga haqiqatni aytishingiz kerak!
Jk: u menga ishonmaydi...meni eshitishni ham ko'rishni ham istamayabdi...uning ko'zlarida oldingidek muhabbatni emas menga bo'lgan cheksiz nafratni ko'rdim...
Jungkook hafalik va aybdorlik hissi bilan gapirdi.
Jimin:baribir urinib ko'rishingiz kerak. U sizni hali ham yaxshi ko'radi lekin aytolmaydi...
Ular gaplashib o'tirarkan xonaga Yoongi boyagi Jimin bergan tibbiyot qutisi bilan kirib keldi. Xona ostun ustun bo'lib yotganini ko'rib
Yoongi:Jungkook? Nima bo'ldi? Nega xona bu ahvolda? Senchi?
Dedi qonayotgan qo'liga ishora qilib. Keyin Jiminni yodiga Taehyungni bir o'zi qolganligi tushib
Jimin: serjant Min Kapitan Jeonga o'zingiz yordam bering men Taehyungdan habar olmasam bo'lmaydi...
Jimin xonadan chiqib ketgach Yoongi Jungkookga yuzlandi
Yoongi:balki nima bo'lganini aytib berarsan?
Jk: esingdami senga eski muhabbatim haqida aytib bergandim...
Yoongi bu gapni eshitib ko'zlari kattalashib ketdi
Yoongi:nima sen Jiminni sevganmisan?
Degandan so'ng Jungkook yaralangan va qon oqayotgan qo'li bilan Yoongini boshiga musht tushurdi. Keyin Yoongi boshini ushlab
Yoongi: aishsh...nega urasan? Og'ridi axir...
Jk:mening ham qo'lim og'riyotgandi...ahmoq qanday qilib men Jiminni sevishim mumkin esing joyidami?
Yoongi: men o'ylabmanki Jimin bilan gaplashib o'tirganingiz va xona bu ahvolda bo'lgani uchun...
Yoongi: kel qo'lingni bog'laymiz
Jimin Taehyungni xonasiga kelib eshikni ochmoqchi bo'lganda eshikni ochilishiga nimadir to'sqinlik qilardi. Ichkaridan esa yig'i ovozlari eshtilardi...Taehyung xona ichida eshikka suyangan holda yig'lardi
Jimin: Tae eshikni och bu menman...
Jimin eshikni tinmay taqillatarkan yig'i ovozi birdan tinib qoldi. Jiminni havotiri ortib yana eshikni ochishga urindi lekin foydasi yo'q edi. Keyin u yugurib yana Kapitanni xonasiga bordi va hovliqib ichkariga kirdi. Yoongi Jungkookni qo'lini bog'lab bo'lgandi va ular birga gaplashib o'tirgan paytda birdan xonaga Jimin kirgani uchun ikkisi ham unga qaradi
Jimin hansirab nafas olarkan so'zlari bo'linib bo'linib chiqardi
Jimin:xonada...Taehyung...unga nimadir bo'ldi...iltimos yordam bering...
U boshqa hech narsa deya olmay yig'lab yubordi
Jungkook Taehyung ismini eshitib tezda o'rnidan turdi va xona tonomga yugurdi va eshikni zarb bilan itardi. Ichkarida Taehyung eshikka suyanib qolgani tufayli itarilish natijasida oldiga silkinib ketti va eshikdan uzoqroqqa yiqildi.
Jungkook buni ko'rib qo'rqib ketdi
Jk:Tae senga nima bo'ldi? Ko'zingni och...
Jungkook uni ko'tarib tibbiy bo'limga olib ketdi
Kelgandan so'ng Jimin unga tinchlantiruvchi ukol uladi
Oradan bir soat o'tgach Taehyung o'ziga kela boshladi shu paytda Jungkook ham xonaga kirib Taehyungni o'ziga kelganini ko'rdi lekin Taehyung uni ko'rib boshini boshqa tarafga burib oldi. Jungkook indamasdan Taehyungni yoniga o'tirib uning qo'lidan ushladi. Taehyung qo'lini tortib olmoqchi bo'lganda Jungkook uni biroz qattiqroq ushladi.
Tae: nima qilyabsan? Qo'yib yubor og'riyabdi...
Jk:axir hali qattiq ushlamadimku
Dedi ukol ulangan qo'liga ishora qilib
Jungkook uning qo'lini qo'yib yubordi va yotoqni aylanib o'tib Taehyungni chap tomoniga o'tirdi va yana qo'lini ushladi.
Taehyung bu safar indamadi. Jungkook bir xo'rsinib
Tae:sen bilan gaplashadigan gapim yo'q
Jk:Taehyung iltimos meni eshit
Tae:seni eshitishgan majbur emasman
Yana sovuqqonlik bilan javob qaytardi
Jk: biroz bo'lsada eshita olmaysanmi? Senga hammasini tushuntirib berman...
Tae: menga tushuntirishing shart emas...seni eshitishni istamayman
Taehyung boshini burib ko'zlarini yumib oldi. Jungkook ham indamay unga tikilib turaverdi. Oradan 10 daqiqa 15 daqiqa o'tsa ham Taehyung ko'zini ochmadi. U o'zini ataylab uxlaganga solayotganini bilgan Jungkook
Seni qanday turg'azishni bilaman...
Dedi ichida va Taehyungni ikki qo'lini ham yotoqqa bosib ustiga chiqib oldi va yuziga yaqin kelganda Taehyung birdan yuzini boshqa tomonga burib oldi. Jungkook esa lab chetida kulib yana uni yuziga egilganda Taehyung yana boshini burdi
Tae: ahmoq tush ustimdan nima qilyabsan?
Jk:men seni rostdan uhlayabdi deb o'ylagandim
Tae: seni bu yerdan chiqib ketishing uchun o'zimni uxlaganga solgandim
Jk:meni shunchalik ko'rishni istamaysanmi?
Tae:hozir nima qilmoqchi eding?
Jk:nima qilmoqchi ekanligimni bilib turibsanku...nega yuzingni burib olding?
Tae:sen meni tashlab ketgansan bularga egalik qilolmaysan
Jk:agar hohlasam hozirning o'zida...