My only one
Bu vaqtda Jimin tibbiyot bo'limida shifoxonadagi bir tanishi bilan telefonda yozishibdi o'tirgandi
: salom Doktor Park ahvollar qalay? U yerlarda qiynalmayabsizmi?
Jimin:salom Bogum ahvolim yaxshi, bu yerda men o'ylaganimdek qiyinchiliklar yo'q ekan
Bogum: ahvolingiz yaxshiligidan hursandman shifoxonada sizning o'rningiz bilinyabdi siz va Doktor Kimsiz ancha qiyin bo'lar ekan
Jimin uning gapiga kulib qo'ydi. Aynan shu paytda u o'tirgan xonaga Yoongi kirib qoldi va Jiminni kim bilandir kulishib yozishayotganini ko'rib jahli chiqdi. Jimin orqasiga o'girilib turgani uchun esa Yoongini kelganini payqamagandi. Keyin Yoongi unga yaqinroq borib
Birdan eshitilgan ovozdan Jimin qo'rqib ketdi va buning natijasida uni qo'lidagi telefoni yerga tushib ketib sinib qoldi. Jimin esa bundan nolib
Jimin: aishsh...bu nima qilganingiz? Eshikni taqillatib kirsangiz bo'lmasmidi? Sizni deb telefonim sindi endi nima qilaman? Jin ursin!!
U yerdagi telefonni olish vaqtida Yoongiga jahl qilib gapirdi. Yoongi esa uning bu ishidan biroz kulib qo'yib
Yoongi: askarlardan biri yugurish vaqtida jarohat oldi shunga yordamga chaqirgani kelgandim. Seni bu yerda kimdir bilan MIRIQIB gaplashayotganingni bilmagandim
U atayin kesatib gapirdi. Jimin uning bu gapidan ensa qotirdida javon oldiga borib birinchi yordam uchun kerakli jihozlarni oldi
Jimin: bo'ldi ketdikmi? U qayerda?
Jimin:o'zingiz aytdingizku askar yaralandi deb
Yoongi:haa...umi? Menga ber o'zim eplayman
Deb endi Jiminni qo'lidan qutini olaman deganda Jimin qo'lini tortib oldi
Jimin: bu yerda Doktor sizmisiz yoki menmi?
Yoongi:sensan albatta lekin senga boshqa topshiriq bor o'sha askarga Taehyung yordam beradi
Dedi uning chalg'itishga harakat qilib chunki Yoongi Jiminni boshqa askarlar bilan ko'rishni istamasdi va Jiminni rashk qilardi...Ha u Jiminni sevib qolgandi. Lekin buni o'ziga ayta olmaydi.
Jimin: o'zim ham yordam bera olaman Taehyung bu yerda emas...
Jimin Taehyung bu yerda emasligini bilgacha sarosimaga tushib qoldi
Jimin:Taehyung...u qayerda? U bu yerda emas!!
Yoongi:tinchlan u Kapitan Jeonning xonasida uni chaqirtirishgandi...
Yoongi gapini tugatmasdan oldin Jimin baqirib yubordi. Va Yoongiga e'tibor bermasdan xonadan yugurib chiqib ketdi. Kapitanni xonasiga borib eshikni ochishga urindi lekin eshik qulf edi. Keyin u baqirishni boshladi
Jimin:HOY KIM BOR ESHIKNI OCHING! TAEHYUNG
U baqirib eshikni qattiq urgandan so'ng eshik ochildi. Uni Jungkook ochgandi. Jungkook Jiminga savol nazari bilan qarab
Uni hali ham jahli chiqib turgani uchun sovuq ohangda so'radi. Jimin uni turtib o'tib xonaga kirdi. Qarasa hamma narsa ostun ustun bo'lib ketgan, hamma joyda qog'ozlar va shisha siniqlari yotardi. Jiminni yanada havotiri oshib jahl bilan Jungkookni oldiga bordi
Jimin:Taehyung qayerda? Unga nima qilding? Senga gapiryabman javob ber!!
Deya Jungkookni yoqasidan ushladi
Deb Jiminni qo'lini yoqasidan olib siltab tashladi. Jimin esa Jungkookga barmog'ini tirab
Jimin: agar Taehyungga biror nima bo'lsa seni sog' qo'ymayman. Shusiz ham u seni deb ancha qiynaldi seni endi unutishni boshlagan paytda yana uni oldida paydo bo'lding
Jimin tahdid ovozida gapirarkan Jungkook Taehyungni o'tmishi haqida bilish uchun tinchlanib olishlari kerakligini tushundi
Jk: kel oldin tinchlanib olamiz. Sen uni do'stisan shundaymi? Menga uni o'tmishini aytib bera olasanmi?
Jimin biroz o'zini bosib Jungkook bilan stolga o'tirdi va bir boshidan o'tmishdagi voqealarni Taehyungni qanday qiynalgani, tushkunlik tufayli koma holatiga tushganini hammasini aytib berdi.
Jimin: men hozir undan bunchalik havotir olayotganimni sababi unda koma asoratlari qolib ketgan ya'ni u qattiq asabiylashsa hushini yo'qotishi ve eng yomoni yana komaga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun ham men undan doimiy havotirlanib yuraman
Jungkook uning gaplarini eshitib Taehyungni tashlab ketganidan afsuslandi
Jk: bilasanmi aslida men uni o'z ixtiyorim bilan tashlab ketganim yo'q, bunga ota onam majbur qilishgandi "agar o'sha qizga uylanmasang sendan voz kechamiz bizni senday o'g'limiz yo'q" deb aytishdi. Shuning uchun men majburlikdan bu ishni qilgandim...