September 8, 2025

My only one ep_9

Time skip. Erta tong

Seoul Harbiy Bazasida har doimgidek vazifalar talaygina. Erta tongdan Yoongi o'z askarlarini mashq qildiryabdi. Jimin ham Taehyungni ahvolidan habar olgach tibbiy bo'limga yetib keldi. Jungkook esa ba'zi bir hujjatlar bilan ishlashi kerak bo'lgani uchun hozir o'z xonasida o'tirgandi.

Bugun Taehyung o'zini ancha yaxshi his qilgani uchun u ham ishga chiqishga qaror qildi va tibbiyot halatini kiyib endigina xonadan chiqmoqchi bo'lib eshik dastagini ushlagandi hamki, boshqa bir tarafdan eshikni kimdir u bilan birga ochgani uchun Taehyung muvozanatni yo'qotib oldinga itarilib ketdi, lekin o'sha odam uni tutib qoldi. Bu Jungkook edi.

Jk: Hoy ehtiyot bo'l, Tae

Taehyung darrov o'zini o'nglab unga qaradi

Tae: Kapitan Jeon? Bu yerda nima qilyabsiz?

Jk: Sendan habar olgani kelgandim...ahvoling yaxshimi?

Tae:Xa.. yaxshiman bu behosdan boʻldi mazur tutung

Jungkook unga biroz tikilib qoldi

Jk:menimcha sen hali ham tuzalmagansan...

Tae:nega bunday deyapsiz 👀

Jk:Haligi...halatingni teskari kiyib olibsan

Jungkook iloji boricha kulgisini ushlab turishga harakat qilardi

Tae:Nima? Oh bu tushunmovchilik

Taehyung tez xonaga qaytib eshikni yopdi lekin qulflashni unutgandi

Pov/Taehyung

Jin ursin nega buni payqamadim

Taehyung butunlay kiyimlarini oʻzgartirish uchun yechadi va shu payt xonaga Jungkook kiradi va Taehyung kiyimini to'g'rlayotganini ko'rib uning mukammal tanasiga tikilib qoladi

Pov/Jungkook

U huddi avvalgidek mukammal hatto undan ham yaxshiroq

Taehyung avvaliga buni koʻrmaydi lekin keyin koʻrib baqirib yuboradi

Tae:Bu yerda nima qilyapsiz!!

Jungkook lab chetida jilmayib eshikga suyanib oladi

Jk: Nega uyalyabsan? Bu tanangni oldin ham ko'rganmanku

Tae:Hey! Siz bu yerga meni oʻtmishdagi sevgilim sifatida keldingizmi yoki kapitan Jeon sifatidami

Jk:Hmm?...unisi ham bunisi ham...Kapitan sifatida ahvolingdan hambar olgani keldim...o'tmishdagi sevgiling sifatida tananga qarashga haqqim bor

Tae:Biz allaqachon hammasini tugatib boʻldik. Oʻzingiz meni tashlab ketgansiz endi menga haqliman deya koʻrmang!

Taehyungni jahli chiqdi chunki uni ogʻriqli oʻtmishi xotirasidan oʻchmagan edi

Jk:Tae Ahir man ataylab qilmagan edim....

Tae:Jim. Sizni eshitgim kelmayapti iltimos. Bir ogʻiz ham gapirmang

Jk:Nega meni eshitishni hohlamaysan ahir

Tae:Chunki yana aldanishni hohlamayman!

Taehyung arang ko'z yoshlarini ushlab turardi uni bunday ahvolda ko'rish Jungkookga og'ir botdi, o'sha kuni unga hech narsani tushuntirmasdan uning yuragini sindirgani uchun o'zidan nafratlana boshladi. Biroz sukunatdan so'ng Jungkook hech qanday ikkilanishsiz Taehyungni o'ziga tortib labidan bo'sa ola boshladi. Bo'sa juda mayin, Jungkook unga o'z hissiyotlarini qo'shib olayotgandi–aybdorlik hissi, kechirim va uning Taehyungga bo'lgan sevgisi.

Uzoq kutilgan boʻsa nihoyat ular birlashishdi. Taehyung nima qilishni bilmasdi. Yuragi bilan qaror qilib uni yana sevishini tan olsinmi? yoki aqli bilan qaror qilib sevgisini yuragini tubiga koʻmib yana qiynalib yashasinmi? U ikki oʻt orasida qolgandi.

Vanihoyat boʻsa uzulganda ikkisining ham koʻzlari yalt etib toʻqnashadi

Tae:Nima...🥺

Jk: Afsusdaman... Menga imkon berishingni hohlayman...Tae menga qayt

Tae:Lekin... Men qoʻrqyapman yana sinishiga men chiday olmayman..

Jk:Tae...meni yaxshilab eshit...men hech qachon o'z hohishim bilan seni tashlab ketmaganman...bunga majbur bo'lgandim...

Jungkook bosh barmog'i bilan Taehyungni ko'z yoshlarini artib tashladi

Tae:Oʻsha payt...sen..sen meni...kambagʻal deb h.haqorat qilganding...

Taehyung ni soʻzlari boʻgʻziga tiqilib qolardi. U nafas olish hatto gapirish uchun qiynalardi

Jungkook barmog'ini uning labiga bosib

Jk: Shh...aytdimku bunga majbur bo'lganman deb...kel o'tmishni unutib qaytadan yangi hayot boshlaymiz

Tae:men oʻtmishni shunchaki unutib seni avvalgideg qabul qila olmayman...

Jk: bilaman meni kechirish qiyin...lekin men senga barchasini isbotlayman, qanday sevishimni, hurmat qilishimni va g'amxo'rligimni...Sen meni kechirishing uchun qancha vaqt kerak bo'lsa shuncha kutaman, Tae...bir hafta, bir oy kerak bo'lsa bir yil hatto undan ham ko'proq bo'lsa ham

Tae:Bir kuni bu keladi. Menga oʻzingizni isbotlang va men sizni qabul qilaman... Omad tilayman kapitan Jeon mayli men boray. Jiminni oldiga

Taehyung oxirgi bor uning ko'zlariga qarab so'ng xonadan chiqib ketdi. Jungkook uning ortidan tikilib

Pov/Jungkook

Mana ko'rasan barchasi huddi avvalgidek bo'ladi hatto undan yaxshiroq ham...


Taehyung jimin ni oldiga kirdi. Uni ikki yuzi qizargan edi

Jm:Hey Tae bu yerda nima qilyapsan dam olishing kerak edi.

Tae:Jimmiy men yaxshiman.. bilasanmi nima boʻldi?

Jm:Nima boʻldi?

Tae:Men Jungkook ni qabul qildim 🥹

Jm:Nima?? Bu rostmi? Tabriklayman ...

Tae: Raxmat ammo u meni ishonchimni qozonishi kerak

Jm:kapitanimiz buni uddalaydi.

Dedi jilmayib

Tae:Jimin men kelayotib Serjantni koʻrdim. Menimcha u qoʻlini qayirib olgan..

Jm: Nima? Kim? Serjant Yoongimi?

Havotirlanib so'radi Jimin

Tae:Xaa u edi. Men soʻragandim jiddiy emas deb aytdi

Jimin biroz o'ylanib

Jm: Tae agar yaxshi bo'lsang shifoxonaga qarab tur men hozir kelaman...

Dedi va tibbiy buyumlarni olib shoshib xonadan chiqib ketdi

Tae:Jimin ga nima boʻldi ? U nega bunchalik hayajonga berildi.

Taehyung oʻylab shifoxonada qoldi

Jimin Yoongini xonasiga bordi va eshikni sekin taqillatdi

Yg:Hozir bandman

Jm: Serjant Min bu men Jiminman

Yg:Ohh...

Yoong tez ochdi eshikni

Yg:Buni kutmagan edim

Yoongi Jiminni qo'lidagi narsalarni ko'rib hayron qoldi

Yg:Bular nima, sen buni qanday bilding?

Yelkasini ushladi u

Jm: Buni Taehyung aytgandi shunga bu yerga keldim

Yg:Ammo bu unchalik jiddiy emas

Jm: baribir tekshirish kerak

Dedi jiddiy ohangda keyin Yoongini xonaga olib kirib stulga o'tkazdi

Jm: ustki kiyimingizni yeching...

Yoongi qarshiliksiz yechmoqchi edi ammo ogʻriq boʻldi

Yg:Yordamlashib yubor

Jm: yaxshi...

Jimin ehtiyotkorlik bilan unga kiyimini yechishda yordam berdiKiyim yechilganida esa Yoongi ning mukammal tanasi nomoyon boʻldi. Uni tanasi maksimal darajada ajoyib edi. Uni preslari katta katta va ishgandi. Ushbu tanaga erishish ancha munchasiga emasdi. Jimin biroz vaqt uning tanasiga tikilib qoldi keyin o'zini o'nglab uning qo'lini tekshira boshladi.

Jm:og'riyabdimi?

Qayrilgan joyni biroz ezib so'radi

Yg:Ahh ha

Jm: yana jiddiy emas deysiz oddiy ushlaganda ham og'riq beryabdiku

Ensasini qotirib gapirdi

Yg:Men juda chidamli man sen ezganing uchun shunday boʻldi

Dedi kesatib o'zini oqlash uchun

Jm:bu qanday bo'ldi o'zi?

Yg:Mashgʻulot payti turnik bilan noʻtoʻgʻri ishlab qoʻyibman. Qoʻlim sirg'alib ketdi

Jm:yiqilib tushdingizmi?

Yg:Shunga oʻxshash

Jimin uning qo'liga malxam surib bog'lab qo'ydi

Jm: kamida bir hafta turnikda ishlamaysiz...kuniga 2 mahal malxam surib turish kerak, agar xohlasangiz boshqa askarlarga ayting yoki o'zim yordam beraman

Yg:Eh menda bunday holatlar koʻp kuzatilgan. Bunchalik jiddiy etibor berma

Jm: men jiddiy gapirdim! Qaysarlik qilmang Serjant Min

Yg:Sen meni boshqara olmaysan

Jm:menga farqi yo'q, demak kuniga ikki mahal o'zim bog'ichni almashtirib malxam surib qo'yaman

Yg:Men haqimda oʻzimdan boshqa hech kim qaygʻurmasdi...Sen birinchisi san

Jimin biroz jilmayib

Jm:bu mening burchim, yordam berishga doim tayyorman

Yg:Demak biz kunda ikki mahal uchrasha olamiz

Jm:shunday

Yg: Uchrashguncha Doktor Park

Jm:unda kechroq ko'rishamiz Serjant Min

Deb narsalarni yig'ishtirib xonada chiqib ketdi

9-qism tugadi

By Jeon Hyuna 💫