March 31, 2025

My only one

Ep_6

Jk:balki o'zing bas qilarsan Taehyung?

Dedi qat'iylik bilan. Taehyung birdan Jungkook tomonga qaradi

Tae: s.sen buni qanday bilding?

Jk: oldin sochlaringni to'g'irlab o'zingni epaqaga keltirib ol, bu ko'rinish senga yarashmas ekan

Jungkook hali ham qat'iylikni yo'qotmagan holda gapirarkan Taehyung buni teskarisini qilib sochlarini yana ham to'zg'itib oldi.

Tae:lekin menga bunday ko'rinish yoqadi! Nega meni chaqirganding?

Jk:nega birinchi kundan aytmaganding?

Tae: Hohlamadim...

Jk: nega? va bu nima?

Jungkook Taehyungni oldiga zarb bilan bir ma'lumotnomani qo'ydi.

Imloviy xatolar bo'lsa e'tibor bermaymiz. Buni men emas Minso unnie yasagan. Aytmoqchimanki Family emas Surname bo'ladi

Taehyung uning bu harakatidan bir cho'chib tushdi. Qog'ozga qarab undagi yozuvlarni o'qib ko'zlari kattalashib ketdi.

Tae:b.bu s.sen qachon bilganding?

Jk:ha bilgandim? Ammo sen qachon bu haqida aytmoqchi eding? Taehyung nega bu yerga kelding? Bu yer sen uchun havfli

Jungkook havotir bilan gapirarkan Taehyung esa buni aksi edi.

Tae:senga nima? Buni senga aytishga majbur emasman! Har holda bu yerga seni ko'rish uchun emas vazifamni o'tash uchun keldim. Agar bu yerda sen borligingni bilganimda bu yerga ikki dunyoda ham kemasdim!

Jk:Tae sen ancha o'zgaribsan...

Jungkook Taehyungni bunday o'zgarganidan ajablanib gapirdi

Tae:Ha o'zgardim! Hammasi o'zgardi! Men ham hislarim ham barcha barchasi! Oldingi sodda va qo'rqoq Taehyung endi yo'q!! Taqdir meni shunday o'zgartirdi!

Taehyung rostdan ham avvalgidek qo'rquv va hayajon bilan gapirmayotgan edi...

Jk:bu gaping bilan nima demoqchisan? Rostdan ham oila qurdingmi? Nega meni bundan habarim yo'q?

Jungkook ichidagi qandaydir og'ir hisni sezarkan Taehyungga zo'rg'a bu savolni bera oldi

Tae:Ha nima edi? Endi sendan ruxsat so'rab yoki senga aytib uylanishim kerakmidi? Sen meni tashlab ketding! O'sha kuni hatto menga gapirishga ham qo'ymading. Haqoratlading...menga yetim ekanligimni yuzimga solmayman deb va'da bergan eding. Senga ishongandim lekin adashibman sen faqat o'zingni o'ylaydigan razil inson ekansan. Endi sen menga hech kim emassan tushundingmi? Sendan nafratlanaman. Sen aslida hatto nafratimga ham arzimaysan. Seni uchratganimga va seni sevib qolganimga ming la'nat bo'lsin eshitdingmi? SENI SEVGANIMGA LA'NATLAR BO'LSIIIN

Taehyung necha yillardan beri ichida saqlab kelayotgan gaplarni bir nafasda hatto o'ylamasdan aytib yubordi.

Lekin bu so'zlar Jungkookni yuragini ming bo'lakka bo'lib tashlagandi. U chindan ham Taehyungni sevadi undan yana bir imkon so'ramoqchi edi...ammo hammasi teskarisiga ketdi. Jungkook Taehyungda bunchalik darajada nafrat uyg'otganini kech tushunib yetgandi.

Taehyung chuqur nafas chiqarib o'zini biroz bosib olgach.

Tae: agar muhim ishing bo'lmasa iltimos meni bezovta qilma!!

Dedi va eshikni zarb bilan yopib chiqib ketdi. U chiqib ketgach Jungkook alamidan butun xonani ostun ustun qildi. Bor ovozida baqirib qo'lini devorga urishni boshladi. Og'riq va qo'lidan oqayotgan qonga e'tibor bermasdi ham.

Taehyung esa yotoqxonaga borib alamidan yig'lashni boshladi...