December 26, 2025

𝑴𝒊𝒔𝒕𝒂𝒌𝒆

𝟐-𝐪𝐢𝐬𝐦

Agar Yoongi ayni damda hayotining mazmuni boʻlgan ish joyida nimalar boʻlayotganini bilsa aqldan ozishi aniq. Hech kimga uning ish joyiga kelish tugul, bu yerda o‘tirishga ham ruxsat yo‘q edi. Yoongi Jungkook bu yerda qanday zavq bilan aloq* qilayotganini ko'rsa, u shunchaki jinni bo'ladi. Va keyin, albatta buni shunday qoldirmasligini Jungkook yaxshi bilsada, oʻz bilganidan qolmay beparvolarcha ish tutishda davom etadi.

Bir, ikki zarba va Jungkook deyarli ikki soatdan beri davom etayotgan bu ishni yakunlab Suzyning yonidan joy egalladi.

– Jungkook !

Jungkook ko‘zlarini sekin ochib, qorong‘i bo‘sh xonasiga tikilarkan, bu shunchaki tush ekanligini anglab og‘ir xo‘rsindi.

Soat millari ertalab o‘nni ko‘rsatar, tashqarida kuchli shamol va yomg‘ir sekin tomchilardi. Jungkook yangi ishidagi birinchi kunni butunlay o‘tkazib yuborishni juda xohlasada bunga qodir emasligini bilardi. Bundan tashqari u kecha Yoongiga bu safar sinov muddati tugaguniga qadar chidashga harakat qilishini va’da qilgandi. Yoongiga berilgan va’dalar hech qachon buzilmaydi.

– Jungkook — dedi xona eshigi oldida turgan Nabi yana bir marotaba.

– bir daqiqada turaman — dedi Jungkook lekin turishga urinmadi ham.

– qahva tayyorlab qoʻydim — dedi Nabi va Jungkook minnatdorchilik bildirishga ulgurmasidan ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Jungkook o‘rnidan turishi, fikrlarini bir joyga to‘plashi kerak edi. Uni juda ko‘p marta rad etishgan, ba’zan suhbatgacha ham yetib bormagan. Hatto ishga qabul qilingan taqdirda ham, bir necha oydan so‘ng eng ahmoqona sabablar bilan bo‘shatishgan. Masalan, “odamlarni qo‘rqitishi mumkin” bo‘lgan, tanasining yuqori qismini qoplaydigan tatuirovkalari sabab. Yoki yuzidagi chandiqlar va kuyish izlari tufayli. Jungkook har safar tatuirovkalarini tozalashga yoki tovar yetkazib berishga qanday xalaqit berishini tushunishga urinar, ammo javoban faqat ulkan sukunatni olardi.

Jungkook ikkilanib o‘rnidan turdi va yotog‘ini yig‘ishtirdi. Soʻng hammomda tez yuvinib, oshxonaga yo‘l oldi. U yerdan yangi damlangan qahvaning iliq hidi taralib turardi.

Jungkook telefoniga tikilib turgan Nabiga minnatdor boʻlib qaradi.

– men hech narsa pishirmadim — dedi Nabi hanuz telefonidan ko‘z uzmay.

– menga hech narsa kerak emas — degancha Jungkook uning yoniga kelib o‘tirdi va qahva toʻla bakalni qo‘liga oldi.

Nabi
Jungkook

– seni tashlab qoʻyaman, shoshilishing shart emas. Men kiyimlarimni oʻzgartirib kelaman.

Nabi stoldan turib, xonasi tomon yoʻnaldi. Ammo eshik oldida to‘xtab, Jungkookga qaradi.

– Jungkook… senga aytganlarim haqida o‘yladingmi?

– men gaplashmayman — Jungkookning ohangi keskin o‘zgardi.

Nabi bir lahza sukut saqladi.

– u senga yordam bera oladi.

– kim? shifokormi?

– psixoterapevt — deb Jungkookni tuzatdi Nabi.

Javob o‘rniga sukunat cho‘kdi. Jungkook yarim sovigan qahvasini stolga qo‘yib, derazaga o‘girildi. Oʻzini kulrang osmon manzarasiga haddan tashqari berilib ketgandek tutdi.

Jungkookga psixoterapevt kerak emas.

U kasal emas.

Va u hech kimni o‘z xotiralarining ichiga kiritmoqchi ham emas.

Uning xotiralarida Suzy yashaydi. Barchasiga qaramay, Jungkookni har tong uyg‘onishga majbur qilayotgan inson Suzy. Jungkook o‘zini qanchalik aldashga urinmasin, baribir buni yaxshi bilardi.

Bu xotiralar Jungkookga osonlikcha berilmagan. U ularni chidab bo‘lmas og‘riqlar va ko‘z yoshlar orqali to‘plagan va endi ularni hech kim bilan bo‘lishishga tayyor emasdi. Jungkook shunchaki yolg‘iz qolishni xohlardi.

Jungkook oʻzini tiklashiga besh yil ketdi. Nabi uni shaxsan oʻzi barcha shifokorlarga olib bordi. Jungkook o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarining barchasini yengib o‘tdi, asab tizimini davoladi, sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish zarurligi haqida zarur ko‘rsatmalar oldi. Ammo u doimo qochib yurgan yagona qabul psixoterapevtniki edi.

Nabi bu mutaxassisga murojaat qilish Jungkookga hayotini davom ettirishi uchun naqadar muhim ekanini isbotlashga urinib, minglab dalillar keltirardi. Biroq Jungkook boshidagi barcha tartibsizliklarni o‘zi hal qila olishiga ishonardi.

Jungkook Suzyni besh yildan beri ko‘rmadi. Bu vaqt davomida Suzydan biron-bir xabar ham kelmadi, go‘yo u shunchaki yo‘qolib qolgandek, butunlay g‘oyib bo‘lgandek. Jungkook uni qidirmadi. Seokjin bilan qurilgan baxtli hayotini buzishdan qo‘rqdi, yolg‘iz o‘ziga zarur bo‘lgan sevgi uchun kurashishga esa kuchi yetmadi.

Lekin Yoongi sodir bo‘lgan barcha voqealardan so‘ng jim turolmadi. Jungkookni bu holatiga chiday olmadi. Suzyni topib uning ko‘zlariga qaragancha bir vaqtlar sevaman deb qasam ichgan odamiga qanday qilib bunday ish qilishga jur’at etganini so‘rash Yoongining asosiy maqsadiga aylangandi.

Yoongi kim bilan bog‘lanmasin, kimdan yordam so‘ramasin hech narsa samara bermadi. Oxir-oqibat, u ham buni qabul qilishga majbur bo‘ldi.

* * *

Jungkook tozalashi kerak bo‘lgan baland qavatli binoning ichkari qismi nihoyatda keng va bu yerda unga o‘xshagan yana kamida o‘ttiz nafar tozalovchi bor. U bu yerda ikki oydan ko‘proq ishlashiga chin dildan ishonar, ish beruvchisi uni ishdan bo‘shatishni xayoliga ham keltirmasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga qat’iy qaror qilgandi.

Jungkook

Jungkook keng, oppoq yo‘lak bo‘ylab sekin yurarkan, shisha stollarni, yangi gullar joylangan vazalarni va bezak uchun osilgan ulkan qandillarni kuzatib borardi. Qo‘lida tozalash buyumlari, xayolida esa bu interyerning narxi qanchaligi haqidagi savol aylanardi.

Jungkook hayollarini chetga surgancha ishga kirishdi. Atrofdagilarning nigohi unga qadalganini sezsada, bunga eʼtibor bermay ishini qilaverdi.

– yangimisan?

Jungkook boshini ovoz kelgan tomon burib, oldida to‘q ko‘k formadagi keksa ayolni ko‘rdi. Uning mehribon ko‘zlari, ajin tushgan terisi va sezilib turgan oyoq og‘rig‘i Jungkookga darhol buvisini eslatdi. Ayol oqsoqlanib, Jungkookga yaqinlashdi.

– bilinyapti shundaymi? — deya so‘radi ayol nigohini oyogʻiga qaratib.

– ha... lekin bu yerda buning uchun ishdan bo‘shatishlari mumkinmi?

– yoʻq... bu yerda faqat bitta narsa uchun ishdan bo‘shatishlari mumkin... agar boshliq seni yoqtirmasa… — degancha ayol oʻtirib, qoʻlidagi lattani chelak ichiga botirdi.

– gaplaringizga qaraganda u juda qattiqqoʻlga oʻxshaydi...

– asti soʻrama, u juda shavqatsiz yigit, qanchadan qancha xodimlar u tufayli haydalganlar. Agar sen u bilan uchrashib qolsang, oʻzingni yo'qdek ko'rsat. Oʻshanda muammolardan uzoqroq boʻlasan.

Ayol gapini yakunlash bilan birgalikda qaddini rostladi va yuzini burishtirib, Jungkookning orqasiga tikildi.

Jungkook qarshisida toʻxtab qolgan ayolni koʻrib oʻzini xuddi ortida u tasvirlayotgan boshliq turgandek his etdi. Soʻng ko'zlarini yumib xo'rsindi. U haqiqatan ham birinchi kundayoq ishini yo'qotib qo'yish haqida oʻyladi. Ayol uning ortida turgan insonga indamay bosh irgʻib ketarkan, Jungkook endilikda ayolni biroz oldingi gaplariga amal qilgancha oʻzini huddi yoʻqdek koʻrsatib harakat qila boshladi. Hali iflos boʻlishga ulgurmagan lattani chelakka solib qayta yuvishni boshlarkan, yelkasida kimningdir qoʻlini sezib, kutilmagan teginishdan beixtiyor qaltiradi.

– Jungkook?

Bu past ovoz uning butun tanasini titratdi. Jungkook bu ovoz kimga tegishliligini bilardi.