January 27

𝐀𝐃𝐃𝐈𝐂𝐓𝐈𝐎𝐍

— 𝖤𝖯𝖨𝖲𝖮𝖣𝖤 1 —

Suzy butun tanasini qamrab olgan noqulaylik bilan uyg‘ondi.

– men qayerdaman? bu yer qayer o‘zi?

Suzy qorong‘ulik ichida qo‘lini cho‘zdi, go‘yo bu zulmatdan chiqaradigan kimdir bordek tuyulib. Ammo barmoqlari bo‘shliqqa urildi.

– hech kim yo‘qmi? — dedi adyolga o‘ralgancha sekin o‘tirarkan.

Suzyning ochiq, silliq yelkalari va nozik bo‘yin suyagi atrofida mayda qizg‘ish ko‘karishlar ko‘zga tashlanardi. Hali ham ongini tuman bosib turgan bo‘lsa-da, uning qiyofasidagi siqilish va xavotirni yashirib bo‘lmasdi.

– boshim og‘riyapti…

Suzyning ko‘zlari xonani aylanib chiqdi. Har bir burchak, har bir soya unga begona, goʻyo o‘zini butunlay notanish, tushunarsiz muhit ichida topgandi.

– men bu yerda nima qilyapman? — dedi eslashga urinib.

Suzy

Uning ongida jonlangan so‘nggi manzara singlisi Anna bilan birga bo‘lgan ziyofat, undan soʻng hammasi uzilib qolgandek…

– flashback –

– men bir daqiqada qaytib kelaman — dedi Anna stuldan turib, bir guruh toʻplangan odamlar tomon yo‘l olarkan.

Suzy singlisining ketishini kuzatib, shunchaki tabassum bilan bosh qimirlatdi. U oʻzini noqulay his etgancha, atrofga nazar tashlab, balki boshidanoq bu yerga kelmasligi kerakligi haqida oʻyladi. Soʻng qoʻlidagi qadahni stol ustiga qo‘ygan Suzy yuvinish xonasi tomon yoʻl oldi.

Yo'lakning yarmiga yetmasidan Suzyning qadamlari sekinlashib, goʻyo tanasi oʻziga bo‘ysunmayotgandek boʻldi.

– boshim… uyga qaytishim kerak… — dedi Suzy devorga suyangancha, sekin oldinga bir qadam tashlab.

Ammo shu zahoti orqadan kimdir uni mahkam ushlab, qoʻli bilan ogʻzini yopdi. Suzyning nafasi ichiga tiqilgancha shokdan ko‘zlari kattalasharkan, qutulishga urinib, harakat qildi, lekin goʻyo joyida mixlanib qolgandek harakatlana olmadi.

– shovqin qilma.

Suzy nima boʻlayotganini tushunib ulgurmasidan bo‘ynida yengil bosim sezdi, keyin tanasida g‘alati bir issiqlik tarqalib, ongi asta-sekin xiralashdi.

Suzy ko‘zlarini zo‘rg‘a ocharkan, nigohi xira, begona bir xonaga tushdi.

– o‘zimni juda yomon his qilyapman — dedi tanasi gʻalati tarzda qizib borayotganini his qilib.

Soʻng o‘tirishga harakat qilarkan, eshikning g'ichirlashi uning eʼtiborini oʻziga tortdi.

Eshik sekin ochilgach, xonaga qora kostyum kiygan yigit kirdi. U sovuqqonlik bilan yurarkan, uzun va ingichka barmoqlari bilan galstukini bo‘shatardi.

– kimsiz? — dedi Suzy qoshlarini chimirib, yaqinlashayotgan odamning yuzini ko‘rishga uringancha.

Yigit uning bu savolini javobsiz qoldirdi.

– o‘zimni juda yomon his qilyapman… bu holat noto‘g‘ri… iltimos yordam bering — deya pichirladi keyingi lahzada tanasidagi kuchayib borayotgan muhtojlik hissi tufayli.

Yigit karavot yonida to‘xtab, sekinlik bilan galstukini bo‘shatdi va ko‘ylagining yuqori tugmalarini yechdi.

yigit

– shunchalik ojiz holga tushdingmi? — dedi u past ovozda, o‘ychan nigohini qizdan uzmay.

Va yotoq oldidagi stolga qoʻl uzatib, sharob shishasini olgach, yigitning nigohi yana Suzyning ko‘zlariga qadaldi.

– xavotir olma, endi men vaziyatni nazorat qilaman — degancha Suzyga juda yaqinlasharkan, Suzyning nafasi uning yaqinligini his qilgandek bo‘g‘ziga tiqildi.

– to‘xtang.

Suzy qarshilik ko‘rsatishga urinarkan, yigit uning yelkasidan mahkam ushlab, o‘ziga tortdi.

– o‘zing yordam berishimni istading, endi toʻxtay olmayman.

Suzy tanasida sovuq tomchilarni sezishi bilan titroq butun vujudini qopladi.

– iltimos to‘xtang… meni qo‘yib yuboring — deya yolvordi, koʻzlaridan yosh oqib.

Ammo uning soʻzlari qarshisidagi odamni to‘xtatmadi. Aksincha u Suzyning holatini kuzatgancha, lablaridagi tabassumni yashirishga ham urinmadi, go‘yo bu ojizlikdan zavqlanayotgandek.

– mumkin emas.

Keyingi lahzada Suzyning kiyimlari yirtilgach, uning yuragi vahima bilan urib, qochishga urindi. Lekin yigitning bir qo‘li Suzyning sochini mahkam ushlarkan, bu uning harakatini chekladi. Ikkinchi qo‘li esa uning beliga bosilganda, ongi bo‘layotgan voqeani to‘liq anglayolmay qoldi.

Va keyin hammasi zulmatga cho‘mdi.