December 24, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤𝐧𝐞𝐬𝐬

𝟕-𝐪𝐢𝐬𝐦

"Aytishlaricha, barcha yaxshi bolalar jannatga borar ekan, ammo yomon bolalar jannatni insonning o‘ziga olib kelar emish."

Pov author

Taehyungning shaxsiy samalyoti Parijga qoʻnarkan, Taehyung va Ariana birgalikda samalyotdan tushishdi. Atrof sokin va kimsasiz faqat Taehyungning qurollangan odamlari bor. Bu sokinlikka ko‘nikkan Ariana charchoq bilan sekin xo‘rsindi. Uning nigohi Taehyung hozirgina qo‘l berib ko‘rishgan erkakka tusharkan, Taehyung darhol xotinining belidan ushlab o‘ziga yaqin tortdi. Ariana qarshisidagi erkakka tikilib qararkan, uni ilgari ko‘rgandek g‘alati bir tuyg‘u paydo bo‘ldi. Ariananing nigohi erkakka qadalgan, Taehyungniki esa Arianaga. Xotinining boshqa erkakka, ayniqsa uning ko‘z o‘ngida qarab turgani Taehyungga yoqmay, uning belidan yanayam mahkam tutib, mashina tomon boshlab bordi. Ariana mashinaga o‘tirarkan, uning ortidan Taehyung ham oʻtirdi va mashina yoʻlga tushdi.

Taehyung ilgari hech qachon boshdan kechirmagan, o‘zi ham anglab yetolmayotgan notanish his-tuyg‘ular domiga tushgandi. Xotinining boshqa erkakka qaraganini ko‘rgan zahoti ichida nimadir alanga oldi, garchi erkak uning do‘sti bo‘lsa-da, uni o‘sha zahoti tiriklayin ko‘mib yuborish istagi hayolini egalladi. G‘azabini zo‘rg‘a jilovlab, Arianani o‘ziga tortdi va boshini uning yelkasiga qo‘ydi.

– u odam kim edi? — so‘radi Ariana.

Taehyung tishlarini g‘ichirlatib, chuqur nafas oldi.

– nega so‘rayapsan? Nima xotinim boshqa bir erkakka qiziqyaptimi?

Bu keskin ohangdan hayratga tushgan Ariana Taehyungga qarab, g‘azabini payqadi. Odatda bunday holat Arianani qo‘rqitardi, ammo bu safar unda Taehyungning rashkidan yashirin zavq uyg‘ondi.

– uning ismi nima?

Taehyungning sovuq nigohi xotiniga qadaldi.

– ti sfido a ripetere ancora quella frase, signorina Kim Ariana Taehyung.

Taehyungning ravon italyancha talaffuzi havoni birdan qizdirib yubordi, go‘yo so‘zlarining o‘zi muhitga hukmronlik qilayotgandek.

Ariana
Taehyung

– men shunchaki hazillashdim janob rashkchi Kim Taehyung. Axir men allaqachon eng yaxshi odamga ega bo‘lsam, nega boshqasiga qiziqishim kerak?

Ariana so‘zlarini Taehyungning yuzidan oʻpish bilan yakunladi.

Biroz oldin butun dunyoni kulga aylantira oladigan darajada olovli bo‘lgan his-tuyg‘ular xotinining o'pichi bilan butunlay oʻzgacha tus oldi.

– nega unga tikilib qolding?

– shunchaki u inson menga tanishdek.

Taehyung Arianani yanada o‘ziga tortdi.

– azizam asal oyimiz jazo bilan boshlanishini xohlaysanmi?

Bu gapni eshitgan zahoti Arianani tanasidan issiq bir to‘lqin yugurib o‘tgandek bo‘ldi. Shu tariqa mashina manzilga yetib borguncha ular bir biriga soʻzsiz tikilib qolishdi.

Mashina toʻxtaganini sezgan Taehyung lab chetida kulgancha Arianadan uzoqlashib, mashinadan tushdi.

– bu yerda pentxausingiz bormi? — deb so‘radi Ariana mashinadan tusharkan.

– faqat meniki emas, balki butun dunyo bo‘ylab menga tegishli bo‘lgan hamma narsalar endi ikkalamizniki.

Taehyung Ariananing qo‘li ustidan muloyim o‘pib, uni ichkariga boshlab kirdi.

Pentxaus

Pentxaus eshiklari ortida ularni mutlaq sukunat qarshi oldi. Hech qanday xizmatkorlar, hech qanday xavfsizlik xodimlari ko‘rinmasdi. Bu Arianaga yengillik baxsh etdi. Ammo yuragining tub-tubida, bu hashamatli makonda faqat Taehyung bilan yolg‘iz qolish fikri yuragini tezroq urdirardi.

– bu yerda yolg‘iz qolamizmi? Xavfsizlikchi? — soʻradi Ariana Taehyungga tikilib.

Taehyung qo‘lini cho‘ntagiga solgancha Arianaga yaqinlashdi. Uning lablarida sovuq, ammo xavfli tabassum paydo bo‘larkan, bosh barmog‘ini xotinining lablari ustidan muloyim yuzgazdi.

– ha, bu yerda faqat ikkimiz bo‘lamiz. Biz asal oyidamiz, men seni ismimni baqirib aytayotganingni mendan boshqa hech kim eshitishini istamayman... Xavfsizlikka kelsak ular pentxaus tashqarisida joylashtirilgan.

Ariana yuzlariga yugurgan qizarishni yashirish uchun tezda Taehyungdan yuz o‘girdi. Xayoliga Alex Volkovdan tortib Zade Meadowsgacha bo‘lgan kitoblarida o‘qigan sahnalar kelib, qornida go‘yo kapalaklar parvoz qila boshladi.

– kiyimlarimni oʻzgartirishim kerak, yotoqxonani qayerdan topsam bo‘ladi? — so‘radi Ariana noo‘rin xayollarini chetga surib.

Xotinini sinchiklab kuzatib turgan Taehyung lablarini sekin yaladi va xuddi shu lahzani kutgandek jilmaydi.

– yuqori qavatda o‘ng tomondan ikkinchisi — dedi Taehyung sokin ohangda, xotinini zinapoyadan shoshilinch ko‘tarilib ketishini kuzatarkan.

Xonaga kirishi bilan Ariana darhol eshikni yopdi. Qizarib ketgan yuzlariga qo‘lini tekkizib, katta oynaga yaqinlashdi va o‘z aksiga tikildi.

– bularning hammasi… u tufaylimi? — deb o‘ziga savol berdi Ariana.

Yuragi tez urarkan, bu holatga sababchi aynan uning eri ekaniga ishonish qiyin edi.

Ariana fikrlarini yig‘ishtirib, xizmatkor tayyorlagan chamadonini ochdi. Shu zahoti ko‘zlari katta-katta ochilib, nafasi tomog‘iga tiqildi. Ichidagi kiyimlarning barchasi asal oyiga mo‘ljallangandi. Chamadon qizil va qora rangdagi jozibali tungi liboslar, nafis ichki kiyimlar, bog‘ichli to‘plamlar, yengil xalatlar va bo‘yanish uchun zarur mayda-chuydalar bilan to‘lib-toshgandi. Bu manzara uning yuragini yana bir bor tezroq urdirib yubordi.

– endi nima kiyaman? — dedi chamadon ichidan mos libos qidirarkan.

Ammo ko‘ziga tushgan kiyimlarning birortasi ham kiyishga yaramasdi.

– shuning uchun chamadonimni o‘zim yig‘moqchi edim… Taehyung men haqimda nima deb o‘ylaydi? Albatta, ataylab uning e’tiborini tortmoqchi bo‘lgan ayol deb o‘ylaydi… Yo‘q! — dedi Ariana oʻz fikrlariga qarshi chiqib.

Ayni damda zaxira kalit yordamida eshikni ochib, ichkariga kirgan Taehyung qo‘llarini choʻntagiga solib, yuzida tabassum bilan uni jimgina kuzatib turardi. Aynan Taehyung xizmatkorlarga asal oyi uchun jozibali kiyimlarni tanlab joylashni buyurgandi, chunki xotini bunday liboslarni o‘zi tanlamasligini juda yaxshi bilardi.

– qanday kiyim kiymasang ham sen baribir hayotimning har bir lahzasida sajda qilmoqchi bo‘lgan insonim bo‘lib qolasan.

Ariana eshik oldida turgan Taehyungga qaradi. Ko‘zlari yanada kattalashib, shoshgancha chamadonni yopdi.

– qanday qilib ichkariga kirdingiz? — dedi Ariana duduqlanib.

– bu muhim emas.

Taehyung Ariana tomon harakatlanarkan, u yashirishga uringan chamadonga qarab boshini biroz burdi.

– kiyim o'zgartirmoqchi emasmiding jonginam? Yoki yordamim kerakmi?

Ariana kiyimlarga ahamiyat bermay, qoʻliga ilinganini oldiyu shoshilib yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Xattoki Ariana qoʻliga olgan xalat Taehyungning eng sevimli qora xalati ekanini ham bilmasdi. Uni aynan Taehyung faqat Ariana uchun tanlagan.

* * *

Ariana dush qabul qilgach kiyimlarini almashtirib, hammomdan chiqarkan chuqur nafas oldi.

Ariana

Xonaga qadam tashlashi bilan u muhitdagi o‘zgarishni sezdi, xushbo‘y shamlarning iliq nuri, xira yoritilgan chiroqlar… So‘ng ko‘zlari balkonga olib boruvchi atirgul barglari bilan bezatilgan yo‘lakka tushdi. Har bir qadamda yuragi tezroq ura boshladi. Eri tayyorlagan bu syurprizlar uni hayratga solayotgandi.

Ariana balkonga qadam qoʻyarkan, u yerda Taehyung sabr bilan uni kutib turardi. Ularning nigohlari tutashgan zahoti go‘yo butun olam bir lahzaga to‘xtab qolgandek boʻldi.

Taehyungning ko‘zlari Ariananing qomatini kezarkan, bu yuragidagi istakni yanada kuchaytirdi. Xotini xalatini pastga tortib, sonlarini berkitishga urinayotganini ko‘rib, Taehyungning lablarida tabassum paydo bo‘ldi.

– buni yashirishga urinma azizam sen menga tegishlisan. Tanang ham, qalbing ham. Lekin meni istalgan damda hujum qiladigan yovvoyi deb o‘ylama. Agar qarshimda butunlay kiyimsiz tursang ham, roziligingsiz bir qadam ham tashlamayman. Ammo…

Taehyung Ariana tomon yaqinlashdi va qulogʻiga shivirladi.

– roziligingni olganimdan keyin esa… o‘zimni tiyolmayman. O‘shanda men jentlmen bo‘lishni unutaman.

Ariananing umurtqasi bo‘ylab titroq yugurdi va u bir lahzaga nafas olishni ham unutgandek bo‘ldi.

– men hali hech narsa qilmasimdan sen allaqachon titrayapsanmi xotinjon?

Ariana ko‘zlarini kattalashtirib hayrat bilan qaradi va yo‘talishni boshladi. Taehyung tezda unga stakan suv uzatdi. Ariana suvni ichib, biroz o‘zini tutib olgach Taehyungning yonidan o'tib, stulga oʻtirdi.

– sen ataylab menga qarshi chiqyapsanmi? — norozi ohangda soʻradi Taehyung.

– nima? — deb so‘radi Ariana nimani noto‘g‘ri qilganini tushunolmay.

– ovqatlanish haqida nima dedim? Sening joying qayerda ekanini eslayapsanmi?

– lekin... mening ko‘ylagim…

– gapimni takrorlamayman.

Ariana xo‘rsinib, boʻysunishdan boshqa chorasi yo‘qligini angladi. Keyin o‘rnidan turib, Taehyung tomon yaqinlashdi. Taehyung oyoqlarini yoyarkan Arianaga o‘tirishni ishora qildi.

Ariana boshqa o‘ylamasdan Taehyungning tizzasiga o'tirgach, Taehyung qo‘llarini uning beliga o‘rab, o‘ziga yaqinroq tortdi.

– aqlli xotinjonim...