March 24

𝐃𝐚𝐫𝐤𝐧𝐞𝐬𝐬

𝟏𝟒-𝐪𝐢𝐬𝐦

"U go‘yo nigohi ichida aytilmagan minglab so‘zlar yashirindek tikilardi."

— Ikki haftadan soʻng —

– to‘xtang!

Ariananing qichqirig‘i xona devorlariga urilib, aks-sado berarkan, uning butun vujudi terga botgan, tanasi esa titrardi.

Yana o‘sha tun. Yana o‘sha la’nati xotiralar.

Ariana qancha urinmasin, o‘tmish uni yana bag‘riga tortmoqda. Taehyung ketganidan beri bu dahshatli tushlar uning tunlarini egallab, hatto kunduzlari ham soyadek ortidan ergashadigan bo‘lib qolgandi.

Ariana titrayotgan qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, yuragining shiddatli urishini tinchlantirishga harakat qildi. Ammo yuragi ko‘ksini yorib chiqib ketadigandek urar, qo‘rquv esa ich-ichidan kemirardi.

Soʻng yotoqqa suyanib, ko‘zlarini yumdi. Bu holat boshlanganiga bir haftadan osharkan Ariana nima qilishni bilmay qolgandi.

Ariana Taehyungning yonida bo‘lishini, uning ovozini eshitishni, shunchaki borligini his qilishni xohlardi, ammo u qachon qaytishini bilmasdi.

Ariana

Yonog‘idan yosh sirg‘alib tusharkan, soatga qaradi — tungi 3:00.

Va yostiqni mahkam bag‘riga bosgancha, yana uyqu uni o‘z domiga tortishiga umid qildi.

Shu payt pastki qavatdan g‘alati shovqin aralash ovozlar kelarkan, Ariananing yuragi hapriqib ketdi. U ikkilanmay yotoqdan turib, eshikni ochdi. Yo‘lakka chiqqan zahoti uydagi barcha chiroqlar yonib turganini payqadi.

Xizmatkorlar ko‘rinmasada qurollangan soqchilar har tomonda hushyor turishardi.

– tun yarmida nima bo‘lishi mumkin? — deya pichirladi Ariana o‘ziga.

Qo‘rquv ko‘ksini siqib borayotgan bo‘lsa-da, zina tomon yaqinlashib, pastdagi manzarani yaxshiroq ko‘rishga urindi va keyingi lahzada lablaridan og‘ir nafas chiqdi.

– TAEHYUNG!!

Ariananing ko‘zlari dahshatdan katta-katta ochildi.

Pastda — zambil. Zambilda esa Taehyung.

Shifokorlar uni shoshilinch ravishda qasrdagi xususiy tibbiyot xonasiga olib ketishar, oppoq ko‘ylagi qip-qizil qonga belangandi.

Taehyungning ko‘zlari yumuq edi, toki Ariananing qichqirig‘ini eshitmaguncha. U koʻzlarini zoʻrgʻa ocharkan, nigohi Jiminga qadaldi. Hatto shunday og‘ir ahvolda ham Taehyungning ovozidagi g‘azab sezilardi.

– men senga uni uyg‘otma, degandim… ahmoq.

Taehyung azobdan ko‘zlarini yana mahkam yumdi.

– men ruxsat bermagunimcha… unga meni ko‘rishga ruxsat bermang — dedi u zo‘rg‘a, shifokorlar uni xonaga olib kirarkan.

Jimin darhol boshini qimirlatib, soqchilarga qat’iy ishora qildi.

Zinapoya tepasida koʻzlari yoshga to'lgan Ariana esa go‘yo toshga aylangandek qimirlayolmay qoldi. Quloqlaridagi shovqin bosilmay, ko‘zlari oldida bitta manzara — qon, zambil, Taehyungning oqarib ketgan yuzi.

Bir zum vaziyatni anglagach, zinadan pastga yugurdi.

– yo‘q… yo‘l bering!

Soqchilar uning yo‘lini to‘sisharkan Jimin ehtiyot chorasi sifatida bir nechta xizmatkorlarni ham chaqirtirdi. Agar Ariana o‘zini yo‘qotib qoʻysa ushlab qolish uchun.

– kechirasiz xonim...

Ariananing ko‘z yoshlar tinmay oqarkan, nigohi yopiq eshikda edi.

– iltimos! Uni koʻrishim kerak...

Xizmatkorlar Arianani ushlagancha yelkasiga sekin urib taskin berisharkan uning nigohi Jiminni tushdi.

– iltimos… siz menga akamdeksiz. Iltimos, uni ko‘rishimga ruxsat bering… iltimos…

Jimin Taehyungning buyrugʻini buzolmasligi sababli og‘ir xo‘rsindi, javob bermay nigohini chetga oldi.

– MENI KIRITING! — deb baqirdi Ariana.

Ariana Taehyungni yo‘qotishdan qo‘rqardi, ehtimol bu safar qoʻrqqani sodir boʻlib, uni rostdan ham yoʻqotishi mumkin.

Jimin bir zum ko‘zlarini yumdiyu so‘ng ortiga o‘girilib, indamay uzoqlasha boshladi va odamlariga ishora qilib, hovliga chiqib ketdi. Jiminning ortidan esa Ariananing g‘azabga to‘la qichqiriqlari va og‘ir so‘zlari aks-sado berib qoldi.

Ariana oldida devordek turgan qo‘riqchiga tikilib, bir qadam oldinga tashladi.

– yo‘limdan qoch… agar seni shu yerning o‘zida otib tashlashimni istamasang.

Bir lahza butun uy sukutga cho‘markan, shu payt eshik qayta ochildi. Ichkariga qaytib kirgan Jimin Ariananing qo‘riqchiga tahdid qilayotganini ko‘rib, boshini chayqadi.

– nega bunchalik o‘jarsan? — deya pichirladi Jimin.

Jimin

Jiminni koʻrgan Ariana uning oldiga yaqinlashib, qarshisiga turdi. Bir zum ham ikkilanmay, Park Jiminning yoqasidan mahkam ushladi.

– uni ko‘rsating… — dedi Ariana gʻazab bilan.

Toqati toq boʻlgan Jimin Ariananing bilagidan ushlagancha kuch bilan uni yotoqxonasiga qarab sudradi.

– MENI QO‘YIB YUBOR PARK JIMIN!!

Jimin eʼtibor bermay, eshikni ochdiyu Arianani ichkariga kuch bilan itardi. Ariana muvozanatini yo‘qotib, deyarli yiqilib tusharkan, qarshilik ko‘rsatishga ulgurmasidan eshik yopilib, tashqaridan qulflandi.

Jimin bir lahza ko‘zlarini yumib, chuqur nafas olgach pastga tushdi va xizmatkorga yuzlandi.

– u hech qanday ahmoqona ish qilmasligiga ishonch hosil qiling va men aytmaguncha eshikni ochmang.

– tushunarli janob.

Oradan ikki soat oʻtarkan, Ariana polda tizzalarini ushlagancha oʻtirardi. Uning butun tanasi titrar, xavotir ongini zabt etgandi. Taehyung bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir yomon ehtimol xayolida aylanardi.

– nega… nega men qadrlagan har bir inson meni tashlab ketadi?

Yoshlar yana sirg‘alib tushdi.

– iltimos… yaratgan zot... yo uni qutqar yoki mening ham jonimni ol. Men u yo‘q dunyoda yashay olmayman… Men uni sevaman… juda sevaman…

Ariana

Bu vaqtda Jungkook tez qadamlar bilan uy ichkarisiga kirdi. U Taehyung bilan Italiyadagi safardan endigina qaytdi, samolyotdan tushishi bilan bu yerga shoshilgandi.

– Taehyung qayerda? Ahvoli qanday?

Jungkook shifokor bilan gaplashayotgan Jiminning yoniga bordi. Jimin shifokorga ketishni ishora qilib, Jungkookka yuzlandi.

– ahvoli og‘ir.

– ular bizga xiyonat qilishdi, Taehyung rahm qilmaydi — dedi Jungkook asabiylashib.

Jimin ham agar Taehyung bu holatdan tirik chiqsa… buni shunday qoldirmasligini bilardi.

– Taehyung ularni tiz cho‘ktiradi, birortasi ham omon qolmaydi.

– Ariana qayerda? U Taehyungning ahvolidan xabardormi? — deb so‘radi Jungkook xavotir bilan.

Jimin og‘ir xo‘rsindi.

– ha Ariana bundan xabardor. Taehyung qat’iyan Arianani uni oldiga qoʻymaslikni buyurdi. Hozir Ariana xonasiga qamalgan. Yig‘layapti…

Bu so‘zlarni eshitishi bilan Jungkook ikkilanmay zinapoyadan yuqoriga koʻtarildi, eshikni ochib, Arianani oldiga kirdi.

Yarim qorong‘i xonada Ariana o‘zini o‘zi quchoqlab o‘tirarkan, eshik ochilganini eshitib boshini ko‘tardi. Jungkookni ko‘rishi bilan shoshilib o‘rnidan turdi.

– Jungkook iltimos… u bilan uchrashishga ijozat bering… Hech bo‘lmasa… ahvoli qandayligini ayting iltimos…

Jungkook sekin Ariananing yelkasidan tutib, karavotga o‘tqazdi. Stol ustidan bir stakan suv olib, Arianaga uzatdi. Ammo Ariana boshini qat’iy chayqadi.

– uni koʻrmaguncha hech narsa yemayman ham, ichmayman ham.

Jungkook chuqur nafas oldi.

– shifokorlar hozir uni davolashyapti. Agar ruxsat berishsa, seni olib kiraman. Hozircha esa… iltimos ozgina suv ich.

Jungkook stakanni uning qoʻliga qo‘ygach, Ariana qarshiliklarsiz suvni ichdi.

– nonushta qildingmi?

Ariana boshini yoʻq deganday chayqarkan, Jungkook chuqur nafas olib, xonadan chiqib ketdi. Qisqa vaqt o‘tib, mevali salat va apelsin sharbati bilan qaytdi.

– nonushta qilib ol.

Ariana salatning yarmini tugatib, sharbatni ichgach, ko‘zlari yumilib ketayotganini his qildi.

Jungkook Ariana biroz dam olishi uchun sharbatga yashirincha uyqu dorilarini solib qoʻygandi.

Ariana uyquga ketgach Jungkook xonadan chiqib, vaziyatni nazorat qilish maqsadida Taehyungning yoniga yoʻl oldi.