𝐑𝐞𝐯𝐞𝐧𝐠𝐞
Jungkook qoʻlida chamadon toʻla yuklarini ushlagancha aeroportdan tashqariga chiqarkan oʻziga tanish insonni koʻrib, u tomon harakatlana boshladi.
Aeroport tashqarisida yarim soatdan buyon mashinaga suyangancha turgan yigit vanihoyat kutayotgan insoni aeroportdan chiqganini koʻrib yuziga kichik tabassum oldiyu gapirishni boshladi.
- nahotki koʻzlarimga ishonmayapman qarshimda kimsan Jeon Jungkook turibdimi..
Bu gapni eshitgan Jungkook joyida biroz toʻxtab, oʻziga boshdan oyoq nazar soldida yana qayta qarshisidagi insonga yuzlandi.
- nazarimda koʻzlaringga ishonganing maqul Kim Taehyung chunki qarshingdagi rostdan ham kimsan Jeon Jungkook — dedi Jungkook gʻururlanib, boshini baland koʻtargancha
- bilasanmi nima oradan 5 yil oʻtgan boʻlsada sen umuman o'zgarmabsan, hali ham oʻsha oʻsha kibr Jeon Jungkooksan
bu soʻzlar ikki yigitning biroz muddat bir-biriga qaragancha jim boʻlishiga sababchi boʻldi, soʻng ikkisi ham birday kulib yuborishdi.
- demak men kibrman, lekin tan ol 5 yil ichida mana shu kibrlikni sogʻingansan
- albatta seni ham, bu kibrligingni ham sogʻinmay boʻladimi ? — deb Taehyung qoʻllarini keng yoydi
Uzoq vaqtdan beri koʻrishishmagan doʻstlar quchoqlashib koʻrishishgach, Taehyungning mashinasiga oʻtirib yoʻlga tushishdi.
Taehyung mashina haydarkan Jungkook mashina oynasidan tashqariga qarab, tungi Seulni tomosha qilib ketardi.
Tae: hoʻsh Nyu-Yorkdagi kompaniyada ishlar qanday ketyabdi ?
Jk: u yerdagi barchasi oʻz maromida, shuning uchun ham amakim Seuldagi kompaniyamiz muammolarini hal qilish uchun chaqirib oldi
Tae: amaking chaqirganiga qaraganda bu yerdagi ishlar shunchalik yomonmi ?
Jk: buni ertaga borib bilib olaman
Tae: shoshma nima sen bugun Seulga qaytib, ertaga kompaniyadaga bormoqchimisan ?
hayron boʻlib soʻradi Taehyung
Tae: tushunmayapman qanaqasiga bunchalik ishni sevish mumkina ?!
Jk: meni qoʻy, undan koʻra oʻzing haqingda gapir. Ishlaring qanday ketyabdi ha aytgancha.. Kyuri yaxshimi ?
Kyuri bu ism Taehyungga taʼsir qilganini uning keskin jiddiy tomonga oʻzgargan yuz ifodasidan ham sezsa boʻlardi.
Jungkook ham buni tezda sezdi.
Jk: Taehyung hammasi joyidami ? Kyuri.. men nimadandir bexabarmanmi ?
Taehyung chuqur xoʻrsinib gapida davom etdi :
- u 3 yil avval oʻzidan bir dona xat qoldirib, gʻoyib boʻlgan..
Jk: nima.. qanaqasiga bunday boʻldi, qanday xat ?
Jungkook 5 yil ichida nimalar boʻlganiga tushunmay tinmay savol berarkan, ular Jungkookning uyiga yetib kelishgani uchun Taehyung mashinani toʻxtatdi.
Tae: Jungkook kel yaxshisi men senga bu haqida keyinroq gapirib beraman. Hozir sen parvoz davomida charchagansan qolaversa men ham biroz charchaganman
Jk: ha mayli.. lekin bilib qoʻy bu mavzuga hali yana qaytamiz
Jungkook Taehyung bilan hayrlashib mashinadan tushdiyu uyiga kirib ketdi. Taehyung esa boshini mashina ruliga qoʻyib oʻyga toldi.
Kyuri... nega oradan 3 yil oʻtgan boʻlsada men hali ham seni hayollarimdan chiqara olmayapman? nega hali ham ismingni eshitganimda yuragim oʻzgacha urishda davom etmoqda? nega menga oʻsha birgina xatni qoldirib, tashlab ketganingni bilsamda sendan voz kecha olmayapman? nega sendan nafratlanishni istasamda nafratlana olmayapman? nega... nega... nega...
Men... men shunchaki seni sogʻindim...
Seni yana bir bor koʻrish uchun borimni bergan boʻlardim.. faqatgina bir marta..
- janob Jeon Jungkook bir necha soat oldin aeroportdan chiqib uyiga bordi
- demak Jeon Jungkook Seulda — degancha yuziga ayyorona tabassum oldi