𝑴𝒊𝒔𝒕𝒂𝒌𝒆
Kresloga qulayroq joylashgan Jungkook chiroqni o‘ziga qaratdi. Yozuv boshlanganiga ishonch hosil qilgach, bir zum indamay kamera obyektiviga tikilib qoldi.
– bilasanmi… bu juda g‘alati, chunki sen haqingda deyarli hech narsa yodimda yoʻq — dedi u nihoyat oʻychan nigohini bir nuqtaga qadab, labini sekin tishlarkan.
– Miraning aytishicha bu kuchli stress oqibatida bo'larkan. Balki shundaydir... lekin men toʻxtamadim.
– men barchasini sinab koʻrdim, uyimizni aylandim, birga tushgan suratlarimizni tomosha qildim, hattoki narsalaringni yonimga olib uxlashga urindim... ammo sen haqingdagi birinchi yorqin xotiram barda mast holatda kaltaklangan kunim qaytdi...
Jungkookning labida achchiq jilmayish paydo bo‘ldi.
– oʻsha kun biz ilk bor uchrashgandik. Oʻylashimcha men seni ilk soniyadayoq sevib qolganman.
Jungkook kresloga suyanarkan ovozida iliqlik paydo bo‘lgandi.
– o‘shanda tinmay gapirganding, men esa yoningga o‘tirib, bir lahza ham tinglashni to‘xtata olmasdim. So‘zlaring quloqlarimda shu qadar baland va tiniq jaranglardiki, boshqa hech narsani eshitishni istamadim... Faqat seni eshitdim, faqat seni ko‘rdim — degancha futbolkasining chetini mahkam siqdi.
– o‘sha birgina xotira... Men oʻsha lahzani saqlab qolish uchun juda ko‘p marta miyamda qayta-qayta o‘yladim, endi bu lahza hech qachon yo‘qolmaydi.
Jungkook kameraga qarab, sekin tabassum qildi.
– bu gʻalati tuyulishi mumkin, lekin men seni faqat og‘riq orqali his qilaman.
– kel kuchukcha olib kelaylik.
Suzy sekin boshini burib, Jungkookka qaradi.
– bu biz uchun mashq boʻladi — dedi Jungkook.
– bola uchun — dedi Jungkook ovozini pastlatib.
Suzy biroz hayron qoldi. Jungkook esa Suzyning yoniga yaqinlashdi. Uni divanga o‘tqazib, qo‘llarini ohista uning qoʻliga qo‘ydi.
– men bir oila bo‘lishimizni xohlayman. Sen, men va kichik farzandimiz, uchchalamiz birga oilaviy dam olishlarga chiqishimizni xohlayman. Farzandimizga sovg‘alar berishni, issiq kiyimlar sotib olib, gitara chalishni o‘rgatishni, hamda uni ajoyib inson qilib tarbiyalashni istayman. Va yana farzandimiz sen kabi boʻlishini ham...
– hayotdagi maqsadlarim allaqachon o‘chirib tashlangan, menda qolgan yagona savol: Nega biz ajraldik? Nega meni tashlab ketding? Axir biz bir-birimizni telbalarcha sevardik…
Jungkook jim bo‘lib qoldi, go‘yo javobni kutayotgandek, hafsalasi pir bo‘lib kameraga tikildi.
– his qilaman… Har safar, har bir yangi xotira qalbimga qaytganida, sensiz nafas ololmasligimni his qilaman, ko‘zlarim yoshlanadi.
Jungkook ko‘zlarini yumib, boshini biroz chayqadi. Lablaridan og‘ir nafas chiqdi.
– Mira meni har safar to‘g‘ri yo‘lga haqiqat sari itardi. Men esa qayta-qayta urinib ham eplay olmadim... Bilasanmi, Mira yaxshi inson. U meni chin dildan sevadi. Tom ma’noda, u meni o‘limdan tortib chiqargan odam, men u bilan yangi hikoyani boshlashim mumkin edi.
Jungkook ko‘zini pirpiratmasdan davom etdi.
– Ammo men qila olmayman. Men hech kim bilan buni qila olmayman. Chunki menda sen borsan Suzy. Yuragimda sendan oʻzgasi uchun joy yoʻq... aslo boʻlmaydi ham...
Jungkook biroz muddat sukut saqlab, nimalarnidir oʻyladi.
– ko‘ryapsanmi? Yuzim, qo‘llarim, yelkam… Kuyishlar umuman bitmayapti. Bu kuyishlar tasavvur qilib bo‘lmaydigan og‘riqni eslatib turadi. Go‘yo terim hali ham yonayotgandek… Goʻyo har soniyada shu og‘riqdan parchalanib ketaman... Lekin hammasi joyida Suzy. Men bunga chidayman — deb pichirladi Jungkook ko‘z yoshlarini va nigohini kameradan yashirib.
– Men bunga chidayman, albatta. Men seni his qilishni to‘xtatmoqchi emasman. Seni yana izsiz g‘oyib bo‘lishingga yo‘l qo‘ymayman.
Jungkook bu botayotgan quyosh o‘zgachaligiga amin edi. Quyosh sekin botib, yorug‘likni so‘ndirdi va izsiz g‘oyib bo‘ldi.
Bu ikki kreslo, bu havo, bu tun... bularni unutish mumkin emas. Xuddi Suzyni unutish mumkin bo‘lmagani kabi. Bu fikrning o‘zi bema’nilik aslida.
– suzishga boramizmi? — dedi Jungkook hovuz tomon ishora qilib.
Suzy unga jiddiy tikilarkan Jungkook sekin yaqinlashib, barmoqlarini uning sochlari orasidan o‘tkazib, mayin jilmaydi.
– tan ol, meni bu yerga suzishni o‘rgatish uchun olib keldingmi?
– men seni bu yerga olib keldim... — dedi Suzy nihoyat, ehtiyotkorlik bilan Jungkookning bilagidan ushlab, uni o‘zidan uzoqlashtirdi.
– ketayotganimni aytish uchun.
– Seokjin… uning ismi Seokjin shekilli, menimcha u chiroyli. Hech bo‘lmaganda mendan chiroyliroq.
Jungkook oynaga qararkan o‘zining aksini ko‘rib, og‘riq ichida yuziga tabassum oldi.
– buning uchun o‘zingni ayblama. Bu mening tanlovim.
Jungkook chuqur nafas olib, kameraga yaqinlashdi.
– senga eng muhimini aytmadim, buni allaqachon bilasan lekin baribir…
– men seni sevaman Suzy. Va har doim shunday boʻlib qoladi. Sendan javob kutmayman, faqat iltimos bizning hikoyamizni hech qachon unutma. Bizni unutma...
So‘zlar tugadi. Yozuv ham shu yerda yakunlandi.
Pardalar shamolda yon tomonga ohista siljirkan go‘yo Jungkookni tashqariga chaqirayotgandek edi. Jungkook oʻrindiqdan turib, tashqariga chiqdi va keng osmonga tikildi.