December 19, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤𝐧𝐞𝐬𝐬

𝟔-𝐪𝐢𝐬𝐦

“Dunyoni bir qo‘lim bilan zabt etaman, agar sen ikkinchi qo‘limdan tutsang.”

Pov author

Taehyung oshxonada sokinlik ichida Ariananing kelishini intiqlik bilan kutarkan, mukammal er bo‘lishga har qachongidan ham ko‘proq intilar, hatto kutishning o‘zi ham unga yoqimli tuyulardi.

Xizmatkorlar esa oʻzlariga belgilangan joyda jim turishar, xo‘jayinining bu g‘ayrioddiy xatti-harakatidan hayratda edilar. Axir odatda Taehyungni kutishardi, bugun esa u kimnidir kutmoqda.

Birdan Taehyungning telefoni jiringlarkan, ekrandagi yozuvni koʻrgach Taehyungning yuzida tabassum paydo boʻldi.

– xo‘jayin samolyot tayyor, ko‘rsatmalaringizga binoan barcha choralar ko‘rildi — dedi telefon ortidagi ovoz.

Taehyung hech narsa demay shunchaki qoʻngʻiroqni yakunladi. Shu vaqt xonaga Ariana kirib keldi. Taehyung uning kelganini atirining mayin hididan sezdi, bir lahzaga ko‘zlarini yumib, o‘zini qo‘lga olishga uringancha chuqur nafas oldi. Ko‘zlarini ochganida Ariana allaqachon uning ro‘parasida o‘tirib, kechikkani uchun uzr so‘rayotgandi.

Taehyung
Ariana

– keting — dedi Taehyung birdan.

Shu onda barcha xizmatchilar xonani shoshilinch tark etgancha ularni yolg‘iz qoldirishayotganini ko‘rib, Ariana asabiy tarzda yutindi.

– nega ularni ketishini so‘radingiz? — dedi Ariana past ovozda.

– bu yerga kel.

Ko‘zlari qo‘rquvga to‘lsa-da, Ariana ichidan jasorat yig‘ib, sekin Taehyung tomon yurdi. Taehyung qarshisidagi xotinining qo‘lidan tutib, birdaniga o‘ziga tortgach Ariana Taehyungning tizzasiga oʻtirib qoldi.

– Taehyung...

Ariana gapini tugatishga ulgurmasidan Taehyung uning so‘zlarini lablari bilan to‘xtatdi. Qulupnay tamli lablarga ohista tegdi.

Boʻsa uzoq davom etmay, Taehyung Arianadan biroz uzoqlashib, unga tikildi.

Ariana turishga urinarkan, lekin belidan mahkam quchib turgan qo‘llar bunga yo‘l qo‘ymadi.

– har safar birga ovqatlanganimizda sen shu yerda oʻtirishingni xohlayman. Agar bu seni jamoat joylarida noqulay his qildirsa o‘zimni tiyaman. Ammo bizning uyimizda, bizga tegishli har qanday joyda, qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar, janjallashayapmizmi, mehr ko‘rsatyapmizmi, suhbatlashyapmizmi yoki umuman sukutdamizmi... sening joying aniq... shu yerda... tushundingmi?

Ariana nima deyishini bilmay Taehyungga tikilarkan, Taehyung stol ustidan bir stakan suv olib, Arianaga uzatdi.

– ich — dedi Taehyung buyruq ohangida.

Ariana majburan butun stakandagi suvni ichib bo‘lgach, nihoyat uzoq vaqtdan beri ichida ushlab kelgan nafasini bo‘shatdi.

– men hali ham javob kutyapman — dedi Taehyung xotinining iyagidan sirg‘alib tushgan bir tomchi suvni barmog‘i bilan artarkan.

Ariana faqat boshini qimirlatdi. Taehyung esa qoshlarini chimirdi.

– ko‘zlarimga qarab javob ber.

Ariana bor jasoratini yig‘ib, erining qorong‘i, maftunkor ko‘zlariga tikildi.

– ha… tushundim.

– unda nonushta qilaylik — dedi Taehyung go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.

Taehyung qoshiqni olib, xotinini o‘z qo‘llari bilan ovqatlantira boshlarkan, bu holat Arianani hayratga soldi. Ammo eng ajablanarlisi shundaki Taehyung keyin aynan o‘sha qoshiq bilan o‘zi ham ovqatlandi.

~~~

Nonushta tugagach Ariana Taehyungning tizzasidan tushmoqchi bo‘lganida Taehyung uni to‘xtatdi. Boshini biroz egib, savolomuz nigoh tashladi.

– men senga ket dedimmi?

– yo‘q… men shunchaki sizga noqulay bo‘ladi deb o‘yladim. Axir biz ovqatlanib bo‘ldik.

– noqulay emas, aksincha menga qolsa kun boʻyi shunday oʻtirishga ham roziman — degancha Taehyung Ariananing peshonasidan ohista oʻpdi.

Shu payt Taehyungning telefoni yana jiringlarkan, qo‘ng‘iroq qiluvchining kimligiga ko‘z yugurtirib, Taehyung qayta Arianaga qaradi.

– tayyorlan, bir soatdan soʻng Parijga ketamiz.

– nima uchun? — deb so‘radi Ariana Taehyungning tizzasidan turarkan.

– seningcha yangi turmush qurganlar toʻydan keyin qayerga va nima uchun borishadi? albatta...

Ariana qizarib ketganidan nigohini olib qochdi-da, Taehyungning gapini oxirigacha eshitmay shosha-pisha chiqib ketdi.

Taehyung tabassum bilan xotinini ortidan kuzatib turarkan, qoʻngʻiroqqa javob berdi. Shu zahoti uning qiyofasi jiddiylashdi.

– buni ko‘rib chiqaman, lekin Parijdagi ikki haftam davomida hech qanday qo‘ng‘iroq yoki xabarni xohlamayman. Bu vaqt xotinim uchun ajratilgan. Tushundingmi?

Taehyung qoʻngʻiroqni yakunlagach, yotoqxona tomon yoʻl oldi.

Yotoqxonaga kirarkan, ichkarida kiyimlarini saralab, chamadonini tayyorlayotgan Arianani koʻrdi. Ariana bunga shu qadar berilib ketganidan, hatto Taehyung kelganini ham sezmadi.

Taehyung lablarida kichik tabassum bilan yaqinlashib, Arianani belidan ohista quchoqladi. Ariana esa toʻsatdan boʻlgan bu harakatdan biroz cho'chidi, lekin Taehyung shu zahoti xotinini oʻz soʻzlari bilan tinchlantirdi.

– tinchlan sevgilim, bu menman.

Taehyung va Ariana deb tasavvur qilamiz

So‘ng xotinining bo‘ynidan ohista o‘pib, belini muloyim siladi.

– xoʻsh mening sevgilim nima bilan bandki, hattoki erining kelganini sezmadi?

– sayohatimizga nima olib kelishni bilmayapman…

– sayohat? Biz shunchaki sayohatga ketmayapmiz sevgilim… biz asal oyimizga ketyapmiz — dedi Taehyung Arianani oʻziga tomonga qaratib.

Bu so‘zlardan Ariana oʻzini ichida kapalaklar uchib yurgandek his qildi, yuragi tez urib ketdi.

– haligi... agar men siz yoqtirmaydigan ish qilsam, meni tashlab ketasizmi? Onamni o‘ldirgandan keyin xuddi otam qilganidek, meni tashlab ketasizmi?

Taehyung karavotga o'tirib, Arianani ehtiyotkorlik bilan tizzasiga tortdi. Xotinining oyoqlarini beliga o‘rab, uning ko‘zlariga tikildi.

– bu bemaʼnilik qayerdan hayolingga kelganini ayta olasanmi Kim xonim?

Ariana boshini pastga qaratib, chuqur nafas olgancha ko‘z yoshlarini ushlab turishga harakat qilarkan, Taehyung uning yuzini ohista silab, oʻziga qaratdiyu lablarini mehr bilan o‘pdi.

– agar menga “quyosh g‘arbdan chiqadi” desang ham, men hech ikkilanmay ishonardim. Sen mening borligʻim, hamma narsamsan, shunday ekan seni qanday qilib tark eta olaman?

Ariana bu so‘zlardan ko‘z yoshlarini yashira olmasdan, ko‘zlarini yumdi. Shu lahza, ularning orasidagi barcha qo‘rquv va shubhalar bir zumga yo‘q bo‘lgandek edi.

– agar yana shunday narsalarni oʻylasang, senga esda qolarli saboq beraman.

Taehyung so‘zsiz xotinini mahkam quchoqladi. Uning ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni e’tibor bilan kuzatdi, hech qayerga qarashga shoshilmadi, faqat uni tinchlantirishga intildi.

Ariana hech qachon bunday eri boʻlishini tasavvur qilmagandi, hozir uning quchog‘ida oʻzini dunyodagi barcha narsadan himoyalangan holda his qilardi.

Taehyung dunyo e’tiborini tortadigan, kuchli va nufuzli inson edi, lekin xotini, o‘z malikasi oldida u butunlay yumshoq va muloyim edi. Shu lahza uning chinakam kuchi va mehrining haqiqiy ko‘rinishini namoyon etdi. Taehyung faqat xotinini himoya qiladi, uni sevadi va unga bo‘ysunadi.