Yesterday

𝐃𝐚𝐫𝐤𝐧𝐞𝐬𝐬

𝟏𝟏-𝐪𝐢𝐬𝐦

"Sevgan insonimga boshqaning teginishiga ko‘z yumolmayman. Agar kimda-kim bunga jurʼat etsa, bu uning yakuni boʻladi."

Pov Taehyung

Xotinimning yig‘isi butun tanamni larzaga solardi. Ariana meni mahkam quchoqlarkan, titroq lablari faqatgina bir jumlani qayta-qayta takrorladi.

– u menga tegdi…

Rafiqamni himoya qilish uchun hamma narsani qilishga tayyorman, hatto butun mehmonxonani kulga aylantirishga ham. Buning oqibatlari esa meni mutlaqo qiziqtirmaydi.

– kim? — so‘radim barmoqlarim musht boʻlib qattiq qisilarkan.

Ariana jim, yuzini bagʻrimga yashirib, o‘zini tutolmay yig‘larkan, yon tomondan soqchilarimdan biri yaqinlashayotganini sezdim, ammo boshimni sekin chayqab, uni to‘xtashiga ishora qildim. Hozir bizni hech kim bezovta qilishini istamasdim. Diqqatimni yana Arianaga qaratib, oʻzimdan biroz uzoqlashtirgancha uning ko‘zlariga tikildim, lekin u mening koʻzlarimga qarashdan o'zini olib qochdi.

– menga qara.

Ariana boshini chayqab, inkor qilgach, yuzidan muloyimlik bilan ushlab, oʻzimga qaratdim. Nigohlarimiz to‘qnasharkan, koʻzlaridagi ojizlik va ogʻriq yuragimni ezdi.

Ariana
Taehyung

– buni senga kim qilgan boʻlsa ham, uni butun nasl-nasabini bu dunyodan o‘chiraman. Xotinimga barmog‘ini tekkizishga jur’at etib, kechirilmaydigan ishga qoʻl urdi. Xotinimga tegishga jur’at etgan har qanday odam uchun mening lug‘atimda kechirim degan so‘z yo‘q.

Ariana qo‘limdan mahkam ushlab, bosh chayqadi.

– iltimos… bunday qilmang. Men tufayli kimnidir o‘ldirmang… — dedi u yig‘lab.

Chuqur nafas oldim-da, cho‘ntagimdan telefonimni chiqarib, Jungkookning raqamini terdim.

– hamma mehmonxonada qolsin. Hech kim tashqariga chiqmasin. Kirish-chiqish yo‘llarini darhol yoping — degancha qoʻngʻiroqni uzdim.

Soʻngra Ariananing bilagidan ushlab, mehmonlar toʻplangan zalga olib borarkanman, nihoyat u men eshitishni kutgan soʻzlarni aytdi.

– men… aytaman… uning ismini…

Qadamlarim to‘xtarkan, xotinimga sovuq, begona nigoh bilan qaradim.

– L… Lusiano…

G‘azab to‘lqini butun vujudimni qamrab, qoshlarim chimirildi. Tanam ich-ichidan alangaga o‘ralib, uni yo‘q qilish istagi har bir tomirimda qaynadi.

Lusiano jinoyat olamida nomi chiqqan ayolparast erkak. Uning hayotida faqat bitta narsa muhim, o‘z shahvatini qondirish. Xotini va ikki farzandi bo‘lishiga qaramay, u birorta ayolga befarq qaray olmaydi. U haqiqiy mafiya emas, aksincha faqat mafiya a’zolarining oyoqlari ostida sudralib, har bir hashamatli ziyofatga suqilib kirishga muvaffaq bo‘lgan jirkanch mavjudot.

Men u bilan hech qachon yuzma-yuz gaplashmaganman, chunki uni ilk kundanoq, butun vujudim bilan yomon ko‘rganman.

Ariana barmoqlari bilan smokingimni mahkam changallarkan, bir zum oʻtmay tanasi quchog‘imda bo‘shashib, ko‘zlari yumildi. Ichimda nimadir uzildi. Uni bag‘rimga bosgancha ko‘tarib, mehmonxonadan shoshilib chiqdim. Soqchilardan biri mashina eshigini ochgach, xotinimni ehtiyotkorlik bilan orqa o‘rindiqqa yotqizdim. Soʻng oʻzim ham yoniga o‘tirib, boshini tizzamga qo‘ydim.

– kasalxonaga darhol — deb buyurdim haydovchiga.

Ariana mening xotinim. Kim Taehyungning xotini. Agar unga biror narsa bo‘lsa… men ham u bilan birga qulayman.

Uning nafasi — mening nafasim.

Uning tabassumi — mening tabassumim.

U mening butun borlig‘im. Jonim uning yuragida yashaydi.

Telefonimning jiringlashi fikrlarimni bo‘lib yubordi. Ekranga qarab, qoʻngʻiroq Jungkookdanligini koʻrgach, javob berdim.

– qayerdasan Taehyung? — deb gap boshladi u, ammo men darhol uning so‘zini bo‘ldim.

– Lusianoni oyoqlarim ostida ko‘rmoqchiman. Qolganlarni esa qo‘yib yuboring.

Qo‘ng‘iroq yakunlangach, mashina ham kasalxona oldida toʻxtadi.

Arianani koʻtargancha shifoxonaga olib kirarkanman, bir necha shifokorlar kelib, uni tekshirish uchun alohida xonaga olib kirishdi. Men esa soʻzsiz kutishni boshladim.

Birozdan soʻng shifokor tashqariga chiqib, menga xotirjam qaradi.

– xavotirlanishga o‘rin yo‘q janob Kim. Bu shunchaki vahima xuruji. Haddan tashqari qo‘rquv yoki ruhiy bosim oqibatida yuz beradi — dedi shifokor.

– xohlasangiz, hozir uning yoniga kirishingiz mumkin — qoʻshimcha qildi shifokor.

Bir lahza ham ikkilanmay xonaga shoshilib kirdim va uni karavotda qimirlamay yotganini ko‘rib, yuragim ezildi. Ilgari hech qachon bunday kuchli hislarni boshdan kechirmagandim, hatto qurbonlarimning qichqiriqlari quloqlarimda jaranglagan paytda ham. Ammo bugun uning ogʻrigʻini o‘zimniki kabi his qildim. Ayni damda Ariana bilan joy almashishni istayman. Dunyoning barcha azobini o‘zim ko‘taraman, faqat u xavfsiz bo‘lsa bas.

* * *

Uyga qaytgach Arianani yuqori qavatga olib chiqib, ehtiyotkorlik bilan karavotga yotqizdim. Soʻng shkafdan uning tungi ko‘ylagini olib, oldiga qaytdim. Ariana qarshilik ko‘rsatmay, shunchaki kiyimlarini almashtirishimga ruxsat berdi.

– senga apelsin sharbati olib kelaman. O‘zingni biroz yaxshiroq his qilasan — dedim Arianani kiyimlarini oʻzgartirib boʻlgach, yotoqxonadan chiqishga hozirlanib.

– iltimos… ketmang… — dedi bilagimdan ushlab.

Arianani yoniga o‘tirib, uni bag‘rimga oldim va peshonasidan o‘pdim.

– hech qayerga ketmayman, azizim. Har doim yoningda bo‘laman — degancha xotinimni orqasidan sekin silab tinchlantirishga urindim.

Ariana qo‘llarini tanamga mahkam o‘rab olarkan, men bosh xizmatkorga sho‘rva tayyorlashini buyurdim.

Birozdan so‘ng, issiq sho‘rva bilan xizmatkor ayol kirib keldi. Shoʻrvani stolga qo‘ygach, tezda chiqib ketdi.

– azizam sho‘rvadan biroz ich — deb qoshiqni ehtiyotkorlik bilan uning lablariga yaqinlashtirdim.

Ariana bir muddat javobsiz tikilib qoldi, so‘ng sho‘rvadan bir qultum ichdi.

Uni ovqatlantirarkanman, qarshilik ko‘rsatmay ovqatni oxirgacha ichdi.

– aqlli xotinjonim — dedim yuzini artarkanman.

Ariana menga jilmayib qo‘yganini koʻrib, yuragim birdan hapqirib ketdi.

– shunday jilmayishda davom et, chunki tabassumingni koʻrmasam, yuragim qanday urishini unutadi.

Ariana uyalgancha meni mahkam quchoqlab oldi.

Taehyung va Ariana