December 13, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤𝐧𝐞𝐬𝐬

𝟓-𝐪𝐢𝐬𝐦

“Kimdir uni tortib olishga urinsa, hech ikkilanmay o‘z qo‘llarim bilan butun dunyoni parchalab tashlayman"

Pov Taehyung

Men ilk kechamiz hamma juftliklarniki kabi mukammal o‘tishini, biz bir-birimizga to‘ymay, vaqtni unutib qo‘yishimizni istayman…

Erta tongda esa koʻrpa ostida tanalarimiz bir-biriga yopishgan holda uyg‘onganimizda, uning nozik yonoqlari uyatdan qizarib ketgani haqidagi oʻylar allaqachon meni aqldan ozdirmoqda.

Qarshimdagi Arianadan koʻzimni uzmas ekanman, uning yuzi lovullab qizarishga ulgurgandi. Men jilmayib, unga yaqinlashdimu sochining bir tolasini qulog‘i ortiga surdim.

– men nikohimiz haqiqiy boʻlishini, odatdagi er-xotinlar kabi yashashimizni istamayman — dedim xotinimning ko‘zlariga tikilib.

Taehyung

Sukunat...

– sizda… boshqa mafiya boshliqlariga o‘xshab yashirgan sevgilingiz yo‘qmi? — uzoq oʻylangach nihoyat ogʻiz juftlab soʻradi.

– yo‘q — deya qisqa javob qaytardim.

Javobimni eshitgan Ariana avvaliga menga hayrat bilan qaradi, biroq birozdan soʻng yuzidagi hayrat oʻrnini qatʼiyat egalladi.

– men bu turmushga imkon beraman, lekin...

– lekin nima...?

– menga hech qachon yolg‘on gapirmaslikka… meni xafa qilmaslikka… va’da bera olasizmi?

Men Ariananing yuzidan ohista silab, peshonamni uning peshonasiga yaqinlashtirdim.

– senga yolgʻon gapirish yoki xafa qilishdan koʻra o‘lishni afzal ko‘raman — degancha lablarimni uning lablariga bosdim.

Boʻsa tobora chuqurlashib borarkan, nihoyat Ariana ham javob qaytarishni boshladi.

Ayni damda chidab bo‘lmas darajada kuchayib borayotgan hislarimni jilovlashga urinarkanman, ichimda tobora taranglashayotgan ehtirosni yashirish qiyinlashib borardi.

Lablarimni unikidan uzib, yuzimni sekin bo'yniga tushirdim. Uning tanasidan atirgullarning nozik hidi taralar, sochlarida esa qulupnay va yalpizning ajoyib aralashmasi bor edi.

Uning boʻynidan asta oʻpishni boshlarkanman birozdan soʻng Ariananing ismimni aytishi meni toʻxtatdi.

– Taehyung...

U birinchi marta mening ismimni aytdi va bu menda oʻzgacha his paydo qildi.

– xaligi... uxlamoqchiman...

Arianadan biroz uzoqlashdim, u esa yotoqning bir tomoniga borib joylashdi. Men ham uning oldidan aylanib o'tgancha yotoqning ikkinchi tomoniga joylashdim. Soʻng uni bag‘rimga tortdim. Barmoqlarim uning sochlarini muloyim silab oʻtarkan, bu meni hayratga solayotgandi. Men hech qachon kimnidir bunchalik ehtiyotlab quchgan emasman.

Jimin yoki Jungkook meni hozir ko‘rganda bu men ekanligimga albatta ishonmagan boʻlishardi. Ularning nazarida Kim Taehyung har doim qo‘rqmas, sovuqqon, qoʻpol odam boʻlgan. Ammo Ariana… menga o‘zim bilmagan tomonimni ko‘rsatmoqda.

Endi rafiqamning tabassumi, tinchligi, xavfsizligi uchun men hamma narsadan voz kechishga, hatto butun bir dunyoga qarshi turishga ham tayyorman.

Ustimizga yengil ko‘rpani tortgach, chiroqni oʻchirdim va qo‘limni uning beliga qo‘yib, bag‘rimga yanada mahkamroq bosdimu ko‘zlarimni yumdim.

– xayrli tun — degancha Ariana qo‘llarini sekin belimga o‘rab, yuzini ko‘ksimga yashirdi.

Bunday javobni kutmagandim, lekin uning aynan shu harakati men uchun eng katta hadya edi.

* * *

Erta tongda quyosh nurlari xonani yoritarkan, men bagʻrimda xotirjam uxlayotgan xotinimdan koʻzimni uzolmayotgandim.

Taehyung

– tezda qaytaman — deb pichirladim, uyg‘onib ketmasligi uchun.

Ko‘rpani asta to‘g‘rilab yelkasini yopdim va egilgancha xotinimning peshonasidan oʻpdim. Soʻng uning belimga oʻralgan qoʻllarini olarkanman, Ariana qimirlashni boshlab, biroz koʻzlarini ochdi.

– uygʻotib yubordimmi ? — dedim uning yarim uyqudagi sokin nigohiga termulib.

Ariana yoʻq deganday ishora qilib, yana boshini koʻksimga qoʻydiyu ko‘zlarini yumib oldi. Uning bu harakatidan beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi.

– aftidan, xotinim bir kechani oʻzida juda o‘zgaribdi... menga yaqinlashishga jur’at qiladigan darajada.

Ariana boshini ko‘tarib uyalgancha uzoqlashishga harakat qilarkan, uni qoʻyib yuborishni istamay yanada mahkamroq bagʻrimga tortdim.

Yuragim tomirlarimni tirnab o‘tayotgandek, hayajon yana ko‘tarila boshlagandi. Uning nafis tanasi silliq mato ostida menikiga tegib turgani buni yanada kuchaytirardi.

Sochining yuziga tushib turgan tolasini barmoqlarim bilan asta surib qo‘ygach, unga yaqinlashib past ovozda gapirdim.

– hech narsadan qo'rqma. Agar bu sen xohlagan yo‘l bo‘lsa… men hammasiga tayyorman. Men uchun yoningda bo‘lish yetarli.

Ariana hop deganday boshini qimirlatdi. Shu payt nigohi tasodifan devordagi soatga tushib, ko‘zlari darrov kattalashdi.

– Taehyung… allaqachon o‘n bir bo‘libdi! Turishimiz kerak — dedi shoshilib.

Birdan pastda otam kutayotgani yodimga tushdi.

– ha turamiz… — dedim oʻrnimdan turarkanman.

– lekin sen meni chaqirmagunimcha xonadan chiqma. Otam kelgan.

– hop — dedi ortiqcha savol bermay.

Ariana

Yuvinish xonasiga yoʻl olarkanman ortga qarab, Ariananing hali ham menga tikilib turganini koʻrdim.

– balki yuvinish xonasida menga sherik boʻlarsan?

Ariana uyatdan qizarib ketarkan, tezda boshini qimirlatib taklifimni rad etdi. Men esa uning bu xolatidan zavq olib, shunchaki jilmaygancha yuvinish xonasiga kirib ketdim.

Dushdan keyin tezda kiyindim va pastga dadamning oldiga tushdim. U mehmonxonada qahvasini ho‘plab o‘tirarkan, meni koʻrishi bilan qoʻlidagi soatiga tikildi.

– soat necha bo‘lganini bilasanmi? — so‘radi otam.

Xizmatkor qora qahvamni stol ustiga qoʻyarkan, otamning oldiga o‘tirdim. Bir qultum ichib, kulishdan o‘zimni tiyolmadim.

– menimcha to‘yning ertasi kuni kimdandir soat haqida so‘rash yaramaydi. Ayniqsa, yangi turmush qurganlar boʻlsa.

– Ariana qayerda?

– albatta uxlayapti, kechadan keyin charchagan.

Otam tomog‘ini qirib, qahvasini stolga qo‘ydi va o‘zini tutishga urindi, men esa shunchaki qahvamni ichishda davom etdim.

– odobingni yo‘qotdingmi, men otangman axir.

– men esa kechagina uylangan o‘g‘lingizman. Agar bobom to‘yingizni ertasiga ertalabdan paydo bo‘lganida o‘zingizni qanday his qilgan bo‘lardingiz?

– kecha to‘ydagi qilmishlaringni qabul qilib bo‘lmaydi Taehyung — degancha otam gapni boshqa tomonga burdi.

– bilaman parvo qilmaysan lekin Lukani o‘ldirish bilan o‘zingni xavf ostiga qo‘yding. Endi Italiyadagi ishlarimizni kim bajaradi?

– u yerda mening ishlarimni bajarish uchun yetarlicha odamlar bor. Bu haqda tashvishlanishingizga hojat yo‘q — degancha oʻrnimdan turib, beparvo tarzda qoʻlimni choʻntagimga soldim.

– nega uni o‘ldirding oʻzi?

– bu sizni qiziqtirmasin — degancha xonani tark etdim.

Otam Arianaga nisbatan hislarim borligini sezmasligi lozim. Agar u mening zaifligimni xotinimni himoya qilish hissiyotini sezib qolsa, bundan foydalanishdan tortinmasdi.