January 30

Hope

Ep 1

Qora tun. Osmonni bulutlar bosib olgan, oy nuri ham o‘rmonga zo‘rg‘a tushardi. Qora o‘rmon ichida Jungkook yugurardi. Nafasi qisilgan, oyoqlari zo‘rg‘a harakatlanardi, lekin to‘xtashga jur’ati yetmasdi. U yupqa, yirtilib ketgan oq ko‘ylakda edi. Ko‘ylak qonga belangan, tanasining deyarli hamma joyida yaralar bor — tirnalgan, yirtilgan, ko‘karib ketgan teri… Bu yaralar na pichoqdan, na o‘qdan. Bu — zo‘ravonlik izlari edi.

Har bir qadamda og‘riq tanasini teshib o‘tgandek bo‘lardi. Qo‘li titrar, tizzalari bukilib ketardi. Bir necha marta yiqildi, loyga belandi, yana turdi. Ko‘zlari qo‘rquvga to‘la edi.

…Ko‘zlari qo‘rquvga to‘la edi.
U yana yugurdi. Daraxtlar orasidan chiqib kelarkan, oyoqlari tobora bo‘shashib borardi. O‘rmon ortda qoldi. Oldinda esa katta, hashamatli uy ko‘rinib qoldi. Qorong‘ulik ichida ham uning baland devorlari, ulkan darvozasi bilinib turardi. Jungkook bir zum to‘xtab qolgandek bo‘ldi, keyin yana oldinga yurdi. Endi u yugura olmasdi — faqat sudralgandek, qadamlarini zo‘rg‘a bosardi.

Nafasi uzilib-uzilib chiqardi. Ko‘zlari xiralashdi. Oyoqlari uni ko‘tarmay qo‘ydi. U uy oldiga yetib kelib, yana bir-ikki qadam tashladi xolos. So‘ng tanasi oldinga qulab tushdi. Tizzalari yerga urildi, qo‘llari bo‘shashdi. U yerda, katta uyning oldida, butunlay holsiz holda yiqilib qoldi.

Jungkook yerda qimirlamay yotardi. Nafasi juda sekin, tanasi sovuq edi. Bir necha daqiqa o‘tmay, uy atrofini qo‘riqlayotganlar uni ko‘rib qolishdi. Ular bir-biriga qarab, darhol ratsiya orqali xabar berishdi. Ovozlar past, jiddiy edi. Ruxsat so‘raldi. Qisqa sukutdan keyin javob keldi. Shundan so‘ng Jungkookni ehtiyot bilan ko‘tarib, uy ichiga olib kirishdi.

U yumshoq joyga yotqizildi. Ko‘p o‘tmay shifokor yetib keldi. Yaralar tekshirildi, tanasi tozalandi, bog‘landi. Jungkook esa bularning hech birini sezmasdi. U ikki kun davomida hushsiz holda yotdi. Go‘yo tanasi uxlayotgandek, lekin ongi qayerdadir qorong‘ilikda qolib ketgandek edi.

Ikkinchi kun oxiriga kelib, Jungkook asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Dastlab hech narsani aniq ko‘rmadi. Boshida og‘irlik bor edi. Nafasi notekis chiqdi. Atrof begona hid va sukunat bilan to‘la edi. U qo‘rqib, tezda o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi, lekin tanasi bo‘ysunmadi. Yuragi tez ura boshladi.

Shu payt u qarshisida bir erkak turganini ko‘rdi

Erkak tinch, sokin edi. Yuzi jiddiy, lekin qo‘rqinchli emasdi. Jungkook uni ko‘rgan zahoti butun tanasi taranglashdi. Nafasi ichiga tushib ketdi, barmoqlari titradi. Ko‘zlari keng ochilib, yana o‘sha qo‘rquv qaytdi. U orqaga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin faqat boshini sal ko‘tara oldi.

— Tinchlan, — dedi erkak past ovozda. — Qo‘rqma. Sen xavfsiz joydasan.
Jungkook ishonmadi. Uning ichida nimadir qattiq qisilib ketdi. Har qanday harakat, har qanday ovoz uni qorqitar edi.

— Men yomon inson emasman, — dedi erkak yana. Ovozi barqaror edi. — Senga zarar yetkazmoqchi emasman.

U biroz jim qoldi, so‘ng o‘zini tanishtirdi:

— Mening ismim Cho Miyon.

Jungkook esa hanuz qo‘rqar, ko‘zlarini undan uzmasdi. Yuragi hanuz tez urardi. U hali ham bu joyga, bu odamga ishonishga tayyor emas edi.

Jungkook Cho Miyon tomonga qarab yotardi. Ko‘zlarini uzmasdi. Nafasi hanuz notekis, yelkasi biroz titrardi. U gapirmasdi, lekin har lahza nimadir bo‘ladigandek kutardi.
Cho Miyon buni sezdi. U bir qadam ham yaqinlashmadi. O‘sha joyida turib, ovozini yanada pastroq qildi.

— Qo‘rqishingni tushunaman, — dedi u. — Agar xohlamasang, men yaqin kelmayman.

Jungkookning lablari qimirladı, lekin ovoz chiqarmadi. Tomog‘i qurib ketgandi. U faqat sekin boshini burib, atrofga qaradi. Begona xona. Begona joy. Yuragi yana tez urdi.

— Seni o‘rmon yaqinida qo‘riqchilar hushsiz holatda topishdi, — dedi Cho Miyon muloyimlik bilan. — Ikki kun davomida o‘zingga kelmading. Tanang juda holsiz edi.

Jungkook ko‘zlarini sekin yumib ochdi.

— Senga nima bo‘lganini ayta olasanmi? Agar istasang… — dedi u jilmayib.

Jungkook sukut saqladi. Bir necha lahza jim turgach, ko‘zidan yosh sirg‘alib tushdi.

Buni ko‘rib, Miyon hozir uni yolg‘iz qoldirish ma’qul degan qarorga keldi.

— Hozir dam ol, ertaga bu haqida gaplashamiz, — dedi u.

Cho Miyon honadan chiqib ketdi. Jungkook esa atrofga yaxshilab nazar tashladiyu kozini yumib uhlab qoldi

Oradan soatlar otdi honaga janob cho kirdi. Jungkookjjj allaqachon uyg'ongan edi.

Sekin jungkook yoniga o'tirdi

- men asli busanlikman.

Miyon unga qaradi. Jungkookni parishon holatda derazadan tashqarini kuzatib gapirdi

Flashback

Avtor:

Jungkook busan shaxrida boy oilada tugilgan ammo uni oilasi juda beshafqat edi jkga nisbatan chunki u benikoh farzand edi. Otasi undan qattiq oqishini talab qilar edi. Jungkook 16 yoshga yetganda u bir yigit bilan yaqin munosabatda boladi. Ular juda yaqin edi dostsifatida. Otasi uni baxolarida pasayish sezafi va u yigit bilan ortiq dost bolishini hohlamaydi va uni boshqa maktabga otkazadi. Jungkookga bu qattiq ta'sir qiladi ham oqish ham oiladagi joravonlik va yolg'izlik sabab u depressiaga tushadi hatto oz joniga qasd qilish haqida ham oylayfi ammo buni sir saqlab yashashda davom edar edi.

Imtihon kuni jungkook qattiq havotirda u ozini bosib imtihonga kiradi ammo u imtihonda 95/100 oladi u buning uchun qattiq tayyorlanadi ammo baxosi yana past u uyga borishni istamas edi ammo uni tashqarida haydovchi kutib turar edi. U majbur uyga keladi otasi allaqachon imtihon baxosini olgan edi. Jungkookni honasiga chaqiradi. jungkook ichkariga kirib otiradi va stol ustidagi imtihon javobini koradi. Kozlari kattalashadi u juda qorqar edi chunki hozir u bilan nima sodir bolishi unga ma'lum.

Otasi ornigan turadi va

- kiyimlaringni yech) qat'iy gapiradi, uni yuzidan jahli chiqgani ma'lum edi

- dada kerak emas keyingi saf... ) jk gapini tugatmasidan otasi baqirdi

- MENI ESHITMADINGMI?

jungkook sekin ornidan turadi va ustidagi oq koylakni tugmalarini sekin yecha boshlaydi

- TEZLASH

- dada yolvoraman meni kechiring bu safar albatta udalayman men barini tog'irlayman iltimosss) yalinib sorar kozlaridan esa yoshlar oqa boshladi

- men bir gapni qayta takrorlashga majbur qilma

1 qism tugadi.

Kop yoza olmadim keyingi qism kop bolishiga va'da beraman) agar davomi qiziq bolsa reaksiya va komentni kopaytiring #sohe

Agar davomi qiziq bolsa reaksiya va komentni kopaytiring #sohe