Issiq kofe, sovuq qalblar
– Men bu kelishuvni istamayman , dada! ~Sohe baqirdi.
– Sen hali yosh bolasan. Bilmaysan, bu nikoh sen uchun qilyotganimni!
– Men sizlarni biznesingizni deb baxtsiz bo'lishni istamayman! – deb chinqirdi u, ko‘zlaridan yosh oqar, yuragi bo‘g‘ilayotgan edi.
Ota-onasining rejalari tayyor edi: Soheni boy biznesmenning o‘g‘liga turmushga berish, ikki tomon uchun foydali kelishuv. Ammo Sohe sevgi uchun yashashni xohlardi, ssenariy bo‘yicha emas.
Janjaldan so‘ng u uydan chiqib ketdi. Kech tushib qolgan, lekin u mashinasiga o‘tirdi va dugonasi Mina bilan uchrashishga yo‘l oldi. Yuragi g‘azab va alam bilan to‘lgan edi.
Qahvaxona eshigidan shoshilib kirganida, birdaniga kim bilandir to‘qnashib ketdi.
Qora, issiq qahva to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning oppoq bluzkasiga to‘kildi.
– jin ursin! – dedi Sohe, ko‘ylagini silkitarkan.
– Siz nimani ko‘rmisiz?! – u ko‘zlarini ko‘tarib, qarshisidagi yigitga qaradi.
Yigit, uzun bo‘yli, qora sochli, jiddiy qarashli edi. U kofe stakanini ushlab turardi.
– Demak, bu mening aybimmi? Hozir sizning kofeingiz tufayli kuyishim mumkin edi!
– Balki birinchi navbatda “kechirasiz” deyishingiz kerakdir?
Bahs qizidi. Sohe jahl ustida baqirdi, yigit esa jim qolmadi. Atrofdagilar ularga tikilib qolgan. Dugonasi Mina kelib, ularni zo‘rg‘a ajratdi.
Sohe, bas qil! Yur, bu yerda qolmaymiz ~dedi Mina, qo‘lidan tortib chiqardi.
Yangi kafega o‘tib, Sohe ko‘z yoshlarini artdi. Mina unga choy buyurdi.
– Bu kim bo'ldi endi? Bugun menga dunyo qarshi chiqqandek!
– Hammamiz ba'zida devorga urilamiz, Sohe. Ammo sening devoring juda issiq kofeli bo‘ldi.
– Hazillashma! ~Sohe kuldi, ammo ko‘zlari qizargan edi.
U hammasini aytib berdi: otasi, majburiy turmush, yuragini ezayotgan azob. Mina unga quchoq ochdi.
– Yolg‘iz emassan. Agar xohlasang, men bilan qolishing mumkin.
– Yo‘q, seni boshiga g‘am solgim yo‘q. Men biror joyda yashirinishim kerak. Bir necha kunga yaxshisi mehmon honaga boraman…
Ular birga mazza qilib suhbatlashishdi va ular oz uylariga ketishdi sohe mehmon honaga mina uyiga
Sohe mehmonxonaga joylashdi. Tuni bilan tinchimadi. Ertasiga esa... otasi uni topdi. U xonadan qochib, ochiq eshikli boshqa xonaga kirib ketdi va eshikni yopib oldi.
Ichkaridan tanish ovoz eshitildi:
– yana senmi?! – bu o‘sha yigit edi.
– Iltimos, jim bo‘ling! Otam meni izlayapti, bu yerda yashirinishim kerak.
Jungkook (ha, yigitning ismi) boshini qashidi.
– Bugun sizga “panoh” ham beramanmi? Chindan jinnilikku...
– Iltimos, yordam bering. Keyin nima desangiz qilaman.
Otasining ovozi yaqinlashdi. Jungkook unga javob qaytarmadi, lekin ko‘zlarini yumar ekan, unga shkafni ko‘rsatdi.
– Bu sizga so'ngi martalik najot, xo‘pmi?
Otasi ketganidan song sohe jungkokga istar istamas raxmat ayti va tezda chiqib ketti.
Shu holatdan so‘ng, ular yana va yana uchrasha boshladi. To‘qnashuvlar, bahslar, ba‘zan do‘konda. Bazan esa kafeda ular bir birlari bilan ko‘p toqnashishdi bular ko‘pincha tinclik bilan yakunlandi.
Jungkook Soheni yoqtirib qolgandi, lekin ko‘rsatmaslikka harakat qilardi. Sohe esa o‘z tuyg‘ularini tan olishdan cho‘chirdi.
Bir kuni spheni bezorilar ta'qib qiladi. Yaxshiyamki Jungkook uni ko‘rib qoldi. Jungkook jang san'atlarida usta edi. U Soheni himoya qiladi. Shu kechadan keyin Sohe uning ko‘zlariga boshqacha boqdi.
- Nega meni himoya qilding?
– Chunki kimdir seni himoya qilishi kerak edi...
Ular do‘st bo‘lishadi. Kunlar o‘tadi. O‘rtada yaqinlik kuchayadi. Tez-tez ko‘rishishadi. Yuraklar bir-biriga ohangdosh bo‘ladi.
U bir kuni Jungkook bilan o‘torganida
– Men seni ko‘rganimdan beri yuragimni tinchitolmayapman.
– Men juda kech angladim. Men seni yoqtirib qolganimni kech tushundim, Sohe.
- aslida men ham seni sevib qoldim
Ular oxiri o‘z sevgilariga iqror bo‘lishdi. Va bir birlaridan yengil bo‘sa olishdi.
Jungkook Sohega dedi:
– Men seni otang bilan gaplashmoqchiman. Seni menga berishini so‘rayman.
Ular uyga borishadi. Eshik ochiladi. Sohe orqada. Otasi ularni kutib oladi.
- shuncha qochganing yetar balki
- ota sizga kimnidir ko‘rsatmoqchiman
Jungkook ichkariga kirdi va hayron qoldi
Jungkook hayrat bilan:
– Janob... siz bu yerda nima qilyapsiz?
Otasi ham qotib qoladi:
– Jeon Jungkook?!
Sohe: “Sizlar tanishmisiz?”
Ha, bu ayni o‘sha — Soheni otasi unga bermoqchi bo‘lgan bola Jungkook edi.
Ular kulishadi, qaltirab quchoqlashishadi.
– Demak, biz taqdir orqali uchrashdik...
– Va endi men seni hech kimga bermayman.
Oradan vaqt o‘tdi va jungkook soheni qo‘lini so‘radi va u rozi bo‘ldi.
To‘y kuni. Sohe oq libosda, Jungkook esa qora kostyumda. Atrofda oppoq gullar, musiqa, yaqinlar.
Sohe Jungkookning qulog‘iga pichirladi:
– Issiq kofe uchun rahmat.
– Sovuq yuragingni isitgan bo‘lsam, bu yetarli.
Ular o‘pishadi. Baxtli, kulgili, ehtirosli va muhabbatli hayot boshlanadi...
Bu 1 qismli fanfic bo‘lganligi sabab voqialarni qisqartirishimga to‘g‘ri keldi. Umiq dilamanki sizlarga bu manzur keldi.