March 23

Hope

2 qism

Jungkookning otasining jahli chiqqani shundoq ma’lum edi. Jungkook kiyimlarini yechdi, faqat shimi qoldi. Otasi qo‘liga ingichka, ammo uzun bo‘lgan tayoqni oldi va uni orqa qismiga va qo‘llariga ura boshladi. JKning tanasi og‘risa ham, u jim turardi, chunki buning uchun ham jazolanishini bilardi. Shu sabab tishlarini bir-biriga qattiq bosardi.

Janob Jeon hovuridan chiqquncha urdi va:

— Bu oxirgisi deb umid qilaman, — dedi va xonani tark etdi.

Jungkook sekin o‘rnidan turib, kiyimlarini kiydi va o‘z xonasi tomon yugurdi. JK buni allaqachon bilgandi, shu sabab vannani sovuq suv bilan to‘ldirgan edi. Suvga tanasi tekkanda biroz og‘riar edi, ammo bu achishlarni biroz kamaytirardi.

Oradan kunlar o‘tdi, Jungkook 19 yoshga to‘ldi va uni ota-onasi bir qizga unashtirishdi, ular to‘y qilishdi.

Jungkook deyarli u qizni tanimas edi, faqat ismi Lee Jaein ekanini va yoshi 20 daligini bilar edi. Qizni boshqalarga 18 yosh deb tanishtirishdi, ammo JK uning yoshi 20 da ekanini bilib qoldi.

Lee jaein

Hullas, dabdabali to‘y bo‘ldi.

Jungkook va Lee Jaein ikkalasi mashinaga chiqishdi. Qiz Jungkookni boshdan oyoq ko‘zdan kechirdi.

— Seni biroz boshqacha tasavvur qilgandim, — dedi uning yuziga biroz termulib.

Jungkookning xayollari tarqab ketdi va u qizga savol nigohi bilan qaradi.

— Ya’ni, sen o‘ylaganimdan ancha chiroyli ekansan. Uni didi chakki emas.

— Kim haqida gapiryapsan?
Qiz biroz o‘ylanib qoldi.

— Otam haqida,* hayajonlanib gapirdi.

Jungkook ichida qandaydir shubha uyg‘ondi. Ular mashinada aeroportga kelishdi. Orqa tomonda qandaydir maxsus samolyot oldida to‘xtashdi. Jungkook mashina to‘xtagach, atrofga qaradi.

— Bu yer aeroport emasmi?

— Ha. Otang aytmadimi?

— Nima haqida?

— Biz bugun boshqa shaharga uchib ketamiz.

— Birinchi kechadami?

— Bilmayman, bu ularning xohishi edi.

— Kimmm?

Qiz indamasdan mashinadan tushdi va samolyotga o‘tirdi. Ortidan Jungkook ham chiqdi. Samolyot juda chiroyli, hamma yeri qaymoq rang edi. Jungkook qizdan biroz nariroqdagi joyga o‘tirdi.

Ulardan tashqari samolyotda styuardessalar va qora kiyingan qandaydir qo‘riqchilar bor edi, Jungkook ularga e’tibor bermadi.

Samolyot osmonga ko‘tarildi. Styuardessa ularga ovqat hamda sharbat olib keldi.
— Men ichishni istamayman, menga suv olib keling.

Qiz birozdan so‘ng suv olib keldi. Jungkook ularni tanovul qilgach, uxlab qoldi.

Jungkook taxminan 7 soat uxladi.

POV Jungkook:

Men qandaydir ovozlardan uyg‘ondim, ammo ko‘zimni ocha olmas edim. Bu ham yetmagandek, tanam ham o‘zimga bo‘ysunmas edi.
Ammo quloqlarim atrofdagi hamma narsani eshitar, ko‘zim yumuq bo‘lsa ham atrofda nima bo‘layotganini sezar edim.

Biz mashinada edik, qayergadir ketayapmiz. Yonimda Lee Jaeinning nafas olishini eshitar edim. Mashina to‘xtadi va qiz mashinadan tushdi. Haydovchi ham men o‘tirgan tarafdagi eshikni ochdi.

“Ular nima qilishmoqchi?”

degan savol boshimdan aylanar edi. Kimdir meni silkitdi va:

— Janob!

Men uyg‘onib ketdim. Juda hayron edim, chunki biroz avval tanam o‘zimga bo‘ysunmas edi. Menimcha, menga shunday tuyuldi, baribir g‘alati.

— Janob, yetib keldik.

Men mashinadan tushdim. Uy juda hashamatli edi.

Jungkook uyni kozdan kechirar ekan derazadan Kim dir qarab turganini ko'rdi. Biroz termulib turdi. Song u inson qayergadir ketdi.

- nimadir bo'ldimi? * soradi Lee jaein

- yoq. Hammasi joyida

- ichkariga kiraylik

- ha albatta

Ular ichkariga kirishdi.

Ular uyni kozdan kechira boshlashdi. Uy juda chiroyli hamma narsa hashamatni bildirar edi. Kopnarsa borligi sabab emas aksincha uyda Kam lekin did bilan yasatilganligi uchun edi. Zinaga qizil gilam toshalgan edi. Zinadan esa bir erkak tushib keldi. Yuzida tushunarsiz ifoda bor edi. U jungkookga qarab biroz jilmaydi va gap boshladi.

- salom hush kelibsiz

- salom* Lee jaein qol chozdi.

Ular qol orqali salomlashishdi. Ularni yozib biroz galati edi. Bir birlariga galati imo qilishdi

- salom meni ismim Jung...

- bilaman

- hmm

- yuqoriga chiqamizmi

- ha albatta

Ular yuqoriga chiqishdi. Mehmon honaga kirishdi va o‘tirishdi.

O'sha yigit hizmatchiga qarab

- pulni olib kel

Hizmatchi bosh irg‘ab honaga kirib ketdi va konvertni olib chiqdi

- saram bu sening va'da qilgan pulimni 2× hissasi

- saram? * jungkook tushunmay so'radi

- meni kechir jungkook. raxmat janob* saram pulni oldi.

- ha aytgancha. Saram sen agarda kimdirga churq etsang...

- albatta yo‘q janob

- bir daqiqa bu yerda nimalar bo'lyapti. Dadam seni isming lee jaein ekanini aytgandi.

- jungkook u hozir ketishi kerak.

- nimalar deyapsiz.

- biz ketishimmiz kerak* yigit o'rnidan turdi va jungkookga qoplash uzatdi.

- nimalar deyapsiz. Men hech narsani tushunmayap man.

Yigit jungkookni qo‘lini ushlab turg'izdi.

- nimalar qilyapsiz meni qo'limni qo'yib yuboring.

- ha aytgancha janob cha. Saramni o'zing.

Yigit jungkookni qo'lida sudrab olib chiqar ekan orqalaridan o‘q ovozi eshitildi. Jungkook qo'rqib Ortiga qaradi va saram qon bo'lib yotgan qonini ushlab turardi va

- qoch * dedi va yiqildi.

.

2 qism tugadi. Reaksiya va koment esdan chiqmasin. " agar keyingi qism qiziq bo'lsa)