April 30, 2025

𝑆𝑒𝑛 𝑀𝑒𝑛𝑖𝑘𝑖𝑠𝑎𝑛

2 qism

🕯 YOQIMLI MUTOLA 🕯

Jungkook peshonasi terlab, sokin xiyobonda Taehyungdan uzoqlashayotgan edi. Yuragi o‘zgacha urardi – bu yurish qo‘rquvdanmi yoki... o‘sha yigitga bo‘lgan tushunarsiz hissiyotdanmi?

U maktab darvozasi oldiga yetmasdan, orqasidan qadam tovushlari eshitildi. Orqasiga qarashga ulgurmay, kuchli qo‘l bilagidan tutib tortdi.

Taehyung.

— "Qochma," dedi u, lablaridan shamoldek sovuq so‘zlar chiqarkan. "Men seni ogohlantirdim, Jungkook. Endi juda kech."

Jungkook ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi qinidan chiqib ketgudek bo‘ldi.

— "Nima qilmoqchisan?" — deb so‘radi u cho‘chib.

Taehyung yuziga yaqinlashdi. Nafasi issiq edi, ammo ko‘zlarida sovuq, keskin yong‘in yonardi.

— "Sen mendan qo‘rqyapsan, lekin men... seni faqat o‘zim uchun istayman. Bu jinoyat bo‘lsa ham — qilaman. Chunki sen... menikisang."

Taehyung sekin, lekin qat’iyat bilan peshonasini Jungkook peshonasiga tiradi.

— " Sen menikisan."

Bu so‘zlar Jungkook quloqlarida gumburladi. Qandaydir iliqlik, qandaydir larzali og‘irlik uning ichiga joylashdi. Qochish kerak edi... ammo yuragi qadam tashlashga qarshilik qilardi.
To‘satdan Taehyung uni o‘ziga tortib quchoqladi. Qo‘llari mahkam edi. Yuragi esa go‘yo urishdan to‘xtadi.

— "Men seni hech kimga bermayman, Jungkook. Esingda bo‘lsin. Bu endi shunchaki o‘yin emas."

.

--------♡-------------♡------------

Jungkook sinf eshigini sekin ochdi. Yuragi hali ham joyiga tushmagandi. Taehyungning so‘nggi gapi: “Sen menikisan,” quloqlarida qayta-qayta aks sado berardi.

U o‘zini o‘tirishga majburladi. O‘qituvchi hali kelmagan edi, ammo Taehyung allaqachon joyida edi — orqa qatorda, doim odatdagidek jim va sokin. Ammo bugun… bugun u tomoshabin emas, o‘yinchi edi.

Jungkook u tomonga qarashga botina olmadi. Ammo yuragidagi g‘alati hissiyot uni qiynardi: qo‘rquv bilan aralashgan qiziqish.
Dars davomida Taehyung bir zum ham ko‘zini undan uzmadi. Har gal Jungkook pastga qarasa, o‘ziga tikilgan o‘sha chuqur ko‘zlar bilan to‘qnash kelardi. U beixtiyor lablarini tishladi.

“Nega aynan men? Nega u meni tanladi?” — deb o‘yladi u.

Tanaffusda sinfdoshlar tashqariga chiqib ketishdi. Jungkook o‘tirgancha qoldi. Eshik yopilgach, orqa tomondan asta qadam tovushlari eshitildi. U ko‘zlarini yumdi. Yuragi shiddat bilan urardi.

Taehyung uning yoniga keldi. Quloq ostidan past ovozda so‘zladi:

— "Men seni kuzatyapman, Jungkook."

Jungkook hayron bo‘lib unga qaradi.

— "Nima demoqchisan?"

Taehyung yengil kuldi. Bu kulgi… sovuq edi. Qiziqishli, lekin xavfli.
— "Sening har bir qadamingni bilaman. Bugun kechqurun seni kutaman."

— "Qayerda?"

— "Sen bilasan. Yuraging aytadi."
Jungkook o‘zini yo‘qotdi. Bu yigitda nimadir bor edi — qorong‘ilikmi, sehrmi, jozibami… balki ularning barchasi.

Taehyung undan uzoqlashdi. Ammo ketayotib shunday dedi:

— "Agar kelsang... sen meniki bo‘lasan. Agar kelmasang... baribir meniki bo‘lib qolasan."
Jungkookning tanasidan titroq o‘tdi. Nafaqat qo‘rquv, balki... kutish hissi bilan.