Today

Soʻnggi topshiriq

SO‘NGGI TOPSHIRIQ

Qorong‘ulikda ulg‘aygan insonlardan mehr kutish qiyin…

Chunki ba’zi qalblar og‘riqdan keyin sovuqlashadi.
Ba’zi yuraklar esa hech qachon sevishni o‘rganmaydi.

U shunday qiz edi.

Sovuq nigohlar.
Jim sukut.
Va hech kim bilmaydigan sirlar bilan yashaydigan qiz.

Uning hayotida hislarga joy yo‘q edi.

Chunki u bir narsani yaxshi bilardi:

Ishonch — xato.
Sevgi — zaiflik.
Yurak — eng katta xavf.

U faqat buyruqlarni bajarardi.

To bir kuni unga eng muhim topshiriq berilmaguncha…

“Uning oldiga bor.
Uning ishonchini qozon.
Va uni yo‘q qil.”

U uchun bu oddiy vazifa bo‘lishi kerak edi.

Lekin u bilmasdi…

Ba’zan inson eng katta dushmanini emas, o‘z taqdirini uchratadi.

U yigit uning qalbidagi muzlarni eritadigan yagona inson bo‘lib chiqdi.

Endi u ikki yo‘l orasida qoldi:

Buyruqni bajarishmi…

Yoki birinchi marta yuragini tinglashmi?

Chunki bu safar topshiriq oddiy emasdi.

Bu — uning so‘nggi topshirig‘i edi.

°
Thailand

Khao Yai oʻrmoni

Oʻrmondagi Cholar ombori

Qiz:oʻxxo bu yerda nimalar boʻlyapti ekanaaa
Yigit:sen bu yerda nima qilyapsan ket senga zarar yetishi mumkin biz xavf ostidaman ket va politsiya chaqir
Qiz:tishshsh azizim oʻsha siz aytayotgan xavf men boʻlaman
Yigit:ni...maa sen nimalar deyapsan...men bu yerda nima qilyabman mendan nima istaysan....
Qiz:men sendan hech nima istamayman...lekin sen meni topshirigʻim eding va men buni uddaladim
Yigit: tushuntirib ber sen..sen meni sevarding men ham seni sevardim nimaga bizga bunday qilding nimaga men tushunmayabman... tushuntirib ber
Qiz:ohh azizim kechiring toʻgʻri biz bir birimizni sevardik afsuski men bu narsaga majbur boʻldim.....hahaha nima meni shunaqa deydi deb oʻylaganmiding aslo men hech ham seni sevmadim sen shunchaki meni topshirigʻim eding

Yigit:NEGA AA NEGA
Qiz:seni oilangni yakson qilish uchun sen oilangda yagona vorissan va sen tufayli anchagina boylikka erishamiz va seni....u yogʻini oʻzing koʻrib bilib olasan
Yigit:seni oʻldiraman
Qiz:kutaman💋hozir esa meni ishlarim bor koʻrishguncha Junho
Junho:HOY JIA IFLOS MENI QOʻYIB YUBOR
Jia: bay bay
Jia tashqaridagi ikki yigitga
Jia:unga koʻz quloq boʻling Janob kelgandan keyin oʻzlari shugʻullanadi u bilan tushunarlimi
Yigitlar:Hoʻp xonim
Jia mashinasini katta tezlikda minib ketti

Jia
Junho

Jia o‘rmondan chiqib, qorong‘u yo‘l bo‘ylab tezlik bilan harakatlandi.

Bir necha daqiqadan so‘ng uning ko‘zlari uzoqdagi ulkan binoga tushdi…

Choning qasri.

Bu oddiy qasr emasdi.

Baland qora devorlar bilan o‘ralgan, tashqaridan qaraganda go‘yo butun dunyodan uzilib qolgandek tuyuladigan sirli joy edi.

Qasrning ulkan temir darvozasi asta ochildi. Uning ichkarisidan kelayotgan sovuq shamol go‘yo bu yerda yashiringan sirlarni pichirlardi.

Qora marmardan qurilgan baland minoralar osmon bilan tutashib ketgandek ko‘rinardi. Har bir oynasi ortida yashirin hikoya, har bir uzun yo‘lagida esa aytilmagan sirlar bor edi.

Bu qasrda oddiy hayot yo‘q edi.

Bu yerda kuch hukmron edi.
Bu yerda qo‘rquv hurmat o‘rnini egallagan edi.
Bu yerda hech kim savol bermasdi… faqat buyruq bajarilardi.

Ichkariga kirgan zahoti sovuq havo Jia yuziga urildi.

Devorlarda qadimiy suratlar, uzun qora pardalar va xira chiroqlar qasrga yanada sirli ko‘rinish berardi.

Qasr markazida esa bitta xona bor edi…

Janob Choning xonasi.

Bu xona haqida hamma bilardi.

Chunki u yerga kirgan inson oddiy odam bo‘lib qaytmasdi.

Jia eshik oldida to‘xtadi.

Uning yuzida yana o‘sha sovuq ifoda paydo bo‘ldi.

Chunki u bilardi…

Bu qasrda uning keyingi topshirig‘i kutayotgan edi.

Jia eshikni ikki marta chertdi ichkaridan esa -kir-degan dagʻal ovoz keldi Jia kirib janob Choga tazim qildi

Jia:Janob Cho topshiriq bajarildi Leelar vorisi omborda
Cho: barakalla sen uddalay olishingni bilardim
Jia:rahmat janob
Cho:senga yana bir topshiriq beraman bunisi juda ham muhim
Jia: albatta janob
Cho:bu juda xavfli
Jia:men xavfdan qoʻrqmayman men uni oʻziman
Cho:sening shu jumlang menga yoqadi...biroz dam ol keyin shu topshiriq boʻyicha shugʻullanasan
Jia:yaxshi....ha janob Cho shu topshiriq bilan meni qarzim tugaydi bu meni soʻnggi topshirigʻim
Cho:ha bilaman...bu sendagi soʻnggi qarzing...ketaver
Jia Choni xonasidan chiqib ketti va u oʻz xonasiga kirdi u Choni qasrida yashar edi.Uning xonasi ham xuddi qasrdek qop qora u bunga koʻnikkan qoralikka boshqa rang u uchun begona edi.Jia borib toʻgʻri oʻzini yotoqqa tashladi bir necha daqiqa qimirlamadi
Jia pov'
Vanihoyat bu mening soʻnggi topshirigʻim va men bu odamdan qutulaman butunlayga keyin oʻzim oʻzimga xoʻjayin boʻlaman....ehh keyingi topshiriq qurboni kim ekan Jia shu oʻylar bilan uyquga ketti

Janob Cho

Janob Cho oʻsha omborga bordi
Cho:oʻxxoʻ kimlarni koʻryabman bu oʻsha magʻrur va takabbur Leelarning vorisimi
Junho:siz kimsiz
Cho:tanimas ekansan tanishtiray men Cho Hyukman
Junho:mendan nima istaysiz
Cho:sendanmi hihhih sen tufayli men moʻmaygina pul ishlayman
Junho:seni yoʻq qilaman va anavi foxishangni ham oʻldiraman
Cho:ungacha tirik qolarmikansan
Junho:bu nima deganing
Cho:oʻzing tushunishga urinib koʻr hozir esa otajoningga qoʻngʻiroq qilamiz
tut tut tut
Janob Lee:eshitaman
Cho:salomlar Lee ahvollar qanday
Lee:oʻgʻlim qayerda
Cho:toʻgʻri maqsadga oʻtamizmi yaxshi menga barcha mol mulkingni oʻtkazib bersanggina oʻgʻling tirik qoladi agar senda zarracha narsa ham qolsa yoki politsiyaga xabar bersang oʻgʻlingdan ayrilasan tushunarlimi
Lee:......
Cho:xoʻsh

Lee:yaxshi lekin oʻgʻlimni menga koʻrsatCho telefonni qizillab qoʻydi
Cho:hoy qani kulchi bu dadang uchun deya Junhoni rasmga oldi va Leega joʻnatdi va pasiga
Cho:ertaga kechga hujjatlar qoʻlimda boʻlsin
Lee:...
Cho: koʻrishguncha....qoyil otang seni yaxshi koʻrarkan hamma narsasini berishga tayyor
Junho:sen laʼnatini oʻldiraman
Cho:ertagacha Leelar vorisi

Ertasi kuni nonushta vaqti
Jia:xayrli tong janob
Cho: senga ham
Jia:menga ishni tafsilotlari kerak
Cho:buncha shoshasan kel nonushta qil
Jia: rahmat janob shart emas menga ish haqida maʼlumotlar bersangiz kifoya
Cho:yaxshi yuroqol xonamga
Ular Choni ish xonasiga kirishdi
Cho:mana Janubiy Koreyaning eng boy insoni Kim Taehyung yana uni V deb ham atashadi uning boyligi bexisob u Koreyaning eng birinchi oʻrinda turadigan "Mafiya"si seni vazifang har doimgidek uni oʻzingga qaratasan va bexisob boylikka ega boʻlaman sen esa ozod boʻlasan
Jia Taeni rasmiga qarab turganini sezgan Janob Cho gapirdi
Cho:Jia uni aslo sevib qolma meni tushundingmi Jia
Jia:a a a ha janob tushundim
Cho:bu seni Koreyaga chiptang va u yerdagi mehmon xonaning raqami sen uchun hammasini tayyorlab qoʻydim kechka uchasan tayyorlan
Jia:hoʻp Janob yaxshi qoling
Cho:mayli omad oʻzim senga aloqaga chiqaman xayr
Jia:xayr
Jia pov'
Mana necha yil deganda oʻz tugʻilgan ona vatanimga ketyabman u yerda endi meni qanday sarguzashtlar kutar ekan... ehhh
Jia xonasiga kirib narsalarini yigʻib kechki reys bilan Koreyaga yoʻl oldi