Ballerina yoxud daxshatli sevgi
Autor: xa balki bu sevgini kmdur poyoniga yetqizmoqchidur, kimdur buni kótara olmas. Balki ularni bir joyda kórish ham boshqalarga yoqmas, nima bôlganda ham endi bu oson bólmaydi. Xa hech qachon oson bólmaydi...
Kózdan g'oyib bôlgan mashinaning raqamlarini, Seokjin qancha harakat qilmasin bila olmadi. Hali ham quchog'ida, Seokjinni qattiq quchoqlab turgan Minsu, endigina ôziga kelgan va Seokjindan ózini biroz tortishga ulgurgandi
Minsu: yaxshiman janob Kim, hammasi joyida
Seokjin Minsuni yól chetidagi ôrindiqqa ôtqizgancha, unga bir muddat qarab turdi. Minsu Seokjinning kózlariga qaray olmas, kôzlarini boshqa tomonga olib qochardi, atrof zim-ziyo, atrofda deyarli odam yoq. Bir necha soatlardan sóng esa, quyosh yana ufqqa kótarilaman deyotgandi. Seokjin ham Minsu ham sukut saqlar ekan, bir muddatdan sông, Minsu Seokjinga tikilgancha sôz boshladi
Seokjin: nega bu yerda ishlashingni aytmading
Seokjin: menga gap qaytarma Minsu, har bir sôzinga ehtiyot bôl
Minsu: unda nima bôladi, meni qachon tinch qôyasiz, siz menga bitta bazimga borasan va men seni tinch qôyaman degandiz. Ammo men siz bilan 4oydan beri bazma bazm yuripman
Seokjin shu sózlarni oxirgisi qilgan zahotiyoq, Minsuni oldidan turib ketdi. Minsu Seokjin ortidan qarab turar ekan, ôz mashinasiga ôtirb ketgan Seokjin, anchagina asabiy va juda tajang holda edi.
Pov/Seokjin
Nega bunchalik bu qiz oldiga shoshaman, uni har daqiqa kôrish menga tinchlik beryapti. Ammo shunchalar qaysarki, uni jilovlash har qanday erkakning qôlidan kelmaydi. Uni oldida ótirishni ózi aslida yoqimli, ballerina senda nima bor...
Seokjin shu sôzlarni aytgancha, gazda bosilib turgan oyoqlarini, tezda tormozga ôtqizar ekan, yana mashinani ortga, Minsu ótirgan joyga haydadi. Mashina Minsu ótirgan joyga yetar-yetmas, yól boshida Minsu bu erkak bilan turardi
Pov/Seokjin
Oldidagi kim, nahotki sevgani bólsa. Shuning uchun qayta va qayta tinch qôyishmni sôryaptimi, yoq seni tinch qôyb bólibman Minsu, hech qachon tinch qôymayman. Óldirsam óldiraman, ammo seni kimdur taqdiri qilib qôymayman
Seokjin shu sózlarni aytar ekan, mashinani tezlik bilan uyi tomon haydab ketdi. Minsu esa bu shirin suhbatni tugatgisi kelmas, u ancha yildan beri endigina, ózi xoxlagan inson oldida, erkin va chin yurakdan suhbat qurib ketardi. Uzoq suhbatdan sóng Minsu uyi yoniga kelgancha, ózi xoxlamay xayrlashgan insoni bilan, yana kórishishni kelishgancha uyga kirdi. Tong otishiga bir necha soat qolgan. Minsu esa biroz uxlab olish uchun ôz yotog'iga yotdi
Tong otgan Seokjin óz offic stolida asabiy tarzda ótirar, qólida esa ósha hujjatlarni imzolaydigan, xona singari qora bôlgan ruchka, Seokjin uni bosh tomonini ôynab asabiy bosar ekan, xona tinchligidan faqat ruchka ovozi chiqardi "chiq, chiq, chiq" Xonaga kirgan kotiba qiz, Seokjin oldiga qahva qóyar ekan, Seokjin asabiy kotiba qiz qôlidan qattiq tutgancha, lablari orasidan zardali ohangda bir sôz chiqordi "Minsuni chaqirtir" Kotiba qiz bu yuzdan daxshatga tushgancha, tezda xonani tark etib, Minsuga qóng'iroq qila boshladi. Hali ham uxlab yotgan Minsu, qóng'iroqqa javob bergisi kelmas, ammo tinmay jiringlagandan sóng arang kótardi
Minsu: eshitaman (hali ham uyqu aralash)
Kotiba qiz: Minsu xonim tezda kampaniyaga keling, janob Kim chaqiryapti, avzoyi buzuq, ôldirib qôygudek
Minsu: nima, nega ahvoli yaxshimi
Kotib qiz: bilmadim Minsu tezroq keling
Minsu órnidan turib tezda yuvinib chiqqancha, ustiga biroz kalta bôlgan kóylak va sochini ózi xoxlagandek turmak qilgancha, uydan tezlikda chiqib ketdi
Taksiga ótirgan Minsu, taksisdan tezroq haydashini iltimos qilar. Qalban esa hali ham Seokjindan havotirda edi. Mashina kampaniya yonida tóxtar ekan, kampaniya oldida Seokjinga qarshi bôhtonlar uyushtirib yurgan odamlar mashinasi turardi. Minsu Seokjin bilan 4oy davomida bazmlarda bôlgani sabab, Seokjin atrofidagi insonlarni juda ham yaxshi tanib olgandi. Minsu tezda kampaniyaga kirar ekan, óng kózi oldida tattoosiz bor bu jirkanchli odam, Minsuning qarshisidan chiqdi
Chan: oo Minsu, Minsu seni yana kôrdim, Seokjin oldiga kelyapsami. Xa bugun katta kazinoda bazm bor, har doim qimmatbaho joylardan endi kazinoga ham ótik
Chan: xa aytgancha Seokjinning sóngi qadamlari tashlanyapti
Chan shu sôzlarni aytgancha, Minsuni yonidan ótib ketar ekan, Minsu asabiylashgancha qóllarini mush qildi. ..
#Minsu 🎀
@shining_pages