February 9

Oy yuzligim

Autor: Minsu/Aisha 💕

2-Bob

Ózimdayoq xursand ekanimni chetdan qarab turgan ahmoq ham tezda ilg'ab olishi qiynd emasdi...

Ishda har qancha yelib yugurmay, charchoq nima ekanini tanam xattoki sezmasdi ham. Hayolim esa, men ham endi qayerdadur ish boshlaganim va hallol pullarga ega bôlishimda edi. Qahva tayyorlar ekaman, telefonmning budilnigi peshin vaqtini bildirb, yoqimli musiqa yangray boshladi, shu yerda turgan qizlardan biri oldigan borgancha, bósh xona haqida sôradim. Ular menga bósh xona tomonga ishora qilishdi, sumkachamdan doimiy olib yuraydigan, kashelokli joynamozimni olgancha, xonaga Qibla tomonga yônaltirdim. Qalbmni hotirjam qilib, joynamoz ustiga óng oyoqda, Bismillahni aytib chiqdim va nomoz ôqishni boshladim. Nomoz ôqir ekaman, oxirgi amallarimga kelar ekaman, eshik ochilgancha kimdur xonaga kirganini sezdim, vujudim bilan ibodatda bôlsam ham, xona ichida kimdur borligini juda yaxshi sezib turardim. Dunyoda eng yomon kórgan odatim esa, nomoz óqiyotganimda kimdur kuzatib turishi edi

Duolarimni qilib, sekin qóllarimni yuzimga olb borgancha yana joynamoz ustidan ohista qôzg'aldim, orqamda hali ham meni kuzatib turgan boshlig'imni kórib, biroz g'azabim keldi, ammo ózimni qólga olgancha unga salom berdim

Aisha: assalomu aleykum

Ammo u menga qarab turar, xozir nima deyotganimni unchalik yaxshi anglamagani menga hali ham savolnomuz nigohlaridan sezilib turardi

Seokjin: xozir nima deding, bu qanday til, sen menga nima deding xozir

Aisha: men sizga salom berdim

Seokjin: bu nima, yani xozir qilgan ishing

Aisha: bu nomoz, musulmonlar qilaydigan Ibodat, Allohga berganlari uchun shukronalik keltirish va yana undan ózgasidan sóra olmaydiganimizni, undan sórashimiz, duolar bilan...

Men xozir nima qildim, men xatto dinim haqida kimgadur tushuntirb ótirishni unchalik hush kórmaydiganlardanman, chunki odamlar bilan suhbatga juda ajoybman deya olmayman, ammo unga tinmay bu haqida aytishni istadim. U ham qiziqqani uchundur... Menga hali ham tikilb turgan Seokjin, meni hijolat bólishimga sabab bólishni boshlagandi, sekin qôlimdagi joynamozni tahlab, kichik hajim qilgancha, uni kashlyokchaga solib qóydim. Xonada chiqar ekaman, hali ham qarab turgan nigohlarni sezgan vujudim, nimadurni his qilardi. Xonaga chiqanimda esa, allaqachon hamkasblarim tushlikni boshlab yuborgandi, ular meni óz davrasiga chaqirdi, odobsizlik bólmasligi uchun, ularning davrasiga qóshildim, stol ustida esa har xil taomlar, ammo birortasiga qól chózmadim. Davrada yigitlar ham borligi va qizlar yigitlar birga ótirishganini kórgach, stulmni stolning biroz uchiga tortgancha ulardan uzoqlashdim...

Bekhyun: boshliq qani, nega bizga qóshilmyapti axir allaqachon tushlik vaqti, janob Kim tezroq keling mazzali taomlardan quruq qolasiz

Boshlig'imiz vazmnlik va óziga yarashgan savlati bilan mening róparamdagi stulni tortgancha ótirdi. Undan kelyotgan hushbóy hid esa xona bóylab kezardi. Qóliga chóp qoshiqlarni olib, hamma taomdan likopchasiga solib yerkan, mening yemyotganimni sezgan janob Kim oldimga ovqatlardan birini surdi

Seokjin: sen nega hech narsa yemyapsan, yoki sen yeydigan nimadur yoqmi, tortinma aytaver, men ishchilarmni och qolishlarini istamayman - og'ziga ovqatni solar ekan

Aisha: xa janob Kim, men shunchaki qornim tóq

Seokjin: tortinma, agar shu turishing bôlsa kóp ochqolasan

Endi chinakamiga qopqonda edim, agar men bu taomlar haromligini aytsam, qolgan ish joyimdek, bu unga ham hush kelmasligini bilardim, aynan shu sabab qancha ishdan haydashgani esmga kelgancha, nima deyishni bilmas ekaman. Ammo uning nigohlari hali hanuz menda edi. Boshqa choram yoqligi va sabablar topa olmasligmni yaxshi tushunib turgandim

Aisha: men musulmonman va men bunday taomlar yeya olmayman janob, yani chóchqa góshti bizda taqiqlangan

Yuzlarim qizarib ketdi, góyo odam óldirib qóygandek qórqish hissi tanamni chulg'ab oldi, yuragim juda qattiq urardi, xozir turgancha meni ishdan haydashi kôz oldimga keldi, uning yóg'on ovozlari esa quloqlarim tagida jaranglagandek bôldi, sovuq terga tushdim. Seokjin bir zum menga tikilb turgancha qólidagini qóydi, endi ham tamoman

Seokjin: xósh Aisha sen nima yeysan, sen uchun bular mumkun emas ekan, demak sen boshqa nimadur yeyishing kerak, shu yaqin orada halol taomlar restarani bor, sen nima yeyishingni ayt, kechir men unchalik bunday narsadan xabardor emasman, shuning uchun nima senga mumkun ekanini ham bilmayman

Yo Robbim, xozirgina qórquvda qolgan tanam, endi hayajonga óz órnini bóshatib bergandi. U haqiqy erkaklardek ózini tutar góyo har bir narsani hal qila oldigandek, ózini vazimin tutgancha, qóliga telefonini oldi.

Aisha: men haligi... -ahmoqdek nima deyishni bilmadim, ammo rostan qorinim och shuning uchun ham óylab ótira olmadim.. - menga burger bólsa ham yoq demasdim

Uyalib ketim, góyo u sórashini kutib turgandek javob berdim, u sekingina tabbasum qilgancha, telefonida buyurtmani berdi. Yuragim taka- puka bólib ketgandi, hali ham bu ahmoqlikni qandya qilganimni óylab óyimga yeta olmasdim...

Tushlikdan beri boshliqning harakatlarini ôylab, hanuz taajubda edim, ishlarimni tugatar ekaman, uyga ketish vaqti bôlgan va barcha ishchilar ketish uchun tayyorlanar, ishim kechkacha bólgani sababli, allaqachon shom nomozini ham ishxonada óqib olgandim. Hamma birin ketin ketar ekan, xona chiroqlarini óchirdim, atrofni tozzalab rómol va kóylagimni tartibga keltirdim. Sumkamni qólimga olgancha eshik tomon ketyotganimda, Seokjin meni tôxtatib qoldi

Seokjin: Aisha, endi ketyapsami, ajoyb ishlading, bu sening bugungi ish haqing, ertaga ham ishga kech qolma

Aisha: raxmat janob Kim - ovozim qanchalar sokin va mayin chiqanidan ózim ham uyalib ketim - men bora qolay janob Kim, kuningiz hayrli ótsin

Seokjin: Aisha balki kuzatib qóyarman, juda kech bôlb qoldi, mashinam ham shu yaqinda yuraqol

Unga rad javobini bersam ham, u góyo meni eshitmagandek, eshiklarni qulufladi. Mashina qóyish shahobchasiga birgalikda kirdik. Sóngi rusumdagi qora mashina, uning qanchalik jiddiy va sirli ekanidan dalolat edi. Boy xonadoning erka óg'li, shunchaki bu mening fikrim edi

Mashinaga ôtirdim, bu ôsha men bolalikdan bir bor ótirb kórishni xoxlagan mashina, ichi men óylagandan ajoyb va hayajonli. Seokjin yôl bóyi musiqani qóyb ovozini biroz paslatdi, ammo yuragim yana tez urushni boshladi, chunki bu bekorga emas, u menga qandaydur savol berishmi istayotgandi

Seokjin: musulmonmisan

Kutilmagan javobdan esankirab qolganim yolg'on emasdi

Aisha: xa janob, musulmonman

Seokjin: men bu haqida biroz malumot bilaman, ammo kóp emas - nigohlarini yólga tikancha

Uning ovozi ajoyb edi, ayniqsa gapirganda, vazmin ovozi va jiddiy kózlari insonni hayajonga solardi. Men qanchalik ahmoq ekanimni bilaman, erkaklardan bir umr qochgaman, ammo u bilan bemalol suhbat qura olyotganimdan ózim ham hayron edim...

#Minsu/Aisha 💕
@shining_pagea