Oy yuzligim
Uning ovozi ajoyb edi, ayniqsa gapirganda, vazmin ovozi va jiddiy kózlari insonni hayajonga solardi. Men qanchalik ahmoq ekanimni bilaman, erkaklardan bir umr qochgaman, ammo u bilan bemalol suhbat qura olyotganimdan ózim ham hayron edim...
Xufton nomozidan sóng, qólimga Qur'on kitobmni olgancha, uni deraza yonida, oy yorug'ida óqiy boshladim. Oy yorug'ida Qur'on kitobmni ôqish yana ham menga sokinlik olib kelardi. Biroz kôcha tomonga tikilgancha, musulmonlar uchun ajoyb bôlgan Ramazonni eslab, yuragim yana ham yorishib ketdi. Qur'onimni sekin yopgancha, kitoblarim oldiga qóydim, xonamni biroz shamolatib, ózim yoqtirgan, xona atiridan xonam bóylab, choyshablarimga ham biroz sepdim. Kiymlarimni almashtirar ekaman, boshmdagi rómolni ham olib, belimdan pastlab qolgan sochlarimni taray boshladim. Hayolimda esa, Koreaga kelganim haqida, aynan rómolm sabab kóp ish joylaridan rad javob olganimni esladim, ammo hech qachon hech birida, rómolimni aybdor his qilmagaman, doim Allohga oson hammasi derdim, men uchun yaxshisini tayyorlagan deb yana ózimga taskin beraerdim. Rostan ham Allohim menga yaxshisini tayyorlab qôygan ekan, men bugun ajoyb insonlar bilan ish boshladim, hech biri rómolim sabab ishmdan xato qidirmadi. Xattoki boshlig'imiz Seokjin ham, chóchqa góshti yeya olmasligmni bilib, men uchun alohida taom tayyorlatdi. Bu rostan juda ham yoqimli hissiyot....
Soat 2:00, allaqachon tahjjud vaqti bôlgandi, telefon budilnigi esa yana meni uyg'otishga shaylangan holda edi. Turgancha nomoz uchun tahorat olib, biroz uyqumni uchurish uchun derazani ochgancha boshmga rómolmni tashlab, kóchaga yuzlandim, derazadan kiryotgan va yuzimga yoqimli uryotgan mayin shamol menga baxtni his qildirardi. Derazani yopgancha, joynamozimni olib, yana nomoz óqishga kirishdim. Negadur har sajda, har bir nomoz amallarini qilar ekaman, Seokjinning kulgulari hayolimga kelaverardi, bundan esa ôzimni noqulay his qilyotgandim, joynamoz ustida nega u hayolimga kelaverishidan chóchb ketardim
Nomozni tugatgach, joynamozmni yig'madim, uni ustiga ótirgancha, uzoq hayol surb qolganimni anglamay qolgandim... Hayollarimni bir joyga yig'ib olganimda esa, allaqachon bomdod nomozi vaqtiga ham kelb qolganimni his qildim...
Bomdod nomozimni óqigancha, javon ichidan yana ósha keng kóylak va katta rómolimni olgancha, ish uchun tayyorlandim, albatta oldimga ózim uchun, ishga kiyishga qulay kiyim ham xozirladim
Tashqaridagi havodan zavq olgancha, ish tomon ketim. Yaqinda bahor va buning ifori butun atrof bóylab tarqalgani yolg'on emasdi. Bahorga yaqin qolganimiz sabab bôlsa kerak, kichik kichik bólib, yomg'ir ham yog'ishni boshlab yuborgandi. Avtobus bekatiga kelgancha, ishxonam yonida tóxtaydigan, avtobusga chiqdim. Odam gavjum, kimdur musiqa eshitsa, kimdur sevgan insonni bilan uzoqdan-uzoq suhbat qurardi...
Ishxonaga kelgancha, sekin ichkariga qaradim, eshik ochiq, ammo hali ham atrofda hamkasblarim kórinmasdi. Ishxonaga kirgancha, kecha nomoz óqigan xonamga kiyimlarimni almashtirish uchun kirdim. Kiymlarimni almashtirar ekaman, qóshni xonada asabiy va qattiq baqiriq ovozlarini eshitim. Boshimga rómolmni tóg'irlab órab, kiymlarmni kichik javonchaga ilib qóygancha xonadan chiqdim. Qahva tayyorlash stoli ustiga yaqinlashganimda, kichik varoqda "Boshliq ertalab albatta qahva ichadi, Aisha yodingdan chiqmasin" Degan sózlar turgandi. Yana uning oldiga kirishni ôylasam, ózmni katta gunohkor insondek his qilyotgandim, ammo boshqa ilojisi yoqligini sezgandan sóng, yana qahva tayyorlab boshliq xonasini taqilatdim, ichkaridan esa jahli ovozda "Kiring" Degan sôzmi eshitib, eshikni ochgancha, Seokjinha hayrli tong tiladim
Seokjin: hayrli tong - asabiy ohangda
Aisha: sizga qahva olib kelgandim
Seokjin: yaxshi, shu yerga qóy
Stol ustiga qahvani qôygancha, tezda xonadan chiqib ketim, chiqishndan oldin esa, Seokjin qahvani bir xôplab, yana biroz ichb yoniga yaqinroq surb olganini kôrgandim. Tashqariga chiqishm bilan, ikki kelgan mijozni kórb darhol qólimga, ruchka va varoqcha olb yonlariga bordim
- xa albatta qahva va shirinlik
Mijozlarga ular aytgan narsani olib kelib, yoqimli ishtaxa tilagancha yana ishimga qaytar ekaman, hamkasblarim ham birinma ketin kelishni boshladi. Ammo mijozlar órnidan turb, hamkasblarimdan biridan boshliqning xonasini sôraganimda, yuragim qinidan chiqib ketgudek qórquvni his qildim... Bir necha soniyadan sóng, boshliqning xonasiga meni chaqitirshdi, yana ósha qórquv endi ish topdim deganimda. Nahotki yana ishdan bóshayman deb óylab, boshliq xonasiga oyoqlarimni arang sudragancha kirib bordim...
Seokjin: Aisha bular sening ustingdan shikoyat qilishyapti
Aisha: m.. meni - qanchalik dovdiragan holda javob berganimni sezishim bilan, ózimni battar aybdordek his qilardim
- siz bizdan buyurtmani qabul qilyotganda, gôyo bizni pisand qilmagandek, nigohlarizni boshqa tomonga qaratib olgandiz, biz mijozmiz
Bunday ahmoqona shikoyatni eshitib, qarshimda xozirgina buyurtma bergan, ikki tónkani boplab jag'iga tushurgim keldi. Ammo ózimni shunchaki bosib turardim. Seokjin ham góyo men katta ayb ish qilgandek, mendan nigohlarini uzmasdi. Ammo u oddiy nigoh emas, jahl aralash edi, ertalab ham qattiq asabiylashganini eshitib, endi ustiga ustak bu g'alva va góyo uning óz jahlini sochadigan, óljasidek ózimni his qildim....
#Minsu/Aisha 💕
@shining_pages