Olislardan sevaman
Autor: Inson qanchalik odamlardan ôzini olib qochuvchi, ular bilan kelisha olmaydigan bôlmasin. Ammo ósha insonning ham, bir insonni bôladi. Hammadan sir tutgan, har doim unga talpinaydigan, bu hayot shunday. Sevgi deganda doim ham oldidagi insonni emas, yiroqdagi insonni ham sevish deyiladi aslida...
Tong sahar soat 6:00, Jaewon hali ham uxlamagan, kechasi bilan dars tayyorlab chiqandi. Kózlari shishgan, biroz yig'lagan. Qólidagi ruchkasini, stol ustiga qôygancha, ôzi boshini ortga qilib, chuqur huh tortdi. Dars qilyotgan kitoblari orasida ham, gôyo u haqida nimadur ôqib qolyotgandek, tunni bilan kitoblar orasidan ham uning ismini qidirgandi. Sochlarini tartibsiz yiqqancha yuz qólini yuvish uchun hammomga ketdi, róparasidan chiqqan onasi esa, qizining yana yig'laganini kôrb sababi nima ekanini yaxshi bilardi
Mother: yana u sabab yig'ladingmi, qachongacha ôzingni qiynaysan, bas endi yetar balki
Jaewon: yoq yig'lamadim, dars qilib chiqdim balki shungadur
Jaewon bu safar ham ichidagilarni, tiliga chiqora olmay hammomga kirib ketgancha, kôzlaridan yosh yana tinmay oqa boshladi. Yuragini ushlagancha sekin pichirladi "iltimos baxtim bôl kel, tezroq kel" Jaewon shu sózlarni aytgancha yuz qôlini yuvib, ôqish uchun tayyorlana boshladi
Kitoblarini olgancha óqish tomon ketyotgan qiz, yól bóyi uning musiqasini eshitgancha, hayollar og'ushida ketardi
Quloqchindan chiqyotgan bu ajoyb musiqa tovushlari, unga yana ham yoqardi. Jaewon dókon eshigi yoniga kelar ekan, qahva olmoqchi bólib kiryotganda, unga turtilib ketgan yigit, Jaewonning yelkalariga qattiq tekkani sabab, og'riqni his qildirdi. Jaewon yelkasini tutgancha kózlarini yumdi
Jaewon bir zum jim bólib qarshisidagi odamga qarab qoldi. Uning kózlari, uning nigohi xuddi u kórgandek. Doim bir suratga qarab yig'lagandek, bugun ham yana kózlaridan yosh oqdi.
Jaewon: ssiz... (Lablari titragancha)
Yigit kepkasini bostirib olgancha, sekin Jaewonning yelkasidan tutdi
Jungkook: ahvoliz yaxshimi, kechiring men kórmay qoldim. Sizga shikast yetmadimi
Jaewon hali ham bir sóz demas, u qarshisidagi insonni, yonida turganiga hali ham ishona olmasdi. Quloqchin baland qóyilgani sabab undan chiqyotgan musiqa, yigitni biroz tabbasum qildirdi
Musiqaning aynan shu qatorga kelgan va Jungkook sekin quloqchinni olgancha, quloqlariga taqdi va Jaewonga qaragancha qóshiqni biroz past ovozda hirgoya qilardi. Jewon esa hali ham kóz uza olmas, kôzlaridan esa tinmay yosh ketardi. Jungkook musiqani tugatgancha, Jaewonning sehrli kôzlaridan kóz uza olmay qolganini sezgandi. Jaewonning qóliga berilgan kanvert va Jungkookning sôzlari, gôyo taqdir bog'langandek edi
Jungkook: buni ol, bu kansert uchun chipta va sen albatta kel iltimos. Men seni kutaman
Jungkook shu sôzlarni aytgancha, yugurb ketdi. Jaewon na yurishni, na ôtirishni bilardi. Uning hayoti ósha kundan boshlab halovatsz bôla boshladi. Na yeyishda, na ichishda oromi bor edi. Faqatgina tinmay faqat, kansert tezroq kelishi va ôsha kun Jungkook bilan bólgan voqea uni, hayollarini óg'irlab qóygandi. Kansert vaqti, Jaewon tezda tayyorlanar, qóliga esa Jungkook uchun kichik sovg'ani olgancha, tezda yólga chiqdi. Yól bóyi hayajonga burkanib olgan qiz, kansert bôlyotgan manzilga kelganini ham sezmay qoldi. Chuqur nafas olgan qiz, tez ichkariga kirar ekan, odam kóp hamma yoq yana ham qiziqarliroq kórinardi
Jaewon ôzi uchun ajratilgan stulga ôtirgancha, sahnaga qarardi. Sahnadan chiqib kelgan, tabbasumi keng yigit, Jaewon uchun gôyo yulduzdek porlab turardi
Jaewon sahnadan kóz uzolmas, uning ovozi esa endi unga, qalbiga malham bôlyotgandi. Bu yoqimli ovoz va yoqimli kulgu, Jaewonni qayta oshiq qilgandi. Kansert tugagan, Jaewon esa orqa eshikda, hali ham ketgisi kelmasdi. Jaewon hayol surb turar ekan, uning qôllaridan tutgan baquvvat qôllar, Jaewonni chóchitb yubordi
Jaewon: Jungkook nima qilyapsiz. Axir kimdur kórib...
Jaewon sózlarini oxirga yetqizmay, Jungkook uning lablariga barmoqlarini bosdi
Jungkook: tshsh, gapirma jim, iltimos... Men seni qancha kutim... Xa ôsha wevers, instagram, twitter... Xa meni hamma joydan izlab, menga taloinib yozgan, ósha mnijaewon ismli qiz. Seni qancha kutganimni bilasanmi, endi topdim deganimda, seni qôyib yuboramanmi
Jungkook shu sôzlarni aytgancha, yig'idan lablari titryotgan, Jaewonning lablariga labini bosgancha, sog'inchli, muhabbatli bôsasini olardi. Jaewon Jungkookni qattiq bag'riga bosgancha, sekin pichirladi "olislardagi sevgim, nihoyat keldingiz Kookyim" Jungkook bu sôzlardan sóng, sekin tabbasum qilgancha, uni quchoqlab sochlarini silardi
Autor: dunyo môjizalarga, ajoyb ishlarga boy. Biz uni har qadamda sezamiz, har kun bunga amin bôlamiz. Faqatgina ishonch, axir hammasi yolg'iz yaratganga oson 💕