Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi quyidagi lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi:
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasiga:
Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasiga:
- Kafedra mudiri lavozimi — 1,0 stavka (PhD yoki DSc)
- Rus tili fani boʻyicha katta o‘qituvchi lavozimi — 1,0 stavka
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasiga:
- Kafedra mudiri lavozimi — 1,0 stavka (PhD yoki DSc)
- Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha katta o‘qituvchi lavozimi — 1,0 stavka
- Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchi lavozimi — 1,0 stavka
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi:
- Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha katta o‘qituvchi lavozimi— 0,75 stavka
- Fizika yo‘nalishi bo‘yicha katta o‘qituvchi lavozimi— 0,5 stavka
Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari fanlari kafedrasiga:
- Psixologiya fani boʻyicha o‘qituvchi lavozimi — 1,0 stavka
- Musiqa fani boʻyicha o‘qituvchi lavozimi — 0,25 stavka
- Tasviriy san’at fani boʻyicha o‘qituvchi lavozimi — 0,25 stavka
🗓 Hujjatlar qabul qilish muddati:
E’lon ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy davomida qabul qilinadi.
📍 Manzil: Jizzax shahri, I. Karimov ko‘chasi, 6-uy
📞 Telefon: (+998 95) 811-94-00
📨 Telegram: @post_HR 3-etaj, 307-xona HR-boʻlimi.
Belgilangan hujjatlar toʻliq va yetarli boʻlmagan hollarda fuqarolar hujjatlari koʻrsatilgan manzilga qaytarib yuboriladi.
🗂️ Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
- Muassasa direktori nomiga yozilgan tanlovda ishtirok etish uchun qo‘lyozma shaklidagi ariza (Arizada yashash manzili, familya ism va sharifi, (mavjud boʻlsa agar pochta manzili) va telefon raqam toʻliq koʻrsatilishi shart)
- So‘rovnoma (toʻldirilgan shaklda)
- Tarjimai hol (toʻldirilgan shaklda)
- Pasport nusxasi 2 dona
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va ilovalar nusxasi 2 nusxada
- Ilmiy daraja va ilmiy unvon to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)
- Mehnat daftarchasi nusxasi (agar mavjud bo‘lsa), electron mehnat daftarchasidan koʻchirma nusxa
- 3,5 x 4,5 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat
- Rezyume (agar mavjud bo‘lsa) standard shaklda
- Ilmiy-uslubiy ishlar ro‘yxati (maqola, risola, darslik va boshqalar)
Hujjatlar fayl jildiga joylashtirilgan holda topshirilishi shart.
🧠 Nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari
(O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 16-maydagi 159-son buyrugʻiga muvofiq):
1. Kafedra mudiri lavozimi uchun:
- Pedagogika yoki tegishli soha bo‘yicha fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lishi;
- Kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
- Ilmiy maqolalar, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar muallifi bo‘lishi;
- Yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lishi, ilmiy-uslubiy va tashkiliy ishlarni samarali olib borish ko‘nikmasi bo‘lishi va boshqalar..
2. Katta o‘qituvchi lavozimi uchun:
- Kamida Magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot ga ega bo‘lishi;
- Kamida 2 yillik pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Fan yo‘nalishiga oid chop etilgan ilmiy yoki metodik ishlar mavjud bo‘lishi;
- Interaktiv dars uslublari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va AKTdan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi va boshqalar.
- Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy (bakalavr yoki magistr) ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Fan va metodika asoslarini chuqur egallagan bo‘lishi;
- Ta’lim jarayonida zamonaviy dars metodlari, baholash mezonlari va AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- Talabalarda mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qodir bo‘lgan pedagogik yondashuvga ega bo‘lishi.
4. Rus tili fani o‘qituvchisi uchun:
- Rus tili va adabiyoti yoki unga yaqin yo‘nalishda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Rus tilini mukammal bilish (C1 yoki C2 darajadagi til sertifikatlariga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi);
- Dars berish metodikasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish, zamonaviy metodik materiallar bilan ishlay olish qobiliyati;
- Amaliy tajribaga ega bo‘lishi.