November 8

MY CRUEL DADDY

Ep1

Pov/Bona

~ Xayr Yuna ko'rishguncha

Yuna: Ko'rishguncha shakarim o'pib qolaman

O'qishdan chiqib darslardan ozod bo'lganimdan biroz yengillashib samoga qarab chuqur nafas oldim. Havo juda ham ajoyib. Uygacha Seoul ko'chalarini sayr qilib piyoda ketishimni o'ylab shirin entikdim-u sumkamning bog'lamlarini tutib yo'lga chiqdim.

Aytgancha o'zimni tanishtirmabman...

Ismim Yuna. 19 yoshdaman. Rassomlik universitetining a'lochi talabalaridanman desam ham bo'ladi. Oyim bolaligimda vafot etgan. Dadam bn birga shinamgina uyimizda baxtli yashaymiz. Dadam o'pka sili bn 2 yil davomida kurashib keladilar. Shuning uchun ham ro'zgor tashvishi meni bo'ynimda. Kunduzi o'qib , kechqurun mo'jazgina kafeda idish yuvaman. Hozircha hammasi joyida. O'qishni bitirganimdan so'ng o'z rassomlik kursimni ochib bolalarga tasviriy san'at sirlarimi o'rgatish niyatim bor.

Hayollar ummonida suzib uyimga qanday kelib qolganimni ham bilmay qolibman. Eshikni ochib meni kutib olish uchun chiqqan dadajonimni quchog'iga otilmoqchi bo'lganimda dadamning yuzlari burishib dardlari xuruj qildi. Qaddi egilib bo'g'ilib nafas olayotgan dadamni suyab uyga olib kirib dori ichirdim. Qo'limda suv bn dori ta'sir qilishini kutishni boshladim. 3 daqiqadan so'ng dori ta'sir ko'rsatib dadam o'zlariga kelishlari bn qattiq quchib oldim. Ko'zlarimga yosh to'lib kelgan bo'lsa ham yig'lashdan o'zimni tiyib lablarimni tishladim. Dadam sochlarimni silab og'ir xo'rsindi.

-- Seni ham qiynab yubordim. Ayni o'ynab-kuladigan vaqtingda oila boqish tashvishi bo'yningga ilindi. Kechir meni.

Yuna: Dada... meni shu darajaga yetishishimga siz sababchisiz. Sog'ligingizda yoningizda bo'lib , og'rib qolganingizda tashlab qo'ysam qanday farzandman??

-- O'g'il ko'rmadim deb kuyunmasam ham bo'ladi. Chunki Xudoyim menga 10 ta o'g'ilning o'rnini bosagan qiz berdi.

Dadamning quchgancha erkalatishlariga mast bo'lib uyquga ketdim.

*

Yuna: Xayrli kech qizlar. Ishlar qalay?

~ Hammasi joyida...

Yuna: Yaxshi

~~ Voy qizlar shu yigitga bir qarang. Olov-olov.

~ Ha shunday yoqimtoy yigit kimga nasib qilarkan-a??

Yuna: Kim u?

Telefondagi yigitning suratiga qarab qiqirlayotgan dugonalarimga yaqinlashdim.

~ Naxotki uni tanimasang Yuna... Axir u shu kafeni egasi Kim Dohyunning yakka-yu yolg'iz , erkatoy o'g'li Kim Taehyung.

Tartibli taralgan sochlari o'ziga yarashib turgan yigitning suratiga biroz tikilib ishimni davom ettirdim.

~~ Aytishlaricha xotinboz emish

~ Ha men ham uni ijtimoiy tarmoqlarda ko'p qizlar bn ko'rganman. U chiroyli qizlarga o'ch ekan.

~~ Bu yerga ham tez-tez kelib turardi lekin 3 oydan beri kelmayapti.

Dugonamni gapi yakunlanmasindan tashqarida ko'tarilgan shovqin hammamizni diqqatimizni tortdi.

-- Iltimos janob dadangiz sizga pul berishimizni taqiqlagan

Taehyung: Dadam bn ishim yo'q. Menga hoziroq bugungi tushumni chiqarib berasan bo'lmasa hammangizni eshikdan tashqariga uloqtiraman.

-- Janob

Yigit kafe ish yurituvchisining yoqasidan tortgancha ko'chaga sudrashni boshladi. Bu nimasi? Nega hech kim indamayapti? Kafe egasini o'g'li bo'lsa o'ziga. Nega otasi tengi odamga bunday muomila qilishi kerak? Ko'z oldimda bo'layotgan nohaqlikka chiday olmay bor ovozim bn qichqirdim.

Yuna: Hooy qo'yib yuboring uni...

Yigit ovozimni eshitib joyida to'xtadi-da bo'ynini qayirib men tomonga o'girildi. Yashirib nima qilaman jiddiy va tahdidli nigohlari kipriklarimgacha titratib yubordi. Qo'lida turgan ish yurituvchini siltab qo'yib yubordi-yu ustimga bir-bir qadam bosib bostirib kelishni boshladi. Hozir ortga chekinsam nima bo'lishini yaxshi bilaman shuning uchun qo'rquvimni sezdirmay joyimda qotib turaverdim.

Taehyung: Sen hozirgina kimga baqirding?

Yuna: .....

Taehyung: Tilingni yutib yubordingmi?? Gapir...

Yuna: Siz... sizga pul berishni janob Kim taqiqlab qo'ygan. U xo'jayinni aytganini qilyapti.

Yuna: Yaxshiiiii.... lekin sen nega aralashyapsan?? Yoki uni jazmanimisan?

Aytgan gaplari suyagimgacha o'tib ketgani sababli yuziga qanday tarsaki tushirib yuborganimni ham bilmayman. U tarsaki tushgan yuziga qo'lini qo'yib qattiq kulib yubordi.

Taehyung: Juda jasur ekansan!! Lekin bu jasurliging senga pand beradigan bo'ldi.

Ustimdagi fartukni bir qo'li bn siqimlab o'ziga tortdi. Tez-tez nafas olgancha ko'zlaridan ko'z uzmay qo'lini ajratishga kirishdim.

Taehyung: Ismim Taehyung... yaxshilab eslab qol.

Bor kuchi bn uloqtirgani sababli polga orqam bn o'tirib qoldim. Yigit orqasi bn yurib ko'zlarini mendan uzmay kafeni tark etdi. Atrofimni dugonalarim o'rab olib o'rnimdan turg'azib stulga o'tkazishdi.

~ Yuna nega bunday qilding??

~~ Ehh ahmoq qiz endi u seni tinch qo'ymaydi....

Riana ( Yuna ) πŸ’‹

.

.

.

.

.

Addiction Fiction