Today

ENEMYπŸ’‹

Ep2

...

Xastalangan qalb, javobsiz sevgi.. Jeon Jungkook Y/n uchun dunyoni yo'q qilishga tayyor inson lekin Y/n undan shu darajada qattiq nafratlanadiki hatto tunlari uni o'ldirish uchun ming xil rejalar tuzib chiqardi. Ho'sh bu sevgi bu rejalar amalga oshadimi...?

...

Y/n ofisida bir talay hujjatlar ichiga ko'milgan. Sochlari tartibsiz ko'z oynagi ortida judayam beg'ubor va begunoh bo'lib ko'rinardi. Lekin u imzolayotgan hujjatlardagi pullarning raqamlari insonni aqldan ozdiradigan darajada ko'p. Va bu pul Y/n bir kunda bitta qinorxonasidan oladigan pulni o'zigina holos. Endi o'ylab ko'ring nafaqat Koreadagi balki Italya va Yaponyadagi kazinolardan qancha pul kelishini..

Yarim tun. Y/n haligacha ofisida sigarasini tutatgancha o'tirardi. Butun boshli ofisda bir o'zi. Tungi Seulning miltillagan chiroqlari porlardi. Y/n ko'zlari pastda mashinasiga suyanib turgan Jungkookga bog'langan. Yaqin yarim soat ikkisi ham shu holda turarverdi. Nixoyat Y/nni sabri tugab Jungkookni yoniga chiqdi. Y/n yaqiniga kelguncha Jungkook o'rnidan jilmadi. Qiz u tarafga kelarkan baland poahnalari marmarga urilib aks sado berardi. Jungkook hayoli esa qizning bghunoh yuzida.

‐ nima qilyapsan bu yerda - so'radi qiz har doimgidek sovuq ohangda

‐ kelgim keldi..nima endi dushmanimni ham yo'qlagani kelmaymi?

‐ Jungkook oxirgi vaqtlar judayam ko'p g'ashimga tegyapsan.

‐ bundan hursandman demak har doim hayolingda men ekanmanda - qiz ko'zlarini yumib chuqur nafas oldi

‐ jaroxating qalay?

‐ ancha bitim qoldi. Lekin istardimki bu yerda chandiq qolishini.

‐ Uyinga bor. Meni sen uchun ortiqcha vaqtim yo'q - dedi qiz ortiga o'girilib

‐ shoshma - Jungkook uni bilagidan tutti

‐ hozir qo'lingni sindiraman. yo'qol

‐ ketishdan avval menga bir bo'sa bermaysanmi? - Jungkook qo'shlarini qoqib unga kulimsirab qarab turardi. Bundan qizni yuragi betartib urib ketti ammo bildirmadi

‐ bo'sani o'rniga shapalog' beraman.

‐ unda nega bo'sa haqida gaporganimda tomirlaring urishi tezlashdi?Buni bilagingni ushlaganimda his qildim. Kel tan olaqol sen ham meni sevasanku to'g'rimi

‐ undan ko'ra o'lganim yaxshi - dedi Y/n va ortiga qaramay ketib qoldi. Bu gal Jungkook ham to'xtatmadi

....

Har oyda ikki marta bo'ladigan mafia sardorlari o'rtasidagi majlis bor va bu majlisning asosiy direktori Jeon Haein ya'ni Jungkookni dadasi boshqaradi. Y/nni dadasi bunday majlislarga qatnashmay qo'yganligi sababli Y/n uyerdagi yagona ayol edi. Jungkook va Y/n qarama qarshi o'tirishipti. Ikkisini ko'zlari ikki xil his bilan qaraydi. Jungkook Y/nni kiyimi taqqan taqinchoqlariyu atiri haqida o'ylasa Y/n Jungkookni tatirovkasidagi naqshlarga suratlarga qaradi.

Oradagi sovuqlikka hech kim e'tibor bermasa ham janob Jeon vaziyatni sezib turardi. Hamma yangiliklar haqida gapirsa ikkisi hech suhbatga aralashmasdi. Jungkook Y/n g'ashiga tegish uchun stol tagidan uni oyog'iga ohista tepti. Y/n sovuqqon ko'zlari bilan Jungkookga nigoh tashladi. Jungkook lab chetida kulib oyog'ini ortga tortti va hech narsa bo'lmaganndek majlisni davom ettirdi.

...

Majlis yakunlangach Jungkookni dadsi Y/n bilan suhbatlashish uchun uni olib qoldi. Xonada Jungkook Y/N va Jeon Haein bor edi.

‐ ahvoling yaxshimi Y/n dadang qalay?

‐ dadam ham ancha yaxshi men ham. Tinchlikmidi janob Jeon menda biror ishingiz bormidi - y/n shunaqangi shirin va yoqimli gapirardiki buni eshitgan Jungkook hayratdi. Y/nni o'zimi deya uni yuziga termulardi

‐ xaa qizim sen va manabu bolaga topshiriq bor.

‐ Jungkook va men?

‐ xaa...qisqasi biz yangi narkotik modda ishlab chiqarmoqchi edik va malakali olim biz bilan birga edi. Hamma narsa tayyor ediyu lekin u bor hujjatlar dorilarni olib g'oyip bo'ldi. Uni topish ham oson bo'lmadi. U Germanyada ekan. Shunga sizlar birga borib uni yo'q qilishingiz kerak..yordam berasanmi qizim?

‐ dada men o'zim ham eplab borib kelaveraman. Bu borishi shartmi?

‐ Jungkook seni yaxshi bilaman o'g'lim. Sen juda sabrsizsan. Undan olishimiz kerak bo'lgan narsalar bor. Y/n esa judayam toqatli qiz. U hujjatlar bilan shug'illansa sen uni bir yog'lik qilasan. Hammasi o'ylangan.

‐ janob Jeon...agar uni o'ldirsak yangi narkotik tayyor bo'lmaydi

‐ ana nima dedi..ko'rdingmi bu qiz seni miyang bo'ladi Jungkook - dedi kulib dadasi. Jungkook ensa qotirib turardi

‐ gaping to'g'ri Y/n - dedi janob Jeon

‐ uni Koreaga olib kelolmaymiz ham. Yordam qidirishi mumkin..qochishi mumkin - dedi qiz

‐ unda bir ikki kun ko'proq u yerda bo'lib narkotik haqida qanday tayyirlanishi haqida bilib olish kerak. Nima dedingiz? - dedi Jk

‐ men ham shunday demoqchi edim. Avval bilganini olamiz va amaki bilan xayrlashamiz -dedi Y/n

‐ unda bolalar ertaga kechki payt soat 8 da Germanyaga uchasiz. Aytgancha Y/n bu haqida dadang habardor. Bir necha kunga qimorxonalarga o'zi qarar ekan.

‐ lekin..evaziga nima olaman? Har holda mushukcha degan nomim bor. Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi

‐ nixoyat men bilgan Y/nga o'xshayapsan. Shirin so'zlarni gapiryotganingda hayron bo'lgandim - dedi Jungkook kulib

‐nima hohlasang shuni beramiz - dedi janob Jeon

‐ qaytganimdan so'ng bafurja gaolashamiz. Ertaga ko'rishguncha janoblar - dedi qiz va mag'rur yurib xonadan chqib ketti.

‐ agar shu qizga uylanmasang butun umr uylanishinga ruxsat bermayman - dedi dadasi hazlomus

‐ siz bu bilan bir kun kechgacha yuring. Shu vaqtgacha o'ldirib qo'ymaganimga hayronman dada. Yosh bolani o'zi. Qaysar injiq qilma degan ishingizni qiladi. Meni uyimni yoqqan ham shu

‐ uyingni yoqishga qurbi yetgan seni yo'q qilishdan ham tonmaydi Jungkook. Harakatingni qil va bu qizni Jeon xonimga aylantir. Meni ham nabiralarim huddi onasi kabi aqlli va dadasi kabi kuchli bolalar bo'lishini istayman.

‐ havotir olmang dada. Y/n hohlasa ham hohlamasa ham meniki bo''ladi. Men ham kiyimlarimni to'g'irlay..ko'rishguncha

...

Tungi soat 19:48. Seul airaporti

‐ u yerga borgandan keyin men bilan maslaxatlashib ish qil. Shoshqaloq ekanligingni bilaman shunday ekan kallangni ishlat. Men seni deb muammoga uchrashni yoki rejalarim chippakka chiqishini istmayman Jungkook

‐ Liliyam havotir olma sen nima desang aytganingni qilaman.

‐ unda meni liliyam dema

‐ buni qilolmayman.

‐ tentak..

...

Registratsiyadan o'tishgach ikkisi yonma yon samalyotda o'tirishardi. Y/n oyna oldida Jungkook esa uni yonida edi. Samalyot yuqoriga ko'tarilgandan keyin ancha vaqt o'tib Jungkook uxlashni hohlab qizni yelkasiga boshini qo'yidi. Y/n yengil itarib yubordi lekin Jungkook uni qo'lidan mahkam ushlab yana qaytib yelkasiga boshini qo'ydi

‐ agar qimirlasang samalyotni portlatib yuburaman - dedi Jungkook ko'zlarini yumib. Y/n bu gal unga tegmadi. Oradan bir ikki soat o'tmasdan Y/n ham Jungkookni boshiga boshini qo'yib uxlab qoldi.

...

Ancha vaqtdan keyin ikkisi ham samalyotdagi shovqin tufayli uyg'onib ketti. Y/n sekin ko'zlarini ochib atrofga qaradi. Uni tanasini nimadir siqib tirgandek edi. Jungkook ham ko'zini ochib atrofni tekshirdi va y/nga qaradi. Y/n uyqisrab nima bo'lyotganiga tushunmay turardi. Jungkook y/nni tanasiga qaraganda qo'llari qizni tanasini mahkan quchoqlab olgandi. Huddi y/n qochib ketadigandek. Bu ishni qachon qilgani esida ham yo'q. Qiz o'ziga kelib Jungkookni qo'llarini itardi.

‐ nima qilyapsan qo'lingni ol

‐ kechirasan men bu qachon sodir bo'lganini bilmayman.

‐ nima farqi bor. Jimgina uxla ‐ dedi Y/n derazadan tashqariga qarab.

Jungkook bir laxzaga huddi u bilan uchrashyotgandek his qildi o'zini. Lablari chetida kulgu bor. Yana qayta qizni yelkasiga boshini qo'yib ko'zlarini yumdi.

...

Samalyot Germanyaga qo'ndi. Ikkisi airaportdan chiqib mehmonxona tomon yo'l olishdi.

*

*

‐ nima? Nega alohida xonalar yo'q?

‐ xonim ming bor uzur lekin bo'sh xomalarimizga suv toshipti. Ayrim mijozlarimiz ham ketib qolishdi. Agar istamasangiz sizni ham majburan olib qololmaymiz..- dedi mehmonxona boshqaruvchisi

‐ aytmoqchsizki xonalarga suv toshigani sababli ikkalamiz bir xonada qolamiz? - so'radi Jk

‐ xa..afsusdaman lekin boshqa ilojimiz yo'q.

‐ boshqa joyga boramiz - deya ortiga o'girildi y/n lekin Jungkook qo'lidan tutti

‐ eng katta xonani olaman. Yuklarimizni joylashtirishsin

‐ qo'yib yubor bu yerda qolmayman

‐ nechinchi xonaga boraylik?

‐ aa...298- xona bo'sh. Va eng katta xonalarimizdan

‐ ajoyib. Raxmat xonim -dedi Jungkook va qizni qo'lidan sudrardi. Y/nni unga kuchi yetmasdi. Uni itarardi bu Jungkookga ham yoqardi.

‐ jimgina ket Y/n

‐ qo'yib yubor dedim. Sen bilan bir xonada qolmayman

‐ qolasan

‐ qolmayman

‐ qolmaysanmi? - to'xtab qizga o'girildi Jk

‐ yo'q

‐ o'zingdan ko'r - Jungkook y/nni ko'tarib yelkasiga tashladi huddi qopda narsa ortgandek.

Shunga o'xshash

Y/n tipirchilab uni urardi. Lekin Jungkook etobir bermay yo'lida davom etti. Eshikni ochib ichkariga kirdi. Shunda ham qizni yerga qo'ymadi. Y/n ham oxiri taslim bo'lib jim bo'lib qoldi. Jungkook qizni to'g'ri yotoqxonaga olib kirib kravatga uloqtirdi

‐ sen bu yerda yotishing mumkin men zaldagi divanda uxlayman.

‐ bu xonaga kirish i hayolinga ham keltirma

‐ og'zingni yum va uxla - Jungkook eshikni ortidan yopib chiqib ketti. Qiz avval dush qabul qilib keyin yengil tanasini ko'rsatmaydigan kiyimlarini kiydi.

Avvalgi bir soatda y/n xonadan tashqariga chiqmadi lekin qorni ochgandan so'ng chidab turolmay oshxonaga bordi.

Oshxonada Jungkook oddiy shimda ko'ylaksiz o'ziga nimadir tayyorlayotgandi. Y/n eshik oldida turib Jungkookni tanasini kuzatti. Qo'llarida yelkasida ko'kraklari atrofida chandiqlar bor. Va bularni ko'pini y/n qilgan.

Agar ikkisi jang boshlagudek bo'lsa Jungkook har doim taslim bo'llib y/n uni jarohatlashiga qo'yib berardi. Chandiqlarni ko'rib y/n o'z o'zidan nafratlanib ketti. Jungkook unga e'tibor bermay ovqatini tayyorlashda davom etti. Qiz sekin yo'talib ichkariga kirdi.

‐ qorning ochmi? - so'rari Jk tovadan boshini ko'tarmay

‐ biroz..nima qilyapsan? - y/n Jungkookga yaqin kelganda uning kallageni (atiri) qizni aqldan ozdiray derdi. Qancha hidlasa ham to'ymasdi.

‐ italyan pasta. Senham hohlaysanmi?

Qiz Jungkookni gaplariga e'tibor bermasdi. ‐ xa..‐ dedi qisqa qilib. Sekin Jungkookni bo'yniga yuzini yaqinlashtirdi. Jungkook nima bo'lyotganini sezib indamasdan turardi. Qiz beixtiyor ko'zlarini yumib Jungkookni bo'yniga yuzini ko'mib to'yib nafas oldi. Bu ishdan yigitni butun tanasi qaltirab ketti. Qizga halal bermaslik uchun tovani tagini sekin o'chirib y/nni beliga qo'llarini qo'ydi. Qiz butunlay o'zini unutib qo'ygandi. Jungkookni ochiq ko'kragiga qo'lini qo'yib unga tikilardi..

‐ bu..nima edi? Qanaqa atir? - so'radi qiz

‐ bu..‐ Jungkook to'xtab qoldi..‐ atirga o'xshagan atir.

‐ mm..chunarli..endi qo'yib yubor meni - yigit jim turardi.

‐ qo'yib yubor dedim

‐ meni sen ushlab turipsan

Qiz sekin qo'llariga qaradi. Haqiqatdan ham Y/n uni yelkasidan mahkam ushlab turardi. Xonaga sukunat cho'mdi. Y/n qo'llarini olishga Jungkookni itarishga harakat qilsa ham qo'llari tanasi unga bo'ysonmasdi. Uni itarmoqchi bo'lardi lekin uzoqlashishtirish o'rniga yana ham yaqin tortardi. Jungkook boshqa dosh berolmadi. Qizdan qattiq va ehtirosli bo'sa oldi. Bo'sa judayam tez va chuqur edi. Qiz butunlay Jungkookga o'zini tashlab qo'ydi..

Kiss

2-qism tugadi πŸŒšπŸ’•

Molly ( Yuna )

.

.

.

.

Muse Ficc