ENEMYπ
β Sevgi bu ojizlik. Faqatgina yordamga muhtojlargina sevib qoladi. Men uchun dunyoda pul muhum. Bu lanatlangan dunyoda pulsiz yashab bo'lmaydi. Sevgi o'z yo'liga. Men qudratli va takrorlanmas mafia qirolichasiman va bu nomimni tarixda qoldiraman. Seni o'liming ila Jeon Jungkook. Nixoyat men kutgan kun..Nixoyat seni yuraging meni qo'llarim orasida urishdan to'xtaydi. Nixoyat seni yo'q qildim..
Qiz Jungkookni uyi qarshisida turib mashinaga suyangancha sigarasini tutatib turardi. Jungkookni uyi olov ichida atrof shovqin. Yonayotgan uyning xidi odamlar qichqirig'iyu qonga belangan yo'laklar. Qiz yonayotgan uydan zavq olardi. Nixoyat yillar davomida unga to'g'anoq bo'lgan Jeon Jungkookni o'ldirganidan hursand. Tez orada mashinaga o'tirdi va uyiga yo'l oldi.
Qon dog'lari qolgan oppoq mashinasi saroydek keladigan uy yonida to'xtadi. Boshini mag'rur tutgancha qadamlar tashlardi va birdan o'sha tanish ovoz..
β sog'indingmi zaharli liliyam? - qizni tanasi muzlab qoldi ammo o'zini tutib oldi. Yuzida daxshatli tabassum bor edi. Ortiga o'girilmasidan avval gapirdi
β azizim Jungkook albatta sog'indim. Axir seni judayam yaxshi ko'ramanku..Seni osonlikcha o'lishinga ishonmasdim. Va buni yana bir marta to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qildim. Afsus..dafn marosimida ovqatlanib kelarkanman deya hursand bo'lyotgandim..
β dafn marosimi albatta bo'ladi faqat meniki emas seniki bo'ladi - Jungkookni ovozi yetarlicha qo'rqinchili ammo qiz pinagini buzmay xotirjam turardi. Jungkook yon cho'ntagidan psitaletni oldi va to'g'ri qizga qaratti. Qiz baland ovozda kulib yubordi.
β sen bilan o'yin o'ynamayapman Pak Y/n
β Jeon..meni o'ldira olmaysan..seni majburlashsa ham sen o'zing hohlasang ham o'ldira olmaysan.
β nega ekan. Barmog'im tepgiga tegadi va sen bu dunyodan abadiyga ketasan
β bilasanmi nima Jungkook - qizni qo'llari ko'kragiga bog'langancha qurolga yaqin keldi. Agar tepki bosilsa o'q aynan qizni peshinasidan o'tadi
β sen meni o'ldora olmaysan..Chunki seni hayoting menman. Agar men o'lsam bu dunyoda sen uchun ma'no qolmaydi - qiz uni mazax qilgandek jilmayip turardi. - qani bo'l ot..o'ldir meni. Nimani kutyapsan Jeon?
Jungkook biroz o'ylanib turib keyin qurolni yerga irg'itti.
β Ko'zimga ko'rinma Y/n. Bo'lmasa rostan ham keyingi safar o'ldiraman. Hayotim mazmuni ekanliginga qarab o'tirmayman ham. Seni o'ldiramanu ortingdan boraveraman. Bu men uchun muammo emas. Yuraksiz maxluqsan Y/n. - qiz piqirlab kulib yubordi
β sen va meni farqim nimada ekanligini bilasanmi? Senda oz bo'lsada hislar bor. Menikini esa yillar avval odirib bo'lishgan. Va mana men haqiyqiy sovuqqon daxshatli va yuraksiz maxluqqa aylandim. Bir kun kelib sen ham mendek bo'lasan. O'zingni asra azizim Jungkook - qiz ataylab Jungkookni asabiga tegish uchun xotirjam qiliqlar qilib kirib ketti.
Seulning tungi klublari odam bilan to'lib toshgan. Hamma ham bir xil maqsadda kelmagan. Nafsini qondirish uchun, kayfiyatini ko'tarish uchun va Jungkookga o'xshab tinchlanish uchun. Burchakdagi stolda yolg'iz qimmat viskiydan simirib raqs davrasida o'ynayotgan bir talay ochiq sochiq kiyingan qizlarga ko'zini qadagan. Birga bo'lishni emas Y/n bularga o'xshamsligini o'ylab o'tirardi. Yelkasiga kimdir qo'lini qo'yib aylanib o'tib qarshisiga o'tirdi - Suga
β boshqa nima qilay..o'zi bugun rasvo kun bo'ldi. Sal qolsa meni o'ldirishardi. Agar kalitlarim mashinada qolib ketmaganida men bu yerda emas tuproq ostida bo'lardim.
β kim qildi? - so'radi Suga qosh chimirib
β muhum emas..hozir boshqa masala bor. Shu sababli chaqirdim seni
β ertaga Kyonseondan katta tavar keladi. Qaysi turidan ekanligini bilasanmi? ''Red Snake'' - Sugani ko'zlari katta katta ochildi
β Red Snake? Aqldan ozdingmi Jeon? Agar qo'lga tushsang nima bo'lishini bilasanmi? Axir bu narsani hatto narkamanlar ham qabul qilmaydi. Bu o'limgacha olib boradi.
β ishonchim komilki bu katta pulga sotiladi. Jeongin bilan hamkorlik tuzganman. Tavar unga kerak menga emas. Undan tashqari bu tavar uni nomiga kelyapti. Qo'lga tushsa ham men bu ishda bor ekanligim sezilmaydi
β Jungkook atagi 27 yoshsan lekin seni bu miyang..mayli mendan nima kerak?
β tavar kelgandan keyin pulni olib kelish kerak. Jeongin ni unchalik ham hushlamayman. Ustiga ustak singlisi meni sobiq sevgilim.
β Ariel..meni hayotimni do'zoxga aylantirgan Ariel.
β ayollarga tegmayman. Ular ojiza. Lekin haddidan oshsa ayol deb o'tirmayman.
β mayli..demak ertaga pulni olib kelsam bo'ldimi?
β bo'ldi. Shuni tezroq hal qil. Suga umumam Koreada qolgim kelmayapti. Bu shahar bu ko'chalardan to'ydim.
β qayergadir bormoqchimisan?
β qayerga ham ketardim. Shundoq ham ishlarim rasvo bo''lib yotipt. Agar buyerdan ketsam Pak Y/n bir deganda meni imperyamni qo'lga oladi.
β agar shunaqa xotining bo'lsami..- dedi kulib Suga
β nimasi yomon. Biroz qaysar va psix ekanligini hisobga olmasak judayam jozibali ayol. Va bu fe'li menga yoqadi. Anavi qizlarga o'xshab o'zini ko'z ko'z qilmaydi - dedi davradagi qizlarga ishora qilib.
β bilganingni qil. Men kettim ertaga kelaman. Pullarni olgani.
β ko'zimga ko'rinma - dedi hazlomus Jungkook
β mayli mayli - dedi Suga va klubdan chiqib ketti. Jungkook yana yolg'iz o'z hayollari bilan qoldi va birozdan so'ng u ham ketti.
Jungkook ishlarini yakunlab uyga qaytdi va eshik oldiga kelganda uy kalitlarini unutganini sezib ortiga mashinaga qaytti va eshik ochilishi bilan ortidagi uy portlab ketti. Jungkookni mashinasi uydan uzoqroqda edi. Jungkook atrofga qaradi va mashinasiga suyanib turgan Y/nni ko'rib kulib qo'ydi. Ortiga qaytmasdan to'g'ri Y/nni uyiga bordi va uni kelishini kutib turdi.
Suga Jeongindan pullarni olgach to'g'ri Jungkookni yoniga bordi. Jungkook ofisida yolg'iz edi. Qarshisidagi katta manitorda Y/nni kuzatayotgan kamera videolarini tomosha qilardi. Suga eshikni taqqillatmay kirdi va manitorga ko'zi tushib qotib qoldi
β ishing bo'lmasin - dedi Jungkook manitorni o'chirib.
β uni nega kuzatyapsan? Kamiga uni uyini
β Suga ishing bo'lmasin dedim.
β o'zi biror marta menga aytganmisan. Ushla pullaringni - deya stol ustiga qora sumkadagi pullarni irg'itti.
β ketaver qolganini amallayman.
β biror narsa kerak bo'lsa chaqir - dedi va xonadan chiqib ketti.
Jungkook pulga qiyo ham boqib qo'ymadi. Telefonini ekranidagi Y/nni suratiga ko'zlarini qadab sekin kuldi
β meniki bo'lasan zaharli liliyam
Y/n oilada yagona farzand va merosxo'r. Seul Italya va Yaponyadagi yirik qimorxonalar egasi. Otasini yoshi o'tib qolganligi sabab meros unga o'tgan. Qimor o'ynashda unga teng keladigani yo'q. Xozir ham kazinolardan biridan chetta o'yinchilarni kuzatish bilan ovora. Biror yigit uni hayolini tortgani yo'q. Huddi Jungkook kabi sodiq inson lekin u Jungkook bilan baxtli bo'lish uchun emas uni odirish haqida o'ylardi. O'limni ming xil turidan foydalangan biroq bulardan birortasi Jungkook uchun ish bermasligini juda yaxshi biladi. Undan tashqari Y/n shunchaki o'ldirishni yoqtirmaydi. Avval uni qiynab oyog'i ostiga yeqitadi. Azoblab so'ngra o'ldiradi. Shu sababdan ham uni mafia olamida mushukcha deb atashardi. Chunki mushuk ham huddi Y/n kabi avval o'ljasini qiynab keyin o'ldiradi.
Kazinodagi sigara va kalyan tutuni, spirtli ichimliklar va burchakda hiringlashyotgan oshiq moshiqlar. Y/n bilardan zavq olardi holos. Stollar atrofida aylanib yurarkan chetda o'tirgan ikki juftlikka ko'zi tushdi. Jungkook va yonida bir qiz bilan. Y/n hech narsani tushunmasdan boqardi. Jungkook Y/nni ko'rishi bilan tizzasida o'tirgan qizni itarib yuborib o'rnidan turdi. Y/nni bundan qoni qaynardi. Tez Jungkook tarafga yurib borib kiyimidan tortib sudurab kazinodan tashqariga olib chiqib ketti.
β nima qilyapsan qo'yib yubor - dedi mazax qilib Jungkook
β bu yerda nima qilyapsan? Nega kelding meni qinorxonamga. Boshqa joy yo'qmidi senga. Qizlarga nima bor?
β zaxarli liliyamni ko'rgani keldim (Jungkook uni zaxarli liliyam deb atardi)
β meni bunday chaqirma deb qancha aytganman senga. Bu yerdan ket bo'lmasa o'zim seni burdalab murdangni shu kazino tagiga ko'maman
β mayli seni qo'lingda o'lishga ham tayyorman - deya bir qadam oldinga qadam tashladi Jungkook. U jilmayib turardi. Buni ko'rgan Y/nni battar asabi buzilardi. Sekin cho'ntagidan pichoqg'ini olib Jungkookni ko'kragiga sanchdi. Jungkook shunda ham kulib turardi
β qani bo'l. Nega to'xtading? O'ldir meni Pak Y/n - Y/n pichoqna qayta tashqariga chiqardi va yerga uloqtirdi.
β aqldan ozgan iblissan. Men hech qachon seni sevib qolmayman va seniki bo'lmayman shuni unutma Jeon
Y/n qaytib ichkariga kirib ketti. Y/nni yonida mag'rur ko'ringan Jungkook o'g'riqdan ho'rsinib qonab turgan ko'kragini ushladi.
β meniki bo'lasan - dedi bazor va mashina tarafga yurdi