March 18, 2025

Qon va sevgi🖤🎀

"Qon va Sevgi" – 1-epizod

Seul. Tun. Mafiya hududi.

Shaharning eng xavfli tumanlaridan birida, sovuq shamol ko‘chalarni suzib yurardi. Ko‘chalardagi chiroqlar xira, lekin mafiya hayoti hech qachon uyquga ketmasdi. Haren uzoqdan turib shaharni tomosha qilardi. Qo‘lidagi qora qo‘lqoplar qon bilan ho‘l bo‘lib ketgan, lekin unga bu ahamiyatsiz edi. Yana bir reja muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.

Uning oldida yotgan odamning jasadi sovib borardi. Dushman, lekin oddiy odam emas – katta o‘yinchilardan biri. Haren unga bir zum beparvo tikildi, so‘ng o‘zining qora charm pidjagini tuzatib, o‘rnidan turdi. Uning ichida qo‘rquv yo‘q edi. Uning ichida hech narsa qolmagan…

– Haren… – ortidan og‘ir ovoz eshitildi.

Haren asta ortiga burildi. Taehyung.

U har doimgidek sovuq qarash bilan qarardi, lekin Haren sezardi – uning nigohlarida nimadir yashiringan. Balki pushaymon, balki boshqa narsa. Lekin Haren hozir bunga ahamiyat bermoqchi emasdi.

– Ish tugadi, – dedi Haren beparvo.
– Sen doim shunday bo‘lasanmi? – Taehyungning ovozi qaltiradi. – Hamma narsani oddiy ish deb qaraysanmi? O‘ldirishing ham shunchaki odatiy holga aylanganmi?

Haren yengil kulimsiradi.

– Men kimman, bilasan-ku, Taehyung, – dedi u qo‘lidagi pichoqni artib. – Men kuchsizlarni o‘ldirish bilan band emasman. Faqat keraklilarni yo‘q qilaman.

Taehyung unga qadam tashlab keldi. Yaqin, juda yaqin. Uning nafasi Haren yuziga urildi. Nigohlar to‘qnashdi.

– Va men-chi? – Taehyung shivirladi. – Men sen uchun keraklimanmi?

Haren bir soniya o‘ylanib qoldi. Bu savol unga begona edi. U hech qachon bunday narsalarni o‘ylamagan. Uning hayotida sevgi, yoki eng yaqin odamlarni qadrlashga joy yo‘q edi. Lekin hozir Taehyungning nigohida nimadir uni to‘xtatib qo‘ygandek edi…

– Bu narsa hozir muhim emas, – Haren yuzini burdi. – Ishimiz bor. Ken, Jiwoo va Eunji bizni kutyapti.

Mafiya bazasi. Amaliyot rejalari.

Haren, Taehyung, Jiwoo va Eunji bir xonada yig‘ilishdi. Oldilarida katta xarita, qurollar va reja chizilgan qog‘ozlar yotardi. Bugungi operatsiya oson emas edi. Ular mafiyaning boshqa bir guruhiga zarba berishlari kerak edi.

– Demak, reja bo‘yicha barchamiz uch tomondan kiramiz, – dedi Eunji qat’iy ovozda. – Men va Jiwoo pastdan, Ken esa Haren bilan yuqoridan boradi. Taehyung esa tashqarida kutadi.

Haren bosh irg‘adi. Barcha tayyor edi. Lekin… ich-ichida nimadir uni bezovta qilardi. Go‘yo bu safar hammasi noto‘g‘ri ketgandek tuyulardi.

Lekin vaqt o‘tdi, va reja amalga oshdi. Ular yo‘lga tushishdi.

…Va keyin hammasi portladi.

Qora tutun osmonga ko‘tarildi. Binoning bir qismi qulab tushdi. Xayqiriqlar eshitildi. Haren joyida qotib qoldi.

– JIWOO! EUNJI!

Ularning joylashgan hududi to‘liq portlab ketgandi. Haren yugurdi, lekin Taehyung uni tortib qoldi.

– HAREN, TO‘XTANG!

Lekin Haren eshitmadi. U o‘z odamlarini yo‘qotgan edi. Uning ichidagi jahldan ko‘zlari qizargan, yuragi esa qon yutardi. Kim buni qildi? Kim ularning o‘limiga sabab bo‘ldi?

Taehyung uni mahkam ushlab turdi. – Orqaga chekinishimiz kerak, – dedi u. – Biz ham yo‘q bo‘lib ketamiz!

Lekin Haren uchun bu gaplar hech narsa anglatmasdi. U faqat qasos haqida o‘ylardi.

"Kim bo‘lishidan qat’i nazar, men uni topaman… va yuragini sug‘urib olaman."

Portlashdan keyin…

Haren polni mushtladi. To‘xtovsiz. Tirnoqlari yerga tegarkan, yuragida faqat bitta narsa bor edi – g‘azab. Uning eng yaqin odamlari – Ken, Jiwoo va Eunji – o‘sha binoning ichida qolib ketgan edi. Qon, olov, portlash... Haren bu tasvirlarni miyasi o‘chirishga harakat qildi, lekin ko‘zlarini yumganda ham, ular yana qaytib kelardi.

Taehyung jimgina uning yonida turardi. U birinchi marta Harenning titrayotganini ko‘rdi. Bu g‘azabdan, alamdan edi… va ehtimol, ilk bor u yo‘qotish hissini boshidan kechirayotgandi.

– Buni kim qildi… – Harenning ovozi past, lekin sovuq edi. – Men uni o‘ldiraman. Yuragini o‘z qo‘lim bilan sug‘urib olaman.

Taehyung chuqur nafas oldi. U nimanidir yashirayotgandek edi.

– Haren, hozir buni o‘ylashga erta. Sen–
– JIM BO‘L!

Haren Taehyungga qattiq tikildi. Uning ko‘zlari yongan cho‘g‘dek edi. – Agar seni o‘ldirishganida, men ham xotirjam bo‘lib, kutib o‘tirmagan bo‘lardim.

Taehyung gapirmadi. Negadir yuragi tez urardi.

– Kimdir bizni sotdi… – Haren yengil qahr bilan pichirladi. – Kimdir rejamizni oldindan bilgan.

"Kim?"

U atrofga ko‘z yugurtirdi. O‘z odamlarini chaqirdi. Ammo hech kim javob bermadi. Bu o‘yin qanchalik katta ekanini u endi tushuna boshladi.

Bir necha kun o‘tib…

Harenning qo‘liga bir xabar kelib tushdi. Unda “Agar tirik qolishni istasang, bugun kechasi ko‘prikka kel” deb yozilgandi.

Bu tuzoq bo‘lishi mumkin. Lekin…
…agar bu portlash haqida ma’lumot bo‘lsa?

Haren buni o‘ylab ham ko‘rmasdan, qora pidjakini kiyib, yo‘lga tushdi. Taehyung unga ergashmoqchi bo‘ldi, lekin Haren uni to‘xtatdi.

– Yo‘q. Bu mening ishim.

Taehyung hech qachon Harenning bunchalik qat’iy gapirganini eshitmagan edi.

Haren kechasi ko‘prikka yetib keldi. O‘sha yerda bitta odam turgan edi. Uning yuzi qora niqob bilan berkitilgan.

Haren asta yurdi va pichog‘ini qattiqroq ushladi.

– Kim sendan bu yerga kelishingni so‘radi? – sovuq ovoz eshitildi.

– Gapni aylantirma. – Haren ko‘zlarini qisdi. – Portlashni kim uyushtirdi?

O‘sha odam bir oz jim turdi, so‘ng sekin nigohini ko‘tardi. – Sen haqiqatni bilishni istaysanmi?

Haren bir qadam oldinga bosdi. – Agar yolg‘on gapirsang, hozir shu yerda o‘lasan.

Shunda niqobli odam asta niqobini yechdi.

Harenning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

– Bu… mumkin emas…

Uning qarshisida EUNJI turardi.

Juda tirik, juda haqiqiy.

– Portlash – bu reja edi, Haren. Va men ham o‘sha rejaning bir qismiman.

Lunes mana yangi fanficim sizlardan firk kutaman❤️