MY ALPHA
Jungkook mehmonxonaga kirib, Dal tomonga qaradi.
— dedi qiz televizorni pauzaga qo‘yar ekan.
- Ertaga har yili bo‘ladigan Alphalarning yig‘ilishi bor. Bu yil uni Red Moon to‘dasi o‘tkazadi. Men borishim kerak va sen ham men bilan borishing kerak. Biz endigina juft bo‘lganmiz, bir-birimizdan juda uzoqda bo‘lsak, uxlay olmaymiz. Shuning uchun sumkangni tayyorla, bir necha soatdan keyin yo‘lga chiqamiz.
- U yerda qancha vaqt qolamiz?
Jungkook ketmoqchi bo‘lganida, Dal yana bir savol berdi.
- Hmm... Yana bitta savol. Biz yolg‘iz boramizmi?
- Yo‘q. Mening betam Taehyung va deltam Jimin ham bizga qo‘shiladi.
- Ularning juftlari ham keladimi?
Jungkook ortiq gapirishni istamay mehmonxonadan chiqib, narsalarini yig‘ish uchun xonasiga ketdi. Dal ham vaqtni zoya ketmazmasdan darrov xonasiga chiqib ketdi.
Bir necha soatdan keyin Taehyung va Jimin uyga kelishdi.
- Sujin buni senga berishimni aytdi.
- Bu nima? - hayron soʻradi Dal
- Bilmayman! Lekin u buni ertaga kiyishing uchun ekanini aytdi.
- Ha, tayyormiz. Men uzoq va maroqli yugurishga tayyorman! Poyga qilamizmi? - Taehyung ishtiyoq bilan savol berdi.
- Poyga? - qiz jungkookga hayron boʻlib qaradi
- Agar xohlamasang, qo‘shilmasang ham bo‘ladi. - dedi Jimin sokin ohangda
- Gap unda emas... Men taxminan bir yildan beri bo‘ri qiyofamga kirmaganman. - xijolat boʻlib javob berdi Dal
Birdan hammaning e’tibori Dalga qaratildi.
- Nima? Qanday qilib? - jungkook toʻsatdan aytilgan soʻzlardan gangib qoldi
- Shunchaki... qila olmayman. - ularning unga qarab turganidan uyalib sekin javob ber.
- Agar uzoq vaqt o‘zgarmasang, bo‘ringni yo‘qotishing mumkin. - havotirlangan Jimin unga katta koʻzlari bilan qaradi.
- Shunchaki keta qolmaymizmi? - bu suxbatni davom ettirishni istamagan qiz mavzuni darhol yopti
Shundan so‘ng, to‘rtovlon yo‘lga tushishdi. Ular Red Moon to‘dasining chegaralariga yetib kelishgach, Taehyung ichkariga kirish uchun ruxsat so‘rab Jin bilan bog‘landi.
Ruxsat olingach, to‘daning Betasi ularni kutib oldi.
- Alpha Jeon, Red Moon to‘dasiga xush kelibsiz. Sizni chodiringizga boshlab boraman.
- Meni Jeno deb chaqirsangiz bo‘ladi.
Ular chodirlariga yetib keldi va ichkariga kirishdi. Afsuski, u yerda faqat bitta karavot bor edi. Jungkook bilan Dal bir-biriga qaradi, so‘ng ikkalasi ham darhol nigohini olib qochdi.
- Jeno, tasodifan ikkita karavotli chodiringiz yo‘qmi? - Jungkook nima qilishini bilmay gangib qolgan edi
- Yo‘q, Alpha Jeon. Barcha chodirlarni bitta karavot bilan tayyorlaganmiz.
- Xo‘p, ketishingiz mumkin. - buni eshitgan jungkook oʻzini tutishga harakat qildi
U sumkasini yerga qo‘yib, Dal tomonga burildi.
- Yig‘ilishga borishing shart emas. Xohlasang, shu yerda qolishing mumkin.
Noqulayligini bildirmaslikka harakat qilib u Jimin va Taehyungning chodiriga ketdi. Dal har doimhidek chodirda yolg‘iz qoldi.
Jungkook odamlar oldida uning yonida bo‘lishini istamasligi aniq edi. Dal nimani kutgandi o‘zi? Jungkook hatto o‘z to‘dasining a’zolariga ham uni tanishtirmagan bo‘lsa, qanday qilib uni bir guruh Alphalarning oldida ko‘rsatadi deb o‘ylagandi?
Kecha Jungkook divanda uxlagandi. Dal esa butun karavotda yolg‘iz uxladi.
Tong otishi bilan Jungkook Dal uyg‘onishidan oldin chodirdan chiqib ketdi.
Uning ketganini sezgan qiz karavotdan turib yuz qoʻllarini yuvib yana qayta karavotga oʻtirib, chodirda turgan kitobni o‘qiy boshladi. U yolg‘izlikka o‘rganib qolgan edi, ammo hozir... yolg‘iz bo‘lishni istamasdi.
U Jungkook va uning do‘stlari yonida bo‘lishini yoqtirib qolgandi. Hatto ular u bilan gaplashmasalar ham, hech bo‘lmaganda o‘zini yolg‘iz his qilmasdi.
Qizning ichidagi boʻri Luna gapira boshladi.
- Agar u bizni e’tiborsiz qoldirishda davom etsa, unda u bilan bo‘lgandan ko‘ra, yolg‘iz bo‘lganimiz yaxshiroq.
- Ammo unda biz uni rad etishimizga to‘g‘ri keladi.
- Bilmayman, sen haqingda, lekin men uni rad etib, ozod bo‘lishni afzal ko‘raman.
- Bunday qila olmaymiz. Unga biroz vaqt ber. Uning bo‘risi bilan gaplashdingmi?
- Ha, gaplashdim. Bizni qabul qilmayotgan Hunter emas... Jungkookning o‘zi.
- Jungkookning bo‘risining ismi nima?
Shu payt qiz boshini ko‘tardi va Jungkookning chodirga kirib kelayotganini ko‘rdi.
- Nima qilayotgan eding? - u qizning jim boʻlib qolganini koʻrib savol berdi
- Boʻrim bilan gaplashayotgan edim
- Oh... uning ismi nima? - qiziqib soʻradi Jungkook
- Tushunarli. Hunter menga aytgandi.
Ularning orasida birdan noqulay sukunat cho‘kdi.
— dedi u Sujin menga yuborgan sumkaga ishora qilib.
- Bilmayman. Hali ochmaganman. Kecha Jimin menga bergandi. Sujindan ekanini aytdi. Bugungi kecha uchunligini ham aytgandi.
- Hmm... Marosim va ziyofat soat 09:00 da boshlanadi. Ungacha tayyor bo‘l.
Shunday deb, u sumkasini olib chodirdan chiqib ketdi.
- U hozirgina bizni Alpha marosimiga o‘zining jufti sifatida taklif qildimi? - darrov savol berdi Luna
Soat allaqachon 09:25 edi, ammo Jungkook hali ham chodirga kelmagandi.
U unutdimi? Yoki men o‘zim borishim kerakmi?
Men biroz kutishga qaror qilib, karavotga o‘tirdim. Har qachongidan ham ko‘proq asabiylasha boshladim. U yer men tanimaydigan odamlar bilan to‘la bo‘lardi. Bundan tashqari, men gavjum joylarni unchalik yaxshi ko‘rmasdim.
Fikrlarim Taehyungning chodirga kirib kelishi bilan bo‘lindi.
Chodirga kirgan yigit Dalning u yerda oʻtirganini koʻrib hayrat bilan ogʻzini ochidi.
- Rostdan shunday deb o‘ylaysanmi? Buni menga Sujin yuborgandi.
- Demak, Jimin kecha senga bergan sumkada shu bor ekan-da. Sen bugungi kechaning yulduzi bo‘lasan, aniq. Qani, yur. Jungkook va Jimin allaqachon u yerda.
Taehyung qo‘lini unga uzatdi. Dal uning qo‘lidan ushladi va ular marosim tomon birga yurdi.
- Asabiylashma. Agar menga muhtoj bo‘lsang, yoningda bo‘laman.
- Asabiylashayotganimni qayerdan bilding?
- Buni yuz ifodangdan bilsa bo‘ladi. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Sen uddalaysan.
Ular marosimga yetib kelgan zahoti, ichkaridagi barcha nigohlar ikkisiga qaratildi.
Men Taehyungni Dalni olib kelish uchun yuborgandim, chunki Red Moon to‘dasining Alphasi bilan ittifoqimiz haqida muhokama qilishim kerak edi. Jimin shartnomani olib keldi va ikkalamiz unga imzo qo‘ydik. Birdan hammaning e’tibori eshik tomonga qaratildi. Men Dal va Taehyungning birga kirib kelayotganini ko‘rdim. Dal ko‘ylagida juda chiroyli ko‘rinardi. U hech qanday makiyaj qilmagandi va sochlarini erkin qo‘yib yuborgandi.
Alpha Taeyong: Voy... u kim? Juda go‘zal ekan. Men u bilan gaplashishim kerak.
Men biror narsa deyishga ulgurmasimdan, u mendan uzoqlashib, Dal tomonga qarab yurdi.
Taeyongdan jahli chiqqan jungkook, qizni undan rashk qilib tez tez qadamlar bilan juftining yoniga bordi va qo‘llarini keskin uning belidan o‘tkazib Dalni oʻziga tortdi.
To‘satdan yigit Dalga tekkanida seskanib ketganini his qildi.
- Dal, bu Red Moon to‘dasining Alphasi — Taeyong. Taeyong, bu Dal... mening juftim.
- Oh, kechirasiz. Uning jufti borligini bilmagandim. Unda juftlik belgisi yo‘q ekan.
- Biz hali juftlik jarayonini boshlamagammiz.
- Tushunarli. Juda chiroyli ko‘rinyapsiz, Dal.
— dedi u uyatchanlik bilan, past ovozda.
- Marhamat, o‘tiringlar. Ziyofatni boshlash vaqti keldi.
- Qani, borib o‘tiramiz sevgilim
Ikkisi stol tomon yura boshladi. Jungkookning qo‘li hali ham qizning belida edi. Go‘yo u Dalni qo‘yib yuborishni istamayotgandek.
Jungkookning to‘satdan menga tegishidan hayron bo‘ldim, ammo bu faqat ko‘rinish uchun ekanini tushunardim. Odamlar oldida biz bir-birimizni sevib qolgan juftlardek ko‘rinishimiz kerak edi.
- Buni his qilyapsanmi? - Luna bu yaqinlikni his qilib gapirdi
- Juftimizning qo‘lidan kelayotgan issiqlikni?
- Nima haqida gapirayotganingni bilmayman
- Xudoyim, ba’zan shunchalik ahmoq bo‘lasanki!
- Nega mendan jahling chiqyapti? U bizni sevganidan ushlab turgani yo‘q. Ehtimol, obro‘siga putur yetishini istamayotgandir.
- Hunter boshqa narsani aytdi.
- Sen Jungkookning bo‘risi bilan gaplashyapsanmi?
Shu payt ichimda nimadir o‘zgardi.
U hali ham tirik! Qanday qilib? U bu yerda qanday bo‘lishi mumkin?!
Yuragim tez ura boshladi. Ko‘mishga va yashirishga harakat qilgan xotiralarim birdan ko‘z o‘ngimda jonlana boshladi.
Nafasim tartibsizlashdi. Quloqlarimni chidab bo‘lmas shovqin qopladi.
Men Luna bilan bog‘lana olmadim.
Va shunda nima bo‘layotganini tushundim.
Menda panika xuruji boshlangan edi. Lekin Jungkook mendan allaqachon uzoqda edi. U boshqa Alphalar bilan biznes bitimlarini gaplashayotgan edi.
Tomirlarim bo‘ylab g‘alati bir his yugurib o‘tayotganini sezdim.
- Juftimiz... juftimiz bilan nimadir noto‘g‘ri! - Hunter shoshilinch ravishda unga buni aytdi.
Men darhol guruhni tark etib, Dalni qidirishga tushdim.
U titrardi va qo‘llari bilan quloqlarini yopib olgandi. U vahima xurujini boshdan kechirayotgani aniq.
Men uning yoniga yugurib borib, uni bag‘rimga tortdim va qo‘llarim bilan yumshoq, ipakdek sochlarini silay boshladim.
U ko‘ylagimdan mahkam ushlaganini his qildim Dal meni his qilgani sabab asta-sekin tinchlana boshladi.
- Shshsh... sevgilim Hammasi yaxshi. Men yoningdaman. Men seni ushladim.
Nafasi me’yorga tushgach, unga qaradim. U esa asta ko‘zlarini yumdi.
Shu payt Taehyung va Jimin ham yonimizga yugurib kelishdi.
- Unda vahima xuruji bor ekan. Men uni chodirga olib boraman. Siz ikkingiz shu yerda qoling va boshqa Alphalarning to‘dalari bilan aloqa o‘rnating.
Jungkook Dalni ehtiyotkorlik bilan qo‘llarida ko‘tarib oldi va uni chodirga olib ketdim.
Xato va kamchilikla uchun uzur soʻrayman. Yoqimli mutolaa. Izoh yozishni unutmang!!