My Alpha
Dal: Appa, nega men hali ham juftimni topmaganman?
D: Juftingmi? Voy, aziz Dal, sen juftingni faqat 18 yoshga to'lganingda topa olasan.
Dal: Afsus... Men juftim bilan hoziroq uchrashishni xohlayman. Demak, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12... Yana 12 YIL kutishim kerak ekan. - kichik barmoqlari bilan yillarni sanab oʻtdi Dal
D: Men esa juftimni topish uchun 20 yil kutganman.
Dal: SHUNCHA UZOQMI?! Nega, appa?
D: Chunki onang mendan ikki yosh kichik edi.
Dal: Voy... Demak, u buncha kutmagan ekan. Juda omadli. Men esa 18 yoshga to'lgan zahotim juftim qarshimda paydo bo'lishini xohlayman. U albatta kuchli va juda kelishgan bo'lishi kerak.
O: Mening jasur qizalogʻim qayerda?
Dal: Oyiiii - Dal dadasining bagridan sakrab tushib onasining quchoğiga yugurib otildi.
O: Sen bilan appang nima haqida gaplashayotgan eding, farishtam?
Dal: Appa 18 yoshimga to'lmaguncha juftimni topolmasligimni aytdi. Juda xafa bo'ldim.
O: Voy... Lekin juftingni topsang, bizni tashlab, u bilan ketishingga to'g'ri keladi.
Bu gaplarni eshitgan qizaloq vahimaga tushib qoldi chunki u hayotini ota onasiz tassavur qila olmasdi. Har bir urğochi boʻrilar 18 yoshga toʻlgach oʻz juftini topadilar albatta ularning yuraklarida tuğilganlaridayoq taqdirdoshi muhirlanadi. Bu bashorat toʻlin oy tomonidan amalga oshiriladi.
Dal: OYIII! Men sizni hech qachon tashlab ketmayman, va'da beraman! U meni sizdan olib ketolmaydi. Endi menga juft ham kerak emas!
Dalning ota onasi kulib yuborishdi. Ammo tashqaridan qichqiriq va baqiriqlar eshitilishi bilan kulgilar bir zumda to'xtadi. Dalning dadasi uni bag'riga olib tashqariga yugurdi. Ular tashqaridagi manzarani koʻrib daxshtdan joylarida toʻxtab qoldi. Ularning toʻdasiga boshqa bir yovvoyi toʻda boʻrilari xujum qilayotgan edi. Atrof qon bilan qoplangan edi. Erkak qizining ko'zlarini berkitishga urindi, lekin qizaloq ularning orqasidan yugurayotgan onasiga tikilib qolgan edi.
-OYIII - Dal onasi tomon qichqirib yubordi.
Uning koʻz oʻngida boshqa bir boʻri onasiga tashlandi. U hali ham inson qiyofasida edi. Dalning dadasi bu voqeani kuzatib alam bilan uvilladi.
Aytishlaricha, juftingni yo'qotish bo'ri boshidan kechiradigan eng og'riqli his bo'lib, bu uning aqlini ham yo'qotishiga sabab bo'lishi mumkin ekan.
Ammo uni qutqarishga allaqachon kech edi. Erkak qizini bagʻriga bosgancha uzoqqa yugurishni boshladi deyarli oʻrmon ichiga kirgach sal nariroqda katta yiqilgan eman daraxti kovagiga qizni qoʻydida unga shoshilinch gapira boshladi.
D: Farishtam, men to'damizga yordam berish uchun qaytishim kerak. Shu yerda qol. Hech qayerga ketma. Men albatta seni olib ketishga qaytaman. Va'da beraman.
U shunday deb ortiga qarab yugurib ketdi. Men esa jim oʻtirib, onam haqida oʻylay boshladim. Balki u hali ham tirikdur. Dadam meni qoldirgan joyda ikki kun kutdim. Lekin u qaytmadi..Och qola boshladim. Sovuq ham tobora kuchayib borardi. Qishning o'rtasi edi. Men esa atigi olti yoshda bo'lganim uchun hali bo'ri qiyofamga aylanishni ham bilmasdim. Hech kim meni izlab kelmaydi. Dadam ham, oyim ham yo'q edi. Men yolg'iz qolgandim. Uchinchi kuni sekin o'rnimdan turib, qishlog'imiz tomon yo'l oldim. Hech kim yo'q edi. Hamma joy huvillab qolgan. Na jasad, na tirik jon. Ba'zi uylar yonib kul bo'lgandi. Uyimizga kirib bordim. Meni faqat sukunat kutib oldi. Oshxonadan ovqat topib yedim. Keyin xonamga chiqib, o'zim yolg'iz dush qabul qildim. Ilgari meni doim onam cho'miltirardi. Endi esa buni oʻzim qilishim kerak. Bizning to'damiz juda kichkina edi. 250 tadan ham kam bo'ri yashardi. Endi esa...Faqat men qolgan edim. Hammasini o'zim o'rganishim kerak edi.
Shu tariqa Dal yolğiz yashashni boshladi yosh qizaloq albatta unga juda qiyin edi lekin u 6 yoshli qizaloq boʻlishiga qaramay yashashda davom etishi kerak edi. Endi hamma masʼuliyat uning boʻynida edi. Dal oʻzining kichik kulbasida hayot kechirishga qaror qildi. Bu uy ota onasidan yodgorlik edi goʻyo. Bu narsalarni unchalik tushunmasa ham endi ota onasi qaytib kelmasligini juda yaxshi bilardi.
Oradan 12 yil vaqt oʻtdi lekin Dal hali hamon yolğiz yashayapti. U xozir 18 yoshda. Lekin hali hamon u juftini topa olgani yoʻq. Bo'ri qiyofasiga aylanishni ham o'zi o'rgandi. Yoshligida ham koʻp narsalarni yolgʻiz oʻrganishga majbur edi. Shu yil davomida u qanday qilib omon qolganiga juda hayron edi. U bir narsadan xursand edi Dal deyarli yolğiz emas edi. Uning ichida u bilan muloqot qilib turadigan uni boshqarib unga kuch beradigan boʻri qiyofasi bor edi. Dal hali hamon qishlogʻida yashayitgan edi. Negadur u bu qishloqni tashlab ketishni istamadi.
Erta tongda quyosh nurlari osmonga sochilar ekan kun juda chiroyli edi. Oʻrmon juda chiroyli havo ham salqin boʻlganligi sababli Dal sayr qilishga qaror qildi. U deyarli 1 yildan buyon boʻri qiyofasiga kirmagan edi. Oxirgi marta oʻrmonda sayr qilayotganida uni daydi boʻrilar taqib qilganidan beri u boʻri qiyofasiga kirmagan edi.
Oʻrmon ichida sayir qilib ketayotgan qiz butalar orasidan shovqin eshitilgani sabab joyida toʻxtab qoldi. Dal havoni hidladiyu darhol qochishni boshladi. Uning oraqsidan ham yugurayotgan tovushlar eshitila boshladi yuragi vahima bilan urar ekan joni boricha qochishga harakat qilardi. Uni uchta ulkan boʻri quvayotgan edi. Ammo birdan... Atrofimni boshqa boʻrilar qurshab oldi qiz ular yaratgan doira ichida vahima bilan toʻxtab qoldi. Boʻrilardan biri inson qiyofasiga kirib unga yaqinlashdi.
- Bizning to'damizda nima qilyapsan?
- T-to'dangizdami...? - Dal bu gapni eshitib duduqlanib qoldi.
Shunchalik vahima ichida yugurganidan chegarani bosib oʻtganini u hatto sezmagan edi. Qoʻrquv toʻla koʻzlari bilan ortga chekina boshladi lekin shu payt boshqa bir boʻri unga tashlandi.
- Men senga savol berdim. Javob kutyapman.
-Bugun juda zerikarli kun. Nimadir qilgim kelyapti. Nima deysizlar? - Zerikkan ohangda dedi Jimin
- Men bugun faqat uyda qolmoqchi edim. Jungkookdan so'ra. - Taehyung oshxona tomon yurib dedi
- Ovqat tayyor, bolalarim! - dasturxon tuzash mobaynida gapirdi
- Shunchalik baqirish shartmi? Sen meni uyqumni buzding - boshini yostuq ostiga tiqib minğirladi Yoongi
- Bo'ldi, qo'llaringni yuvib kelinglar. Aks holda ovqat sovib qoladi. - Jin
- Hammamiz deyarli teng yoshdamiz. Bizni "bolalarim" deyishing shart emas. - Namjoon oshxonaga kirib keldi
- Bo'ldi! Tezroq ovqatga kelinglar. Kimdir Jungkookni ovqatga chaqirib yuborsin. - Jin oxirgi taomni dasturxonga qoʻydiyu u ham joyiga oʻtirdi
- Men shu yerdaman, hyung. - Jungkook koʻzlarini mensimay aylantirib xonaga kirib keldi va Hobbini yoniga oʻtirib jimgina ovqatini yeyishni boshladi.
-Jungkook, yugurishga chiqamizmi? Uyda zerikib ketdim. Jimin unga umid bilan qaradi
- Boshqa kuni. Bugun kayfiyatim yo'q.
- Keyingi haftadagi Alfaning baliga borasanmi? - Hobbi yana Jungkookga savol berdi.
- Dadam ruxsat bermaydi. Bilasizlar-ku. - jungkook etiborsiz ohangda gapirdi.
- To'g'ri. Sen hali ham juftingni topmagansan. Axir 24 yoshga to'lding. - Taehyung unga qarab gapirdi.
- Balki u boshqa to'dadandir. - dedi Jin
- Balki... - Jungkook yelka qisdi
- Tasavvur qilsang-chi, jufting daydi bo'ri chiqsa. - Jimin masxara ohangida gapirib kuldi
- Hahaha! Bu juda kulgili bo'lardi. - Taehyung ham unga qoʻshilib kulib yubordi.
Jungkook shu on ularga ğazab bilan qaradi. Chunki ularning hammasi biladi daydi boʻrilardan jungkook nafratlanishini biladi. Sababi onasi bundan bir yil oldin darydi boʻrilar tomonidan oʻldirilgan edi.
Jungkook/pov: Bir necha yil oldin onam mening ko'z o'ngimda daydi bo'ri tomonidan o'ldirilgan. O'shandan beri yaqinlashgan har bir daydi bo'rini o'ldiraman. Dadam esa hududimizga kirgan har qanday daydi bo'rini darhol yo'q qilish haqida qonun chiqargan.Men to'damizning keyingi Alfasiman. Ammo hali juftimni topmaganim sababli Dadam hanuz Alfa bo'lib turibdi. Rostini aytsam, bu yoqmaydi. Nega to'dani boshqarish uchun albatta juftim bo'lishi kerak?U faqat mening zaifligimga aylanadi. Onam bilan dadamning munosabatlari ham yaxshi emasdi. Doim urishishardi. Shuning uchun ham dadam onamning o'limidan tez chiqib ketgan bo'lsa kerak. Afsuski, umr yo'ldoshimizni o'zimiz tanlay olmaymiz. Uni Oy ma'budasi biz uchun tanlaydi. Do'stlarimning barchasi juftini topib bo'lgan. Faqat men qoldim. Nega bunchalik uzoq cho'zilayotganini tushunmayman. Ovqatlanayotganimizda chegaradagi qo'riqchilardan biri aqliy aloqa orqali menga xabar yubordi. Hududimizga bir daydi bo'ri kirgan ekan. Men unga meni kutishni va daydi bo'rini qochirmaslikni buyurdim.
- Jimin, shekilli, yugurishga baribir chiqamiz. - jungkook shoshilinch oʻrnidan turdi.
Hamma Jungkookga hayron boʻlib qaradi odatda u hech qachon fikrini oʻzgartirmaydi.
- Rostdanmi? - Jiminning koʻzlari chaqnab ketdi
- Hududimizga daydi bo'ri kiribdi. Ketdik.- dedi jungkook
- Men ham boraman - Ularga Taehyung ham qoʻshildi.
Ular eshikdan chiqishlari bilanoq boʻri qiyofalariga oʻtib chegara tomin yugura boshlashdi.
Chegaraga yetib kelgan yigitlar qarshisida chegarachilar tomonidan qurshovga olingan nozik bir qizni kirishdi. U juda qoʻrqqan nima boʻlayotganini hatto bilmas edi. Ular unga yaqinlashib yana qayta inson qiyofasiga kirishdi.
- Mening hududimda nima qilyapsan? - jungkook jiddiy ohangda dedi
- T-to'dangizdami...? - Dal unga qoʻrqib qaradi
Dal uning bu ohangidan orqaga tisarilayotgan payt Jimin qoʻpollik bilan unga tashlanib ushlab oldi tirnoqlari qizning yon tomonini tirnab yubordi. Jarohat chuqur emas edi bu shunchaki ogohlantirish edi.
- Men senga savol berdim. Javob ber. - Savolni takrorladi jungkook
- M-men... ch-chegarani kesib o'tganimni... bilmagan edim... - Dal boshini eggancha javob berdi.
- Men bilan gaplashayotganda ko'zimga qara.
Dal sekin boshini koʻtardi shu on uning koʻzlari jungkookning koʻzlari bilan toʻqnashdi. U qizning goʻzalligida bir zum lol qoldi. Yuragi tez ura boshladi. Aslida ularning hammasi shunday hayratda edi lekin jungkookda bu tuygʻu oʻzgacha edi. To'q jigarrang ko'zlari, beligacha tushadigan uzun qora sochlari, oppoq terisi va pushti yonoqlari uni juda beg'ubor ko'rsatardi. Jungkookning nigohi olcha rang lablariga tushdi. Keyin uning nigohi Dalning eskirib ketgan yirtilgan koʻylagiga tushdi. Aynan oʻsha lagza ikkalasining koʻzlari toʻqnashdi. Toʻsatdan Jungkookning ichidagi boʻrisi hayajondan sakray boshladi.
Bu mani birinchi marta yozgan alpha haqida FFm. Silaga yoqadi degan umiddaman. Yoqimli mutolaa izoh yozishni unutmang. Xato va kamshiliklar uchun uzur soʻrayman 💕😁