WILD (yovvoyi)
•Havo bir muddat yetishmay qolgandek holatga tushib qolgan qiz, chuqur nafas olib ortga tisarildi.. Jungkookning avvalgidan farq qiluvchi yuzi va qorayib qolgan kõzlari Dalning e'tiborini tortgan edi. Yurak urish ritmi tartibdan chiqib, qizning tanasini titratishda davom etardi. Jungkook kõngli taskin topgandek yengil nafas chiqardi. Qarshisidagi ayolining shishgan kõzlariga va yiği sabab qizarib ketgan lablariga tikilib, barmoqlari yengil qaltiradi..Vaqt shu zaylda õtishda davom etardi. Hatto ostonadan ichkariga kirmagan erkakning butun hayoli Dalning holatida edi. Qiz esa na sõzlar va na harakat qilardi..
- Janob Jeon?? - ichkari honadan chiqgan qizlar darhol ta'zim qilganicha eshik tomon keldilar.
Jungkook indamadi. Qõlidagi paketlarni qizlarga kõrsatishi bilan, ular darhol paketlarni hijolat bilan olib qayta ta'zim qildilar.
- ...Janob shart emasdi.. - Sujin biroz hijolatli ohangda sõzlab Yona tomon qaradi.
Hamon yuzi õzgarmagan Jungkook qizlarga bir nima demoqchi bõlgandek qaradi.
Õylar bilan õtgan ozroq vaqtdan sõng tezlikda bosh silkigan qizlar ichkariga shoshilib kirgach eshiklarni berkitdilar.
- ..nega keldingiz! ahr sizga aytg..
Dalning sõzlari tugallanmasidan oyoqlari ostiga tizzalab qolgan erkakni sezib, tanasi bir muddatga qotib qoldi. Erkakning barmoqlari yengil qaltirar ekan, Dalning tizzalaridan quchdi. Yurakning urish holati allaqachon tartibdan chiqgan. Hayrat va qõrquvdan oğzi biroz ochilib qolgan Dal, tizzalaridagi issiqlikni his qilar ekan, ichidagi nafasini qattiq tutib barmoqlari bilan lablarini berkitdi.
- ..meni kechir.. - erkakning bõğiq va hira ovozi sezildi. u... yiğlamoqda..
Tili biror bir sõzga kelmayotgan qizning tanasi hamon hayratdan qotgan. Holati õzgarmaganicha biroz muddatni õtkazgan Dal, ich-ichidan kelgan achchiq yiği ovozini berkitish uchun lablarini tishlab yurak qismiga qõlini qõyganicha uni qattiq siqdi. Jungkookning sezilmas yiğisi uning yuragini ezib borardi.. U yiğlashi mumkinmi.. Endilikda ovozsiz hiqqilab yiğlayotgan qizning issiq kõz yoshlari, qizargan kõzlariga qayta ishlov bera boshladi.
Vaqt juda sekin õtmoqda.. qizning tinmayotgan kõz yoshlari yuzlaridan oqar, biroq uning ovozi chiqmasligi uchun barmoqlari orasida qattiq berkitilgandi.. Erkak turishni istamas edi gõyo.. 28yildan buyon Ichidagi dardni namoyon qilmagan, biroq ayni dam qiz qarshisida ojiz.. Juda.. Uning barmoqlari Dalning belidan qattiq õralgan, hamon tizzalagan holatda.. Kõz yoshlari esa yuzini allaqachon hõl qilgandi..Erkak yiğlamaydi deganlar ahmoq.. Ha Erkaklar yiğlamaydi deyishadi, ammo bu gap mantiqsizlikdan boshqa narsa emas. Ular ham oğriqni his qiladi, dardni kõngillarida yashiradi, faqat hech kim bilmasligi uchun õzlarini bardoshli tutishga majbur. Lekin bir kun kelib ular ham ichki iztiroblariga dosh berolmay, kõzlarida oğirlik qilgan yoshi bilan birga õzlarini yengil his qilishni istashadi. Erkakning kõngliga yiği tushganida, u shunchaki zaiflikdan emas balki yuragini qattiq bõshashishga majbur qilgan oğriqning ustunligidan bõladi...
Eshik ortidan holatni yashirincha kuzatayotgan qizlarning rangi oqargan.. Qõllari esa hayratdan ochilgan lablariga olib borilgan. Sõzsiz qotganicha sukutdagi vaqtning õtishini poylashda davom etishardi.
Lablari qaltirab biror sõz ayta olmayotgan Dalning yuzlari yiğidan jiqqa hõl bõlmoqda. Iyagidan oqayotgan bu yoshlar.. U hech qachon bu qadar kõp kõz yosh tõkmagan edi.. Bir necha soniyalar ichida pastga egilgan qiz, tizzalaridagi sovuq kaftni ushlab õz yuziga qõydi. U hamon yiğlashda davom etardi. Dal yiğini tiyishga qanchalik urinmasin befoyda edi.. Jungkook kaftlariga tekgan namlikdan sõng, qarshisida tizzalagan qiz tomon nigohlarini kõtardi. Dal yuzi pastga qaratilgan, õzi esa yerga tamoman chõkgan.. Yiğidan bõğilib hirillab qolgan ovozini sezdirmaslikga uringan kõyi kõz yosh tõkmoqda.. Erkak kaftlari orasidagi yuzni kõrib ichiga yanada oğirroq oğriqni oldi. Aybdorlik hissi uni butunlay tamom qilgan edi..
- nega keldingiz..! nega..! nega bunday qilaverasizz!!
Uning tutilib qolayotgan sõzlaridan ustun kelayotgan yiği ohangi erkakning tanasini qattiq titratib yubordi..
- ahr... - Dal yana bir tutilish ila hirillagan ohangda sõzlashga urindi, uning yuzi tamoman hõl, kõzlari esa yiğidan qizarib shishgan, - s-sizga õrganib qolishni...istamagandimm!!
Õğriq.. soniyalar ichidagi noõrin vaqtda boshlangan oğriq Jungkookning tanasini õrab oldi. Miyyasiga quyilayotgan bu kichik hastalik sabab qiz yuzidagi barmoqlari polga tushib qattiq mushtlandi. Kõzlari qattiq yumildi..
Eshik ortidagi Sujinning havotir oralagan past ohangi sezildi. Yona ham hamon jim holatda tashvish ila ularni kuzatishda davom etmoqda.. Dal yuzini sekinlik bilan kõtardi. Biroz qiyinchilik bilan kõzlarini ochdi. Qarshisidagi insonning holatini sezgach qattiq nafas chiqarib yutindi. Qaltirashni boshlagan barmoqlari erkakning sochlari tomon yõnaldi.. Jungkookning havoda muallaq turgan, oğriqdan tomirlari sezilib taranglashgan qõli, boshini siqmaslik uchun qattiq mushtlanishga harakat qilmoqda..
- s..sizga.. - ichiga qõrquv tushgan Dal, yuzidagi yoshlarni tezlikda artib tamoman yerga tizzaladi. Sõngra qaltirayotgan qõllarini Jungkookning yuziga olib borishga harakat qila boshladi..biroq ichidagi ğalayon tuyğusi bunga yõl bermadi..
Qisqa muddat ichida ochiq turgan eshikdan havotir bilan kirib kelgan Mingyu avval Dalga qarab olgach, sõngra erkakning yelkalaridan ushlaganicha uni turğazishga tushdi.
Dal õrnidan qõzğalib birozga dovdirab qoldi. Nima deyishni bila olmay qarshisidagi oğriqdan qiynalayotgan Jungkookga tikilib turaverdi. Mingyu hõjayinining qõlini õz yelkasidan õtkazar ekan, Dalning qõllari Jungkook tomon havoda befoyda harakatlandi.
Ostonadan ehtiyotkorlik bilan chiqishni boshlagan yigit, ortidagi nigohlari yoshga tõla qizga nazar tashlab, yengil bosh silkidi. Qisqa muddat õtgach, ohirgi soniyalar ichida õzidagi kuchni tõplab ortga tomon qaragan erkakning nigohlari õz ayolining yoshli kõzlari bilan tõqnashdi.. Ularning nigohlaridagi farq mavjud emasdi.. Oğriq.. Bir necha soniya va oldinga qadam tashlagan qizning harakatlari keyingi yangragan sõzlar sabab tõhtalib qoldi..
- ..Janob, - Mingyu Jungkookning yuziga qaraganicha ikkilanib dedi, - ..Yuna honim.. unda.. tõlğoq..
Jungkook Mingyu tomon qaradi. Oğriq sabab zina ustuni chetining temiriga botirilgan barmoqlari yanada qattiqroq bosim bilan tirnaldi.
- balki.. siz ham shifokorga borishingiz kerak.. ( Mingyu
- kerak emas! - vanihoyat uning bõğiq va tund ovozi sezildi,
- ahvolingiz yahshi emas Janob..
Ayni damdagi ortida harakatdan qotib qolgan qiz sabab hayollari jamlana olmayotgan Jungkook, deyarli Mingyuning ohirgi sõzlarini eshitmadi. Dal.. Jungkook qõllarini Mingyudan olib oğir nafas chiqardi. Ostonada lablarini qimtib yuzini yerga qaratib turgan qiz, yiğidan shishgan va qizargan yuzini namoyish qildi.. Nigohlar birlashdi..
*õsha jigarrang kõzlar.. ular yana menga tikilmoqda.. ichimdagi õsha kichik titratuvchi tuyğu qayta avj oldi..
- ..qachon.. - Jungkook juda past tõnda Mingyuga savol berdi.
Savolni tushingan yigit, avval Dalga qarab olar ekan biroz ikkilangan kõyi ovozini pastlatib sõzladi.
- sizning yoningizga shu sababdan keldim.. hozir mashinadalar, qasrda boshlangan edi..
Oraga sukunat õrnashdi. U nima qilishni bila olmay qolgan edi.. Bir necha soniyalardan keyin eshik ortidagi qizlar Dal yoniga shoshildilar. Ostonadagi erkakning nigohlari hamon qizdan uzilmagan.. Mingyu esa biroz havotir va shoshish bilan pastgi qavatga qarab qõyayotgan edi.
- Janob Jeon.. - Sujin sukunatni buzib gap boshladi, - tõlğoq boshlanganida yonida bõlishingiz kerak..
Yonaning nigohlari tezlikda Sujinga qaratildi. Jungkook, Mingyu va ahiyri Dal ham Sujin tomon yuzlandi.. Oraga sukunat õrnashdi. U nima qilishni bila olmay qolgan edi.. Bir necha soniyalardan keyin eshik ortidagi qizlar Dal yoniga shoshildilar. Ostonadagi erkakning nigohlari qizdan uzilmagan.. Mingyu esa biroz havotir va shoshish bilan pastgi qavatga qarab qõyayotgan edi.
- ..u tõğri aytdi, - past ohangdagi Dalning ovozi yangradi, - boring..
- bilaman Janob hali vaqt bor edi lekin.. Yuna honimni birdan mazasi qochdi..
Erkakni tashqariga boshlayotgan yigit aybdorlik hissi ila sõzlab borar ekan pastga qaradi.
- uzr sõrayman Janob.. men ham bu vaqtda sodir bõlishini kutmagan edim..
Oğriqni zichlangan tishlari orqali yengishga urinayotgan Jungkook javob qaytarmay mehmonhonadan chiqdi. Oldinga qadam tashlar ekan, mashina ichidagi qizning oğriqdan burishayotgan yuzi kõrina boshladi.
Rulga õtirgan yigit Jungkookning mashinaga chiqishini biroz kutib turdi. Uning yuzi hissiz, hayollari hozirda emas balki avvalgi voqealarda edi.. Biroz muddat avvalgi holati sabab kõzlari qizargan edi. Mashinaga õtirib eshikni berkitgach, Yuna uning bu holatini kõrib qoshlarini chimirdi. Oğriqdan chiqayotgan ingroq tovushlari ila hansirab nafas olar ekan, Jungkook bu safar unga e'tibor qilmasdi..'Nega uning õrnida Dal emas' Erkak hayolidan õtayotgan sõzlar faqatgina shular edi.. 'Nega u emas'
-Siz meni holatimni koʻrmayapsizmi?
Sukut saqlayotgan erkakning holati Yunani yanada ğazablantira boshladi.
Mingyu shifoxona tomon tezlikda haydamoqda, u qizning oğriq aralash ğazab bilan sõzlagani sabab old oynadan orqaga kõz tashlab qõyar edi. Jungkook esa hissiz, hamon sukutda edi.
- õsha gadoyvachchani debmi?!!
Ohirgi aytilgan baland ohangdagi sõzlar erkakning yuzi tundlashishiga olib keldi. Jungkook qiz tomon qarab, birdan uning iyagidan qattiq siqib õziga tortdi.
- holatingni yanada yomonlashtirishimni hohlamasang oğzingni yum.
Uning past ohangdagi jahldor sõzlari qizni biroz chõchitdi. Oğriqdan burishayotgan yuzidan yoshlar oqib lablarini tishladi. Jungkook esa oğir nafas chiqargan kõyi undan qõlini oldi.
- biroz sabr qil. hozir yetib boramiz.
Zaldagi õrindiqda chuqur õyga chõmgan erkakning quloğiga faqatgina ayolining oğriqdan chinqirayotgan tovushlari sezilar, biroq uning hayollari butunlay õzga insonda edi. Jamlangan tanish sõzlar 'Nega Dal emas' Bir necha daqiqalar avvalgi holatning ta'siri uni hamon tark etmagan edi. Oğir yutinar ekan, tushinarsiz ğazabdan titrayotgan barmoqlarini tutishga urinib ular bilan yuzini siqdi. Titroqdan chiqayotgan oğir nafas olishi, nigohlarining bir nuqtaga jamlangani. Tirsaklari tizzasida, biroz egilgan holatda qarshisidagi hona tomon nigohlarini yõnaltirdi. Yunaning jon holatida yiğlab, õzini tuta olmayotgani.. yana Dalni eslatdi. Va õsha mudhish kecha. Erkak uchun mudhish bõlgan kecha. Ilk farzandidan ayrilgani, qizning qichqiriq ila yiğlayotgan holati, qayta kõz oldida gavdalandi.
Jungkook ichidan kelgan oğirlikdan õzini tutishga urinib, õrniga tõğirlandi. Qattiq nafas chiqarib, oynali eshikdan Yunaning holatini kuzatdi. Uning joni oğriyotganini sezmoqda, yonida bõlishi kerak edi balki.. Biroq endi bu, u uchun murakkabdek edi gõyo. Bir zum uning yuragida qizning his qilayotgan oğriği sezildi.. U ham ayoli. Biroq afsuski qarshisida õz farzandining qotili u uchun farzand dunyoga keltirayotganini bilmas edi.. Jungkook qisqa qadamlar bilan hona tomon yaqinlashdi.
Ayni damda bu holat uning yuragiga tashvish sola boshladi. Ahr farzandi dunyoga kelmoqda. Ayoli esa oğriqdan hamon titroq bilan yiğlar edi. Jungkook chuqur nafas chiqardi, tishlari sabrsizlikdan zichlandi. Yuragidagi birozgina bõlsada quvonch hissi unda mujassam bõldi. Vaqt yaqinlashmoqda. Doktorlar Yunani tinchlantirishga uringan kõyi tasalli beruvchi sõzlar bilan ishida davom etardi.. bir necha daqiqa.. va qizning qichqiriqlari sekinlik bilan tinib honada chaqaloqning yiği ovozi yangradi..
- Õğil! Õğil! - honadagi hamshira qizning hursand holdagi baland sõzlari erkakning tanasini bir zum titratib yubordi.
Bu tuyğu.. Endi atrofdagi hech bir narsa unga eshitilmas, kichik va zaif chaqaloqni kuzatib turar ekan faqatgina yengil nafas chiqargan ohangi sezilardi. Uning yuzida siniq tabassum paydo bõldi. Necha oylardan buyon kutgan farishtasi vanihoyat bu dunyoga tashrif buyurdi. Yunani õziga kelishi uchun harakat qilayotgn doktorlar honani õrab olgan bõlsada, uning nigohlari kichik õğilchasidan uzilmayotgan edi. Hamshiralar unga birinchi kerakli bõlgan yordamlarni kõrsatishni boshlashgan va ularning ham yuzida quvonch aks etib turardi. Shu vaqt uning yoniga hursand holda hovliqib kelgan hamshira, biroz tõhtab Jungkookni kuzatdida sõng uning nigohlari qaratilgan hona ichiga qaradi.
Hamshira tomon õgirilgan erkak, zal yõlagi boshida turgan bir qancha jurnalistlarni endigina sezdi. Ba'zilari esa u kasb egasi ham emas. Biroq barchasining qõlida Kamera. Ulardan ba'zilari Jungkookni sezishgach, tezda chetga õtishdi ba'zilari esa ishlarida davom etdilar Garchan ularda biroz qõrquv bõlsa ham. Lekin bu safar Jungkook indamadi. Nigohlari qayta õsha honaga qaratildi.
Õsha holatdan buyon sõzsiz qotgan qizning ikki yonida unga havotir bilan tikilayotgan Sujin va Yona, havotirli nigohlar bilan bir-birlariga qarab qõyishmoqda. Dalning hõl yuzlarida kichik ammo siniq tabassum aks etdi. Qizlar uni hamon kuzatishda davom etishardi. Uning bu kulgusi qizlarning qalbiga yanada kõproq havotir soldi.
- Dal.. biror nima desangchi..
- ..men endigina barchasini tõğirlay olaman deb õylagan edim.. - Dal past ohangda sõz boshlab jilmaydi, yuzlari kõz yoshlar sabab namiqqan edi, - biroq.. nõtõğri ekan.. barchasi. Kõrdingizmi.. - Dal ikki qizga nazar tashlab kuldi - u farzandli bõladi, balki ota bõlib bõlgandir.. endi ular haqiqiy oila bõldilar..
- da iltimos.. - Sujin ikkilangan holda sõzlab qayğu bosgan kõzlarini yumganicha qizning yelkasiga boshini qõydi, qõllari Dalning kaftidan qattiq tutdi.
Yonaning nigohlari ham sõngandi. Hayollari esa avvalgi voqeliklarda. 'Janob Jeon uni sevadimi yoki vijdon azobida kelganmidi' Undagi javobsiz savollar qizning ichini ezib borardi. Dõsti uchun qõllaridan hech nima kelmayotgani sababli ham chuqur qayğuda edilar. Shishali oynadan kõrinayotgan tungi qish manzarasini kuzatishar ekan, hona chuqur sukunatga chõmdi..
- Janob tabriklayman, - yigitning yengil tabassumini sezgan Jungkook ham biroz jilmaydi.
Mingyu erkakni quchish uchun yaqinlashib kengroq tabassum qildi. Jungkookning qõllari yigit yelkasini siqdi. Endi biroz mamnun holda jilmayar ekan, biroz avvalgi kõz yoshlarini artdi. Nigohlari esa qayta õsha honaga qaratildi. Kichik õğilchasi..
- otangizga habar berasizmi Janob?
Mingyuning hursand holdagi sõzlaridan sõng, yengil bosh silkigan erkak oğir yutingan kõyi chetga õtdi. Telefonini olib kerakli raqamga qõnğiroq qildi. Bir necha chaqiruv biroz soniyalarni olgach, Janob Jeon javob berdi.. Jungkook sõzlash uchun harakat qilib yengil tomoq qirar ekan, otasiga hafa ekanligini bildirmaslikga urindi. Va.. uning hayolida qayta Dal gavdalandi..
Telefon ortidagi otasining hira ovozi Jungkookni biroz sergaklashtirdi. Hayollarini yiğgan erkak, odamlar kamroq yerga õtib titroq nafas chiqardi.
- ota? - erkak ikkilanish ohangida sõzladi, - nima bõldi? Nega ovozingiz..
Soniyalar ichida yuragiga sanchilgan oğriqdan bir zum tanasi titragan jungkook oğir yutindi. Nafasi titroq ila chiqishni boshladi. Janob Jeonning hira ohangdagi sõzlari uni zumda tamom qilgan edi.. Kõz õngida dunyo tõhtab qolgandek bõldi. Telefon ortidan Janob Jeonning keyingi yiği aralash ovozi yangrar ekan, kaft orasidagi telefon kuchsizlik sabab, sirğalib yerga tushdi. Sokin zalda uning tovushi birozgina yangradi. "Oying vafot etdi" ..erkak hayolidan ketmayotgan sõzlar ketma-ketligi davom etardi. Nigohlar esa zulmatga ğarq bõlgan.
Tuğilgan yangi hayotining quvonchi, bu nohush habar bilan chuqur qayğuga aylandi.. *Oğriq. Endilikda Jungkookning qaltirashni boshlagan barmoqlari devorni tirnaganicha boshga quyilib kelgan oğriqni yengishga urina boshladi. Ayni damdagi habarning oğirligi kamdek gõyo, doimiylikda davom etayotgan oğriq qayta bemavrid vaqtda boshlandi. Qadamlar qattiq oğirlik ila yurishni boshlashi bilanoq, erkakning qayğuga botib tundlashgan kõzlari yumildi.. Zalda bir zum qulagan ovoz yangrashi bilan, barcha narsa unga qoronğu bõlib qoldi. Nigohlar sõndi.. Mingyuning u tomon yugurayotgan holati hiralashib, erkakning ongi qisqa muddatga hayotdan uzildi..
Bemorlar honasi eshigi ochilishi kichik ovoz chiqardi, tinchlikga chõkgan zalga qadam tashlagan Jungkookning nigohlari atrofga qaratildi. Erkakning kõzlari hiralashgan, harakatlari kuchsiz edi. Õrindiqlardan birida õyga kõmilgan yigit, boshliğini kõrishi bilanoq õrnidan turib havotir bilan uning qarshisiga shoshildi.
- Janob Jeon!! - Mingyu bir zum lablarini qimtib, keskin nafas oldi..
Jungkookning ichidagi ğamlar yuzida sezilib turar edi. Qisqa muddatdagi uzilish nima bõlmasin atrofdagi sodir bõlgan hodisalardan qochishga kõmak bera olmasdi. Uning nigohlari qarshisidagi yigitnikidan uzilmas ekan, Mingyu yiğlab yubormaslik uchun yoshlarini tutib, birdan Jungkookni qattiq quchoqladi.
- .. J-jeon Honim endi yõqq...
Yigit yiğlashni boshladi..Muzlab qolgan yuzdan oqishni boshlagan issiq kõz yoshlar.. Yurak qismga õrnashib qolgan oğriq.. endilikda kuchsiz bõlgan kaft esa, kõksiga yopishib ovozsiz yiğlayotgan yigitning yelkasi ustida yengil harakatlandi..
Qoronğu osmon bulutlar bilan qoplangan. Qorli kunlardan sõng yoğayotgan yomğir tomchilari yerga birin ketin tushishni boshlagan edi. Yerdagi qorlarning ustki qismi suvlar sabab erib ulgirgan. Atrofdagi darahtlarning shohlari sovuq shamol ta'sirida tebranar ekan, gõyo bu dunyodan ketayotgan bir Jonni õz makoniga kuzatmoqda edilar.. Qabr atrofida insonlar sukut saqlagan holda turishardi. Yaqinlarning qõllari kõksida, kõzlari yumilgan, ichdan kelayotgan yiğini tiyishga uringan kõyi pichirlab duolar õqimoqdalar. Orada suhbat mavjud emas.. Faqatgina yomğirning tuproq ustiga tushayotgan ovozi sezilmoqda. Har bir tomchi gõyo vidolashuvning sõnggi sõzlari edi..
Qabr qarshisidagi har bir erkaklarning yuzi qattiq ammo ichki hislar ayni damda titramoqda. Janob Jeonning yuzlari sõlib yiğiga tõyib bõlgan edi. Ayolining qabridan kõzlarini uzmas ekan, atrofdagi insonlar unga dalda berib birin-ketin sovuqlikga ğarb bõlgan qabristonni tark eta boshladi.
- Õğlim.. endi otangni ehtiyot qil..
Janob Jeon bilan hayrlashuvdan sõng nigohlari nursiz osmonga qadalgan yigit qarshisiga kelib tõhtagan keksa yoshlardagi erkak past ohangda sõz ochdi. Jungkookning nigohlari osmondan uzilib pastga qaradi. Ichidan tõhtay olmayotgan kõz yoshlarni tashqariga chiqarmaslikga harakat qildi. Bir necha soniyalardan sõng esa otasining yaqin insoni tomon qarab yengil bosh irğadi. Erkak uning yelkasiga dalda bergan kõyi silaganicha oğir hõrsinib qabristondan chiqib ketdi..
21:41. Qizning sõlgan yuzlaridan oqayotgan ğazab yoshlari. U keng yotoqda sabrsizlik va asabiylik ila barmoqlarini tirnamoqda. Yonidagi yiğlayotgan chaqaloğiga esa e'tiborni tamoman unutgan. Aslida ayni damdagi asabiyligi ham mana shu gõdak uchun. Qorni ochiqgani sabab chinqirib yiğlayotgan chaqaloqning zaif ovozi honani qoplab olgan edi. Yuna esa bunga umuman be'etibor. Hayolida tuğruqdagi qiynalayotgan holatini, mana shu farzand sabab gõzalligini biroz yõqotganini, tanasiga tarqagan qattiq oğriqlarni õylab birdan quloqlarini berkitib asabiy baqirib yubordi.
- la'natiii!! Ovozingni õchirr!!!
Chaqaloq yiğlashda davom etardi. Kichik oyoqchalari yengil tipirchilar, shubhasiz yangi gõdak qorni och ekanligida unga ona suti kerak. Biroq Yuna buni zarracha ham hohlamaydi. Unda onalik mehri bir oz bõlsada mavjlanmagan edi. Endilikda soniyalar daqiqalarga ulanib, vaqt õta boshladi. Yuna birdan jahl bilan õrnidan turib quloqlarini qattiq qisdi. Qadamlarini keskin bosib burchakdan burchakga yura boshladi. Endilikda ovozi pastlab, misoli chinqirayotgan chaqaloqga ğazab bilan qaradi.
- ovozing õchsin! daf bõlgur la'nati! seni deb shuncha azob chekdimmi! - u past ohangda telbalardek sõzlashni boshladi.
Honada yana bir insonning sharpasi sezildi. Yuna ortiga õgirilgach õtkir nigohlarga duch keldi.
Yuna titroq ila nafas chiqarib, ichida paydo bõlgan kichik qõrquvni tutganicha Jungkookning ğazabdan qattiqlashgan yuziga tikilib qoldi. Sõngra nigohlari chaqaloqga qaratildi. U hamon yiğlashda davom etardi.
- yiğlayotganini kõryabsanmi dedim??!!
Erkakning õtkir ovozi honani tutdi. Birozga chõchib ketgan Yuna javob bermay, sekin qadamlar bilan yotoqga borib õtirdi. Kichik yuzi yiğidan qizarib hõl bõlgan chaqaloqni qõliga olib sekinlik bilan erkakga teskari õgirilib õtirdi. Bir necha daqiqa uni kuzatib turgan Jungkook, õzini biroz hovurdan tushishga undab oğir nafas chiqardi. Va honadan chiqib ketdi. Zinalardan tushgach, zaldagi Mingyu va Otasiga yuzlandi.
Mingyu dõstining ğazabini sezib ikkilanish bilan savol berdi. Janob Jeonning nigohlari ham õğliga savolli qaratildi.
- qorni och, Yuna hammomda ekan.
Istamagan holda javob bergan erkak, ularga ortiq sõzlamay uydan chiqib ketdi.
- ..u.. avvalgi Jungkook emas.. - Mingyuning oğir tondagi ohangi sezildi, ortidan hõrsinish.
- tõğri.. u avvalgi õğlim emas..
Qasr ichiga kirayotgan qiz qarshisidan chiqgan erkakni kõrib unibg qarshisida tõhtalib qoldi. Jungkook bir muddat qizga tikilib turgach indamay õtib ketdi. Biroq ortga qarab birdan sõzlagan Kuo uni tõhtatib qolishni uddaladi..
Quchoğida chaqaloqni tutib qaysidir nuqtaga tikilib õtirgan qizning nigohlari eshikdan ichkariga kirgan Kuo tomon yõnaldi.
- Kuo? - Yunaning qoshlari birozgina chimirildi, - bu yerda nima qilyabsan?
- õylab kõr.. - qiz telefonini stol ustiga qõyganicha, uhlab qolay degan chaqaloqqa biroz muddat tikilib turdi, - hõsh..endi hursandmisan..
- Hali hammasiga erishganimcha yõq, - be'etibor takidladi u.
Eshitgan sõzlaridan sõng Yunaning hissiz yuzida yengil kulish aks etdi.
- ha shundayman, - qiz õrniga tõğirlanib õtirar ekan chaqaloğiga qarab sõngra Kuo tomon tikildi, - hozirgina ovozini õchirdim, endi dam olmoqchi bõlganimda sen kelib yana boshimni qotirmoqchimisan?
- bu sening farzanding, - Kuo achchiqlik bilan dedi, - nahot unga zarracha mehring uyğonmadi?
- uyğonmaydi ham, - Yuna õrnidan turib dõsti yoniga keldi, - undan nafratlanaman!
- sen aqldan ozibsan Yuna, - Kuo õsha ohangda davom etdi, qadamlari yaqinlashdi, - ..sen haqiqatda ahmoqsan,
- meni tinch qõy! - qiz jahl bilan dedi, - hayotimga aralashishni bas qil! Õsha gadoyvachchani bir amallab bir yoqlik qildim endi sen paydo bõlib jiğimga tegaverma!!
Kuo birdan Yunaning ikki yelkasidan siltab uning kõzlariga chuqur tikildi.
- sen afsusda emasmisan? Õsha qizning hayotini barbod qilganingdan zarracha ham afsuslanmayabsanmi?!!
- yõq afsusda emasman, Afsuslanmayman ham,
- õsha begunoh chaqaloqda nima ayb edi?
- ularning menga qiziği yõq! Tushindingmi?! - Yuna qizni õzidan siltaladi, - tupurdim hammasiga!
- Jeon Honim õsha nabirasini kõrish umidida yashayotgan edi! Lekin qizning ham qolganlarning ham bahtini qoralading!
- menga qiziq emas! - asabiylasha boshlagan Yuna chinqirgudek dedi, - õsha Jeon Honim ham, gadoyvachcha ham! Õsha õlgan farzandi ham!
- qotil! - Kuo ham uning ohangiga tenglashib dedi, - tuğilmagan gõdakning umrini hazon qilding!
- ha shunday!! Qotilman!! Men õldirdim uni!! Endi nima qila olasan?!!
Honada baland ovozlar sabab uyğonib ketgan chaqaloqning yiğisi yangray boshladi. Ğazabdan yuzi qizargan qizning asabiy nigohlari u tomon yõnaldi. Kuo õzini bazor bosganicha nafasini tutishga urinar edi.
- ovozing õchsin! - Yunaning kõzlari asabiy pirpirab, boshini qisdida qayta Kuo tomon qaradi.
Nafas tutilishi.. Soniyalar ichida qizning qorachiqlari tomoğiga qadalgan qõrquvdan kattalashdi. Eshikdan kirib kelgan erkakning qizargan kõzlari.. Jungkook.. uning yuzi qattiqlashgan, qadamlar esa oğirlik va bosilgan ğazab ila Yuna tomon yura boshladi.
- m-men.. - qizning qõrquvdan kattalashgan nigohlari avval Kuo tomon qaratildi.
Qadamlar ortga tisarilar ekan, jungkook ning yuzi borgani sari ğazabdan qattiqlashib borardi. Kuoning ham ichiga tushgan kichik titroq, erkakning ğazabi tufayli.. u yiğlayotgan chaqaloqga yaqin kelib sekingina qõliga olgach uni past ovozda ovuta boshladi.
Soniyalar ichida Yunaning qattiq qichqiriği hona bõylab yangradi. Erkakning ğazabdan qisilgan kõzlari.. taranglashgan barmoqlari qizning sochlaridan kuch bilan changallangan holda uning boshini devorga zarb bilan urdi. Kuo birdan rõy bergan holatdan chõchib tartibsiz nafas olishni boshladi. Dugonasining qizil iz olishga ulgirgan peshonasiga qarab ulgirmay, keyingi zarba shisha oynaga qattiq yõnaldi. Yunaning yana bir oğriqdan chiqgan qichqiriği honani õrab oldi..
- hayvon, - jungkook singan oyna parchalariga e'tibor qilmay, tishlari orasida vishirlaganicha Yunaning qonashni boshlagan yuzini õziga yaqin keltirdi, barmoqlari orasidagi qizning sochlari esa kuch ila qattiqroq qisildi.
- m-mennn.. iltimoss.. t-tushintirib beramann..
Yunaning qõrqinch aralash nigohlari oyna siniği bõlaklaridan birini olgan erkakga tushdi. Nafas olishi yanada buzilib õzini ortga olmoqchi bõldi. Jungkook tomonidan polga uloqtirilgan qiz, ortga tisarilib qochish uchun yer izlashga tushdi. Siniqlardan birini kaftida ichida siqib, Yuna qarshisiga kelgan erkakning qõllari qizning bõynidan bõğizladi. Qisqa soniyalar ichida Yunaning qichqiriği yangrab, uning kõksidan qon oqishni boshladi. Jungkook ning asabdan titrayotgan qõllaridagi shisha siniği yana bir bor shiddat ila qizning kõksini qattiq shilib õtdi. Chetda ularni kuzatib holatga chiday olmagan Kuo tezlikda honadan chiqar ekan, bir zum dugonasining holatini kuzatib unga achinish hissi bilan qaradi..
- qõynimda ilonni saqlab, sezmadimmi, - yana bir marotaba qizning kõksini õygan erkakning qizargan nigohlari qizniki ila tõldi.
- mmening aybim emass.. - tanasidagi yirik oğriqdan qiynalayotgan Yuna qõrquv va yiği aralash ohangda oqlashga befoyda urindi..
Jungkookning nigohlari tundlashdi. Ayni dam undagi ğazab bosiq. U Yunaning kõzlariga chuqurroq tikilar ekan, shisha uchini uning kõksiga qattiq bosim bilan botirdi. Qizning ingroq ovozi yana bir bor honani larzaga keltirdi..
- maraz, - tizzalari orqali qizning qornidan ezğilagan erkak uning sochlaridan kuch bilan tortdi, - iflos,
- i-iltimoss.. - uning ingroq ohangi hamon hona bõylab tarqashda davom etardi, - a-aybdor emasmann..
Sukut sabab biroz vaqtga ovozlar tinib honaga oğir jimlik õrnashdi. Tartibsiz nafaslar bir-biriga ulanib borar ekan, qayta tizza botirilishi natijasida qizning keyingi ingroği yangradi. Uning yuziga yaqin kelgan Jungkook Yunaning yiği tõlgan kõzlariga tikilar ekan, qõlidagi shisha bõlagini uning yuzidan keskin tortib uni qonga buladi..
- Dal? - eshik tutqichini tutib honaga kirgan Sujin ning kõrgani honada hech kim yõqligi bõldi.
Honadan tezlikda chiqgan qiz Yonaning savolli nigohlariga duch keldi.
- Nima? - Yona tushinarsiz va havotir oralagan nigoh bilan dedi. - Dalmi? Qayerga ketadi?
- bilmaymann, - biroz asabiylik bilan sõzlagan Sujin shishali devordan tashqariga qaradi..
Kuchli momaqaldiroq.. Osmondagi qora bulutlar.. Ayni damda televizor habarlaridagi ayolning sõzlari ularning e'tiborini tortdi.
"Tez orada kuchli yomğir va momaqaldiroq bõlishi kutilmoqda. Iltimos shaharni tark etib uyingizga tezroq yetib borishingizni sõrab qolamiz"
- ahh Jin ursin, - Yonaning biroz asabiy ohangi sezildi, - ust kiyimi ham uyda ekan,
Sujinning tartibsiz nigohlari ilgichdagi kurtkaga tushishi bilan, tashqarida qarsillovchi momaqaldiroqning ovozi yangrab ularning yuragiga havotir oralatdi.
Qadamlar hohishsiz bosilib boradi.. Kuchli momaqaldiroq va yomğirdan pana bõlish uchun uyiga shoshilayotgan insonlar shahar yõl õrtasida hissiz yurib borayotgan qizni sezishmaydi.. Havo uning yupun ustiga ta'sir õtkazmayotgandek gõyo.. Barcha hislar ichda saqlanib bormoqda.. Barcha kõz yoshlar ichda tutilib turilmoqda.. Barcha chalkash tuyğular chinqiriqga aylanmaslik uchun ichda ushlanib turilmoqda.. Qizning oğir bosilayotgan qadamlari oldinga ketishda davom etardi.. Yana bir yashin chaqnadi.. Qizning usti butunlay hõl edi.. Yomğir tomchilari uning yuzidan tushib borganicha undagi kõz yoshlarni õz quchoğida serdirmaslikga urinardi gõyo..
"nega yuragim seni sevdi.. nega.. nega menga ğamxõrlik qilganingda õrganib qolmaslik uchun yovvoyi holatda õzimni olib qochdim.. bu qanchalar qiyin edi.. qanchalar yuragim oğriqdan qon yutgandi.. qarshimda õzgasi bilan birga eding.. oila qurding.. farzandli bõlding.. bular qay darajada oğriqli ekanini kimdir tushuna oladimi.. insonlar faqatgina õrgatishni biladi.. ba'zan kõp sõzlasamda, uch sõzdan iborat jumlani senga aytish uchun õzimda kuch topa olmayman..bu juda qiyin ekanligini hech aytganmidim.. ..men.. avvaldan hayotingda nõtõğri edim.."
Oğir sukunat ichidagi Janob Jeon ayni dam kõrgan manzarasidan sõng õrnidan turib ketdi. U bilan birga bõlgan Mingyu hamda Wookning ham kõzlari hayrat va tushinarsizlikdan kattalashdi. Yuzi va tanasi qon ila qoplangan qizning bõynidan bõğizlab, uning oyoqda yurishiga bermay tashqari tomon sudrab borayotgan Jungkook eshikni tepib ochdi. Shu onda momaqaldiroq ovozi qasr bõylab kuchli yangradi. Yunaning faryod solishiga zarracha e'tibor qilmagan erkakning qõllari qattiqroq siqildi. Qasr atrofidagi qõriqchilar, Janob Jeon, Mingyu, Wook, Kuo, bu ayanchli manzaraning tomoshabinlari edi.. Shu sabab ichkarida yiğidan qizil tusga kirib chinqirayotgan chaqaloqning ovozini hech kim eshita olmasdi.
Jungkookning taranglashgan barmoqlari qizning sochlaridan qattiq tortib uni qasr tashqarisiga uloqtirdi. Nafas rostlashga ham ulgirmagan Yuna, qorniga kelib tushgan kuchli tepkidan yomğir ostida qattiq chinqirdi. Qiz tanasining har bir qismi qonga belangan.. Yuz qismi esa kõrib bõlmas holatda..
Kuchli gumburlash va yashin ortidan erkakning qora yuzi kõrindi. Uning qõlidagi tõpponcha sabab, titrashdan tõhtay olmayotgan Yunaning kõzlaridan tinmay yosh oqardi..
- oson õlim topmasliging kerak edi.. - tund ohang qizning quloği ostida yangradi..
Yuna yuziga yaqin kelgan erkakning ğazabga botgan nigohlariga qarab ulgirmasidan, qorin qismida qattiq oğriqni his qildi.. Tõpponchani bosgan Jungkook uning sochlaridan siqimlab, oğriqdan boshini ortga tashlagan qiz yuzini õziga yaqinlatdi.
- biroq seni bir soniyadan ortiq kõrishdan nafratlanaman,
Hastalik aralashgan ğazabli shivirlash ortidan qizning oğiz bõshliğiga shiddat bilan kirib kelgan tõpponchaning shafqatsiz ohangi atrofda larzaga keldi.. Momaqaldiroq ovozi uning ortidan ergashdi..
Ichki oğriq sabab rulni qattiq siqib borayotgan qõllar titramoqda. Undagi tomirlar yaqqol sezilarli. Tezlik yuqori darajada. Mashina shinalari tõhtovsiz, katta tezlik ila yerga ishqalanib borar ekan, erkak atrofdagi hech bir narsaga e'tibor qilmasdi. U oğir holatda.. Juda oğir.. Bu haqiqatlarga bardosh berish uchun ayni dam unda kuch yetarli emas..... Boshga quyilishni boshlagan oğriq ta'sirida rulni boshqara olmay qolgan Jungkookning kõz osti hiralashdi.. Shaharda insonlar kõrinmasdi. Faqatgina tund osmon, momaqaldiroq, va shiddat ila yerga urilayotgan yomğir tomchilari.. Bir necha soniyalar ichida chetdagi darahtga kelib urilgan mashina signallari ishga tushdi.. Mashina eshigi sekinlik bilan ochilar ekan, shahardagi binolar chiroqlari birin-ketin õchishni boshladi.. Erkakning qadamlari oğir hastalik ila bosildi.. U oldinga harakatlana boshladi.. Qisqa vaqt ichida kiyimlar suvdan hõl bõldi.. Taranglashgan qõllar havoda kõtarilar ekan, oğriqni yutishga uringan Jungkookning qadamlari sustlasha boshladi.. u mashinadan tobora uzoqlashib borar edi..
"Nega!.. Nega!.. Nega!..Nega!.. Nega!.. Nega!.."
Qalbga boshqa savol õrinsiz edi.. uning qizarib borayotgan kõzlaridan alamli yoshlar sizib chiqdi. Kuchli chaqnash ortidan erkakning ğazab bilan baqirgani atrof bõylab yangradi..
Tanish yuz.. qizning yuragi bir lahzaga seskandi.. Tiliga biror sõz kelmay tanasida qaltiroq uyğondi..
Yerga qulagan tana.. bu holat qizning kõzlari ostida sodir bõldi.. Sovuq havoda ikki yurakdan õzgasi yõq edi.. Qadamlar oldinga tashlandi.. u birdan titroq bilan chinqirdi.. Yerdagi suvlar qizning tezlikda harakatlangan oyoqlari sabab atrofga sachradi.... va u yetib keldi..
Yomğir zarralari yerga shiddat ila urilmoqda. Osmondagi qora bulutlar sukunat va iztirobni ask ettiradi. Qizning nam tortgan sochlari yuzlariga yopishgan, tizzalari yõqotish hissi sabab qõrquvdan qaltiraydi. Yuzdagi yoshlar yomğir tomchilariga qõshilib oqadi. Bu yoshlarda ichki oğriqli hislar mavjud. Cheksiz iztirob mavjud..
Dalning sõzlari oğriq sabab tutilib qoldi, barmoqlari suvga tõlgan yerda sovuqdan qaltirashni boshladi..
Erkakning yumilgan kõzlari va yuziga tinmay urilayotgan yomğir tomchilari.. Qizning yuragi qattiq oğriq bilan titrashda davom etardi. Yerga chõkgan tizzalari qaltirab, yiğidan qizargan yuzlari barmoqlari orasida qattiq siqildi. Momaqaldiroq orasida qizning ingroq ovozi yangradi.. Uning ortidan ulanib borayotgan qattiq chaqnash ohanglari bu iztirobga ergashdi..
Dal barmoqlarini Jungkookning hõl yuziga olib borar ekan hirillagan ohangda yiği aralash sõzladi.. Uning ikkala kafti erkakning yuzini qaltirash ila siladi. Yiğidan oğirlashib qisilgan kõzlari.. qizil tus olgan va sovuqdan qotgan lablari.. ichki hislar.. Qiz sõzlashga urindi.. Qõllari hamon qaltiraydi.. Uzoq muddat kutilgan jumlalar chiqishga urinadi.. Erkakning butun tanasi suv bilan hõl bõlgan, tanasi esa allaqachon muzlagan..
Dalning yiğidan aks bergan ovozi ortidan qizargan yuzi Jungkookniki bilan birlashdi.. Yana bir momaqaldiroqning yurakni larzaga keltiruvchi ohangi yangrar ekan, yomğir tomchilari oğriqli sukunatga chõmgan ikki insonni õz tomchilari ila yuvishda davom etdi..
Bahorning ilk kunlari.. sovuq shamol.. daraht shohlarining yengil titrashi.. Qabr qarshisida tizzalab qolgan qizning kõzidan tinmay tushayotgan kõz yoshlari sovuq va qotgan tuproq ustiga singib bormoqda..
- m-meni kechiring.. - oğriqli ohang titroq ila yangradi, - sizga.. mehrimni kõrsata olmadim..
Dalning qizarib ketgan kõzlari yiği sabab shishib borardi.. Sovuq tuproqni siqgan barmoqlari titragan holda, yana sõzlashga urinib oğirlik ila oğiz ochdi..
- menga yahshilik q-qilsangiz ham qõpollik qilgandd...
Ohirgi jumlalar tashqariga chiqarilmay, ichdan kelgan ingroq ustunlik qildi.. Qizning yiği ohangi qabristonni tutdi.. Bir necha soniyalardan sõng uning yelkasiga tekgan kaftlar qizni õziga qaratdi..
Erkakning past ovozdagi sõzlaridan sõng qiz bazor õrnidan turdi. Ortiga õgirilgach, Jungkook uning namiqqan yuzini barmoqlari orqali artib qizni issiq quchoğiga oldi..
- unday emas.. - Jungkook qizning yuzini kaftlari orasiga oldi.. - u seni shu holingda ham yahshi kõrdi.. unutma, õzligingni õzgalar uchun õzgartirishing shart emas.. seni qanday bõlsang shunday yahshi kõraman.. yovvoyicham..
Erkak yuzida tasalli berush uchun jilmayish sezildi.. Dal sekinlik bilan bosh silkigach qizni õz bağriga olgan jungkook, oğir nafas chiqardi..
Balkon tashqarisidan manzarani kuzatayotgan qiz biroz hafa holatda savol berdi.. Uning ortidan quchoqlagan jungkook yengil nafas chiqardi..
- aperatsiyadan tirik chiqmaganingizda nima bõlar edi? - Dal birozgina jahldor ohangda dedi, sõng past ohangda qõshib qõydi, - ...qõrqgandim..
Jungkook qizning ortidan uning yuzi tomon yaqinlashdi... Nigohlar birlashdi... Yoqimli tabassum ularning yuzida mujassam bõldi..
- sizga bir narsa kõrsatmoqchiman..
Dal ikkilanish ila lablarini qimtir ekan, Jungkook savolli holatda qizga tikildi.. Kaftida siqib turgan kichik narsani erkak tomon uzatgan qiz tezlikda pastga nigohlarini olib õtdi..
- ..bu.. - bir on tõhtalish bilan pichirlagan erkak testdagi ikki chiziqga tikilib qoldi.. - qanday..
Qiz yuzini sekinlik ila kõtarib lablarini qayta qimtidi.. Uning yuzida yoqimtoy jilmayish aks etdi..
- ..balki.. mõjizadir.. - ichdagi cheksiz quvonch ila dedi qiz, - Suho yaqin orada kichik ukali bõladi, deyarli.. tengdosh, - sokinlik ichida uning sof kulgisi yangradi..
- Dal, - erkakning kaftlari qizning yuzini siladi..
Bu yoqimli sukunat ular uchun barcha narsa edi.. endilikda qiyinchiliklar ularning hayotiga begona.. Ikkisi.. Ikki yurak.. Õzga hech kim mavjud emas.. Mayin shamol esishni boshladi.. Izhorlar hislarga tõlgan iliqlik ila birlashdi..
Fanfic oʻz nihoyasiga yetdi. Eʼtiboringiz uchun rahmat. 💕