My Alpha
Alfa: Tushunarli. Jarohatini darhol davolatish kerak. Jungkook, tayyorlan. Ertaga sen to‘dani boshqarishni o‘z qo‘lingga olasan. Va juftingning kelganini butun to‘daga e'lon qilamiz.
Shu paytgacha uning ismini bilmagan qiz toʻsatdan Jungkook ismini eshitib quloqlari tikka boʻldi. Uni ismini oʻzi ham qizni hayajonga solayotgan edi.
- Shu masalada gapirmoqchi edim. Men to‘dani boshqarishga qarshi emasman. Ammo Dalni mening juftim sifatida hammaga tanishtirmasligingizni istayman...
Jungkookning ovozi bir oz ğazab bilan titradi va u nima uchun bunday qilayotganini sababini otasi juda yaxshi biladi. Dal daydi boʻri boʻlganligi uchun sira uning jufti ekanligiga ishonmasdi. Qanday qilib daydi boʻri uning jufti boʻlishi mumkin taqdir goʻyoki u bilan oʻyin oʻynayitgandek yoki hamma daydi boʻrilar ham boshqalari kabi yomon emasligini isbotlamoqchi. Ammo allaqachon uning taqdiri Dal bilan boğlangan hech qanaqasiga buni inkor eta olmaydi.
- Nega uni hammaga tanishtirmasligimiz kerak?
Jungkookning otasi qoshlarini chimirib Dalga qaradi. Shu paytgacha jim turgan qiz suxbatga qoʻshilib sababini aytdi.
- Men hozircha hammaga tanishtirilishni xohlamayman. Iltimos? - Dal Alfaga qarab bir oz yolvorgandek boʻldi
- Hm... Men daydi boʻriman. Hamma buni bilsa, paket a'zolari o'zlarini noqulay his qilishidan qo'rqyapman.
Alfa uning gaplarini tushunib bosh irgʻadi.
- Mayli. Jungkook bilan bir oz yolg'iz gaplashsam bo'ladimi?
Dal sekin boshini egib xonadan chiqib ketdi.
- Uning daydi boʻri ekanligi haqida nima deb o'ylayapsan?
- Uni juda o'ldirgim kelyapti.
- Buni qila olmasligingni bilasan. Unga biroz vaqt ber. Menimcha, u yaxshi bo'ri.
- Bitta noto'g'ri qadam tashlasin, o'zim o'ldiraman!
- Shunda o'zing ham juda ko'p azob chekishni bilasan. Ahmoqlik qilma.
- Menimcha, qandaydir xatolik bor. Mening juftim daydi boʻri bo'lishi mumkin emas.
- Jungkook, unga imkon berishing kerak.
- Ha, mayli. Mening boshqa ishlarim bor.
- Ertaga seni baribir Alfa deb e'lon qilaman. Tayyor tur.
U boshini yengil qimirlatib, otasining xonasidan chiqib ketdi. Jungkook tashqariga chiqqanida Dalni boshini egib, oyoqlariga tikilib o'tirganini ko'rdi
- Shunchaki ortimdan yur. Va jim bo'l.
Dal indamay uning ortidan ergashdi. Ular paket uyidan chiqib, Jungkookning uyiga borishdi.
Jungkook: Bu mening uyim. Endi sen ham shu yerda yashaysan.
Uyga kirishlari bilan Dalni chiroyli muhit kutib oldi uy hayratlanarli darajada chiroyli qurilgan va ichki qismi qora oq ranglarda edi eshikdan kirishlari bilan toʻğrida birinchi koʻzga tashlanadigan uzun zina va zina orasida katta bir daraxt bor edi. Chap tomonda choy ichish uchun stol stullar bor edi. Oʻng tomonda esa suxbat qurish uchun divan kreslo bor zina atrofina va oyning atrofida yovvoyi gullar bilan bezatilgan edi. Dal bularga hayrat bilan qarar ekan umrida bunday chiroyli uyni koʻrmaganligini angladi.
Jungkook qizni kuzatar ekan uning hayratda qolganini koʻrdi. Qizning sochlari toʻzgʻigan koʻylagi yirtilgan yuzlari qora kuya boʻlgan boʻlsa ham Jungkookning koʻzlarida Dal shu qadar chiroyli koʻrinayotgan ediki hayolida allaqachon bu qiz uning jufti ekanligiga ishonmasdi.
Xudo, u naqadar chiroyli...
Jungkook Dalga tikilib qolganini sezib darrov boshini chayqadi va yoʻgʻon ovozda gapirdi.
Shunday degancha ikkinchi qavatga zinadan koʻtarilib qiz uchun moʻljallangan xonaga olib bordi va eshikni ochib ichkariga kirishdi.
Xona ichiga kirgan qiz hayratdan ogzini ochdi. Xona kichik va juda shinab edi. Oʻrtada bitta toʻrt ustunlik yotoq va yotoq yonida kichik tunbichka (nima deb atalishini bilmiman) va uning ustida chiroyli shamlar bilan bezatilgan edi.
- Juda chiroyli ekan. - dedi Dal hayratini yashirolmay
Jungkook: Bu sening xonang. Mening xonam esa yonida. Shunday qilib, yonma-yon yotmasak ham tinch uxlay olamiz.
- Do'stimning juftidan senga kiyimlar qo'yib ketishini so'radim. Hammom mana u eshik. Keyin seni do'stlarim va ularning juftlari bilan tanishtiraman. Ular bu paketdagi muhim odamlardir.
Jungkook shu aytib xonadan chiqib ketdi. Holbuki u yana yugurish uchun yuragini sovutish uchun chiqib ketdi koʻchaga.
Dal xonada yolğiz qolishi bilan uning ichidagi boʻrisi gapira boshladi
- U hali bizni o'zining jufti sifatida qabul qilmadi.
- Bilaman. Lekin bunga qandaydir sababi borligiga ishonaman.
- Baribir... agar bizni rad etsa, muammoga duch kelamiz.
- Hozircha bu haqda o'ylamaylik. Men cho'milib olaman.
Qiz hamomga kirishi bilan qotib qoldi sababi eshikdan kirishi bilan uning qarshisida kattakon oyna bor edi oʻzining aksiga qarab turgan qiz hayolida allaqachon jungkook unga nima uchun qaramaganini taxmin qila boshladi.
Dalning ahvoli juda ayanchli edi. Sochlari qush uyasidek to'zib ketgan, kiyimlari esa yirtilgan va eskirib qolgan edi.
Shuning uchun meni qabul qilmagandir...
Darrov eshikni qulflab koʻziga koʻringan birinchi koʻylakni olib dush qabul qilish uchun shishali oyna ichiga kirib ketdi.
Oradan 1 soat oʻtdi chamanda hamomdan tozza kiyimda chiqqan qiz tokchada turgan fen bilan sochlarini quritib taradi va sochining old qismini orqaga qistirib yarim qismini yoyib qoʻydi. Oʻz aksini koʻrish uchun yana oyna qarshisiga kelib mamnuniyat bilan tabbasum qildi
Dal xonadan chiqib Jungkook qidirish uchun pastga tushdi ammo uni uyda yoʻqligini anglagach havoni sekin hidladi uning zaif hidi his qilgach shu hidga ergashib koʻchaga chiqdi atrofni qarayotganida toʻsatdan qarshisida unga qarab turgan kattakon qora boʻrini koʻrib jim qoldi. U shu qadar chiroyli va katta ediki qiz undan koʻzlarini uzolmay qoldi. Sarqish koʻzlar quyoshda tovlanayotgan silliq qora yungi uni yanada jozibali qilardi
Ikkalasi bir-biriga koʻzlarini uzmay tikilib qolishgandi. Birdan uzoqdan kelgan xar xil ovozlar Jungkook va Dalni diqqatini boʻlib yubordi. Jungkook ovozni eshitgach darxon yana oʻz qiyofasiga kirdiyu doʻstlari tomon yurdi. Ularning hammalari quchoqlashib koʻrishishdi.
- ana oʻsha daydi boʻrimi? Uni bunchalik chiroyli deb oʻylaymagan edim toʻgʻrisi - Jimin oʻynoqi kulib gapirdi.
Shu on Dal unga qarab hayolida dedi: Bu meni avval kameraga tashlagan yigitku. Demak, uning ismi Jimin ekan.
???: Shu gapni yana qaytar. Bugun divanda uxlaysan.
- Kechir, asalim. Eng chiroylisi sensan. - Bağriga bosdi Jimin qizni
U yonidagi qizni bag'riga mahkam bosdimi? Chamamda, bu uning jufti edi. Qiz juda chiroyli ko'rinyapti.
Dal ularni hayolida allaqachon koʻzdan kechirayotgan edi.
???: Kimdir menga nega bu yerda daydi boʻri yurganini tushuntirib beradimi?
- Aslida sizlarni shuni aytish uchun chaqirdim. Kelinglar, ichkariga kirib gaplashamiz. - asabiy gapirdi Jungkook
Ular hammalari ichkariga kirishdi Jungkookning orqasidan onasini yoʻqotib qoʻygan kuchukcha kabi ergashib kelayotgan qiz bir oğiz ham gapirolmasdi.
Buni qanday aytsam ekan... Juda uyalyapman
- Bu — Dal Va u... mening juftim.
Hamma jim bo'lib qoldi. Navbat bilan menga va Dalga qarashardi.
Nihoyat sukutni Taehyungning kulgisi buzdi.
- Jimin to'g'ri aytgan ekan. Sening jufting daydi boʻri ekan!
- Bu qanaqa la'nat o'zi? - dedi Jimin
- Jimin Taehyung! Bu kuladigan masala emas
Ikkala yigit ham darrov oğizlarini qoʻllari bilan yopib men jimman degandek qilishdi.
- Ha, Jungkookning jufti daydi boʻri. Lekin bu hech narsani o'zgartirmaydi. U yaqin orada sizlarning Lunangiz bo'ladi. Hurmat ko'rsating. Darhol undan uzr so'rang!
- Kechirasiz, Luna. - ikkala yigit ham birdaniga uzur soʻrashdi
Jungkook qizga qaradi uning shu qadar noqulay boʻlib turganini koʻrib yuragi koʻkragiga urib ketdi bir zum oʻzini aybdor his qilgandek boʻldi ammo bu tuygʻu tez kelib juda tez ketdi. Hamma oʻzini tanishtirdi keyin ertangi boʻladigan Alfa toj kiydirish marosimi xaqida gaplashishni boshlashdi. Ammo hali hamon bir oğiz gapirmay jim turgan qiz oʻzini bu yerda ortiqcha his qilardi.
Bir ozdan keyin hamma xayrlashib uydan chiqib ketishdi va yana kattakon uyda ikkalasi qoldi.
Jungkook shunday degancha orqasiga oʻgirilib ketib qoldi.
Aslida u qolishni istaydi oʻzining suyukli yori bilan gaplashishni suxbatlashishni istaydi. U haqida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishni bagʻriga olib sen endi menga tegishlisan deyishni istaydi ammo bunga ğururi yoʻl qoʻymayapti yigitni ichidagi boʻri bu istaklar qondorilmagani uchun tinmay uvvilayapti oʻzini qoʻyarga joy topolmayapti lekin jungkook bu istaklarga qarshi chiqti va ketishda davom etdi
G'ururi muhabbatidan balandroq turishni tanladi.
Ammo yuragi har urganida uning ismini takrorlardi.
Sevardi... faqat buni tan olishga o'zi jur'at etolmasdi.
Yoqimli mutolaa. Oʻqib boʻlgan fikr yozishni unutmang shirinlarim 🩷😁