July 4

THE CAGE

Men har bir zarbani oldim, lekin sen meni nafassiz qoldirgan odamsan.

15-qism

FINAL

Writer: Jeon Amara Dal

•

•

-Hayirli tong sevgilim

-Senga ham hayirli tong xotinjon - jungkook kulgancha uni burni uchidan oʻpib qoʻllariga Dalni dast koʻtarib oldi va hamom tomon yurishni boshladi.

Dal

Eshikni ochib ichkariga kirgan jungkook qizni vanna chetiga oʻtgazib qoʻydi va dushni yoqib suvni iliq qildi. Vannaning suvi vaqt oʻtgan sayin koʻpayib borar ekan yigit Dalni yana qoʻlida koʻtargancha suv ichiga kirib vanna boshiga suyanib oʻtirib oyoqlarini keng ochib qizni oyoqlarini orasiga oʻtirishiga yordam berdi. Dal iliq suvga kirgan zahoti erining koʻksiga orqasi bilan suyanib yengil huh tortni. Charchoq uning tanasidan bir zumda chiqib ketdi. Jungkook qizni ehtiyotkorlik bilan yuvintirishni boshladi uning qoʻli ayolining qorniga tekkanida u yerda bir kichik qimirlashni his qilib toʻxtab qoldi

-u qimirlayaptimi? -dedi hayrat bilan jungkook

Jungkook

-u seni his qilyapti. Qara u yana tegyapti - kuldi Dal uning qoʻlini qorniga qoʻyib.

-heey kichkintoy men seni dadangman. Seni tuğulishingni intiqlik bilan kutyapman. Menga umuman farqi yoʻq sen oʻgil bola boʻlasanmi yoki qizaloq. Eng muhimi sen sog salomat bu yorugʻ olamni koʻrishing kerak - jungkook uning qornini silab shu gaplarni aytar ekan hayolida allaqachon farzandini bagʻriga olgan edi.

•

•

9 oydan keyin.

Uchala dugonalar ham allaqachon tuğish vaqtlari yaqinlashgani uchun deyarli bir haftadan beri birga edilar. Sababi ularning vaqti bir kunga yoki ketma-ket tugʼishlarini aytishgan doktor. Dal Sujin va Moona erlarini quloq miyyasini yeb qoʻyishgani sabab bu uch erkak hech uyga kelishni ismasdi. Albatta xotinlari injiq boʻlib qolgan tuğishdan oldingi hayajon va depressiya sabab qizlar anchagina oʻjar boʻlib qolishgan edi. Bunday holatlar hamma ayollarda har xil kechadigan jarayon lekin farzand dunyoga keltirish ham oson emas.

Sujin

-Ular bizdan bezor boʻlishdi chogʻi - devanga suyanib yengil huh tortgan Dal dugonalariga qaradi.

Dal

-biz buni ataylab qilmayapmizku. Erimni sogʻindim - yuzini burushtirgan Sujin yer tepkiladi.

-Bunga ular sababchi. Ular bizni homlador qilishdi endi bu injiqligimizni ham koʻtarishi kerak. - Moona ham hafsalasi pir boʻlgan holda gapirdi.

Moona

(Hayron boʻlayotgan boʻlsangiz kerak Moona va Sujin qanday qilib homlador boʻldi fanfic davomida bu haqida yozmadizku deb. Ular ham homlador boʻlishdi hech qanday dab dabasiz ular ham nikohdan oʻtishdi man bu haqida fanfic davomida yozmaganman. Uzur soʻrayman)

Shu on eshik ochilib birinchi boʻlib Jungkook xonaga kirib keldi uning orqasidan Taehyung va Jimin keldi. Yigitlarning qoʻlida bir buket gul va kichik qutida sovğa ular bejizga koʻchadan uyga kelishmaganini anglagan qizlar kattakon qornini ushlab olgan holda erlarini yoniga yugurgilab kelishdi.

Jungkook. Tassavur qiling

-Bu gullar dunyodagi eng chiroyli xotinim uchun. Seni sevaman cara mia - dedi Jungkook qizga gulni va qutichani berib peshonasidan oʻpib qoʻydi.

-men ham seni sevaman erjonim. Hammasi uchun senga rahmat. Sen men uchun eng katta sovğasan - koʻzlari quvonchdan porlab turgan Dal gullarni hidlab qoʻyardi. Bu u sevadigan Lilly guli edi.

•

-xoʻsh sevgilim meni kechir qoʻngʻiroqlaringa javob berolmadim sen uchun sovgʻa tanlayotgan edim yoqtimi bu sen yoqtiradigan gullar. - Taehyung Sujinga chiroyli buketni va kichik qutichani berdi uning ichida bejirim tilla yaltillab turadigan taqinchoq bor edi.

Taehyung.

-Sendan xafa emasman. Sen men uchun doim hamma narsa qilgansan. Raxmat senga. - Sujin yuzida tabbasum bilan eriga qarar ekan uning uchun eng katta sovgʻa goʻyo taehyung edi.

Taehyung sovğa qilgan zanjir

•

-Qaysarlik qilma Moona. Bularni sen uchun oldin. - Jimin unga yuz oʻgirib oʻtirgan xotiniga qarab yolvora boshladi. Doimgidek qaysarlik qilayotgan qiz eriga qarashni istardi lekin bugun kuni bilan Jimin uning yonida boʻlmagani uchun xafa boʻlip olgan edi.

Jimin

-Sen menga qoʻngʻiroq qilmading yoki xabar yozmading. Mendan bezor boʻlding deb oʻylay boshladim. - Moona unga qarab gapirar lekin koʻzlarida hech qanday xafa ifoda yoq edi. Nima boʻlsa ham xozir

Shu on Dalni ğinshigan ovozi eshitildi. Qiz belini ushlab chuqur nafas olar ekan hamma unga qaradi. Jungkook qizni yoniga kelib qoʻli bilan uning belini sekin ishqalashni boshladi.

-Yaxshimisan - dedi Jungkook havotir bilan.

-huh belim va ostimda ogʻriq paydo boʻlyapti. - Dal sekin asta nafas olar ekan soniya sayin ogʻriq kuchaya boshladi.

Bu aniq belgi qizning tuğish vaqti kelyapti. Oradan vaqt oʻtgan sayin bu ikki qizning ham dardi kelishni boshlagan yigitlar nima qilishni bilmay qolishdi. Qizlar baravariga baqirishar dardlarini ichlariga yutolmasdilar ayol uchun mitti insonni dunyoga keltirish juda qiyin ikki dunyo orasida turgan boʻlishadi tugʻruq jarayonida. Jungkook darhol haydovchiga mashinalarni olib kelishni aytdi.

•

KASALXONA 🏥

Kasalxona yetib kelgan uchta qora mashinadan yigitlar sakrab tushishdiyu qizlarni qoʻllarida dast koʻtarib ichkariga kirib baqira boshladi.

-Bizga doktor kerak. Ayollarimiz dardi boshlandi - Taehyung shunchalik vahima bilan baqirib shifokorlarni chaqirardiki uni koʻrgan boshqalar homlador ayolini emas yarador bemorni olib kelgan deb oʻylashardi.

-sevgilim sabr qil. Men yoningdaman - hech narsaga etibor bermay Moonani yupatayotgan Jimin shifokor chaqirishni ham unutgan edi.

-Senga aytgan edim bu bolani oʻzing tugʻ deb. Yo xudoyim bu juda oğriqli. - Moona aytgan gaplarini eshitgan yigit qah qah otib kular ekan bularni birinchi marta eshitmayotgan edi.

Moona

Jungkook Dalning aravachaga yotqizdi shifokorlar qizni maxsus tugʻish xonasiga olib kirib ketayotganlarida ham undan uzoqlashmadi. U havotirda sevimli xotini qiynalayotganini koʻrish u uchun haqiqiy azob. Hatto jang maydonida ham bunchalik qoʻrqmagan. Bir insondan yana bir inson tugʻilishi albatta moʻjiza edi.

Xonalarda qizlarning qiynalayotgan ovozi yangrar shifokorlar ularning koʻproq itarishini aytib baqirar edi. Yigitlar esa karidorda u yoqdan bu yoqqa yurib yangilikni kutishardi. Bular tezroq tugasayu xotinlari va farzandlarini eson omon bağrlariga olishni istashardi.

Jungkook

Toʻsatdan xonalarda yangragan chaqaloq yigʻisini eshitgan yigitlar joylaridan taqqa toʻxtab qolishdi va keyin shikorlarning ovozi eshitildi.

-oʻğil Moona xonim - dedi shifokor

-Jajjigina qizaloq Dal xonim -

-ikki paxlavondek egizak oʻgil Sujin xonim -

Bularning barchasini eshitgan yigitlar quvonchdan bir birlarini quchoqlablab baqirishardi xonadan hamshiralar chiqib ularga toʻliq yangilikni aytdi.

-Tabriklayman janoblar ota boʻldingiz. - dedi hamshira.

Jimin Jungkook va Taehyung hamshirani choʻntagiga pul solishdi bu ularning raxmat javobi edi.

Oradan 1 soat oʻtdi.

Qizlarni bitta palataga yotqizishgan yonida kichik belanchakda farzandlari miriqib uxlab yotgan edi. Eshik ochilib yigitlar kirib kelishdi. Sekin astalik bilan xonaga kirgan Jungkook Jimin va Taehyung katta tabbasum bilan ularga yaqinlashib belanjakda pishillab uxlab yotgan chaqaloqlarga qarashdi. Ular shu darajada chiroyli ediki xuddi otalari kabi edi.

-Biz ota boʻldik men buni endi his qilyapman - kuldi jungkook qizalogʻini qoʻliga olib.

-Hoy ehtiyot boʻl u juda kichkina - Dal eriga tanbeh bergandek boʻldi.

Dal

-Ha u juda kichik xuddi sen kabi. - kravat chetiga sekinlik bilan oʻtirib kuldi jungkook. Xuddi otasini hidini tanigandek mitti qoʻlchalari Jungkookning barmoğini zich ushlab oldi.

Jimin va Taehyung ham farzandlariga qarab toʻyishmasdi. Shu kichik bolachalarni xotinlari dunyoga keltirganiga hech ishonmasdi. Ular xuddi otasiga oʻxshar edi.

-Oilamizga xush kelipsizlar - dedi Jimin ularning yuzidan oʻpib.

•

•

Oradan 1 hafta oʻtdi.

Hamma oila bir uyda dasturxon atrofida yigʻilishgan bugun Jeonlar xonadonida kechgi ovqat edi va chaqaloqlar 1 haftalik boʻlganini noshonlayotgan edilar.

-Har doim shunday birga boʻlish nasib qilsin bizga va doʻstligimiz abadiy boʻlsin. - dedi jungkook ikki yoniga oʻtirgan Jimin va Taehyungning yelkasidan qoqib.

-Bizning ham doʻstligimizga koʻz tegmasin. Balkim kelajakda Quda ham boʻlarmiz - Dalning bu gapidan keyin hamma kulib yubordi.

-Sen qizingni meni oʻğlimga berasan tushundingmi. Oʻglim seni qizingni sevib qoladi - Kuldi Sujin Dalning qoʻlidan ushlab kelishuvmi degandek silkidi.

-Xozirdan bunday narsalarni oʻylamang. Kelajakda nima boʻlishini hech kim bilmaydi. - Taehyung bu ikki dugonani fikridan qaytarishga urunib koʻrdi

- toʻgʻri hech narsani taxmin qilib boʻlmaydi. Undan koʻra keling ovqatlanaylik men juda ochman - Moona kulgancha qizlarni turtib qoʻydi.

-Hayotim sen faqat ovqat haqida oʻylaysan - Jimin oʻynoqi kulib uning sochini orqaga yiğib qoʻydi.

Ular hammalari kulishib xazil xuzullar qilishar ekan sal narida 4 ta belanchakda chaqaloqlar uxlab yotishgan edi Dal va Jungkook qizaloqlarini ismini Bona qoʻyishdi. Taehyung va Sujin egiz oʻgʻillarini ismini Donghyun – Doohyun deb qoʻyishdi. Jimin bilan Moona esa Oʻglining ismini Suho deb qoʻyishgan edi. Bu mitti farishtalar ota onalarini hayotini quvonchga toʻldirganliklarini hali anglashmasdi.

Xonada ularning kulgu ovozlari yangrardi. Hamma baxtli hech kim hayotidan norozi emas. Bu hayot sinovlarini ular yengib oʻtishdi. Dal va Jungkook bu sinovlarga bardosh berishdi ayriliq azobini totib koʻrishgan va bundan pushaymon boʻlishgan endi hech qachon bu takrorlanmasligaga vada bergan edilar. Bu dunyoda ularning sevgisidan koʻra kuchliroq sevgi yoʻq. Ular xuddi oq qush kabi. Bir zum juftisiz yasholmaydigan layli va majnundek.

Taehyung va Sujin ular tez va oson erishishdi bu sevgiga lekin ularning ham sevgisi juda kuchli ikki paxlavondek egizak oʻgʻilli boʻldi bu haqiqiy sevgi emasmi? Ularning sevgisining isboti bu ikki farzand. Hamma ham bu hayotda baxtli boʻlishga loyiq. Kimdur oson erishadi. Kimdur qiyinchilik bilan erishadi. Ular oson yoʻlni tanlashdi. Va ular dunyodagi eng baxtli juftlik.

Qaysar Moona Jiminga koʻp injiqliklar qiladi lekin shunday boʻlsada bizning Jimin yengilishni istamaydi. Moonani sevadi bu dunyoda undan boshqa qizga qarashni istamaydi. Jimin ham bir oz qiynaldi lekin u doim Xotinini yonida boʻlgan. Moona ham Jiminni sevadi lekin doim buni koʻrsatolmaydi yoki koʻrsatishni istamaydi. Ammo xozirda ular juda baxtli bu sevgining hosili belanchakda pishillab uxlab yotgan edi.


Hayotda hamma narsa roʻy berishi mumkin urushganlar yana qayta yarashadi. Baxtini topolmaganlar tasodifan oʻz baxtlarini topishadi yoki bunga kimdur sababchi boʻladi. Fanfic davomida ularning hayotlarini yoritib berishga harakat qildim. Bu qismini final qilib yozganim sabab voqealarni darrov darrov yozib tashadim. Choʻzib oʻtirmadim zerikarli boʻmasin deb. Fanfic davomida man bilan birga boʻlganlariz uchun raxmat.

Tugadi...