July 22

My Alpha

Sen mening taqdirimsan

Ep-2

Writer: Jeon Amara Dal

Rogues: To‘dasidan haydalgan yoki o‘z ixtiyori bilan tark etgan bo‘rilar. Ularni tanish oson, chunki doimo yoqimsiz hid kelib turadi.

(Rogues — bo‘ri haqidagi (werewolf) hikoyalarda ishlatiladigan atama bo‘lib, to‘dasiz bo‘rilar yoki yolg‘iz bo‘rilar degan ma'noni anglatadi.)

Dal/pov

Uning ko‘zlariga qaragan zahotim qotib qoldim. Ichimdagi bo‘rim hayajondan qichqira boshladi:

— Juftimiz! Juftimiz! Juftimiz!

Uning yuzining bir qismini yopib turgan uzunroq qora sochlari, och pushti lablari va pastki labi ostida kichkina xoli bor edi.

- Biz juftimizni topdik!! - dedi Luna. Dalning ichidagi boʻrining ismi Luna.

Luna quvonchdan o‘zini qo‘yarga joy topolmayotgan edi. Men esa chap qovurg‘amdagi boshqa bir bo‘ri tirnagidan qolgan og‘riqni butunlay unutib, unga tikilib qoldim.

- Jimin, uni to‘da uyidagi kameraga olib bor! Qishloqdan tashqariga olib chiqma. To‘dadagilar bu haqda hali bilishini xohlamayman! - dedi Jungkook

Kamera?

U meni qamab qo‘ymoqchimi?

Lekin men hech qanday yomon ish qilmaganman-ku. Balki meni to‘daga qo‘shish uchun avval Alfa ruxsat berishi kerakdir?

Dal

- Yaxshi tomondan o‘yla. Bunaqa tarang bo‘lishingga hojat yo‘q. Menimcha, Alfa bizni bir-birimizdan ajratmaydi. - Luna Dalni tinchlantirdi.

Men indamadim.

Jimin ismli yigit qo‘limdan ushlab meni to‘da uyiga olib ketdi.

Uy

To‘da uyi juda chiroyli edi. Men umrimda bunaqasini ko‘rmaganman. Bino tabiiy yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, ichkarisi yorug‘ va shinam edi. Ammo yer ostidagi kameralar tomon tushganimizda xuddi boshqa binoga kirgandek bo‘ldim. Atrofdan qurigan qon va chirigan jonzotlarning hidi anqirdi. Shundan so‘ng meni kameraga tashlab yuborishdi. Men burchakka o‘tirib, juftim kelib meni olib ketishini sabr bilan kutdim.

Jungkook/pov

Jungkook to‘da uyiga kirishi bilan Namjoonni qidirdi. Va uni tashqarida kitob o‘qib o‘tirganligini koʻrdi. Hali jungkookni payqamagan edi.

Jungkook: Hyung, sendan bitta iltimosim bor.

Namjoon: Voy, qaytibsanmi? Albatta. Nima kerak?

Jungkook: Bugun ushlagan o‘sha yolg‘iz bo‘ri haqida...

Namjoon: Uni o‘ldirmadingmi?

Jungkook: Yo‘q. Shuning uchun undan ma'lumot olib bera olasanmi, deb so‘ramoqchiman.

Namjoon: Mayli. Hozir boramiz.

Jungkook: Kechqurun borsak bo‘ladimi? Oldin qiladigan ishlarim bor.

Namjoon: Xo‘p.

Jungkook Namjoon bilan gaplashib boʻlib kutubxona tomon yoʻl oldi. Ichkariga kirishi bilan kitob javonidan "Juftlar" haqidagi kitobni olib o‘qiy boshladi.

- Men u narsani juftim sifatida qabul qila olmayman! - kotibni varaqlash mobaynida oʻziga dedi

- Oy ma'budasi nega menga bunaqa adolatsizlik qildi?

Shu payt jungkookning ichidagi bo‘ri — Hunter gapirdi.

Hunter: Agar juftlik rishtasini rad etsang, ikkalamiz ham dahshatli og‘riq va yurak azobini boshdan kechiramiz.

Jungkook: Shunday bo‘lsa ham mayli. O‘sha yolg‘iz bo‘rini juftim sifatida qabul qilgandan ko‘ra azob chekishni afzal ko‘raman.

Hunter: Hamma yolg‘iz bo‘rilar ham bir xil emas.

Jungkook Hunter bilan tortishishni istamay jim qoldi va uni gapirmasligi uchun butunlay toʻsib qoʻydi. Boshqa hech narsani oʻylashni istamagan jungkook koʻchaga yugurishga chiqib ketdi.

Jungkook

Tashqariga chiqishi bilan boʻri qiyofasiga kirgan yigit oyoqlari qayerga boshlasa oʻsha tomonga yugura boshladi. Uzoq yoʻl bosganidan keyin bir koʻl yoniga kelib toxtagan jungkook atrofga kichik boʻri bolalar oʻynayotganini koʻrib qoldi. Bolalar uni koʻrishlari bilan hurmat yuzasidan bosh egishdi. Jungkook yana inson qiyofasiga oʻtib ularni yoniga chaqirdi

Jungkook: Salom, bolalar. Bu yerda nima qilyapsizlar?

Li Linma: Alfa, biroz o‘ynagani chiqqandik. Hozir qaytamiz.

Jungkook: Mayli. Tayyor bo‘lsangiz, o‘zim kuzatib qo‘yaman. Kattalarsiz bunchalik uzoqqa chiqish mumkin emas. Boshqa bunaqa qilmanglar.

Zhang Enshuo: Rahmat, Alfa.

Jungkook

Pov/Jungkook

Men hali Alfa emasman. Lekin hamma meni shunday chaqiradi. Bu ikki bolani yaxshi bilaman. Ikkalasi ham yetim. Men ular bilan alohida yaqinlik his qilaman. Ular menga bolaligimdagi Taehyung bilan o‘tgan kunlarni eslatadi. Biz hech qachon gapga kirmasdik. Doim darsdan yashirincha qochib ketardik. Juda maroqli kunlar edi. Ammo u juftini topganidan keyin hammasi o‘zgardi. Endi avvalgidek birga vaqt o‘tkazmaymiz. Chunki Taehyungning jufti uning kech yurishini yoqtirmaydi. U biroz buyruqboz. Qorong‘i tushayotganini payqab, bolalarni chaqirdim. Ularni yetimxonagacha kuzatib qo‘ygach, "juftim"ni ko‘rgani yo‘l oldim. Yo‘lda Namjoonga aqliy aloqa orqali men bilan u yerda uchrashishini aytdim.

(Hayron qolmang alpha boʻrilari aqliy aloqa orqali bir biriga signal bera oladi. Bu albatta hikoyada shunday)

Jungkook bolalarni yetim xonaga olib borib qoʻygach toʻgʻri Dalni qamab qoʻygan uy tomon ketdi. U yerda allaqachon Namjoon kutib turgan edi xar doimgidek koʻz oynak taqib olgan kelishgan koʻrinardi. Ikkalasi ham kamera xonasi tomon yoʻl olishdi.

Namjoon

•

Ichkarida Dal sabir bilan Jungkookni kelishini kutardi. Shu payt eshik ochilib yana yopildi va havoga kuchli mushk, vanil va yalpiz aralash yoqimli hid tarqaldi.

Qiz boshini koʻtarganida Jungkookni yonida koʻzoynak taqib olgan yigitni koʻrdi.

Alfa ekanmi? Deb oʻylab hayron boʻldi Dal

??: Men Namjoonman. To‘daning Sentineliman. Senga bir nechta savol bermoqchiman.

(Sentineli-to‘daning qo‘riqchisi va xavfsizlik uchun mas'ul bo‘lgan bo‘ri)

Dal shunchaki bosh irgʻab qoʻydi.

Demak, u Alfa emas ekan.

Dal

- Qancha vaqtdan beri yolg‘iz bo‘risan? - Namjoon qizni savolga tuta boshladi

- 12 yildan beri. - past ohangda gapirdi Dal

- Nega bizning hududimizga kirding?

- Tasodifan. Boshqa yolg‘iz bo‘rilar meni quvayotgan edi. Chegarani kesib o‘tganimni sezmay qolibman. - Dal shunchalik past gapirardiki uning gaplarini tushunib olish bir oz qiyin edi.

Sababi u anchadan beri ovoz chiqarib gapirmagan edi. Shu uchun Dal past ohangda gapirardi.

- Yoshing nechada? - oraga jungkook qoʻshilib savol berdi

- 18 yoshdaman

- Namjoon, bizni bir daqiqaga yolg‘iz qoldirsang. - jiddiy ohangda dedi Jungkook

Namjoon ikkilanib qaradi, ammo baribir chiqib ketdi.

- Meni diqqat bilan eshit. Seni otam bilan tanishtiraman. U shu to‘daning Alfasidir. Lekin u yerda hech narsa demaysan. Tushundingmi?

Juftim Alfaning oʻğlimi? Hayolida oʻyladi Dal

Demak, tez orada o‘zi ham Alfa bo‘ladi.

Hali ham hayratda qolgan qiz sekin bosh irgʻab qoʻydi. Jungkook jimgina Kamera eshigini ochib unga chiqishini imo qildi. Birgalikda yo‘lakdan yurib, qoramtir yog‘och eshik oldiga kelib toʻxtashadi. Jungkook eshikni taqillatgach ichkariga kirishdi.

- Dada, sizni kim bilandir tanishtirmoqchiman. - asabiy ohangda yerga qarab gapirdi yigit.

Jungkook dadasi sekin boshini koʻtarib birinchi oʻgliga keyin uning ortida yashirinib turgan nozik qizga yoqtirmagandek qaradi.

- Bu yolg‘iz bo‘ri mening xonamda nima qilyapti? - Janob Mu-Yeol mensimay dedi

- U mening juftim. Tasodifan chegarani kesib o‘tgan. Uni shunday topdim. - taqdirini shunday uchratganidan hafsalasi pir boʻlgan yigit hatto dadasini yuziga qaray olmadi

Dal hali hamon uning ortida u ham boshini yerga qaratgancha jim turardi.

Janob Mu-Yeol Jungkookning dadasi katta Alpha

Alfa: Boshingni ko‘tar. Seni yeb qo‘ymayman.

Ovozdagi keskin oʻzgarish jungkook va Dalni hayratda qoldirdi. Endi u juda muloyim va xotirjam gapirardi.

Alfa: Isming nima?

Dal gapirishga ruxsat soʻrab Jungkookga qaradi. Yigit ham buni sezgan sekin koʻzlarini yumib ochdi.

- ismim Dal

- Qaysi to‘dadan eding?

- M-men... eslay olmayman...

- Mayli. Hechqisi yo‘q. Jarohat oldingmi?

U Dalning yon tomonidan olgan jarohatiga ishora qilib gapirdi. Qiz javob berishga ulgurmadi jungkook chaqqonlik bilan oʻzi javob berdi.

- Ha. Boshqa yolg‘iz bo‘rilar unga shunday qilishdi!

Bu yolgʻonni eshitgan Dal u tomon boshini koʻtardi.

"Qanday qilib u otasiga yolğon gapirishi mumkin? Axir u meni jarohatladiku."

Alfa: Tushunarli. Jarohatini darhol davolatish kerak. Jungkook, tayyorlan. Ertaga sen to‘dani boshqarishni o‘z qo‘lingga olasan. Va juftingning kelganini butun to‘daga e'lon qilamiz.

Shu paytgacha uning ismini bilmagan qiz toʻsatdan Jungkook ismini eshitib quloqlari tikka boʻldi. Uni ismini oʻzi ham qizni hayajonga solayotgan edi.

- Shu masalada gapirmoqchi edim. Men to‘dani boshqarishga qarshi emasman. Ammo Dalni mening juftim sifatida hammaga tanishtirmasligingizni istayman...

2-ep tugadi

Maroqli mutolaa. Izoh yozishni unutmang. !!