My Alpha
" Hayotimiz har doim ham biz oʻylagandek boʻlavermaydi. Seni yana qancha kutay? Menga aniq vaqtni ayt. 1 haftami? 1 oyni? 1 yilmi? Yoki undan ham koʻproq seni kutishim kerakmi? Men seni deyarli 18 yil kutdim bu sen uchun hech qancha vaqt emasdur lekin men uchun juda bu oʻtgan yillar juda oğriqli edi. Men doim yolğiz edim. Oʻz juftimni uchratish uchun bu hayotda yashadim ya'ni seni uchratish uchun yashadim. Menga nafrat bilan emas sevgi toʻla koʻzlaring bilan qarashingni istayman Jungkook. Kel! mening dunyodagi eng katta baxtim boʻlib kel. Seni oʻzga qiz bilan koʻrish bu juda oğriqli. Sen faqat men bilan birga boʻlishingni istayman!!
Erta tong quyosh nuri deraza oynalariga urilib xonani batamom yoruq qildi. Yotoqda yotgan yigitning koʻzlariga tushayotgan yorugʻlik uning ğashiga tegib uyqusini buzib yubordi. Jungkook sekin koʻzlarini qoʻllari bilan ishlaqalab uyğondi va tungi stol ustida turgan soatga qaradi. Soat allaqachon 7 ni koʻrsatayotgan edi. U yotoqdan turib uyqusirab hamom tomonga yura boshladi birdan joyida toʻxtagan Jungkook bugun muhim kun ekanligini eslab darrov hamomga kirib yuvinib chiqdi va kiyimlarini olib kiyinib oyna yoniga keldi.
Odatdagidan ertaroq uyg‘ondim, chunki toj kiyish marosimimga tayyorlanishim kerak edi. Dushdan chiqqach, qora kostyumimni kiydim. Bugun men rasman Alpha boʻlaman. Yo xudoyim men juda hayajondaman. Bilaman, bu katta mas’uliyat va juda ko‘p mehnat talab qiladi, lekin Alpha vazifasi haqida tushunchaga ega bo‘lganimdan beri aynan shu narsani orzu qilib kelganman.
Yigit oynaga qarab boʻyinboğini toʻğirlayotganda Taehyung u bilan ong orqali boğlandi. Bu boʻrilarda tabbiy hol. Ular ovoz chiqarmasdan uzoq masofadan ham bir biri bilan gaplasha oladi. Ular shunchaki ovoz chiqarmay gapiradi va buni ikkinchi boʻri juda uzoq masofadan boʻlsa ham aniq eshita oladi. "Albatta bu faqat hikoyada shunday"
- Hammasi tayyor. Marosim faqat kechqurun bo‘lib o‘tadi.
- Nega kechqurun? Hozir toj kiydiriladi, deb o‘ylagandim.
- Bugun to‘lin oy, shuning uchun marosimni kechqurun o‘tkazganimiz ma’qul. Bundan tashqari, Alpha Jeon qo‘shni qabilani ham marosimga taklif qildi.
- Xo‘p, unda hozir nima qilishim kerak?
- Balki jufting bilan biroz vaqt o‘tkazarsan? Uni yaxshiroq tanib olarsan.
- Nima?! Ohhh yo‘q, men u narsaga yaqin ham borishni xohlamayman. U daydi boʻri, men undan ko‘ra ko‘proq nafratlanadigan odam yo‘q.
- Unga imkon ber, Jungkook. Hamma rogue’lar ham bir xil emas. U hali hech qanday yomon ish qilgani yo‘q.
- Menga farqi yo‘q! Keyinroq ko‘rishamiz. Men yugurishga ketyapman.
Shu bilan Jungkook ortiq gapirishni istamay xonasidan chiqib ketdi. Zinalardan pastga tushib uy atrofiga qaradi Dalni hech qayerda koʻrmagach tashqariga chiqib endi boʻri qiyofasiga kirmoqchi edi lekin toʻgrida katta daraxtga suyanib osmonga termulib turgan qizni koʻrib hayron qoldi.
- Hali ham uxlayapsan, deb o‘ylagandim. - Unga borligini ham sezdirmasdan toʻsatdan gapirdi Jungkook
Dal tezda u tomonga qaradi. Jungkook toʻsatdan gapirgani uchun biroz cho‘chib ketdi.
- Kecha yaxshi uxlay olmadim. - hamon unga termulib turgancha sokin ovozda gapirdi
- Nega? - qizquvchanligi tutib soʻradi Jungkook
- Notanish joylarda uxlashim qiyin. - Bir oz yuzini burishtirib boshqa tomonga qaradi.
Jungkook buni eshitib oʻzini ğalati his qildi. Yuragi qizning yuragi bilan boğlangani sabab uning ichidagi boʻrisi oʻzini bu gapni eshitib uvillashni boshladi. Har doimgidek Jungkook uni yana etiborsiz qoldirib befarq gapirdi.
- Bu sening muammoying. Yana bir narsa, atrofda tentirab yurmagin. Qo‘riqchilarning aksariyati hali sen mening juftim ekaningni bilishmaydi.
- Demak, butun vaqt shu yerda o‘tirishim kerakmi?
- Agar yana o‘sha kameraga tushishni xohlamasang, shu yerda qolishingni maslahat beraman.
Dal hech narsa demadi deyolmaydi ham. Uni yoqtirmagan inson bilan qanday qilib gaplasha oladi. Shunchaki boshini xop degandek bir marta silkitib qoʻydi va yana osmonga qaradi. Jungkook qizga bir marta ham qaramas qiyofasini oʻzgartirib yugurishga ketib qoldi.
Dal ham uni ketayotganini kuzatmadi. Qiz oʻrnidan turib uy ichiga kirib ketdi. Och qolgani sabab oshxonaga kirib muzlatkichni ochdiyu tayyor muzlatilgan ovqatlarni birma bir tekshira boshladi va pishgan guruch bitta tuxumni va kimchi salatini olib oʻzi uchun tez tayyorlanadigan ovqat qila boshladi. Guruchni isitish uchun pechga qoʻydi, kimchini esa bir kichikroq idishga solib qaychi yordamida kesib tashladi. Guruch isigach uni kimchining ustiga soldi. Tuxumni ham qovurib soldi hammasini aralashtirib yana kerakli ziravor va soya soldi. Qarabsizki u istagan taom tayyor.
Dal ovqatlanib boʻlgach qilgan tartibsizligini yiğishtirib idishlarni yuvib qoʻydi keyin u choʻmilish uchun hamomga yoʻl oldi.
Shu payt Dalning ichidagi boʻri gapira boshladi
- Endi nima qilamiz? Men allaqachon zerikdim.
- Qiladigan ishimiz ko‘p emas. Jungkookning gapiga quloq solishimiz kerak.
- Nima keragi bor uning gapiga quloq solishning? U biz bilan nima bo‘lishiga baribir qiziqmaydi-ku.
- Uning ishonchini qozonishimiz kerak. Hozircha shu yerda qolishimizga to‘g‘ri keladi
- Unda endi nima qilamiz? Aytgancha, meni tashqariga chiqarganingga bir yildan ham oshdi. Nega yugurishga chiqmaymiz?
- Jungkook nima deganini eshitding. Hozircha yangi uyimizga ko‘nikib olaylik.
U hamomga kirib yuvinib chiqgach zerikkani sabab yana pastgi qavatga tushib oshxonaga kirdi. Atrofni koʻzdan kechirayotgan paytda oshxona derazasidan koʻrinib turgan bir uychaga koʻzi tushdi.
Qanday qilib men buni avval payqamaganman?
Dal sekin orqa eshikdan chiqib uycha tomon yurdi va uychaga yaqinlashganida eshik ochiqligini koʻrdi. Hech ikkilanmay ichkariga kirgan qiz atrofni koʻzdan kechirishni boshladi. Bu ofis va kutubxona edi.
Xonalardan birining devorida xar xil suratlar ilingan edi devor deyarli suratlar bilan toʻlgan. Qiz devorga yaqinlashib har bir rasmni diqqat bilan qaradi. Rasmlarda Jungkook va uning doʻstlari bor edi.
Keyin Dalning koʻzi bir suratga tushdi. Bir xiz uning qoʻlidan ushlab turibdi ikkalasi bir biriga tabbasum bilan qarab turishibdi.
Birdan kelgan baland ovozdan qoʻrqib ketgan qiz darrov orqasiga oʻgirilib Jungkook va uning doʻstlarini koʻrdi.
Uning qoʻpol soʻzidan gʻalati boʻlgan qiz shoshgancha xonadan otilib chiqib ketdi.
Jungkook doʻstlari bilan marosimni muhokama qilish uchun kelgan edi lekin xonasida Dalni koʻrib jaxli chiqib ketdi. Bu uning shaxsiy xonasi va bu yerga hech kim kirishini istamaydi. Shu sabab qizga jaxil qilib unga chiqib ketishini aytdi.
Ularni kuzatib turgan Namjoon hali hamon Jungkook Dalni qabul qilmaganini tushundi.
- Jungkook, balki u bilan yaxshiroq gaplashishing kerakdir. Axir u sening jufting.
Namjooning gaplari uning asab tolalarini chertib oʻtdi.
- Sizlarning menga juftimga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatishingizdan charchadim! Endi bu yerga nima uchun kelganimizni muhokama qilsak bo‘ladimi?! - Jungkook jiddiy koʻzlari bilan unga qaradi.
- Xo‘p. Keladigan qo‘shni packlar: Qizil oy qabilasi, va yana bir nechta qabila. - Jin marosimga keladigan qoʻshni qabilalarni birma bir sanab berdi
- Kumush oy qabilasi-chi? - hayron boʻlib soʻradi Jungkook
- Ular kelishmaydi. Otang ularga taklifnoma yuborgandi, ammo ular rad etishdi.
Allaqachon kech kirgan hamma marosimga yiğilgan hamma narsa tayyor edi. 10 daqiqa oʻtib marosim ham boshlandi.
- Toʻlin oy qabilasinining 75-marta o‘tkazilayotgan toj kiydirish marosimiga xush kelibsiz. Afsuski, bugun biz faqat yangi Alpha va uning generallarini toj kiydiramiz. Jungkook, sahnaga chiq. - Jungkookning otasi uni yoniga chaqirdi.
Yigit magʻrur qadamlar bilan sahnaga chiqdi va qarshisidagi keksa erkak oldida tiz choʻkib xurmat bildirib boshini egdi.
Elder: Jeon Jungkook, mendan keyin takrorla!
Elder: Men, Jeon Jungkook, o‘z qabilamni birinchi o‘ringa qo‘yishga va’da beraman.
- Men, Jeon Jungkook, o‘z qabilamni birinchi o‘ringa qo‘yishga va’da beraman.
Elder: Ularni hududimizga kirishi mumkin bo‘lgan har qanday xavfdan himoya qilishga.
- Ularni hududimizga kirishi mumkin bo‘lgan har qanday xavfdan himoya qilishga.
Elder: Xalqimning ehtiyojlarini tinglashga va ularni qondirishga.
- Xalqimning ehtiyojlarini tinglashga va ularni qondirishga.
Elder: Betang sifatida kimni tanlaysan?
- Kim Taehyungni betam sifatida tanlayman.
Elder: Kim Taehyung, oldinga chiq.
Taehyung kelib, jungkookning o‘ng tomoniga tiz cho‘kdi.
Elder: Deltang sifatida kimni tanlaysan?
- Park Jiminni deltam sifatida tanlayman.
Elder: Park Jimin, oldinga chiq.
Jimin kelib, uning chap tomoniga tiz cho‘kdi.
Elder: Endi siz uchalangiz ushbu qabilaning himoyachilarisiz.
Elder Jungkookga kichik xanjar uzatdi uni qoʻliga olgan yigit ikkilanmasdan kaftini chuqur kesib oltindan yasalgan chiroyli idishga qonini toʻkdi. Taehyung va Jimin ham Jungkook qilgandek takrorlashdi.
Elder ularning qoni toʻldirilgan idishni olib uni yoqdi. Shu paytda ularga avvalgi Delta, Beta va Alpha toj kiydirishdi.
Alpha Jeon oʻğlining boshiga tojni qoʻyganida Jungkook tomirlaridan oqib oʻtayotgan adrinalin va kuchni his qilardi. U oʻzini avvalgidan ham kuchliroq his qila boshladi. Koʻzlari toʻq qizil rangga aylandi.
Marosimdan keyin ziyofat boʻlib oʻtdi. Jungkook uyga ertaroq qaytish oʻrniga tong aralash uyga kirib bordi.
Yoqimli mutolaa. Oʻqib izoh yozishni unutmang shirinlarim. Aktiv boʻlila bir bunay ee juda passivsila!!