October 15

๐‰๐ค'๐ฌ ๐›๐ฎ๐ญ๐ญ๐ž๐ซ๐Ÿ๐ฅ๐ฒ

๐‚๐ก๐š๐ฉ๐ญ๐ž๐ซ ๐Ÿ‘

-Meni eshit bu ayol sening oying
-Xa meni shunchalar axmoqmanki...sizni qanday ekanligingizni bilmaymanmi axir - jahlini bosishga urinib dedi qiz
-Yaxshi qizim asabiylashma hozir uyga bo..
-Uyimga! - gapini bo'lib qiz
-Xop uyingga - yuzida allaqanday tabassum bilan

๐—ง๐—ถ๐—บ๐—ฒ๐˜€๐—ธ๐—ถ๐—ฝ

Mashinada yo'l bo'yi asabiy holatda ketayotgan qizni orqadagi manzara battar ahvolga solardi. Dadasi va o'sha soxta oyisi bo'lmish kishilar qilayotgan bu jirkanchli holatni ko'rish Heejin uchun biroz og'ir edi. Chunki u og'riqdanda kuchliroq narsa uni hozir bezovta qilayotgandi. Ular hozir uyga borishadi. Kechga yaqin esa Jungkook keladi va ularni qanday tanishtiradi. Xop dadasini tushunsa bo'lar ammo uning yonigagi o'sha ayolni kim desin. Oyim deydimi? Axir oyisi vafot etganini Jungkook juda yaxshi biladi. U hozir juda uyatli holatda. Dadasini yonidagi ikkinchi ayoli bilan tanishtirish u uchun juda qiyin edi. Yoq! Endi u boshqa chiday olmaydi bu jirkanchlik tobora uni asabini uzishni boshladi va jahl bilan baqirib yubordi.

-Balki bas qilarsizlar
-Yetib keldikmi? - o'zini tog'irlagan ko'yi dedi Janob Chon
-Ha ozgina qoldi iltimos o'zingizni tartiblang xonim - kesatgancha ko'zlarini ayoldan mashinaning derazasi tomonga aylantirgancha dedi qiz

-Xonim - haydovchining yetib keldik deganday ishorasini olgan Heejin mashinadan tushish uchun sumkasini qo'liga oldi
-Iltimos o'zingizni odabli tuting dada - mashinadan tushishidan oldin shularni eslatdi qiz dadasiga
-Yaxshi qizim axir biz katta insonlarmiz - dadasi hatto qizi mashinadan tushib ketgan ekanligiga ham be'etibor holda gapini davom ettirdi.
-Qizingiz allaqachon bu yerda emas ammo siz gapirishda davom etyapsiz. Nima esingizni yeb qo'ydingizmi Suxon. - achchiqlangancha dedi ayol
-Sen buni bilmaysan Lelya. Mening kuyovim qanchalar badavlat ekanligidan xabaring bormi?
-Bo'lajak* kuyovingiz azizim axir hali ular turmush qurishmadi. Bix esa endigini uchrashishyapti degan xabarni olganimiz bilanoq shu yerda paydo bo'ldik.
-Axir nega tushunmaysan axmoq xotin. U bilan oramizni mustahkamlay olmasak u qizimizni tashlab ketsa-che uni boyliklari kimga qoladi. Men shunday imkoniyatni boy bermoqchi emasman.
-Jin ursin o'sha boyliklarni. O'sha sizga bir tiyni ham qolmaydigan pullar uchun qizimizni tashlab keldikmi?
-Qizing yosh bola emas bundan tashqari nega endi menga hech narsa tegishli emas ekan?
-Aqlingizni ishlating Suxon siz qizingizni tashlab ketkansiz. Keyin sizga hech vaqo qolmasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz. Bu uning sizga qiladigan muomalasidan aniq-ravshan bilinib turadi.
-Xa unda bu bilan bog'liq ancha chandiqlar bor. Ammo ularni tog'irlaymiz. Hatto uning onasi ancha vaqt oldin vafot etgan.
-Nima bu bilan sen unga enagalik qilasan deyalsizmi?
-Enagalik emas onalik qilasan xotin onalik*
-Mashinadan tushmasammi hozir bu odam meni asablarimni tamom qilyapti. - eshikni ochgancha tushib ketdi ayol

๐—ง๐—ถ๐—บ๐—ฒ๐˜€๐—ธ๐—ถ๐—ฝ

Quyosh ichi boylab xuddi olov yonayotgandek. Bulutlarda esa qizil, binafsha hamda sariq ranglar aralashib manzarali sahnani yaratar ekan. Ularning ufq bo'ylab pastga tushishi. Ya'ni bir so'z bilan aytganda quyosh botishi hodisasi juda g'alati edi. To'g'rirog'i bugungi kun o'zi qandaydir g'alati va og'ir bo'ldi. Shu vaqtgacha qiz uyning aynan mana shu bogสป tomonida uzun va katta chinor daraxtiga bog'langan arg'imchoq ustida o'tirgancha hayol surish bilan band bo'ldi. U hech narsaga tushunmasdi. Hayolida ming xil o'ylar. Ammo asosiy narsa yo'q edi. U bilmayapti nimani his qilayapti nimani hohlayapti bilmayapti. Go'yoki bo'shliqdan iboratdek his qilyapti.
-Huuhhhh Jungkook tezroq kel iltimos.... - qiz chuqur xo'rsingancha shu so'zlarni aytdi.

Pov Heejin:
-Aslida hammasi yaxshi edi ammo nimadir bo'ldimi bilmayapman. Men dadam kelganidan xafa emasman. Men chidadim bularga men shu yoshimgacha chidadim dadasiz voyaga yetdim. Lekin xoxlardim dadam bo'lishini ammo taqdir ekan-ki bunday bo'lmadi. Men xafa emasman ammo nimadir bor. Men uni sog'inyapman. Hatto juda ham. Menga hozir u kerak faqatgina u mening malhamim. Hozir chindan yig'lashni istayman.

Shunchaki emas uning yonida, uning yelkasiga bosh qo'yib yig'lashni istayapman.

-Xonim sizni janob Jungkook chaqiryaptilar
-Yaxshi hozir boraman - kelgan xizmatchi qizni hayollar og'ushidan chalg'itib yubordi. O'rnidan sekin qo'zlag'ala boshlagan qiz endi tezroq harakatlana boshladi. U sevgan insonini ko'rish uchun hatto yugura boshladi.

-Jungkook - hansiragancha zal tomonga burilgan qiz eshik eshikga yaqinlashgancha shu so'zlarni aytdi

-Kapalak - qizni ko'rgancha u tomonga oshiqqan erkak ko'zlarini qizni sinchkovlik bilan kuzatdi.

-Nega bunday qarayapsan - eshikdan kirgan on u kutgan insonini ovozini eshitdiyu biroz sekinlashdi.

-Nimadir bo'ldimi? Nega kayfiyating yo'q - qizni yoniga yaqinlashgancha qizning qo'llaridan tutdi.

-Hammasi joyida deya aldamayman. Bilmayman nima uchun bunday bo'layotganini tushunmayapman - qiz erkakning ortidan ergashgancha yumshoq o'rindiq tomonga yurdi

-Shunday degan taqdiringda ham bunga ishonmasligim aniq edi va kayfiyating yo'qligi dadang bilan bogสปliq emas drya umid qilama - o'tirish oldi shunday so'zladi Jungkook

-Bilmayapman. Balki shu sababdir ammo qiziq nega u qaydi?

-Kel buni o'zidan so'ray qolamiz. Har xolda boyliklarim uchun kelishmagan.

-Jungkook aslo dadamga bunday tuxmat qila ko'rmang. U bundat inson emas! - jahl aralash dedi qiz.

-Men hech narsa demadim va

-Bas Jungkook yetarli

-Hee xafa bo'ldingmi?

*Sukunat

-Hee jahlimni chiqarma men shunchaki gapirdim. Axir bu roat bo'lishi mumkin emasmi?

*Sukunat

-Bugun dadang bilan birga mehmonxonada tunashni istaysanmi?

-Nega birdan bunday qarorga keldingiz?

-Men bilan qolishni istamaysan deya o'yladim va bu senga foydali bo'lardi

-Siz ustimdan kulyapsiz - g'ingshigancha dedi qiz

-Axir men sizni kun bo'yi kutdim. To'g'ri biroz charchadim ammo men shunda ham dam olmay sizni kelishingizni kutdim.

-Chindan charchabsan hatto nima deyayotganingni bilmayapsan - qizni boshini silagancha uni yelkasi tomon yo'naltirgancha dedi erkak

-Jungkook

-Jim*

-Dadang bilan tanishtirishni istaysanmi? - sukunatni buzgancha so'radi qizdan

-Yaxshi agar shuni xoxlasangiz ularni chaqiraman

Qiz ketishini kuzatgancha qolgan erkak endi nima qilish haqida o'ylay boshladi. To'g'ri bu uchun hayajonli emas u ko'p odamlar bilan uchrashgan. Ammo sevgan ayolining dadasi bilan uchrashiv uni biroz hayajonga solmoqda. Heejin dadasi qancha yomon bo'lmasin uni doim hurmat qiladi va hurmat qilishlarini xoxlaydi. Aynan mana shunday beg'ubor sifatlari bilan sevadi qizni. O'tirgan joyidan biroz qo'zg'alib go'yoki qulaylashgancha bo'ldi erkak.

-Bu nimasi? - hayron ifoda bilan eahik orqali kelgan insonlar ko'zlarini uzmagancha ularga bo'lgan reaksiyasini yashirmadi Jungkook

-Men hammasini tushuntiraman - havotir aralash dedi qiz

JK'S BUTTERFLY by CHON HEJIN ๐Ÿ“•