Mafia’s Obsession
Author @mni_soyun ♡
“Mafiya boshlig‘i bo‘lish menga hamma narsani berdi.
Faqat bitta narsadan boshqa — uni unutish imkonini.”
Men bu shaharni qo‘rquv bilan ushlab turaman. Har bir ko‘cha, har bir soya meni taniydi. Jeon Jungkook degan ism bu yerda duo emas, ogohlantirish. Men hech qachon sevgi haqida o‘ylamaganman. Mafiya boshlig‘i sevsa, zaiflashadi.
Zaiflashgan odam esa uzoq yashamaydi. Men buni yaxshi bilardim. Bilardim va shu qoidaga amal qilib kelardim. Yuna paydo bo‘lguniga qadar.
U mening hayotimga shovqinsiz kirdi. Na reja bilan, na ruxsat bilan. Uni birinchi ko‘rganimda yuragim urib ketmadi, lekin nimadir ichimda joyidan siljidi. Ko‘zlari haddan tashqari sokin edi. Bu dunyoga mos kelmaydigan sokinlik. U menga qarab qo‘rqmadi. Bu menga yoqmadi. Chunki hamma qo‘rqishi kerak edi.
Men uni yonimda qoldirdim.
Avvaliga bahona bilan. Himoya, xavfsizlik, majburiyat. Keyin bahona yo‘qoldi. Uni qo‘yib yuborish fikri menga g‘azab berardi.
Men uni nazorat qila boshladim. Qayerga qaradi, kim bilan gaplashdi, qachon jim qoldi. Bu sevgi emasdi. Bu ehtiyoj edi. U mening hududimga aylangandi.
Yuna buni sezardi. Ba’zida ko‘zlarimga tik qarab, hech narsa demasdi. Ba’zida esa gapirardi. Siz meni qamoqqa solyapsiz, — derdi past ovozda. Men kulardim. — Sen bu yerda tiriksan derdim. Bu yetarli.
Lekin ichimda nimadir meni tinch qo‘ymasdi. U yonimda bo‘lganida ham, yo‘qdek tuyulardi. Go‘yo uni yo‘qotish allaqachon boshlangan edi. Men bu tuyg‘uni kuch bilan bostirishga urindim. Ish, qon, buyruqlar. Ammo har safar tun tushganda, xonamda faqat Yuna xayoli qolardi.
Raqiblarim ham buni sezdi. Ular mening zaif joyimni topdi. Ogohlantirishlar keldi. Tahdidlar. Men esa bularni inkor qildim. O‘zimni emas, uni aldagandim.
Yuna esa qo‘rqardi. U buni yashira olmadi. — Men sening oxiring bo‘laman dedi u bir kecha. Men unga javob bermadim. Chunki ichimda bilardim. Agar kimdir meni yiqitsa, bu dushman emas, aynan u bo‘lardi.
O‘sha kundan boshlab, men ikki dunyo orasida qoldim. Mafiya boshlig‘i va o‘z obsessiyasiga taslim bo‘layotgan erkak o‘rtasida.
Yuna esa buni bilmasdan, asta-sekin mening hayotimga chuqurroq singib borardi. U mening qurolimdan ham xavfliroq bo‘lib qolgandi. Chunki qurolni tashlash mumkin. Uni esa yo‘q.
Men uni unutishni xohladim. Lekin mafiyada unutish degan narsa yo‘q. Ayniqsa, u sening yagona zaifliging bo‘lsa.
Va men ilk bor tushundim. Hamma narsaga ega bo‘lish, ba’zida eng katta jazodir.
U xonamdan chiqib ketayotganda men orqasidan so‘radim:
— Qayerga ketayapsan?
U meni orqasiga o‘girib qaradi. Ko‘zlari jim va sokin edi, lekin ichida bir olov borligini sezardim.
— Sizning yoningizdan Sizdan uzoqda bo‘lishim kerak.
Men unga yaqinlashdim. Qo‘limni uning elkasiga qo‘ydim. U to‘xtadi, yuragi urib ketdi, men sezdim.
— Nega? so‘radim sovuq, lekin ichimda nimdir titrab turardi.
— Chunki sizning dunyongiz xavfli, ko‘zlarimga tik qarab. — Sizning yoningizda bo‘lish… men hayotimni xavf ostiga qo‘yadi.
Men unga kuldim, ammo kulgimda kinoyaning o‘rniga chin dard bor edi.
— Men seni xavfga solmayman, — Sen… sen mening hamma narsamsan, Yuna.
U ko‘zlarini yumdi va boshini pastga egdi.
— Buni so‘z bilan aytishingiz oson, lekin… ,
men sizga ishonmayman.
Men uning qo‘lini oldim, muloyim, lekin qo‘rquv bilan emas, egallash istagi bilan
— Ishongin — Ishonishni o‘rganasan. Men seni hech qachon qo‘yib yubormayman.
U chuqur nafas oldi, titrab, lekin meni ushlab turdi. U meni tushunardi, lekin baribir qo‘rquvini yashira olmasdi.
— Sizning dunyongizni o‘zgartira olmayman, Ammo siz meni o‘zgartirdingiz.
Men shunchaki uni quchdim. Go‘yo dunyodagi barcha qurollar va qonlar yo‘q bo‘lib ketganday edi.
Faqat u va men, bizning qorong‘u dunyomiz, bu obsessiya va ehtiros bilan to‘la.
— Endi hech qayerga bormaysan, dedim sovuq ovozda, lekin yuragim titrab. Sen mening hududimsan, Yuna. Faqat men seni himoya qilaman, va hech kim seni menga tegizolmaydi.
U men bilan qolishga qaror qilganini bilardim. Va men ham endi hech qachon uni qo‘yib yubormasligimni his qilardim. Bu shunchaki boshlanish edi , ammo bizning yagona haqiqatimiz.
U men bilan titrab turganida men uni yana bir bor qaradim. Go‘yo butun dunyo bizdan uzoqlashib, faqat shu xonada qolgan edi. Qorong‘u dunyo, obsessiya, qon, xavf — barchasi ortda edi. Faqat u va men.
— Nega meni himoya qilasiz? ko‘zlarida qo‘rquv va ishonch aralashib.
— Chunki sen… sen mening yagona zaifligimsan, uni quchib, ko‘zlariga tik qarab.
— Sen mening dunyomni o‘zgartirding. Men sevishni hech qachon bilmaganman, lekin seni ko‘rganimda tushundim.
U boshini mening ko‘kragimga qo‘ydi va nafasini his qildim. U jim edi, lekin mening yuragim uning so‘zsiz sevgi bilan to‘ldi. Chunki bizning dunyomiz xavfli bo‘lsa ham, bir-birimizda topganimiz haqiqiy edi.
— Men sizga ishonaman dedi u oxirgi marta pichirlab. — Sizning dunyongiz qanchalik qorong‘i bo‘lmasin, men siz bilan qolaman.
Men esa uni kuchaytirib quchdim va pastdan pichirdim:
— Bu dunyoda yagona qonunimiz biz birgamiz. Hech kim, hech narsa bizni ajrata olmaydi.
Va shunda men tushundim: mafiyaning sovuq dunyosi va obsessiya, hatto xavf va qon bilan to‘la dunyo ham, sevgi bilan to‘lganda haqiqatga aylanadi.
Biz bir-birimizda topdik, va bu hech qanday qurol yoki kuch bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, chin sevgi edi.
Shu lahzadan boshlab, bizning qorong‘u dunyomizda obsessiya sevgi bilan uyg‘unlashdi, va men endi bilardim: uni hech qachon qo‘yib yubormayman...