December 31, 2025

LOVE BENEATH THE SHADOW

Chapter-1

.
.

Shahar o‘zgarmagan edi.

Faqat men o‘zgargandim

Soyun mashinadan tushganida sovuq havo yuziga urildi. Nafasi ko‘rinib chiqdi, lekin yuragi undan ham sovuqroq edi. Bu ko‘chaga oxirgi marta qadam qo‘yganida, u qochayotgan edi. Bugun esa… qaytayotgan.

— Bu xato, — dedi ichidan.
Lekin kech edi.

Binoning yuqori qavatidagi oynalar qoramtir edi. Aynan o‘sha joy. Aynan o‘sha odam.

Min Yoongi.
U hech qachon baland ovozda gapirmasdi. Hech qachon yugurmasdi. Hech qachon ortidan quvmagan.

U shunchaki… kutardi.
Lift ko‘tarilar ekan, Soyunning qo‘llari titradi. Eshik ochildi. Korridor jim. Juda jim. Bu jimlikni u yaxshi tanirdi — bu Suganing jimligi edi.

Eshik ochiq edi.

— Kech qolding, — dedi erkak ovozi.

Soyun to‘xtab qoldi.
U joyida turgancha ichkariga qaradi. Suga deraza oldida turardi.

Qorong‘ilik ortidan shahar chiroqlari ko‘rinardi. U ortiga o‘girilmagan bo‘lsa ham, Soyun bilardi — u qarab turibdi.

— Men… — Soyunning ovozi chiqmay qoldi. — Men kelmasligim kerak edi.

Suga sekin burildi. Uning nigohi o‘zgarmagan. Sovuq. Chuqur. Hukmron.

— Sen har doim kelarding, — dedi u xotirjam. — Faqat kechroq.

Bu gap zarba bo‘ldi.
— Men ketgan edim, Yoongi, — dedi Soyun past ovozda. — O‘sha kecha hammasi tugagan edi.

Suga kulmadi. U hech qachon kulmasdi.

— Yo‘q, — dedi u sokinlik bilan. — Sen ketding. Men esa… tugatmadim.

U yaqinlashdi. Juda yaqin. Soyun ortga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin oyoqlari harakatlanmadi. Bu holatni ham u yaxshi bilardi — Suga oldida tanasi doim xiyonat qilardi.

— Nega qaytding? — deb so‘radi u.

Soyun ko‘zlarini olib qochdi.
— Chunki menda boshqa joy qolmadi.

Suga bir lahza jim qoldi. Keyin sekin egildi va uning qulog‘iga pichirladi:

— Demak, sening joying yana shu yer.

Eshik tashqarisida qadam tovushi eshitildi.

— Yoongi hyung?

Bu ovoz yangi edi. Yoshroq. Boshqacha.

Jungkook.

Suga to‘g‘rilandi, yuziga hech qanday ifoda chiqarmadi.

— Kirsang bo‘ladi.

Eshik ochildi va Jungkook ichkariga kirdi. Uning nigohi bir zumda Soyunga tushdi. Hayrat. Qiziqish. Va nimadir yana… ehtiyotkorlik.

— Siz… mehmonmisiz? — deb so‘radi u.

Soyun javob berishga ulgurmay, Suga gapirdi:

— Yo‘q.

U Soyunning yelkasiga qo‘l qo‘ydi. Og‘ir, sokin, ammo egalik bilan.

— U qaytdi.
Jungkookning nigohi qorayib ketdi. U nimanidir sezdi. Havodagi taranglikni. Bu qiz oddiy emasligini.
Soyun esa ichidan bitta narsani aniq his qildi:

Xonadagi havo og‘irlashdi.
Jungkook sukutni birinchi bo‘lib buzdi.

— Hyung, agar noqulay payt bo‘lsa, keyinroq kiraman…

— Qol, — dedi Suga qisqa qilib.

Bu buyruq edi. Iltimos emas.
Jungkook to‘xtadi. Uning nigohi yana Soyunga tushdi. Qizning yuzi rangsiz, lekin ko‘zlari haddan tashqari tirik edi. Go‘yo ichida bo‘ron bor, tashqarida esa sokinlik.

— Sen uni qo‘rqityapsan, — dedi Jungkook birdaniga.

Soyun seskanib ketdi.
Suga esa… jilmaymadi.
Ammo ko‘zlari qoraydi.

— Men hech qachon unga zarar bermaganman, — dedi u past, lekin og‘ir ovozda. — To‘g‘rimi, Soyun?
Savol edi. Lekin tanlov yo‘q edi.

Soyun lablarini tishladi.

— Sen… sen meni hech qachon so‘ramagansan,

Yoongi, — dedi u nihoyat. — Faqat qaror qilgansan.
Suga unga tikildi. Juda uzoq.

— Chunki sen har safar qochganingda ham, yana qaytarding, — dedi u. — Men faqat oxirgi qadamni qisqartirdim.

Jungkook ularning orasidagi masofani sezdi.

Bu ikki inson o‘rtasida aytilmagan so‘zlar, yarim kechalar, yopiq eshiklar bor edi.

— Sizlar… ilgari tanish bo‘lgansizlar, — dedi u sekin.

— Juda yaqin, — dedi Suga.
Soyunning yuragi siqildi.

— Juda og‘riqli, — deb to‘g‘riladi u.

Suga boshini biroz egdi. Bu uning uchun g‘alaba emas edi. Bu — haqiqat edi.

— Sen qayerda eding? — deb so‘radi u.

— Qochib yurdim, — dedi Soyun. — Sening soyangdan.

Bu gap Jungkookni hayratda qoldirdi.
Ammo Suga… u buni allaqachon bilardi.

— Soya odamni ta’qib qilmaydi, — dedi u sokinlik bilan. — U faqat quyosh bor joyda paydo bo‘ladi.
U Soyunga yaqinlashdi yana bir qadam.

— Sen men uchun quyosh bo‘lgansan, Soyun. Shuning uchun qayerga borsang ham, men bor edim.
Soyun ko‘zlarini yumdi. Ko‘zlarida yosh yig‘ildi, lekin tushmadi.

— Men seni sevaman deganingni hech qachon eshitmadim, — dedi u pichirlab.

Suga bir zum jim qoldi.
Keyin sekin, aniq, sovuq ovozda dedi:

— Chunki sevgi — zaiflik.
— Men esa seni yo‘qotishni xohlamadim.
Bu so‘zlar Jungkookni titratdi.

— Hyung… bu sevgi emas, — dedi u. — Bu qamash.
Suga Jungkookka qaradi. Ilk bor uning nigohida ogohlantirish bor edi.

— Sen aralashma, — dedi u. — Bu hikoya sen paydo bo‘lishingdan oldin boshlangan.

Jungkook esa orqaga chekinmadi.

— Balki uni tugatish vaqti kelgandir, — dedi u qat’iy.
Soyun ularning o‘rtasida turardi. Ikki erkak. Ikki yo‘l.
Biri — o‘tmish.
Biri — noma’lum kelajak.

— Men bu yerda qolmayman, — dedi u birdan.

Suga qoshini sekin ko‘tardi.
— Qolasan, — dedi u xotirjam. — Chunki tashqarida seni kutayotgan hech kim yo‘q.
Bu gap yuragiga tegdi. Juda chuqur.

— Sen meni yolg‘iz qilding, — dedi Soyun titroq bilan.
— Yo‘q, — dedi Suga. — Men seni faqat o‘zimga tegishli qildim.

Jungkook oldinga chiqdi.
— Agar u xohlasa, men uni olib ketaman.
Xona jim bo‘lib qoldi.

Suga Jungkookka qaradi. So‘ng kulimsiradi. Juda sovuq kulgi.

— Sen uni olib ketishing mumkin, — dedi u. — Lekin u baribir qaytadi.
U Soyunga qaradi.

— Chunki u yuragini shu yerda qoldirib ketgan.
Soyun yuragini qo‘li bilan ushladi.

U yerda og‘riq bor edi.
Va inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat ham.

By Soyun yoqdi degan umitdaman💋