LOVE BENEATH THE SHADOW
Tong yorishdi, lekin Soyunning ichida hanuz tun edi.
U ko‘zlarini ochgan zahoti shiftga tikildi. Bu shiftni u ilgari ham ko‘rgan. Bu xonada ilgari ham uxlagan. O‘shanda u Suganiki bo‘lishdan qo‘rqmagan edi. Hozir esa aynan shundan qo‘rqardi.
U o‘rnidan turdi. Oyoqlari yalang, pol sovuq. Xuddi haqiqat kabi.
Eshik sekin ochildi.
— Uyg‘onding.
Bu savol emas edi.
Bu — bilish edi.
Suga ichkariga kirdi. U har doimgidek sokin, har doimgidek nazorat ostida. Qo‘lida qahva. Har doim
Soyun ichadiganidek shakar kam, achchiqroq.
— Hali ham eslab yuribsan, dedi Soyun achchiq tabassum bilan.
Suga stakanni stolga qo‘ydi.
— Men hech qachon unutmayman, dedi Ayniqsa seni.
Soyun orqasini o‘girdi.
— Meni unutmasliging meni sevishing degani emas, Yoongi.
Bu so‘z bir lahza havoda osilib qoldi.
— Sevgi haqida gapirma, dedi Suga past ovozda. Sen u so‘zni yengil ishlatasan.
Soyun keskin burildi.
— Chunki sen hech qachon aytmading! —dedi ovozi titrab. Men ketayotganimda ham, orqamdan bir og‘iz “qol” demading!
Suga ko‘zlarini yumdi. Juda qisqa. Juda sekin.
— Agar aytganimda, sen baribir ketarding.
— Yo‘q! dedi Soyun. Balki qolardim!
Suga unga yaqinlashdi. Juda yaqin. Nafaslari aralashdi.
— Sen yolg‘on gapiryapsan, dedi — Chunki sen erkinlikni sevasan.
— Men esa… egalikni.
Bu ochiq tan olish edi.
Qo‘rqinchli darajada ochiq.
Soyun ko‘zlarida yosh bilan unga qaradi.
— Shuning uchun ketdim, dedi u pichirlab. — Men o‘zimni yo‘qotib qo‘yayotgandim.
Suga jim qoldi. Bu jimlik jazodan og‘irroq edi.
— Sen ketganingdan keyin, — dedi u nihoyat, men bir kecha uxlamadim.
Soyun hayrat bilan qaradi.
Nima?..
—Har tun seni kutdim, dedi Suga. — Eshik ochilib kirib kelasandek.
Ammo kelmading.
U yuzini burdi.
— Shundan keyin men kutishni to‘xtatdim.
— Nazorat qilishni boshladim.
Soyunning yuragi siqildi.
— Demak… sen meni kuzatib yurgansan.
— Himoya qilganman, dedi Suga qat’iy. — Chunki sen o‘zingni himoya qila olmaysan.
— Kim dedi buni?!
— Men, — dedi u sovuq. — Chunki seni mendan boshqa hech kim bu darajada bilmaydi.
Eshik yana ochildi.
— Kechirasiz…
Jungkook.
U vaziyatni bir zumda sezdi. Xonadagi taranglik, Soyunning qizarib ketgan ko‘zlari, Suganing sovuq jimligi.
— Men noto‘g‘ri paytda keldim shekilli,
— Yo‘q, dedi Soyun tezda. — Balki ayni vaqti.
Suga Jungkookka qaradi.
— Sen hali ham bu yerda ekansan.
— Chunki men ketolmadim, — dedi Jungkook. — Uni bu holatda qoldirib.
Suga kulimsiradi. Lekin bu kulgi ko‘zlariga yetib bormadi.
— Sen uni qutqarmoqchisan. Lekin bilasanmi, Jungkook… u mendan qochib ketgan.
Sendan emas.
Bu so‘zlar Jungkookni jim qildi.
Soyun esa ichidan qichqirdi.
— Yetar! dedi u baland ovozda. — Men mukofot emasman!
— Men tanlovman!
Ikki erkak ham unga qaradi.
— Agar hozir ketsam, dedi Soyun Suga tomon qarab, sen meni to‘xtatolmaysan.
Suga javob bermadi.
— Va agar qolsam… — Soyun yutindi. — Bu sevgi bo‘lishi kerak. Qamoq emas.
Ular bir-biriga tikilib qolishdi.
— Men seni majburlamayman, dedi Suga nihoyat. — Men faqat… sabr qilaman.
Bu eng qo‘rqinchli javob edi.
Chunki Soyun bilardi:
Suganing sabri — tuzoq.
Va u bu tuzoqqa allaqachon bir oyog‘i bilan kirib bo‘lgan.
Deraza ortida shahar uyg‘onardi.
Ammo ularning hikoyasi endigina qorong‘ulashayotgan edi.
Suga xonani tark etdi.
Eshik yopildi.
Lekin uning mavjudligi hanuz havoda osilib qolgandi.
Soyun stulga o‘tirib qoldi. Nafasi og‘irlashgan, yuragi esa tartibsiz urardi. Bu uy uni yutib yuborayotgandek edi. Devorlar yaqinlashib, xotiralar bosib kelardi.
— Nafas ol, dedi Jungkook sekin.
U Soyunning qarshisida turardi. Bu yaqinlik boshqa edi. Bosim yo‘q. Nazorat yo‘q. Faqat ehtiyotkorlik.
— U doim shunaqami? deb so‘radi Jungkook. — Shunchalik… sovuqmi?
Soyun kulimsiradi. Achchiq, charchagan kulgi.
— Yo‘q U sovuq emas.
—U juda chuqur.
Jungkook tushunmadi, lekin so‘ramadi.
—Agar xohlasang, past ovozda, — hozir ketamiz. Men seni olib chiqib ketaman. Hech kim bilmaydi.
Soyunning ko‘zlari eshik tomonga ketdi.
U yerdan chiqish mumkin edi.
Lekin… yurak?
— Men qochib ketishdan charchadim, nihoyat. — Men bilmoqchiman…
— nega u meni qo‘yib yubormaydi.
Jungkook bosh irg‘adi.
— Unda ehtiyot bo‘l. — Chunki u seni yo‘qotishdan emas…
— seni bo‘shatishdan qo‘rqadi.
Bu gap Soyunning ichiga mixdek qadaldi.
--------------
Kechga yaqin Soyun yolg‘iz qoldi.
Uy juda katta edi. Juda jim. Bu jimlik uni ezardi.
U koridordan yurib, to‘xtab qoldi.
Suganing ish xonasi.
Eshik yopiq emas edi.
Ichkarida qorong‘ilik, faqat stol chirog‘i yonib turardi. Stol ustida hujjatlar, planshet… va eski rasm.
Soyun rasmini oldi.
Bu… ular edi.
Yoshroq. Baxtliroq. Hali qo‘rquv bo‘lmagan payt.
U eshik yonida turardi. Ovozida g‘azab yo‘q edi. Faqat charchoq.
— Sen buni ham saqlab yurgansan, — dedi Soyun past ovozda.
— Chunki bu haqiqat, dedi Suga. — Qolgan hammasi yolg‘on.
— Nega meni hech qachon tanlamadim demading? deb so‘radi Soyun birdan. Nega faqat “meniki” deding?
Suga sekin o‘tirib, qarshisidagi stulga ishora qildi.
— O‘tir, Agar savol berayotgan bo‘lsang, javobini ham eshitishga tayyor bo‘l.
Soyun o‘tirdi.
— Chunki men seni tanlash imkoniyatiga qo‘ysam, dedi Suga sokin ovozda, — sen ketishing mumkin edi.
— Demak, sen meni o‘zing uchun ushlab qolganingni tan olyapsan?
Bu javob ochiq edi. Bezaksiz. Qo‘rqinchli darajada rost.
— Men sevganimda, dedi Suga, — orqaga yo‘l qoldirmayman.
Soyunning ko‘zlaridan yosh chiqdi.
— Bu sevgi emas, Yoongi… dedi u titrab. — Bu qo‘rquv.
— To‘g‘ri, — dedi Suga. — Seni yo‘qotish qo‘rquvi.
U boshini egdi.
— Sen ketganingda, men o‘zimni yo‘qotdim.
— Shuning uchun seni nazorat qildim.
— Chunki nazorat — qo‘rquvni bosadigan yagona narsa edi.
Bu so‘zlar Soyunni larzaga soldi.
— Sen meni sindirding, — dedi u.
— Bilaman, — dedi Suga. — Va bu mening gunohim.
U o‘rnidan turdi va eshikka qarab yurdi.
— Shuning uchun hozir seni majburlamayman, — dedi orqasiga qaramay. — Agar ketmoqchi bo‘lsang, yo‘ling ochiq.
Eshik ochildi.
— Lekin bil, Soyun… — dedi to‘xtab. — Qayerga borsang ham, yuraging bu yerda qoladi.
Eshik yopildi.
Soyun joyida qotib qoldi.
Bu tahdid emas edi.
Bu — bashorat edi.
U asta qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.
Yuragi og‘riyotgandi.
Va u buni inkor qila olmasdi.
U hali ketmadi.
U hali qolishni tanlamadi.
Lekin Suganing soyasi ostida yuragi asta-sekin yana urishni boshladi.
Va eng yomoni…
u Jungkookning yonida ham
o‘zini bu qadar yo‘qotib qo‘ymagan edi.