♨️My baby girl♨️
Y/n_pov:
Men dadam kelishini avtobus bekatida kutib o'tirar edim. Qish bo'lganligi sababmi xavo juda ham sovuq, yuqa kiyingan edim. Dadam menga do'kondan qo'g'irchoq olib kelaman deb ketgan, xaliyam qaytmadi, juda ham qo'rqardim. Kech tushgan soat 10lar atrofida avtobus bekatiga bir qora mashina kelib to'xtadi.. mashinadan bir ayol tushib menga dedi
X: qizim yuraqol seni dadangni oldiga olib boraman
Y/n_pov:
Men bu ayolni tanimadim. Meni bunday qarindoshim yo'q. Ayol juda qimmatbaxo taqinchoqlar taqqan ko'rinishidan juda boyga o'xshar edi mashinasi ham qimmatbaxo. Nima deyishni bilmay mashinaga indamay chiqdim chunki u meni dadamning oldiga olib boraman degan edi.
Munxi:
Keyinchi keyin nima bo'ldi?
Y/n munxiga hammasini ayta boshladi
Y/n: Men atigi 6 yosh begunoh qiz edim. Onamning vafotidan so'ng dadam qimor va ichkilikga berilib ketdi. Xar kuni ichib kelib uyda janjal qilar edi... ) siz yig'lab yubordingiz.
Munxi: vooy Y/n yig'lama iltimos meni ham yig'latasan hozir.
Y/n ko'z yoshlarini artib gapida davom etdi:
Xar kuni kaltak yeyardim. Va bir kuni shomdan so'ng dadam ichmasdan keldi. Men xayron edim odatda dadam shom payti uyda emas qimorxonada bo'lar edi. Dadam menga yangi ko'ylak olib kelgan ekan uni kiydim. Va mashina chaqirtirdi biz do'konga ketayotganimizni va menga qo'g'irchoq olib bermoqchi ekanligini aytdi.
Munxi: naxotki o'z otang seni sotdi?
Y/n: xa... ) yana yig'lay boshladingiz.. Munxi sizning ko'z yoshlaringizni arta boshladi..
Munxi: iltimos bo'ldi yig'lama.
➖11 yil oldin
Ayol sizni xashamatli uyga olib keldi.
Siz uyga kirar ekansiz eshik oldida xizmatkorlar saf tortib turganini ko'rdingiz. Kechgi ovqatning xidi ufurib turardi va sizda qandaydir quvonch paydo bo'ldi. Siz ichkarida dadam meni kutayapdi deb o'ylar edingiz.
Ayol sizni uyga kiraverishdagi mexmonxonaga olib kirdi.
X: mening ismim Lisa. Sening onangman bu esa dadang ismi Fredric uni dada deysan
(Sorry kmni yozishni bilmadim sizga yangi ota ona uchun😂. Heyt kerak emas❗)
Yn: mening otam boshqa onam ham. Siz kimsizlar o'zi.
Lisa: qizim seni otang keladi. Ungacha seni ota onang biz bo'lib turamiz. Senga chiroyli ko'ylaklar olib beramiz chiroyli qo'g'irchoqlar ham. Va seni yaxshi maktabda o'qitamiz
Fredric: xa albatta qizim. Seni dadang albatta qaytadi faqat uning ishi chiqib qolibdida. Shuning uchun chet elga ketdi seni bizga tashlab ketdi qizmga yaxshi qaranglar men unga katta qo'g'irchoq bilan ko'p shokoladlar olib kelaman dedi qizim
Siz yosh edingiz va bu gaplarga albatta ishonib qoldingiz.
Albatta qizim. Yur kechgi ovqatmi qilamiz qorning ochdira? Xavo sovuq sovuqqotib qolgandirsan? Senga chiroyli ko'ylaklar olib qo'yganmiz
Siz quvonchdan porlaringiz. Lisa va Fredric bilan birga kechgi ovqatni qilib bo'lib. Lisa bilan bir xonaga yoʻl oldingiz.
Kunlar oʻtib borar ekan siz oʻz otangizni deyarli unitib yubordingiz. Har kuningiz quvonch bilan oʻtar edi. Kimsaning farzandi boʻlmaganligi sabab sizni otangizdan sotib oladi. Frederic juda boy edi. Ularning farzandi yoʻqligi uchunmi sizni oʻz farzandidek bekami koʻst katta qilishdi.
Siz 15 yosh edingiz. Xonangizda rasm chizib oʻtirar edingiz. Lisa keldi.
Lisa: ertaga amakinglar Amerikadan uchib kelishadi tayyorlanishimiz kerak
Y/n: men amakimni bir marta ham koʻrmaganman
Lisa: ular ham seni koʻrish uchun kelishyapdi. Rasmni ertaga chizasan yur shopping qilgani boramiz.
Siz oyingiz bilan doʻkon aylandingiz kiyimlar oldingiz. Kech tushdi. Otangiz ishdan keldi
Lisa: xayrli kech azizim ) Frederic bilan quchoqlashib koʻrishidi.
Siz chiroyli koʻylangingizni kiyib tushdingiz
Lisa: mana sizning malikangiz ) quvonib
Frederic: wow mening qizim buncha chiroyli boʻlib ketdi??
Lisa: ertaga akangiz kelyapdi ekan?!
Frederic: xabarim bor. Mayli yuringlar kechgi ovqatni qilaylik
Tong otdi. Quyoshning nurlari koʻzingizga tushar ekan siz allaqachon uygʻongan ekanligingizni sezdingiz. Yuvinib pastga tushdingiz. Stol ustida xat turgan edi
Qizim biz dadang bilan amakingni kutib olish uchun aeroportga ketdik. Sen nonushta qilib boʻlgach tayyorlanib tur tushlikni restoranda qilamiz.
Avtor_pov: Siz nonushtani tez qilib tayyorlana boshladingiz. Siz judayam baxtiyor edingiz sababi amakingiz va uning farzandlari bilan tanishish sizni yanada qiziqtirar edi... Ammo quvonishga xali erta! Amakingiz kelgandan soʻng nimalar boʻlishini keyingi qismda bilib olasiz