September 21

Sunshine...⭐️

Fanfiklarimda yashashni xoxlar edim- Munxi
U uylandi. Men esa bor alamimni oʻqishdan oldim. Ammo u rostdan, men esa qastdan...

Har kim baxtli boʻlishga xaqli, hoh u gunohkor inson boʻlsin, hoh begunoh, kambagʻal bo'lsa ham, boy boʻlsa ham, koʻr boʻlsa ham, nuravshon boʻlsa ham. Alloh hech kimni sevgan insonidan ayirmasin ekan. Sevgi huddi koʻzguga oʻxshaydi. Sevganingda oʻzingni kelajagingni koʻra olsanggina u xaqiqiy sevgidir. Agar koʻzgu kabi sevgini parchalasang... Uni tiklay olmaysan!. Bu hikoyamga hayotimning bir qismini qoʻshmoqchiman. Men bir marta sevdim ammo sevilmadim..)

Maktab.. yana farosatsiz sinfdoshlar, oʻqituvchilarning gʻiybatlari, hamma birinchi kundan moda uyida yurgandek yuribdi. Sening hayolingda faqat biri. U keldimi?)

Tong yorishdi, soat 5:50 Munxi oʻrnidan turdi. Buvisi hamon uxlardi shuning uchun uni uygʻotib yubormaslikga xarakat qildi va yuvinib nonushta qilishga oʻtirdi. Uch oy maktabdan taʼtil berilganda faqat oʻqidi. U yapon tilini oʻrganmoqda.

Munxi_pov: bugun maktabning birinchi kuni. Men maktabni sinfdoshlarimni va Sunshine ni juda koʻrgim kelayapdi. Tezroq borsam edi maktabga..

Munxi 15 yoshli, orzulari osmon kabi qiz. U buvisi bilan yashaydi. 5 yoshida Amerikadan Koreaga buvisi bilan kelgan. Ota-onasi avtoxalokat sabab Amerikada vafot etishgan shundan beri Munxiga buvisi gʻamxoʻrlik qiladi.

Soat 8 ga yaqinlashar ekan. Munxi eng yaqin dugonasi Mina ni chaqirish uchun keldi. Birga maktabga yoʻl olishdi. Uch oyda ular deyarli har kuni bir birini koʻrishgan chunki Mina ham Yapon tilini oʻrganish uchun Munxi bilan bir ustozga borgan.

Maktabga yetib kelishdi. Mina hamma sinfdoshlari bilan salomlashdi. Munxiga xech kim eʼtibor bermadi, bu Munxiga juda qattiq taʼsir qildi.

Munxi_pov: ahh.. bu juda gʻalati tuygʻu ekan, dugonalarim ham hatto men bilan salomlashishmadi, naxotki meni ajratishyapdi? Rostdan ham juda juda gʻalati his tuygʻu, yuragimda nimalardir oʻtayapti, ammo endi bular muhim emas

Darslar boshlandi, Munxi har tanafus maktab xovlisiga chiqdi. U bir yildan beri bir yigitni yaxshi koʻradi. Ammo buni Mina va Yunadan boshqa hech kim bilmaydi.

Munxi Sunshine ni qidirar ekan Yuna kelib qoldi. —"Kimni qidirayapsan Munxi", — Kimni ham boʻlardi Yuna, Sunshine nida"

Nihoyat uni topdi. U oʻqituvchilar bilan gaplashib turardi.

  • Sunshine — maxsus oʻzim oʻylab topgan nom. Bu nom rostdan ham bor. Fanfikda ismini qatnashtirmadim sunshine deb yozdim.

Sunshine matematika fanidan dars beradigan oʻqituvchi. Yoshi 22 da.

Munxi sunshine ga uzoq termuldi. "— Yuna, nima deb oʻylaysan u meni sal boʻlsa ham yaxshi koʻradimi?", Yuna biroz oʻylanib turdi, "— Albatta boya men sen bilan yurganimda u yonimizdan senga qarab oʻtib ketdi ammo sen buni koʻrmading", "— rostdanmii? Nahotkii? U menga qanday qaradii uzooqdan qarab keldimi? Keyinchi keyin nima boʻldi"

Munxi Yunani soʻroqqa tuta boshladi.

Avtor_pov: men 1 yil shunday savollar bilan Yunani soʻroqqa tutardim. "U menga qaradimi?", "Qayerda koʻrding uni", "u singlingni sinf raxbariku singlingdan aldab u haqida maʼlumotlar yigʻib ber", "Kecha profil rasmini o'zgartiribdi men rasmini saqlab qoʻydim😅" shu kabi gaplar. Ammo yaqinda bir xabar eshitdim va oʻzimni yoʻqotib qoʻydim.

Kunim har kungidek oddiy boshlandi. 18-sentabr, men nonushta qilib boʻlib qoʻlimni duoga ochdim "Yo Alloh, sunshine bilan taqdirimni birlashtir, uning qalbiga meni sol" umuman olganda bu duoni men oʻtirsam ham tursam ham aytib yuraman.

Maktabga yana yoʻl oldim. Darslar boshlanish arafasida, oʻtgan yili men Yuna bilan emas balki Daxyeon bilan birga oʻtirganim uchun u bu yil ham men bilan birga oʻtiradi deb oʻylagan ekan. U bilan oʻtirmaganim uchun xar kuni men va Yunaga juda yomon qaraydi. Menga doim "Sen meni ajratasan, darsda u bilan kulishib oʻtirasan, meni chopdinga?" degan gʻalati savollar beradi, umuman olganda men uchun hamma dugonam bir xil edi, ammo shunday vaqtlar keldiki yonimda faqat Yuna birligini xis qildim. Hamma meni tashlab ketdi, faqatgina ular uchun foydam tekkandagina kerak boʻldim holos. Endi aytingchi? Bunday dugonalarni nima deb atay?

3-dars tugadi. Men maktab oshxonasi tomon ketar ekanman Yuna menga bir gap aytdi va shu unda muzlab ketdim "— Munxi" u juda tashvishli qarardi "—Munxi hozir oʻzingni yoʻqotib qoʻyishing mumkin, ammo oʻzingni bosib ol, hullas... Sunshine uylanayabdi ekan"

Men bu gapni kutmagan edim. Shu onda butun boshli bir yil hayolimda charxpalakdek aylanib oʻtdi. Men uni maktabda qidirar edim. Uni doim Allohdan soʻrardim. Nima duolarim qabul boʻlmadimi? Nega uylanadi? Maktab karidorlaridagi nigohlarchi? Ular yolgʻonmidi?

Kelishingni kuta kuta, fotixa xabarini olgan men