April 22

Only Mine❗

My Royal is for Muna🎀

Muna BTS konsertiga bordi. U yerda Jimin Munani bir ko'rishda yoqtirib qoldi. Aslini olganda Muna ham jiminni juda qattiq sevar edi. Va uning biasi ham Jimin edi. Konsert tugadi hamma birin ketin keta boshladi. Jiminning ko'zlari Munani qidirar ekan uni yo'qotib qo'yganini sezdi. Memberlar bilan saxna ortidagi kiyinish xonasiga yo'l olar ekan bir qiz uni xona oldida kutayotganini Jk unga aytdi. Jimin borsa u Muna edi.
Muna: Salom
Jimin juda xursand bo'lib ketdi.
Jimin: salom chiroyli qiz.
Muna: sizdan dasxat olsam bo'ladimi?
Jimin kuldi: albatta

Jimin qizning quvonchdan porlayotgan ko'zlariga tikilib dasxatni qo'ydi va dedi:

Ertaga funmeeting kelasizmi?

Munaning birdan kayfiyati tushdi.

Muna: ochig'ini aytsam... Kela olmasam kerak

Jimin: nega axir?

Muna: men.. men koreada ham o'qib ham ishlayman. Kontraktlarimni to'lashim kerak. O'zi konsert uchun pul ajratib zo'rg'a keldim. Funmeeting juda qimmat bo'lsa kerak) muna uyalib gapirardi.

Jimin: oxx sen yolg'izmisan koreada xech kiming yo'qmi?

Muna: yo'q ota onam boshqa davlatda men korealik emasman bu yerga o'qish uchun kelganman

Jimin: tushunarli sen menga raqamingni qoldira olasanmi?

Muna Jiminga raqamini berdi.

Kech bo'ldi Munaga begona raqamdan qo'ng'iroq bo'ldi.

Muna: eshtaman

Jimin: bu men Jimin

Muna juda xursand bo'lib ketdi

Muna: men siz telefon qilmaysiz deb o'ylagan edim

Jimin: unday emas. Menga uy manzilingni ayta olasanmi?

Muna: nega?

Jimin: kerak edi.

Muna Jiminga uy manzilini aytdi. Yarm soatdan so'nf eshik jiringladi bu Jimin edi.

Jimin: Yana bir bor salom

Muna: xush kelibsiz

Jimin: bu yerga kelganimning sababi... Hullas men seni yoqtirib qoldim

Muna shokda (😂)

Jimin: men ko'rgan qizlar ichida eng chiroylisi va beg'ubori sensan. Bu gaplarim rost

Muna: m.mmen..

Jimin: tshsh ) munaning lablarini barmoqlari bilan berkitdi.

Jimin: sen ham meni sevasanku? To'g'rimi?

Muna: qiz boladan bu narsani qanday so'raysiza? Men uyalaman

Jimin kulib yubordi. U kulganda juda chiroyli bo'lib ketadi.

Jimin: senga uchrashish taklifini bermoqchiman

Muna: lekin siz Idolsiz

Jimin: nima qilibdi. Biz yashirincha uchrashib yuramiz ) jilmayib

Hullas Jimin Muna bilan uchrashishni boshladi.

Oradan ancha vaqt o'tdi. Jimin biroz o'zgarib qolgan edi. Munaga avvalgidek yaxshi munosabatda emas edi. Unga qo'pol gapirara vaqti kelganda jerkib tashlardi. Muna juda xafa bo'lardi.

Munaning tug'ilgan kuniga 1 kun qolgan Jimindan darak yo'q. Muna naxotki Jimin mening tug'ilgan kunimni unutdi deb siqilar edi. Shu payt Munaga qo'ng'iroq bo'ldi. Bu jimin edi.

Muna: Alo Jimin

X: kechirasiz telefon egasi avtoxalokatga uchradi kontaktidagi birinchi raqam siz ekansiz shifoxonaga tez yetib kela olasizmi?

Muna bu xabarni eshitib muzlab ketdi. Shifoxonaga qanday borganini bilmay ham qoldi. Shifoxonada xech kim yo'q. Jim jit. Shu payt sharlar yorildi.

Jimin qo'lida katta buket gul bilan Muna tomon kela boshladi. Muna xayratda

Jimin: tug'ilgan kuning bilan sevgilim

Muna yig'lab yubordi

Muna: m.mm.men .. s.ssizz..

Jimin: agar shunday bahona topmaganimizda syurpriz o'xshamas edi.

Muna: men sizdan xafa edim. Menga yomon munosabatda edinfiz. ) yig'lab

Jimin: kechir o'zim ham zo'rg'a senga yomon gapirar edim. Tug'ilgan kuning yaqin edi. Shuning uchun shunday qildim. Kechir sevgilim iltimos.

Muna: mayli faqat keyingi safar bunday bo'lmasin.

Jimin cho'ntagidan uzuk chiqardi va tiz cho'kib:

-Men bilan birga qarishga rozimisan

Muna kulib yubordi

Muna: albatta ) kulgu aralash yosh chiqar edi

Shu payt Munaning dugonalariyu BTS memberlari ularni videolarga olishdi. Birga qo'shiq kuylashdi. Va mazza qilib raqs tushishdi. Bu tug'ilgan kun Munaning xayotida o'chmas iz qoldirdi

Va ular baxtli xayot kechirishdi.

Muna uchun Reaksiya🎀

Xato va kamchiliklar uchun uzur. Yoqqan bo'lsa fikr va reaksiya qoldiring🙂❤️