Not everything is as it seems.
Ombor ichidagi sovuq devorlar Jungkookning daxshatli hayqirig‘idan titrardi. U qoniga belanib, jonsiz yotgan Taehyungni mahkam quchoqlab olgan, hech kimga yaqinlashtirmas edi.
Jungkook: TAEHYUNG! KO‘ZINGNI OCH! HAZILLASHMA, TUR O‘RNINGDAN!
Nick: (yugurib kelib, qaltiroq qo‘llari bilan Taehyungning pulsini tekshirdi) Janob... puls yo‘q. U... u nafas olmayapti!
Jungkook: (Nickni itarib yubordi) YOLG‘ON GAPIRMA! U shunchaki charchadi... u hozir uyg‘onadi!
N: mashinaga olib chiqing janob kettik
Shifoxonaga yetib kelishganida, shifokorlar Taehyungni zambilga solib olib ketishayotganida, Jungkook uning qo‘lidan tutib, qo‘yib yuborgisi kelmasdi. Oradan bir necha soat o‘tgach, operatsiya xonasi tepasidagi chiroq o‘chdi. Doktor chiqib, ko‘zlarini yerga qaratdi.
Nick: Doktor, ayting... iltimos, biror nima deng!
Doktor: Afsusdaman... O‘q o‘pkaga jiddiy shikast yetkazgan va ko‘p qon yo‘qotish natijasida bemor vafot etdi.
Jungkook bu gapni eshitgan chog‘da, go‘yo uning ichida nimanidir sug‘urib olishgandek bo‘ldi. U na yig‘lay oldi, na baqira oldi. U shunchaki qotib qoldi. Uning ko‘z oldida Taehyungning oxirgi marta jilmayib ko‘z yumgani tinmay aylanaverardi.
Jungkook: NIMALAR DEYAPSAN?! U TIRIK! HOZIR KIRIB UNI O‘ZIM UYG‘OTAMAN!
Nick va qorovullar Jungkookni zo‘rg‘a ushlab qolishdi. Jungkook tizzalab yerga yiqildi va butun shifoxonani larzaga keltirib dod soldi. Bu uning hayotidagi eng og‘ir kecha edi.
Jungkook butunlay so‘ndi. U endi odamlar orasiga chiqmas, hatto yashashga ham xohishi qolmagan edi. U uydagi barcha chiroqlarni o‘chirib, qorong‘ulikda o‘tirardi. Faqatgina Taehyungning xonasi daxlsiz edi — u yerda hech narsa o‘zgarmagan, hatto havoda hamon uning hidi turgandek edi.
Nick: Janob, sizga ovqat olib keldim. Iltimos, ozgina bo‘lsa ham yeng, siz juda ozib ketdingiz.
Jungkook: (sovuq va o‘lik ovozda) Uni ko‘mdik-a, Nick? Haqiqatan ham u o‘sha qora tuproq ostidami?
Nick: (boshini egib) Ha, janob... O‘zingizni qo‘lga oling.
Jungkook birdan kulishni boshladi. Bu kulgi emas, ko‘proq faryodga o‘xshardi.
Jungkook: . U o‘z joni bilan o‘sha gunohlarni yuvdi... Men esa uni asrab qololmadim! Men unga "sen menikisan" degandim, lekin u o‘limniki bo‘lib ketdi!
Nick: Janob, u o‘limi oldidan "Jungkookdan voz kechmayman" degan edi... U sizni sevishini isbotladi.
Jungkook o‘rnidan turib, devorda osig‘liq turgan Taehyungning portretiga yaqinlashdi. Uning barmoqlari portretdagi chehrani siladi.
Jungkook: Men har kecha uning ovozini eshityapman, Nick. U meni chaqiryapti. Go‘yo u mana shu uydadek... bir burchakda turib menga qarab turgandek.
Nick: Bu shunchaki tushingiz, janob. Ruhiyingiz charchagan.
Shu payt tashqarida qattiq momaqaldiroq gumburladi. Jungkook derazaga qaradi va ko‘cha chirog‘i ostida bir kishining soyasini ko‘rgandek bo‘ldi. O‘sha tanish qomat, o‘sha tanish turish...
Jungkook: (shoshib derazani ochdi) TAEHYUNG?!
U yomg‘ir ostiga otilib chiqdi. Hech narsaga qaramay, darvoza tomon yugurdi. Ko‘cha bo‘m-bo‘sh edi. Faqatgina yomg‘ir shovqini eshitilardi. Jungkook loyga tizzalab o‘tirdi va osmonga qarab baqirdi.
Jungkook: NEGA MENI ALDAYAPSAN, HAYOL?! NEGA UNI HAR JOYDA KO‘RSATYAPSAN?!
Jungkook: (pichirlab) Agar u o‘lgan bo‘lsa... nega men hali ham uning nafasini his qilyapman? Nega yuragim u tirik deb urishdan to‘xtamayapti?
Nick: Janob, yuring, ichkariga kiraylik... Shamollab qolasiz.
Jungkook: (Nickga qarab) Menga qara, Nick. Agar men o‘lsam, meni uning yoniga qo‘yinglar. Faqat o‘shanda men tinchlanaman.
Jungkook yomg'ir ostidan uyga qaytganda, uning ko'zlari endi yig'lamasdi. Ular sovuq va qat'iyatli edi. U dush qabul qilmadi, kiyimlarini almashtirmadi. To'g'ri ish xonasiga kirdi va seyfdan qurolini oldi.
Nick: Janob, nima qilmoqchisiz? O'zingizni bosing!
Jungkook: (sovuq ohangda) Nick, Lucas qayerda?
Nick: U vaqtincha saqlash hibsxonasida, janob. Ertaga uni asosiy qamoqxonaga ko'chirishadi.
Jungkook: Ertagacha kutolmayman. Uni hoziroq menga keltirishingni xohlayman. Yo'lini top. Pul kerakmi, kuch kerakmi — menga farqi yo'q. Bugun Lucas men bilan yuzma-yuz keladi.
Nick Jungkookning ko'zidagi o'limni ko'rdi va qarshilik ko'rsatish foydasiz ekanini tushundi. Ikki soatdan so'ng, Lucasni maxfiy ravishda o'sha eski omborxonaga — Taehyungning qoni to'kilgan joyga olib kelishdi.
Lucasning qo'llari zanjirlangan, yuzi urilganidan shishib ketgan edi. Jungkook zulmatdan sekin chiqib keldi. Uning qo'lida temir tayoq va pichoq bor edi.
Lucas: (kulib) Nima, meni o'ldirasanmi? Baribir u qaytib kelmaydi! Taehyung o'ldi! U senga emas, tuproqqa nasib qildi!
Jungkook hech narsa demay, Lucasning yuziga temir tayoq bilan qattiq zarba berdi. Lucas yerga quladi, og'zidan qon sachradi.
Lucas: U senga loyiq emas edi...
Jungkook: (pichoqni uning oyog'iga sanchdi) SEN UNING ISMINI AYTISHGA HAM LOYIQ EMASSAN! Endi sen har bir tomchi qoni uchun javob berasan!
Sorry girl sorry, endi silani azoblavuraman