Not everything is as it seems.
Oradan roppa-rosa bir yil o'tdi. Shveytsariya alp tog'larining eng baland cho'qqilari orasida, moviy ko'l bo'yida bir saroydek uy qad ko'targan. Bu yerda vaqt to'xtab qolgandek edi. Atrofda faqat qushlarning xonishi, suvning shildirashi va sevgi nafasi eshitiladi. Bu yerda na dushman bor, na qurol ovozi. Faqatgina to'rtta qalb — bir-birini dunyolardan ortiq sevadigan insonlar bor.
Hammasi o'sha oroldagi qonli kechadan boshlangandi. Nick yelkasidan og'ir yaralanib, shifoxonaning sovuq xonasida yolg'iz yotganida, hayotdan butunlay umidini uzgan edi. U o'zini shunchaki Jungkookning soyasi, bir qurol deb bilar edi. Ammo o'sha kuni xonaga Seon kirdi
Seon — o'ta mehribon, ko'zlari doim jilmayib turadigan yosh shifokor edi. U Nickning jarohatlarini bog'layotganida, Nickning ko'zlaridagi muzni ko'rdi.
Nick: (sovuq ohangda) Nega menga bunchalik e'tibor beryapsan? Men shunchaki askarman.
Seon: (to'xtab, Nickning ko'zlariga tik qaradi) Siz askar emas, insonsiz. Va siz juda chiroyli qalbingizni yashirib o'tiribsiz. Men o'sha qalbni ko'ryapman, Nick.
O'sha kundan boshlab Seon har kuni unga kitoblar o'qib berar, unga tashqaridagi gullar haqida gapirardi. Nick hayotida birinchi marta o'zini kimdir uchun qadrli ekanini his qildi. Bir kuni kechasi Nick chiday olmay Seonning qo'llaridan tutdi.
Nick: (titroq ovozda) Seon... men hayotimda hech qachon birovni sevish nimaligini bilmaganman. Men faqat o'ldirishni bilardim. Meni shundayligimcha qabul qila olasanmi?
Seon: (Nickning yuzidan silab) Men sening o'tmishingni emas, sening hozirgi mehringni sevaman, Nick.
Shu tariqa, Nickning sovuq dunyosi Seonning qaynoq mehri bilan isidi. Ular bir-birlari uchun borliqqa aylanishdi.
Bugun — o'sha buyuk kun. Jungkook va Taehyungning nikoh oqshomi. Uy ichi minglab oq va binafsha rangli gullar bilan to'ldirilgan. Nick hovlida so'nggi tayyorgarliklarni ko'rayotganida, Seon kelib uning belidan mahkam quchoqladi.
Seon: Biz buni uddaladik, Nick. Ular baxtli. Biz ham baxtlimiz.
Nick: (Seonning qo'llarini o'pib) Ha, Seon. Rahmat senga. Sen bo'lmaganingda men bu baxtni ko'rmasdim.
Kech kirganda, ko'l bo'yida mash'alalar yoqildi. Taehyung chiqib keldi. Uning egnidagi oppoq kastyum-shim va bo'ynidagi nozik dur marjoni uni go'yo afsonaviy shahzodaga aylantirgan edi. Uning yuzi avvalgidek benuqson, ko'zlari esa hayajondan porlardi.
Jungkook yo'lak oxirida uni kutib turar ekan, tizzalari qaltirar edi. U Taehyungning jonsiz tanasini quchoqlab yig'lagan kunlarini esladi. U Taehyungning o'lim xabarini eshitganda o'zini o'ldirmoqchi bo'lganini esladi. Endi esa... u mana shu farishtani o'zining qonuniy turmush o'rtog'i qilish arafasida edi.
Jungkook: (Taehyung uning oldiga kelganida, ko'z yoshlarini tiya olmadi) Sen... sen juda go'zalsan. Men bu kunni tushimda ham ko'rishga qo'rqardim.
Taehyung: (Jungkookning qo'llarini mahkam qisib) Bu tush emas, Jungkook. Bu bizning haqiqatimiz.
Ular uzuklarni bir-biriga taqishdi. Atrofdagi hamma — Nick, Seon, shifokorlar, xizmatchilar — hammaning ko'zida yosh edi. Bu shunchaki to'y emas, bu zulmat ustidan g'alaba qozongan nurning bayrami edi.
Jungkook: (Taehyungning peshonasini o'z peshonasiga bosib) Men senga qasam ichaman, Taehyung. Sening ko'zingdan endi hech qachon yosh oqmaydi. Men sening qalqoning bo'laman. Sening har bir tabassuming uchun jahonni qurbon qilaman. Men seni o'limdan ham kuchliroq, cheksizlikdan ham uzoqroq sevaman!
Taehyung: (ovozi titrab) Jungkook... Men o'sha omborda ko'zimni yumganimda, sening ismingni aytib o'lgan edim. Men senga qaytib keldim. Chunki sening seving meni hattoki o'sha dunyodan ham sug'urib oldi. Men seni nafaqat bu hayotda, balki minglab hayotlarda ham qidirib topaman va faqat seniki bo'laman!
Ular mahkam quchoqlashib, uzoq vaqt bir-birini qo'yib yuborishmadi. Bu sahnani ko'rib turgan Nick Seonning yelkasiga bosh qo'yib, o'ksib-o'ksib yig'lardi. U birinchi marta baxtdan yig'layotgan edi....