Orphan.
Taehyung eshik ortida qaqshab turardi. Uning barmoqlari eshik tutqichiga shunday qattiq yopishgan ediki, bo‘g‘inlari oqarib, titray boshladi. Har bir zarba uning ko‘ksiga urilgandek bo‘lar, Jungkookning har bir faryodi uning qalbini tilla-pora qilardi.
Taehyung: (Pichirlab, ko‘zlarini mahkam yumgancha) "Ochma, Taehyung... Agar hozir ochsang, uni tiriklayin yeb bitirasan. Uni asrab qolishning yagona yo‘li — mana shu temir eshik..."
Jungkook darmonsiz holda eshikka suyanib, polga o‘tirib qoldi. Uning tana harorati yana ko‘tarila boshlagan, yig‘idan ko‘zlari shishib ketgan edi.
Jungkook: "Aka... bilaman, eshik ortidasiz. Nafas olishingizni eshityapman. Nega bunchalik toshbag‘irsiz? Amerikada meni sog‘inganingiz yolg‘onmidi? O‘sha tunda menga tegib turib 'faqat meniki bo‘lasan' deganingiz shunchaki mastlikmidi? Iltimos... oching... yoki meni haydab yuboring, faqat jim turmang!"
Taehyung javob bermadi. U xuddi haykaldek qotib turar, yuzidan oqayotgan ko‘z yoshlari uning sovuq chehrasini yuvib tushardi. U Jungkookning har bir so‘zidan o‘zini jazolayotganini his qilar, lekin sukut saqlashda davom etardi.
Oradan bir soat o‘tdi. Ikki soat... Tashqarida yomg‘ir yog‘a boshladi. Jungkook uydan yupqa kiyimda chiqib kelgani sababli, dahlizning sovuq havosidan titray boshladi.
Taehyung xonadagi monitorni yoqdi. Eshik oldidagi kuzatuv kamerasidan Jungkookning ahvolini ko‘rdi. Jungkook eshikka boshini tirab, sovuqdan g‘ujanak bo‘lib uxlab qolgan (yoki hushidan ketgan) edi. Uning yuzi oqarib, lablari ko‘karib ketganini ko‘rgan Taehyungning yuragi g‘ajilib ketdi.
Uning qo‘li tutqichga bordi, lekin u to‘xtadi. U o‘sha tunda Jungkookning azobdan baqirganini, isitma ichida aljiraganini esladi.
Taehyung: (Oyna ortidan Jungkookning tasviriga qarab, sovuq va qat’iy ovozda) "Seni sog‘inishim — senga azob berishimdir. Seni sevishim — seni o‘ldirishimdir. Shuning uchun, sen men uchun endi o‘lgansan, Jungkook. Men esa sen uchun..."
Taehyung telefonini oldi va Janob Jeonning raqamini terdi.
Taehyung: "Ota... Jungkook mening uyim bo‘sag‘asida hushsiz yotibdi. Odamlaringizni yuborib uni olib keting. Va unga ayting: agar yana bir marta bu yerga kelsa, men uni politsiyaga topshiraman yoki shahardan butunlay ketaman. Men uni ko‘rishni xohlamayman."
Jeon:Nega, bunday qilyabsan Taehyung?
Taehyung:Ota... men tushuntira olmayman, iltimos olib keting.
Oradan ko‘p o‘tmay, tansoqchilar kelib, Jungkookning jonsizdek tanasini ko‘tarib ketishdi. Taehyung deraza ortida, pardani bir oz surib, Jungkookning mashinaga solinishini kuzatdi. Uning ko‘zlarida endi zarracha yosh qolmagan, faqat cheksiz va daxshatli qorong‘ulik hukmron edi.
U Jungkookning tushirib qoldirgan mitti dastro‘molini (bolaligida Taehyungning chamadoniga solib qo‘ygan dastro‘moli) ko‘rib qoldi. Tashqariga chiqib, yomg‘ir ostida o‘sha matoni oldi va uni mahkam siqdi
Taehyung uyga kirdi, eshikni ichkaridan yetti qulfga qulfladi va chiroqlarni o‘chirdi. U zulmatda o‘tirib, o‘sha dastro‘molni hidladi. Undan Jungkookning va yomg‘irning hidi kelardi.
Taehyung: "Erkinlik senga yarashadi, mitti farishtam. Men esa o‘z do‘zaximda qolaman."
Ertasi kuni Jungkook kasalxonada ko‘zini ochganida, unga Taehyungning so‘nggi so‘zlarini yetkazishdi: "U sizni ko‘rishni istamaydi. Hech qachon."
Taehyung o‘zining qorong‘u kvartirasida o‘tirib, Jungkookni hayotidan chiqarib tashladim deb o‘ylardi. Lekin u Jungkookni qanchalik itarsa, Jungkook shunchalik uning hayotiga chuqurroq kirib borish yo‘lini topdi.
Oradan bir yil o‘tdi. Bir kuni Taehyungning eshigi oldiga advokatlar keldi. Janob Jeon (otalari) og‘ir kasallikka chalingani va butun korporatsiya boshqaruvini faqat bitta shart bilan Taehyungga qoldirishi haqida vasiyatnoma imzolangani ma’lum bo‘ldi.
Shart bitta edi: Taehyung korporatsiyani boshqarish uchun oilaviy uyga qaytishi va Jungkook o‘qishni bitirguncha u bilan birga yashashi, uning shaxsiy vasiysi bo‘lishi shart. Agar Taehyung rad etsa, oilaviy boylikning barchasi xayriya fondlariga o‘tib ketadi va Jungkook ko‘chada qoladi.
Taehyung bu tuzoq ekanligini bildi, lekin Jungkookni chindan ham ko‘chada qoldira olmasdi. U tishlarini qisib, o‘sha nafratlangan uyga qaytdi.
Taehyung uyga qaytganida, uni o‘sha mitti va yig‘loqi bolakay emas, balki mutlaqo boshqa odam kutib oldi. Jungkook endi baqirmas, yalinmas va yig‘lamas edi. U xuddi Taehyung kabi muzdek, beparvo va sovuq qiyofaga kirgan edi.
Kechki ovqat paytida ular yuzma-yuz o‘tirishdi.
Taehyung: (ovqatga qaramay) "Men bu yerda faqat vasiyatnoma sharti bilan turibman ota onamiz kelishini kutaman. Senga tegmayman, sen bilan gaplashmayman. Sen men uchun bu uyda yo‘qsan."
Jungkook: (pichoq va sanchiqni ohista qo‘yib, Taehyungning ko‘zlariga tik qaradi) "Xavotir olmang, janob Taehyung. Men ham sizni sog‘inganim yo‘q. Menga faqat pullarim va xavfsizligim kerak. Siz esa... shunchaki mening 'qonuniy soyam'siz."
Jungkook Taehyungning sovuqqonligini sindirish uchun xavfli o‘yin boshladi. U har kuni kechasi uyga mast holda kelar, egnida begona yigitlarning kiyimlari bo‘lar va Taehyungning ko‘zi oldida telefonida kimlar bilandir flirt qilib gaplashardi.
Bir kuni tunda Jungkook uyga o‘zining "yangi do‘sti" bilan keldi. Ular zalda, Taehyungning ko‘zi oldida bir-biriga juda yaqin o‘tirib, kulishib gaplashishardi.
Jungkook: (ataylab baland ovozda) "Ha, bu uyda zerikarli. Akam... u shunchaki mebelga o‘xshaydi, e’tibor berma. Kel, xonamga chiqamiz."
Taehyungning qo‘lidagi qog‘ozlar g‘ijimlanib ketdi. U o‘zini to‘xtatishga urindi, lekin o‘sha begona yigit Jungkookning belidan ushlaganini ko‘rganda, uning tomirlarida qon qaynadi.
Mehmon ketishi bilan Taehyung Jungkookni zinapoyada to‘xtatdi. Uning ko‘zlari qonga to‘lgan, nafas olishi og‘irlashgan edi.
Taehyung: "Nima bu qiliq?! Bu uyga begonalarni olib kelish taqiqlanganini bilmaysanmi?!"
Jungkook: (beozor va sovuq ohangda) "Nega g‘azablanyapsiz? Axir men siz uchun 'yo‘q' edim-ku? Kim bilan nima qilishim — mening erkinligim. Siz shunchaki vasiysiz, xo‘jayin emassiz."
Taehyung Jungkookni devorga shunday qattiq itardiki, Jungkookning nafasi qaytib ketdi. Taehyung uning yuziga juda yaqin keldi, ularning lablari orasida bir millimetr masofa qolgan edi.
Taehyung: "Sen mening sabrimni sinayapsanmi, Kooki? O‘sha tunda nima bo‘lganini esingdan chiqardingmi? Men yana o‘sha maxluqqa aylanishimni xohlayapsanmi?!"
Jungkook: (uning ko‘zlariga tik qarab, pichirladi) "Aynan shuni kutyapman... Chunki sizning nafratingiz bu sovuq sukunatingizdan ko‘ra haqiqiyroq."
Taehyung kutilmaganda Jungkookning lablaridan tishlab oldi. Bu nafrat aralash sog‘inch edi. Lekin u o‘zini shartta orqaga tortdi.
U Jungkookni zinapoyada qoldirib, o‘z xonasiga qamaldi. Lekin u bilar edi: endi bu o‘yinda kim ovchi va kim o‘lja ekanligi noma’lum bo‘lib qoldi.