January 8

Witness.

1-qisim

By:Mizumi

Tungi Seul ko'chalari tinimsiz yog'ayotgan yomg'ir ostida qolgan. Seokjin ishdan kech qaytayotgan edi. U qisqa yo'ldan ketaman deb, qorong'u va tor ko'chaga qayrildi. Aynan shu xatosi uning hayotini butunlay o'zgartirib yubordi.

Devor ortidan eshitilgan bo'g'iq ovoz va nimadir og'ir narsaning yerga tushgani uni to'xtashga majbur qildi. Jin qiziqish ustun kelib, burchakdan mo'raladi... va dahshatdan qotib qoldi. Qora kiyimli kishi yerda yotgan odamning ustiga egilib turardi.

​Jin: (pichirlab) Xudoyim... nima qilyapti u?

Shu payt oyog'i ostidagi bo'sh konserva qutisi qattiq ovoz chiqardi. Qotil chaqqonlik bilan ortiga o'girildi. Osha odam jini oldiga yugurdi, jin esa ortida devor bolgani un qarama qarshi emas chap tamondan qotil oldirgan murda tamon yugurdi va murdani ustiga yiqilb tushdi, bor kuchi bilan turib yugurdi. U orqasidan qadam tovushlarini eshitib turardi. Katta ko'chaga chiqib, yaqin atrofdagi politsiya mahkamasiga o'zini urdi.

Mahkama ichida hamma band. Faqat burchakda, stol ustiga qog'ozlarni yoyib tashlagan, ko'zoynakli va o'ta jiddiy ko'rinishdagi erkak unga qarab boshini ko'tardi.

​RM: Janob, sizga yordam kerakmi? Nega qon ichidasiz?

​Jin o'z ustiga qaradi — yiqilganida qotillik joyidagi qon uning oq ko'ylagiga sachragan edi.

Jin: Men... men ko'rdim! U o'ldirdi! Uni pichoqladi! Orqamdan kelyapti!

RM: Tinchlaning. Men detektiv Kim Namjoonman. Menga hammasini boshidan gapirib bering. Hech qaysi detalni tushirib qoldirmang.

Jin: men ishdan qaytayotgan edim, men ovqat pishiraman juda zor yeb korasizmi? Hozir qilib beraymi?

Nam: janob axmoqmisz nima korganingizni ayting!!

Jin: ha aytgancha, men ishdan kelayotganimda qora kochadan yurishni tanladim va u yerda bittasi bir odamni pichoqlab tashladi.

​Jin bir necha soat davomida so'roq berdi. Namjoon uni diqqat bilan kuzatardi. Jinning nafaqat gaplari, balki uning chiroyli, ammo qo'rquvdan bo'zarib ketgan yuzi ham Namjoonning e'tiborini tortdi. So'roq tugagach, mahkamaga boshqa bir politsiyachi shoshilib kirdi.

Politsiyachi: Detektiv RM, yomon xabar! Biz haligi ko'chani tekshirdik, lekin u yerda hech qanday jasad yo'q! Hech qanday iz qolmagan.

RM: Janob, jasad yo'q ekan. Demak, siz yo aldayapsiz, yoki... o'sha qotil sizni hozir ham kuzatyapti.

Jinning rangi oqarib ketdi. Namjoon uning qulog'iga yaqin kelib, past ovozda davom etdi:

​RM: Agar u jasadni yo'qotgan bo'lsa, demak, yagona guvohni ham yo'qotishga harakat qiladi. Bugundan boshlab, siz mening uyimda yashaysiz. Faqat mening nazoratim ostida.

Jin: Nima? Sizning uyingizda? Lekin men sizni tanimayman-ku!

​RM: Meni tanimasligingiz mumkin, lekin hozir sizni o'limdan asrab qoladigan yagona odam — menman. Keting, mashinada kutib turaman. Yana ismingiz nima?

Jin: wwh

Nam: nima?

Jin: world wide handsome

Nam: hazilashyabsizmi?

Jin: Seokjin man shunchaki Jin

Nam: vaqtimni olmay shuni aytsangiz bolmaydimi?

Jin: yoq

Namjoon stol ustidagi to'pponchasini beliga qistirdi. Jin narsalarini yig'ishtirib, tashqariga chiqdi. Yomg'ir hali ham quyardi. Mashinaga o'tirmoqchi bo'lganida, Jinning telefoni jiringladi. Noma'lum raqam.

Jin qo'rqib tugmani bosdi. Telefonda faqat og'ir nafas olish eshitildi va sovuq ovoz:

X:​"Ko'ylagingdagi qon hali qurimadi, Seokjin... Men seni topdim."

Jin baqirib yubordi va telefonini yerga tushirib yubordi. Namjoon darhol mashinadan tushib, uning yoniga keldi.

RM: Nima bo'ldi?!

Jin: (titrab, RM ning paltosidan mahkam ushlab) U... u meni topdi! RM, u hozirgina qo'ng'iroq qildi!

Namjoon atrofga qaradi, qorong'u burchakda turgan qora mashinaning chiroqlari bir marta yonib-o'chdi.

Namjoon u tomon yugurdii ammo masina tezda u yerdan yoq boldi.

RM: nomeri ham yoq ekan...

.

.

.

.

Yomg‘ir mashina oynasini shiddat bilan urar, salon ichidagi sukunatni faqat Namjoonning og‘ir nafasi va Jinning titrayotgan barmoqlari buzardi. Namjoon mashinani Seulning chekkasidagi yuqori texnologiyali, xavfsizlik tizimi kuchli bo‘lgan turar-joy binosi tomon boshqarardi.

Jin: (pichirlab) U meni qayerdan topdi? Raqamimni qayerdan oldi? RM, u meni o‘ldirmoqchi, to‘g‘rimi?

RM: Tinchlaning, Seokjin. Men sizga va'da berdim — sizga hech narsa bo‘lmaydi. Mening uyim — bu shahar markazidagi eng xavfsiz joy. U yerga hatto pashsha ham ruxsatsiz kirmaydi.

Ular binoning yer osti avtoturargohiga kirishdi. Namjoon atrofni sinchiklab ko‘zdan kechirib, Jinni liftga yetakladi. Namjoonning qo‘li hamon Jinning bilagidan mahkam tutgan, go‘yo qo‘yib yuborsa, u g‘oyib bo‘ladigandek edi.

Namjoonning kvartirasi sovuq, minimalist uslubda va haddan tashqari tartibli edi. Har bir narsa o‘z joyida — xuddi egasining hayoti kabi.

RM: Mana, kirdik. Siz shu yerda qolasiz. Tashqariga chiqish, derazalarni ochish yoki chiroqni yoqish taqiqlanadi. Tushunarlimi?

Jin: (biroz o‘ziga kelib) Nima? Chiroqsiz qorong‘uda o‘tiramanmi? RM, men oshpazman, qorong‘uda hatto pichoqni ham topolmayman! Va... nega uyingiz bunchalik sovuq? Xuddi muzxonaga o‘xshaydi.

RM: Xavfsizlik qulaylikdan muhimroq. Men sizga quruq kiyim beraman, ho‘l ko‘ylagingizni yeching. Undagi qon namunalarini laboratoriyaga yuborishim kerak.

Namjoon yotoqxonasidan o‘zining keng qora futbolkasini olib chiqib, Jinga uzatdi. Jin futbolkani kiyib olgach, u Namjoonning bo‘yi va qomati naqadar ulkanligini his qildi — kiyim uning tizzasigacha tushib turardi.

(Pzdes ozi jin namjoondan 3 sm pas, Jin Nega Battomga tortmidi !!!)

Jin: (o‘ziga qarab) Bu juda katta-ku... Lekin hidi yaxshi ekan. Kitoblar va qandaydir erkaklar atiri...

RM: sen ayol atir sepasami?

Jin: Yoq! Wwh atir sepaman

RM: juda jonga tegarekansiz...

​RM: (biroz qizarib, nigohini olib qochdi) Hozir ovqatlanish yoki hidlar haqida o‘ylaydigan vaqt emas. Men hozir mahkamaga qo‘ng‘iroq qilaman, siz esa...

​Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Ikkalasi ham qotib qolishdi. Namjoon darhol belidagi to‘pponchasini chiqardi va Jinni ortiga o‘tkazdi.

Jin: (qo‘rquv bilan) U keldi... U bizni topdi!

Namjoon eshik darchasidan qaradi va bo‘shashdi, lekin to‘pponchasini tushirmadi. U eshikni ochdi. Eshik ortida qora kiyim kiygan, yuzini kepka bilan to'sgan yigit turardi.

RM: Sen bu yerda nima qilyapsan? Men senga kutilmaganda kelma degandim-ku!

Yigit ichkariga kirdi va kepkasini yechdi. Bu Namjoonning eng yaqin hamkasbi va texnologiyalar bo‘yicha ekspert — Yoongi edi.

Yoongi: (Jinga sovuq qarab) Demak, butun boshli bo'limni oyoqqa turg'izgan "yagona guvoh" shu go‘zal yigitmi? Namjoon, sen qoidalarni buzyapsan. Guvohni o‘z uyingga olib kelish? Bu aqldan ozish!

Jin: men wwhman gozal emas!

Yoongi: Pfff oxshamaydi

RM: Boshqa choram yo‘q edi, Yoongi. Unga qotil qo‘ng‘iroq qildi. Tizimni tekshirdingmi?

Yoongi: Ha, tekshirdim. Va yomon xabarim bor. O'sha qo'ng'iroq... aynan shu bino ichidan qilingan.

Jinning yuragi qinidan chiqib ketayozdi. Qotil allaqachon bino ichidami? Namjoonning nigohi o‘tkir bo‘lib, Jinni mahkam quchoqlab oldi.

RM: Nima? Bu imkonsiz! Yoongi, binodagi hamma kameralarni tekshir. Hoziroq!

Jin qaltirab Namjoonning ko'kragiga boshini qo'ydi. Namjoon uning qanchalik qo'rqayotganini sezib, ilk bor unga yumshoqlik bilan javob berdi — qo'lini uning sochlariga qo'ydi.

Shu payt butun kvartirada chiroqlar o'chdi. Faqatgina qorong'ulik va Yoongining noutbugidagi qizil signal chirog'i qoldi.

Yoongi: shibal!!

Jin: oqat qilolmaymanmi endi ....