Prince of darkness .
Jungkookning safari o‘zi orzu qilganidek erkinlik va shukonalik keltirmadi. Yo‘l bo‘yi uni Taehyungning eng saralangan, yuzlari qora niqob bilan to‘silgan "Qora Qarg‘alar" bo‘linmasi kuzatib bordi. Ular Jungkook bilan gaplashishmas, faqat uning har bir qadamini, har bir nigohini kuzatib, har oqshom saroyga maxfiy xat yo‘llashardi.
Jungkook Janub chegarasidan o‘tganda, yuragi hayajondan urib ketdi. Ammo u ko‘rgan manzara uni daxshatga soldi. Taehyung shaharlar qayta tiklanyapti degan edi, lekin aslida...
Jungkook o‘z ona shahriga kirib borganida, u yerda odamlar emas, balki tirik murdalar yurgandek edi. Taehyungning askarlari har bir ko‘chada hukmronlik qilar, xalq esa qo‘rquvdan bosh ko‘tara olmasdi. Eng daxshatlisi — Jungkook o‘z saroyi xarobalari yonida qurilgan ulkan qamoqxonani ko‘rdi.
U yerda Janubning eng aslzoda insonlari, Jungkookning sobiq maslahatchilari va yaqinlari zanjirband edi. Taehyung ularni ozod qilmagan, aksincha, Jungkookni qaytarish uchun "garov" sifatida ushlab turgan edi.
Jk: (ko‘zlari g‘azabdan yonib, soqchilar sardoriga baqirdi) Bu nima degani?! Oliyhazrat hamma ozod qilinadi degandi-ku!
Sardor: (sovuq ohangda) Oliyhazrat sizga shunday degan bo‘lishi mumkin, shahzoda. Lekin u bizga boshqa buyruq bergan: "Jungkook qaytmaguncha, Janubning nafasini bo‘g‘ib turinglar. Agar u qochishga urinsa, hammasini uning ko‘z o‘ngida qatl qilinglar".
Jungkook tushunib yetdi — u hali ham zanjirda edi. Faqat bu safar zanjirlar uning bo‘ynida emas, butun xalqining bo‘ynida edi. Taehyung uni "sevgi" bilan emas, balki eng vaxshiy shantaj bilan o‘ziga bog‘lagan edi.
Ayni shu vaqtda Shimoliy imperiya saroyida Taehyung o‘z aqliy muvozanatini yo‘qotib borardi. Jungkook ketganiga atigi uch kun bo‘lgan bo‘lsa-da, Taehyung uchun bu yuz yillik azobdek tuyulardi. U Jungkook yotgan karavotni, u kiygan kiyimlarni quchoqlab tunni o‘tkazar, xonada hali ham Jungkookning hidi borligini his qilib jinnilikka tushardi.
Taehyungning ko‘zlaridagi qonxo‘rlik qaytib kelgan edi. U Jungkookning yo‘qligidagi bo‘shliqni azob berish bilan to‘ldirmoqchi bo‘lardi.
Tae: (xonadagi hamma narsani urib sindirib, soqchilarga o‘shqirdi) NEGA XAT KELMADI?! U hozir qayerda? Kim bilan gaplashdi? U yig‘ladimi yoki kuldimi? Agar u kulgan bo‘lsa, demak u meni sog‘inmagan! Agar u sog‘inmagan bo‘lsa, men o‘sha shaharni yoqib yuboraman!
Taehyung kutilmaganda pichoqni oldi va o‘zining bilagiga Jungkookning ko‘kragiga o‘yilgan "TAE" yozuvining qarshisiga "JK" deb o‘ya boshladi. U Jungkookning og‘rig‘ini his qilishni, u bilan bir xil jarohatlarga ega bo‘lishni xohlardi.
Tae: (o‘zining qoniga qarab telbalarcha kuldi) Endi biz bir-birimizga tengmiz, Jungkook... Sen mening tanamdasan, men sening tanangdaman. Qochib ketolmaysan. Hatto o‘lim ham seni mendan ajratolmaydi.
Taehyung o'zini jazolashda davom etardi. U Jungkook yotgan o'sha sovuq zindonga tushdi va kechasi bilan somonlar ustida yotdi. U Jungkook his qilgan har bir sovuqni, har bir namlikni his qilmoqchi edi. Uning sevgisi endi sof emas, balki daxshatli bir obsesiyaga (kasallik darajasidagi bog'liqlikka) aylangan edi.
Xizmatchi: Oliyhazrat....nega bunday ish qilyabsiz?
Tae: men shuni hoxlayman, jkni o'rnidan bolib unga qiyinmi yoki yoqligini blmochiman, mmm hammangiz shunday qiling! Hamma samon ustida yotib zindonga tushsin.
Janubda Jungkook tushkunlikka tushib qolgan edi. U Taehyungga nafrat xati yozmoqchi bo'ldi, lekin qog'ozni ushlaganida uning qo'lidagi tilla zanjirli uzuk yaltirab ketdi. U Taehyungning o'sha tunda yig'laganini, uning tizzalarida tavba qilganini esladi.
Jk: (ichida) Qaysi biri haqiqiy Taehyung? Meni quchoqlab yig'lagan insonmi yoki xalqimni zanjirlagan maxluqmi?
Shu payt Jungkookning xonasiga yashirincha bir odam kirdi. Bu uning eski do'sti va sirdoshi edi.
Do'sti: Shahzoda, bizda imkoniyat bor. Agar siz hozir biz bilan qochsangiz, dengiz ortiga o'tib ketamiz. Taehyung bizni u yerda topolmaydi. Lekin tez qaror qilishingiz kerak...
Jk: (jarlik yoqasida qolgan kabi) Agar ketsam, u hamma narsani yo'q qiladi. Agar qaytsam, men mangu qul bo'lib qolaman.
Jungkook qo'lidagi kumush pichoqqa qaradi. U bu pichoqni Taehyungdan o'g'irlagan edi. Uning xayoliga daxshatli bir reja keldi. U Taehyungni o'ldira olmasligini bilardi, lekin u Taehyungni eng og'riqli nuqtasidan — o'zini jarohatlash orqali urmoqchi edi.
Jungkook xat yozdi: "Oliyhazrat, men haqiqatni ko'rdim. Siz meni emas, balki menda o'z aksingizni sevasiz. Men qaytaman, lekin bilingki, siz qaytganimda ko'radigan inson endi siz sevgan o'sha zaif bola bo'lmaydi."
Jungkook xatni yubordi-yu, lekin o'sha kechasi u saroydan qochishga emas, balki Taehyungning soqchilari ko'z o'ngida o'zini daryoga tashlashga qaror qildi — bu o'lim uchun emas, balki Taehyungni sinash uchun qilingan qaltis o'yin edi. U Taehyungning uni qanchalik qutqarishga harakat qilishini, uning bu xabarni eshitgach nima qilishini ko‘rmoqchi edi.
Trigediya qsam uvulamela maga yoqvot